A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Polimer materiallarning yonuvchanligini pasaytirish


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

4.9. Polimer materiallarning yonuvchanligini pasaytirish 
Yonuvchanlikni pasaytirishga qaratilgan barcha usullar quyi-
dagi tamoyillarga asoslangan: 
1) turli xildagi issiqlik yo‘qotishlarni orttirish evaziga alanga 
issiqlik muvozanatini o‘zgartirish; 
2) polimerda himoya qatlamlarini (masalan koks hosil qiluv-
chi) yaratish evaziga alanganing issiqlik oqimini polimer tomon 
kamaytirish. 
3) polimerning gaz chiqarish tezligini kamaytirish; 
4) materialni yonuvchan va yonmaydiganga ajratadigan 
mahsulotlarni miqdor massalari munosabatini yonmaydiganning 
foydasiga o‘zgartirish. 
Eng sodda issiqlik balansini o‘zgartirish usuli bu polimer 
sirtiga issiqlik o‘tkazuvchan, masalan metal qatlamni yopishtirish 
orqali issiqlik yo‘qotilishini orttirish mumkin. Agar mahsulotning 
massasi katta bo‘lsa, konstruktiv materialni yonishi ancha past 
bo‘ladi. Polimer qatlami qancha yupqa bo‘lsa, polimer orqali 
taglikda issiqlik yo‘qotish katta bo‘ladi va juda qat‘iy 
sharoitlardagina mustaqil yonish ro‘y berishi mumkin. Polimerga 
inert to‘ldiruvchilar kiritilishi ham polimer materiallar yonuv-
chanligini pasaytirish usullaridan biri sanaladi. Inert to‘ldiruvchi 
deganda, gaz fazadagi polimerlar piroliz mahsulotlari tarkibi va 
miqdoriga, hamda koks qoldiqlari kattaligiga yonish sharoitida 


164 
salmoqli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ularni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin: 
1) 1000

C haroratga qadar chidamli va barqaror metal 
oksidlari kabi mineral to‘ldiruvchilar (kaltsiy va litiy ftoridlari, 
silikatlar, texnik uglerod, noorganik shisha, kukunsimon metallar 
va hokazo) kiritish; 
2) 400-500
0
C haroratdan pastda isssiqlik yutishi bilan 
ajraluvchi va odatda CO
2
gazini yoki suv bug‘larini, ammiak 
gidroksidi, karbonatlar, metal gidrokarbonatlari, ammoniy 
fosfatlar va hokazolarni chiqaruvchi moddalardan foydalanish. 
Quyidagi chizmada bunday birikmalarga va ularni ajralish 
reaksiyalariga bir necha misollar keltirilgan:
Birinchi guruh to‘ldiruvchilar kiritilganda qo‘shimcha issiqlik 
faqat to‘ldiruvchini boshlang‘ich haroratdan polimer sirti 
haroratigacha qizitishga sarflanadi. Lekin, issiqlik balansida 
bunday issiqlik ulushi katta bo‘lmaydi va yetarli miqdordagi 
to‘ldiruvchi kiritilganda kislorod indeksi o‘zgarishi kam bo‘ladi.
Alanga haroratini pasaytirish va issiqlik yo‘qotishini 
orttirishni boshqa usuli, bu infraqizil nurlanishni ko‘paytirishdan 
iborat. Alangani eng issiq sohasida qattiq zarrachalar bo‘lmasa, 
unda yonish chegaralarida (
) nurlanish 
bilan yo‘qotish juda kichik. Lekin, ba‘zi bir birliklarni, masalan 
bromli 
va 
fosforli 
birikmalarni, 
surma 
uch 
oksidini, 
galoiduglevodorodlar bilan kiritilishidan alangani yoritishi kul va 
boshqa qattiq zarralar hosil bo‘lishi evaziga ancha ortadi. 


165 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling