A. V. Vahobov, T. S. Malikov
yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo'lgan aniq ehtiyoj
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo'lgan aniq ehtiyoj larini aniqlash; • moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, ichki va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; • xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarish tizimini yaratish va uni qo'llab-quvvatlash; • shakllantirilgan rejalarni operativ o'zgartirish tartibini ishlab chiqish. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo'lishi mumkin: • strategik moliyaviy rejalashtirish; • joriy moliyaviy rejalashtirish. Strategik moliyaviy rejalashtirish o'z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o'zgarayotgan xo'jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko'p variantli bashorati- dan iboratdir. Strategik moliyaviy reja, hech bo'lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog'i lozim: • xo'jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o 'lch am i qanday, u qaysi m anbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? • bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? • o'z kuchiga ishongan holda xo'jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo'q bo'lsa. moliyaviy resurslami jalb qilishning manbalari qanday? • xo'jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag'lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda? O'z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiya lari quyidagilardan iborat: • ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslaming hajmi va manbalarini aniqlash; • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish; • pul oqimlarini rejalashtirish; • butun xo'jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalash tirish; • investitsiya daromadliligini rejalashtirish. Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo'jaligini rejalashti rishning tarkibiy qismi bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi ko'rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimidagi barcha organlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga yo'naltiriladi. Moliya tizimi tarkibidagi alohida bo'g'inlarning nisbiy mustaqilligi quyidagilami o'zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalar ishlab chiqilishi zarurligini taqazo etadi: • pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o'ziga xosligi; • moliyaviy resurslami tarmoqlar va hududlar bo'yicha qayta taqsimlash. Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o'z miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo'g'inlari hisoblanadi. Konkret pul fondlari mablagiarining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimi markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o'z miqdoriy ifodasini topadi. Byudjetdan tashqari fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, Ijtimoiy sug'urta fondi, Majburiy tibbiyot sug'urtasi fondi, Yo'l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida ularning daromadlari va xarajatlarida o'z aksini topadi. Ularning daromadlar qismida yuridik va jismoniy shaxslaming majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug'urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda o'matiladi. Byudjetdan tashqaridagi fondlarga qisman byudjet mablag'lari tushishi, mablag'lar yetishmaganda byudjetdan tashqaridagi fondlar bir- birlaridan qarzga mablag'lar olishi mumkin. Shunday qilib, bunday fondlar bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog'liqdir. Sug'urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar miqyosidagi yo'qotmalarni tiklash uchun kerak bo‘ladi. Barcha ho'jalik yurituvchi sub’ektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug'urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolaming badallari, boshqa fondlardan mablag'laming tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko'rilgan zararlarni qoplash, sug'urtalanganlarga sug'urta to'lanmalari summasini to'lash kabilar aks ettiriladi. Sug'urta fondini shakllantirish va undan foydalanish rejasi mablag'lardan yanada samaraliroq foylanishga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajala- riga istiqbol uchun mo'ljallangan moliyaviy rejalar, moliyaviy balans lar, shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakati muvoza natini ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi. Istiqboldagi moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlaming moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalami kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o'z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Odatda, istiqbol uchun mo'ljallangan moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e ’lon qilingan iqtisodiy siyosatning lmqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqbolga mo'ljallangan moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga moslashtirib, yaqin muddatli bashorat ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o'zgartirilishi mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mutanosibligi va muvozanatini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig'ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalaming daromadlar va xarajatlar balansi muhim o'rinni egallaydi. Davlatning yig'ma moliyaviy resurslar balansi mamlakat, uning sub’ektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko'rsatayotgan barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va xarajatlari yig'indisidan iboratdir. U o'tgan yilgi davlatning hisobot yig'ma moliyaviy balansi asosida va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ning bashorat ko'rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi. Bu moliyaviy hujjatlar Moliya vazirligi va moliya tizimining boshqa bo'linmalarining faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomo nidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi hamda byudjetdan tashqaridagi fondlar, sug'urta fondi, kredit fondi, korxona va tash- kilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolaming pul mablag'lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslaming shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari miqiyosida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar o'rtasida mablag'lami samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning moliyaviy resurslar balansi mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko'rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek, boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. Boshqa bir sintetik balans — aholi daromadlari va xarajatlarining balansi — davlatning yig'ma moliyaviy balansi moliyaviy resurslar balansi bilan bevosita bog'langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o'z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o'z manbasiga ko'ra quyidagi uch guruhga bo'linadi: • ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo'ljallangan mablag'lar, yollanma xodimlarga ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to'lanmalar; • tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalaming foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya- kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; • ijtimoiy transfertlar — davlat pensiyalari, nafaqalar, stipen diyalar va shunga xshashlar. Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo'ladi: • iste’mol xarajatlari; • soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar va ixtiyoriy badallar; • pul to'planmalari va jamg'armalar. Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o'sganligi, tovariar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o'ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo'linishi mumkin: • uzoq muddatli moliyaviy rejalar; • qisqa muddatli moliyaviy rejalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o'zining qamrab olish gorizonti bo'yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko'ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan sur’atlarini aniqlash bo'lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to'lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir. Alohida olingan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo'lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat krsatishining boshqa yo'nalishlari qiymat ko'rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxonaning butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlash vositasi sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o'zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini ko'rsatadi. Biznes-reja tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlab chiqiladi: • bozorlam i va ko'zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o'zlashtirishning loyihaviy ko'rsatkichlarini ishlab chiqish; • tannarxning turli ko'rinishlarini (to'liq, ishlab chiqarish, to'g'ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlami o'zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi; • pul mablag'larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalami aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o'zgarishi, soliq to'lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo'yicha o'sish-o'zgarishlar bashorat qilinishini taqoza etadi. Shu yerning o'zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa bo'limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak; • zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha moliyaviy resurslaming hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash; • va boshqalar. Umuman olganda, moliyaviy reja ko'rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang'ich material hisoblanadi, istiqboldagi rejalashtirish uchun ahborot asosi bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o'zgarishlar ob’ektiv ravishda o'zaro bog'liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo'lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo'lgan moliyaviy holatini oldindan ko'ra bilish va moliyaviy reja ko'rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: • o'rta muddatli (5—10 yillik) moliyaviy bashoratlash; • uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo'ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag'ishlangan moliyaviy siyosat konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi ma’lum bir davrda aslida mavjud bo'lish ehtimol tutilgan moliyaviy resurslaming haqiqiy hajmi, ularni shakllantirish manbalari va foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli- tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy qismi va bir vaqtning o'zida muhim bosqichi hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalami yechishning (hal qilishning) turli ko'rinishlari ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlash turli metodlar qo'llanishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo'lishi mumkin: • iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog'liq ravishda moliyaviy reja ko'rsatkichlari rivojini belgilaydigan iqtisodiy o'lchov modelini yaratish; • korrelyasion-regression tahlil; • bevosita ekspertli baholash metodi. Aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishish vositalari asosida dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalash tirish metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilami ko'zda tutadi: • yo'nalishlar bo'yicha davlat xarajatlari ustuvorligini belgilash; • davlat mablag'lari sarflanishining samaradorligini oshirish; • muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda nioliya- lashtirishni to'xtatish. Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga bog'liq. Bunda faqat maqsadga erishish ko'lami, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zaxiralaming hajmi, kutilayotgan jami samara, mo'ljal amalga oshmaganda ichki yo'qotishlar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralami muvofiqlashtirishning muhim usuli sifatida dasturlashtirishdan hoziigi moliyaviy rejalashtirish amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rivojlangan mamlakatlarda o'tgan asrning 60-yillaridan moliyaviy dasturlashtirish amalda qo'llanmoqda. Uning asosiy mohiyati besh yillik «o'zgarib turadigan» xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o'zgartiriladi. Bunda ko'rsatkichlar besh yillik shkala bo'yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) «ko'chiriladi». Oldinda turgan birinchi yilning reja ko'rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to'rt yillik ko'rsatkichlar esa mo'ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo'yicha muvozanatga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo'jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo'lgan maqsadli kompleks dasturlar majmuasidan keng foydalanilmoqda. 5.2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish Zamonaviy iqtisodiy dunyo — aralash iqtisodiyot dunyosidir. Bu qoida o'ziga xos o'zgarmas haqiqat hisoblanadi va uni inkor etish mumkin emas. Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozoming «mutlaq hukmron» bo'la olmaydi. Shunga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’ektiv bo'lib, ulami bekor qilib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, bozor institutlari «nomenklatura»sining kengayishi, ular o'rtasidagi aloqalaming murakkablashuvi, yangi tizimlaming (evolyusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo'lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur: • hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlari va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini, jamiyatning xavfsizligini, mulkka egalik qilish huquqi va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejim o'rnatish va uni himoya qilish, samarali raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat uchun har doim zarur; • barqarorlashtiruvchi tadbirlami amalga oshirish (davlat iq tisodiy o'sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi ilg‘or o'zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quwatlashi lozim); • resurslaming ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyat uchun zarur bo‘lgan, lekin xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam berishi, qat’iylashti- rilgan daromadlaming indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur). Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka — mamlakat milliy boyligining katta qismiga — ega bo‘ladi. Bu mulk, asosan, moddiy— buyumlar shaklida (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari, muzeylar, qo'riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling