A. V. Vahobov, T. S. Malikov
ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilm asining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e ’tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiymat hosil bo'lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi. Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, o'zlariga turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarning ta’sirini sinab ko'radi. Shunga m os ravishda bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo'lishi mumkin emas. Tovariar har doim qiymat va iste ’mol qiymatining o'zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste ’m ol qiym atini tovam in g qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’m ol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tom onidan foydani olinishi uchun amalga oshiriladi. Dem ak, past iste’mol qiymatiga ega bo'lgan tovariar past qiymatga ega bo'ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo'lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli n e’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali nam oyon bo'lad igan iste ’m ol qiym atini, uning foydaliligini ham hisobga olm oq lozim . Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi foydalanayotgan resurslaming hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o'zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslaming foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo'lish uchun kishi berishi lozim bo'lgan resurslaming miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy m ehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’m inlovchi m odeli ana shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga keltirilgan baho o'ziga tegishli bo'lgan funksiyalami bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi. Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlaming yoki tovar birligining hajm, dona va og'irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o'lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o'lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o 'zid a baho pulda ifodalangan turli tovar qim m atlarin in g o 'lc h o v c h is i ham dir. K o 'rila y o tg a n ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri sa n a la d i, x o 'ja lik qarorlarini qabul q ilish u ch u n m o 'lja l, b ashoratlashn ing m uhim instrum enti b o'lib xizm at qiladi. Yuqoridagilarning barchasi bahoning o'lchov(chilik) funksiyasidan darak beradi. M a’lum m a’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning o'lch o v(ch ilik ) funksiyasining o'ziga xos bo'lgan «qo'shni»si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy o'lchamlarini qiymat va demak, moliyaviy o ‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqarolarda, ulaming oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat bo'yicha saqlanishi, jamg'arilishi va harakat etishi ustidan hisob va nazoratni olib borishning instrumenti bo'lib xizmat qiladi. Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqlanishi imkoniyati bilan xarakterlanadi. M asalan, yengil avtomobillarga bo'lgan bahoning yuqoriligi aholining m a’lum qatlamlarining m a b lag 'la rin i ijtim o iy e h tiy o jla m i qond irish u ch u n qayta taqsimlashga imkon beradi. Ba’zi bir tovarlarga nisbatan baholaming past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga m o'ljallangan tovariar) ana shunday iste’m olchilar foydasiga mablag'laming qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bir tom ondan, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan ko'plab tovarlarga nisbatan baholam ing erkinlashtirilishi va ikkinchi tom ondan, bir necha qishloq xo'jaligi mahsulotlariga nisbatan baholam ing davlat tomonidan tartibga solinishi qishloq xo'jaligiga tegishli bo'lgan darom adlam ing bir qismini sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, ulgurchi baholam i oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalam ing daromadlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin. Aynan bahon ing tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’m ol, taklif va talab o'rtasida aloqa o'matiladi. Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining o'zida vujudga keladi va uning o'zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, y a ’ni o 'z -o 'z id a n o 'm a tilu v c h i, darajasi talab va taklifning tenglashishiga m uvofiq keladigan baho yordam ida tovar-pul jarayonlarini o'z-o'zidan tartibga solish funksiyasi xususida gapirish aniqroq bo'lur edi. Oila byudjetining o'zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o'zgarganda bahoning ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy n e’matlar va xizm atlam ing u yoki bu turlariga nisbatan iste’mol qilish ko'tariladi yoki pasayadi. Chakana baholaming oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e ’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o ‘zida chakana baholar bilan birgalikda ulgurji baholar, va aholi daromadlari ham o ‘zgarsa, bu «manzara» ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining turmush darajasiga ta’miri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chuqurroq b o ig a n tahlil zarur. Bahoning rag'batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo'nalishlarida rag'batlantirish orqali namoyon bo'ladi. Bunday baholar agar ular iste’molchi uchun qulay b o 'ls a , is t e ’m o ln i ham rag 'b a tla n tira d i. B a h o n in g rag'batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi, tovariar va xizmatlar bozorida talab va taklif o'rtasidagi ma’lum bir nisbatning o'matilishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni balanslashtirish (muvozanatlashtirish) funksiyasi bilan uzviy bog'langan. Baho funksiyalarining bunchalik ko'pligi, alohida olingan unga tegishli bo'lgan maqsadlar va vazifalarning, ayrim hollarda, o'zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, bahoning o'zi barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin b o ‘1 may qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib, odatda u n in g bir funksiyasi yoki funksiyalarning shun day hamkorligini nazarda tutish kerakki, ular m a’lum darajada amalga oshgan bo'lsin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko'proq yuklama bilan ^ishlaydi». Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’m ol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda nam oyon bo'ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan o'zaro bog'langanligi va o'zaro ta’sirchanligini, real hayotda bozor iqtiso diyotiga xos bo'lgan dinamik tizim sifatida namoyon bo'layotgan- ligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 12.2. Baho turiari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni shakllantirish metodlari Bozor iqtisodiyotida tovarlaming turli guruhlariga m os ravishda baholaming harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlash tirish uchun turli belgilar bo'yicha ularni klassifikatsiyalashtirishdan foydalaniladi. Baholami quyidagi belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin: • aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha; • o'm atilishi (belgilanishi)ga qarab; • vaqt omiliga ko‘ra; • baholar xususida m a’lumotlarni olish usuliga muvofiq; • bozor turi (ko‘rinishi)ga bogMiq ravishda; • hududiy bozorlarga bogMiqligini nazarda tutib; • bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo'yicha; • yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra; • qoMlanilish tartibiga muvofiq. Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha baholar quyidagicha farqlanadi: • ulgurji baholar; • chakana baholar; • sotib olish baholari; • smeta qiymati; • tariflar. XYuSlar tovarlaming yirik partiyasini sanoat, qishloq xo'jaligi yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’m inot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi. Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o'matilgan baho chakana baho deb atadi. Q ishloq xo'jaligi ishlab ch iq aru vch ilari to m o n id a n o 'z mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi. Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi toManadi. Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog'liqni saqlash xizmatlari, mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlaming bahosi tariflar orqali ifodalanadi. O'matilishi (belgilanishi)ga qarab baholaming quyidagi turiari mavjud: • qat’iy baholar; • joriy baholar; • o'zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar; • almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar. Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda m ahsulotni yetkazib berishning barcha m uddatlari davomida o'zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi. Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o'zgarishi mumkin va ular bozom ing holatini o'zida aks ettiradi. O'zgaruvchan («harakatchan») baholar shartnomada m a’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro etish payti (vaqti)da bozor bahosi o'zgaradigan bo'lsa (ko'tarilsa yoki pasaysa), o'zgartirilishi (qayta ko'rib chiqilishi) mumkin deb qayd etilgan baholardan iborat. Almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar tayyorlanish muddati uzoq vaqtni talab etuvchi buyumlarga nisbatan o'matiladi. Bunday baholar shartn om a ijro etish m uddatining tugashiga qarab h isoblan adi. Bunda birlam chi shartnom a bahosi m ah su lo t tayyorlangan muddat davomida ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarishiga qarab o'zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Vaqt omiliga ko'ra baholaming quyidagi turiari bo'lishi mumkin: • doim iy baholar; • mavsumiy baholar; • bosqichli baholar. Harakat etish (amal qilish) muddatlari oldindan kelishilmagan baholarga doim iy baholar deyiladi. Mavsumiy xarakterga ega bo'lgan tovarlarga nisbatan o'matilgan baholar mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning birlamchi bahosiga nisbatan ustama yoki chegirmani qo'llash yo'li bilan aniqlanadi va m a’lum davr mobaynida amal qiladi. Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgilangan holatlarda bosqichm a-bosqich pasaytiriladigan tarzda an iq lan ad igan m a h su lo tla m in g bahosi b o sq ich li baholarda belgilanadi. Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar quyidagicha farqlanadi: • m a’lumotnom aviy baholar; • preyskurant baholar; • hisob-kitobli baholar. Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiy jurnallar, spravochniklar va boshq a m axsus adabiyotlarda e ’lo n qilinadigan baholar ma’lumotnomaviy baholar deyiladi. Ular o'xshash mahsulotlarga baholam i belgilashda yoki baholam ing darajasi va nisbatini tahlil qilishda mo'ljal (mo'ljallanuvchi) informatsiya sifatida foydalaniladi. Firmalarning preykurantlarida, spravochniklarda va boshqa adabiyotlarda e ’lon qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi. Hisob-kitobli baholar in d ivid u a l buyurtm alar b o 'y ic h a noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo'llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi tom onidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi. Bozor turiga bog'liq ravishda baholam ing quyidagi turiari mavjud: • auksion baholar; • birjaviy kotirovkalar; • savdolar baholari. Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko'rilgan (ko'rib chiqilgan) tovariar partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo'yicha om maviy sotish bahosiga auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o'rtasidagi nisbatning o'zgarishi natijasida o'matiladi. Birja orqali realizatsiya qilinadigan standartlashtirilgan (ando- zalashtirilgan) bir toifadagi tovarlam ing (shu jumladan, qimmatli qog'ozlam ing ham ) bahosi birjaviy kotirovkalar deb ataladi. Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldindan e ’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo'ladi. Hududiy bozorlarga bog'liqligini nazarda tutib baholam ing turiari quyidagicha farqlanadi: • yagona (yaxlit) baholar; • mintaqaviy baholar; • mahalliy baholar. Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular davlat tom onidan o'm atiladi va tartibga solinadi. Mintaqaviy baholar m am lakatnin g ayrim h u d udlarida shakllanadi. Bunday bah o la m in g tarkibiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xom -ashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin. Shu m intaqaning o'zida ishlab chiqariladigan va iste ’mol qilinadigan mahsulotlarga o'matilgan baholar mahalliy baholar deyiladi. Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha baholaming quyidagi turiari mavjud: • erkin (bozor) baholar(i); • qayd etilgan (qat’iy) baholar; • tartibga solinadigan baholar; • prestij (kamyob, obro'li) baholar; • paritet (teng) baholar. Mahsulotlami ishlab chiqaruvchilar va xizmatlami ko'rsatuvchilar tomonidan bozor kon’yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qo'llaniladigan baho erkin (bozor) baholar(i) deyiladi. Qayd etilgan (qat’iy) baholar ma’lum darajada o'm atilgan baholardan iborat. Asosan yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muhsulotlarga nisbatan tegishli boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi. O'tib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega bo'lgan juda yuqori sifatli buyumlarning bahosiga prestij (kamyob, obro‘li) baholar deyiladi. Bir n ech a m am lakatiarning davlat h ok im iyat organlari tom onidan qishloq xo'jaligi m ahsulotlari, boshqa tovariar va xizmatlar baholari o'rtasidagi nisbatni tartibga keltirish uchun qo'llaniladigan baholar paritet (teng) baholar deb ataladi. Yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra baholami quyidagicha farqlash mumkin: • netto-baholar; • brutto-baholar (fakturaviy baholar); • jahon baholari. O ldi-sotdi joyidagi baholarga netto-baholar deyiladi. O ldi-sotdi shartlariga (soliqlaming turi va miqdori, chegirma- lam ing mavjudligi va darajasi, frank turiari va sug'urta shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb ataladi. Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga oshiriladigan baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari xom ashyo tovarlari bo'yicha eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga mo'ljallangan buyumlar bo'yicha — jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilam ing baholariga muvofiq; xalq iste’mol tovarlari bo'yicha — yetakchi yirik kataloglarda e ’lon qilingan baholarda aniqlanadi. Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo'linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida b o'lgan bir n ech a firm alar o'rtasida mahsulotlar realizatsiya qilinganda qo'llaniladi. Baholaming yana bir turi bor. Ulam ing nomi tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlaiga bog'liq bo'lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqiar, shuningdek, m ahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko'ra) bog'liq ravishda bir xil mahsulotlarga o'matiladigan turli ulguiji, sotib olish Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling