167
kichik. Birinchi guruhga masalan, trixloretilfosfat va trisdibrom-
propilfosfat. Ikkinchi guruh birikmalari
uchun yangi samarali
ta‘sir mexanizmi aniqlanganki,
ularga tetraxlormetan, tetraftor-
gibrometan va boshqa freonlar – galoiduglevodorod kiradi. Bu
birikmalar yalong‘och kiritilganiga qaraganda mikrokapsullangan
ko‘rinishda KM yonuvchanligini ancha samarali pasaytiradi.
4.10. Nanoto’ldiruvchilardan foydalanish
Keyingi yillarda antipiren sifatida nanoo‘lchamli to‘ldiruvchi-
lardan, masalan qatlamli alyumosilikatlar va uglerodli nanonay-
chalardan foydalanish katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday kom-
pozitlar yonishida to‘ldiruvchi sirtda hosil bo‘lgan koks qatlamini
to‘siq xarakteristikalarini orttirishga va mustahkamlashga yordam
beradi va natijada KM yonuvchanligi pasayadi (4.26-rasmga
qarang).
168
4.26-rasm. PP ga ko’p qatlamli uglerod nanonaycha kiritilishini KM issiqlik
ajralishiga ta’siri.
IV bob bo’yicha savollar
1. KMning issiqlikdan kengayishi sabablarini sanab o‘ting.
2. Issiqlik kengayishi koeffitsiyentlarini
hisoblash uchun
qanday yaqinlashishlarga asoslangan formulalar mavjud?
3. Hajmiy kengayish harorat koeffitsiyentiga ta‘sir etuvchi
omillarni aniqlang.
4. KM issiqlik sig‘imini harorat bo‘yicha o‘zgarish grafigidan
qanday ma‘lumotlar olish mumkin?
5. KMda birinchi va ikkinchi fazaviy o‘tishlar kuzatilishini
tushuntiring.
6. KM issiqlik o‘tkazuvchanligi mexanizmlarini sanab o‘ting.
169
7. Issiqlik o‘tkazuvchanlik nazariyasida qanday ta‘sirlarga
e‘tibor beriladi?
8. Polimerlar yonishini pasaytirish uchun nimalarga e‘tibor
berish kerak?
9. Yonuvchanlikni kamaytiruvchi qo‘shimchalarga
misollar
keltiring.
10. Antipiren mikrokapsulalar qanday ta‘sirga ega bo‘ladi?