A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Haroratni fazo va vaqt koordinatasida o’zgarishi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

4.16-rasm. Haroratni fazo va vaqt koordinatasida o’zgarishi 
Tajribalar ko‘rsatadiki, issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali issiqlik 
uzatish izotermik sirt normali bo‘yicha yuqori haroratli joydan 
past haroratli tomonga ro‘y beradi. Bir birlik vaqtda izotermik 
sirtni bir birlik yuzasidan o‘tadigan issiqlik miqdori oqim zichligi 
deyiladi 
 
1
n
Q
q
i
d t S

 
.
Issiqlik o‘tkazuvchanlikni asosiy qonuni (Fur‘e qonuni) 
quyidagicha ifodalanishi mumkin. Issiqlik oqim zichligi harorat 
gradiyentiga to‘g‘ri proporsional: 
q
gradT
a gradH

 
 
bu 
yerda 

- koeffitsiyentni, issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. 
Issiqlik o’tkazuvchanlik deganda sirt normali bo’yicha 
normalni bir birlik uzunligida bir gradus kelvinga teng 
haroratlar farqi bo’lganda bir birlik yuzadan oqib o’tadigan 
issiqlik miqdorini tushuniladi. 


150 
H – birlik hajm entalpiyasi, amutanosiblik koeffitsiyenti 
bo‘lib, uni harorat o‘tkazuvchanlik deyiladi. 
Harorat 
o‘tkazuvchanlik ichki energiyani (a
V,
V=const 
bo‘lganda) 
diffuziya koeffitsiyenti yoki (a
p
, p=const bo‘lganda) entalpiya 
deyiladi. 
Qattiq jismlar analitik nazariyasida issiqlik o‘tkazuvchanlikni 
jismlar tegib turish shartidan qat‘iy nazar o‘rab turgan muhit 
bilan harorat o‘tkazuvchanlik bir xil bo‘ladi deb qaraladi. 
a=a
v
=a
p
=λ/cρ, bu yerda c – solishtirma issiqlik sig‘im,  - 
zichlik. 
Qattiq jismlar issiqlik tashish mexanizmi bo‘yicha uchga 
bo‘linadi. 
dielektriklar, ularda issiqlik o‘tkazuvchanlik panjaraviy 
tebranishlar orqali ro‘y beradi; 
 metallar, issiqlik o‘tkazuvchanlikda elektronlar muhim o‘rin 
tutadi;
 yomon o‘tkazuvchan moddalar, ularda yuqoridagi ikki turdagi 
o‘tkazuvchanlik mavjud;
Fononlar nazariyasiga ko‘ra issiqlik uzatishni tovush tezligida 
tarqaladigan va elastik issiqlik to‘lqinlar harakat frontini siljishi 
orqali energiya tarqalishi deb tasavvur qilish mumkin. Amorf 
dielektriklarda atom molekulalar joylashuvida uzoq tartiblar 
yo‘qligi uchun, aytish mumkinki, atomlar chegarasida fononlar 
sochilishi bu yerda barcha haroratlarda ortiq bo‘ladi. Amorf 
dielektriklarda fononlar o‘rtacha yugurish yo‘li kristallarnikiga 
qaraganda ancha kichik va bog‘lar o‘lchamlari bilan bir o‘lcham-
larda bo‘lib, xona haroratida va undan yuqoriroq haroratlarda 
ham haroratga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Amorf dielektriklar 
issiqlik o‘tkazuvchanligi kristallarga qaraganda mutloq qiymat 
bo‘yicha ancha kichik. 
qiymatlarda hajmda o‘rtacha 
yugurish yo‘li haroratga kamroq bog‘liq bo‘lib, issiqlik 
o‘tkazuvchanlik solishtirma issiqlik sig‘imiga proporsional holda 
o‘zgaradi (
Debay harorati bo‘lib, bu haroratda barcha 
tebranishlar spektri yuzaga keladi). Ancha past haroratlarda 


151 
bog‘lanish aniq ko‘rinishdagi asta sekinlik bilan kamayib (5-20 K 
sohada) so‘ngra deyarli kvadrat qonuni bo‘yicha kamayadi. 
Amorf polimerlar issiqlik o‘tkazuvchanligi harorat shishalanish 
haroratiga qadar ortganda o‘sib borishi xarakterli hisoblanadi. 
Ko‘plab real jismlar uchun issiqlik o‘tkazuvchanligini fononlar 
modeli sifat jihatdan to‘la tushuntirishga yaraydi. Lekin u 
mutloq qiymatini ham, real haroratga bog‘lanishini ham, 
tushuntirishga yaramaydi. Polimerlar uchun fononli nazariya 
xulosalarini to‘la qabul qilish mumkin bo‘lsada, baribir ularga 
xos quyidagi muhim tomonlarni e‘tiborga olish kerak: 
 molekulalararo ta‘sirni va ichki anizotropiyani; 
 makromolekulalar tartiblanish spektrini, hamda zichlashib 
joylanishini; 
 molekulyar zanjirlarni bukiluvchanligini va molekulalar hara-
katchanligini; 
 kristallanish darajasini; 
 kristallitlar, sferolitlar o‘lchamlari va boshqa tuzilmaviy bir-
liklarni; 
 struktura defektlari va boshqalarni. 
Polimerlar issiqlik o‘tkazuvchanligi tadqiqotini ko‘p qismi 
xona temperarturasiga yaqin haroratlarda o‘tkazilgan. Bu 
tadqiqotlardan maqsad issiqlik o‘tkazuvchanlikni tuzilmaga, 
kimyoviy tarkibga va haroratga bog‘lanishini o‘rganishdan iborat 
bo‘lgan. Amorf polimerlar uchun odatda harorat past qiymatdan 
shishalanish 
haroratiga qadar ortishi davomida issiqlik o‘tka-
zuvchanlikni ortishi kuzatiladi. 
dan yuqorida issiqlik o‘tkazuv-
chanlik kamayadi. 4.17-rasmda amorf polimer – polimetil-
metakrilat tajribadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik qiymatlarini (nuq-
talar) hisoblangan qiymatlar bilan (uzluksiz chiziq) solishtirilgan. 


152 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling