A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Polimetilmetakrilatni past haroratlarda issiqlik o’tkazuvchanligini


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

 
4.17-rasm. Polimetilmetakrilatni past haroratlarda issiqlik o’tkazuvchanligini 
haroratga bog’lanishi (
 uch o’lchamli bo’ylama tebranishlar tufayli yuzaga 
kelgan o’tkazuvchanlik qismi; 
 issiqlik o’tkazuvchanlikka uch o’lchamli 
ko’ndalang tebranishlarni qo’shgan ulushi; 
bir o’lchamli tebranishlarni 
issiqlik o’tkazuvchanlikka qo’shgan ulushi). 
Bu amorf polimer uchun tajriba va hisoblashlarni mosligini 
to‘la qanoatlantira oladi. Demak, past haroratlarda uch o‘lchamli 
panjara ko‘ndalang tebranishlarini hissasi juda kam. Ko‘ramizki, 
juda kichik haroratlarda polimetilmetakrilatni issiqlik o‘tkazuv-
chanligi amalda faqat bo‘ylama to‘lqinlar bilan aniqlanadi. Lekin, 
harorat ortishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlikda bir o‘lchamli 
tebranishlar ulushi hal qiluvchi bo‘lib boradi. 
Bu ancha yuqori haroratlarda issiqlik o‘tkazuvchanlikni 
ortishi polimer yo‘nalish olish darajasi bilan bog‘liqligini tushu-
nishga imkon beradi. Qisman kristallangan polimerlar issiqlik 
o‘tkazuvchanligini kristallar (
) va amorf (
) sohalar issiqlik 
o‘tkazuvchanligi qiymatlari va kristallanish darajasi (χ) orqali 
hisoblash mumkin (4.18-rasm): 


153 
 
4.18-rasm. Polimetilmetakrilatni issiqlik o’tkazuvchanligi haroratga keng 
intervalda bog’lanishi (
uch o’lchamli bo’ylama tebranishlar bilan bog’liq 
issiqlik o’tkazuvchanlik; 
uch o’lchamli ko’ndalang to’lqinlarni issiqlik 
o’tkazuvchanligidagi ulushi; 
bir o’lchamli tebranishlar issiqlik 
o’tkazuvchanligi ulushi).
Ayerman qisman kristallangan polimerlar uchun issiqlik 
o‘tkazuvchanlikni hisoblashda, aralashmalar elektr o‘tkazuvchan-
ligi uchun Maksvell formulasidan foydalanishni taklif etdi:
Qisman kristallangan turlicha zichlikdagi (turlicha kristal-
lanishga ega) polietilen issiqlik o‘tkazuvchanligini haroratga 
bog‘lanishini amorf polimetilmetakrilat issiqlik o‘tkazuvchanligi 
bilan taqqoslanishi 4.19-rasmda keltirilgan. Polietilen issiqlik 
o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘lanishida 100K atrofidagi 
haroratlarda aniq ifodalangan maksimum bo‘ladi va u 


154 
kristallanish darajasi pasayishi bilan yuqori haroratli sohaga siljib 
boradi. Bunda issiqlik o‘tkazuvchanlikni maksimal qiymati pasa-
yadi. Qisman kristallangan polietilenni kristallanish darajasining 
barcha qiymatlarida issiqlik o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘la-
nish egri chizig‘ida manfiy og‘ish kuzatiladi. Amorf polimetil-
metakrilatni issiqlik o‘tkazuvchanligini haroratga bog‘lanish 
grafigida esa barcha tadqiq etilgan oraliqlarda musbat og‘ishga 
ega. Faqat pog‘ona sohasi amalda nol og‘ishga ega bo‘lib, u 
istisno sifatida namoyon bo‘ladi.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling