V BOB. POLIMERLI KOMPOZITLARNING ELEKTR
VA MAGNIT XOSSALARI
5.1. Perkolyatsiya (oqim) nazariyasi
Dastlab perkolyatsiya so‘zini diffuziyaga qarama-qarshi
qo‘yish uchun ishlatilgan. Diffuziya holida muntazam muhitda
zarralarning tasodifiy kezib yurishini tushunsak, perkolyatsiya
holida tasodifiy muhitda muntazam harakatni (misol uchun tok
yoki suyuqlik oqimini) tushunamiz. Aytaylik, 3x3 kvadrat to‘r
(setka) olib, ma‘lum qismini qora rangga bo‘yaylik. Bizning
holda ular uchta. Bo‘yalgan kvadratlar ulushi
1
3
p
bo‘ladi. Bu
kvadratlarni mustaqil va tasodifiy tanlash mumkin; yoki unga
qandaydir qoida kiritish mumkin. Birinchi holda tasodifiy
perkolyatsiya deyiladi (matematiklar uni Bernulli perkolyatsiyasi
deb atashadi). Ikkinchi holda – korrelyatsiyalangan – qoidaga
bo‘ysungan perkolyatsiya deb ataladi. Perkolyatsiya nazariya-
sining javob topishi kerak bo‘lgan asosiy savollaridan biri,
bo‘yalgan kvadratlarning qanday
c
p
ulushida to‘r (setka)ning
yuqori va pastki qismini bog‘laydigan qora kvadratlar zanjirini
hosil bo‘lishini bilishdir.
Osongina aytish mumkinki, chekli o‘lchamdagi to‘r uchun
bunday zanjir turlicha konsentratsiyada yuzaga keladi (5.1-rasm).
Bordiyu to‘r o‘lchamlarini cheksizlikka intiltirsak, unda kritik
konsentratsiya
c
p
to‘la aniqlangan bo‘ladi (5.2-rasm). Bu qat‘iy
isbotlangan bo‘lib, bunday kritik konsentratsiyani perkolyatsiya
chegarasi, yoki o‘tish, sakrash chegarasi deyiladi.
5.1-rasm. Panjarani turli variantlarda to’ldirilishi
171
5.2-rasm. Perkolyatsiya P yuzaga kelish ehtimolligini to’ldirilgan tugunlar p
Do'stlaringiz bilan baham: |