A. V. Vahobov, T. S. Malikov


moliyaviy resurslar fondlarining oMchamiga bogMiq.  Mamlakatning


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75

moliyaviy resurslar fondlarining oMchamiga bogMiq.  Mamlakatning 

iqtisodiy  qudrati  qancha  kuchli  boMsa,  uning  o ‘sishiga  xizmat 

qiluvchi  moliyaviy  resurslar  fondi  va  moliyaviy  oqimlar  hajmi 

shuncha katta boMadi.

Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllan­

tiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga moMjallanganligi bilan 

bevosita bogMiq.  Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning 

tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan 

farqlanadi.  Shuning  uchun  ham ularni  boshqarish  metodlari  ham 

turlichadir.  0 ‘z sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilami  farqlash maq­

sadga  muvofiq:

•  byudjetli-soliqli  moliyaviy  oqimlar  —  barcha  darajalardagi 

byudjetlarning  mablagMarini  shakllantirish va ulardan foydalanish 

jarayonida vujudga  keladi;

•  tijorat  moliyaviy  oqimlari  — tadbirkorlik xo‘jalik sub’ektlari 

tomonidan amalga oshiriladi;

•  byudjetdan tashqari  moliyaviy oqimlar — notijorat tashkilotlari 

fondlarini shakllantiradi;

Moliyaviy  oqimlarni  boshqarish  funksiyalari  quyidagilardan 

iborat:

•  qonunchilik — Oliy  Majlisning vakolatida;

•  nazoratchilik  (tartibga  soluvchanlik)  —  Hisob  palatasi  va 

mamlakatning  boshqa  nazorat  organlari  (Moliya  vazirligi,  soliq, 

bojxona  qo'mitalari va  boshqalar)  tomonidan amalga oshiriladi;

•  boshqaruvchanlik — korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq 

organlari,  G ‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob- 

kassa va boshqa xizmatlari  vakolatida;

•  nazorat-kuzatuv — korxonalaming moliyaviy jihatdan kasodga 

uchraganligigi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy

oqimlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi  arbitrajlik  sudlari 

tomonidan bajariladi.

Moliyaviy  oqimlarni  boshqarish  bo'yicha  yuqoridagi  organ- 

laming  funksiyalari  bir-biri  bilan  qo'shilib  ketib,  ularni  har doim 

ham ajratib bo'lmaydi.

Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyat- 

lariga  muvofiq  ravishda,  ko'zda  tutilgan  tartibda  va  rejada  aks 

ettirilgan hajmda,  ishlab chiqarish  va  ijtimoiy vazifalami samarali 

yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini 

pul mablag'lari bilan to'liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning 

barchasi,  moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.

Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag'larining yetarli 

bo'lmagan  hajmda  va  o'z  vaqtida  tushmaganligida  pasayadi. 

Moliyaviy oqimlar me’yori buzilishi resurslaming doiraviy aylanishi 

va daromadlar olinishida uzilishlar chiqishiga,  moliyaviy-iqtisodiy 

faoliyatda  keskin  yo'qotmalarga  sabab  bo'ladi.  Moliyaviy  oqim 

samaradorligini quyidagicha aniqlash  mumkin:

К  =  H  :  R



mo 

mo

Bu yerda:  К  — moliyaviy oqim  samaradorligining 

koeffitsienti;

Hmo — davriy koeffitsientga o'zgartirilgan 

haqiqatdagi  moliyaviy oqim;

Rme — rejadagi  moliyaviy oqim.

Moliyaviy oqimlar moddiy resurslaming uchrashma harakatini 

o'zida aks ettiradi.  Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikro da­

rajalarida  (korxonalar,  firmalar,  korporatsiyalar  va  boshqalarda) 

mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat 

qilinadi.

Tushumlar va boshqa pul  mablag'larining kelib tushishini  aks 

ettiradigan  moliyaviy  oqimlar  ijobiy  oqimlar  deyiladi.  Aksincha, 

pul mablag'larining oqib ketishini aks ettiradigan moliyaviy oqimlar 

salbiy  oqimlar  deyiladi.  Korxonaning  moliyaviy  ahvolini 

mustahkamlash  uchun  ijobiy  moliyaviy  oqimlar  salbiy  moliyaviy

oqimlardan ancha yuqori boMishi  kerak.  Bunday sharoitda korxona 

ixtiyorida  qoluvchi  pul  mablag'lari  o'lchamini  aks  ettiruvchi  sof 

moliyaviy  oqimning  boMishi  ta’minlanadi.  Sof  moliyaviy  oqim 

korxona  moliyaviy  salohiyatining  o ‘sishi,  ular  daromadlarining 

kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash,  investitsion va innovatsion 

imkoniyatlarining manbai hisoblanadi.

Korxona  va  korporatsiyalar  sof  moliyaviy  oqimining  o ‘sishi 

ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyat­

larini aks ettiradi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashda mu­

him zamin hisoblanadi.

Makrodarajada  moliyaviy  ahvolni  ta’riflaydigan  quyidagi  bir 

necha ko‘rsatkichlar mavjud:

•  bir  ishlovchi  to‘g‘ri  keladigan  ishlab  chiqarilgan  YalMning 

miqdori;

•  inflyatsiya darajasi va dinamikasi;

• davlat byudjetining  ahvoli (defitsit,  profitsit);-

•  oltin valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.

Davlatning  moliyaviy  ahvoli  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy

kompleksi faoliyatining natijasidir.

Jahon  taraqqiyoti  tendensiyalarining  ko‘rsatishicha,  hozirgi 

sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy 

va istiqboldagi  rezervi  ijtimoiy  intellektning  (ijtimoiy kapitalning) 

to'planishi  (jamg'arilishi) va uni iqtisodiy o ‘sishning innovatsion— 

investitsion  strategiyasida  foydalanish  jarayonida  samarali 

moddiylashtirish  hisoblanadi.  Ijtimoiy ko'rinishdagi muammolami 

(maorif,  sogMiqni  saqlash,  madaniyat  va  boshqalarni)  hal  etish, 

turmush  tarzining  (hayotning)  sifat  darajasini  oshirish  bilan 

birgalikda,  iqtisodiy  taraqqiyotning  kuchli  omilidir.  Bu  omil  esa, 

o‘z  navbatida  mamlakatning  hozirgi  va  istiqboldagi  salohiyatini 

mustahkamlashda muhim shart hisoblanadi.

Davlat qarzlarini o'z vaqtida uzish davlatning moliyaviy ahvolini 

ko'rsatuvchi muhim ko'rsatkichlardan biridir. Murakkab moliyaviy 

vaziyatda davlat defolt,  ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan 

xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortishini e’lon qilishi 

mumkin.  Bir  vaqtning  o'zida  davlat  qarzlarini  restrukturizatsiya 

qilish  va  uning  qaytarilish  muddatlari  bo'yicha  kreditorlar  bilan

muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga 

oshirishi kerak.

Korxonalar,  firmalar va  korporatsiyalar  darajasida  moliyaviy 

ahvol to'lovga qobiliyat bilan,  ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa 

sub’ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o'z 

vaqtida  uzish  imkoniyati  bilan  belgilanadi.  To'lovga  qobillik  bu 

korxona  barcha  pul  aktivlari  (Pa)  va  to'lov  muddati  kelgan  (yoki 

o'tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o'rtasidagi nisbat demakdir. 

Sog'lom ishlayotgan korxonalar uchun to'lovga qobillik koeffitsienti 

(TQk)  doimo birdan yuqori  (katta) bo'lishi  kerak:

Pa

Korxonaning  moliyaviy  holatini  aniqlash  uchun  likvidlilik, 

aylanma aktivlaming o'z aylanma mablag'lari bilan ta’minlanganlik 

ko'rsatkichi va boshqa shu  kabi  mezonlardan foydalaniladi.

M a’lum  bir  aniq  sanada  va  iqtiqbolda  korxona  to'lov 

majburiyatlari  va  uning  moliyaviy  imkoniyatlari  o'lchamini 

balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar balansidir.  U 

o'z  ichiga  korxona  ixtiyoriga  kelib  tushadigan  pul  mablag'lari  va 

korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag'larini oladi.  Bu narsa 

doimiy  ravishda  korxona  pul  mablag'larining  harakatini  nazorat 

qilish,  ularning  dinamikasini  baholash  va  bashoratlash  imkonini 

beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to'lov qobiliyatini 

boshqarish amalga oshiriladi.

Moliyaviy  oqimlar  byudjeti  —  korxona  to'lovga  qobilligining 

kengaytirilgan  koeffitsienti  demakdir.  Agar  uning  chap  tomoni 

(daromadlar  qismi)  o'ng  tomoniga  teng  yoki  undan  katta  bo'lsa, 

unda korxona to'lovga qobildir. Agar uning o'ng tomoni (xarajatlar 

qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to'lovga qobil emas 

hisoblanadi.  Moliyaviy oqimlar byudjeti balansi pul mablag'larining 

tushilmalari  va  ularning  sarflanish  yo'nalishlari  bo'yicha  bir-biri 

bilan o'zaro bog'liq bo'lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan 

iborat  bo'lib,  u  byudjetlashtirish  tizimiga  (sotuvlar  byudjeti,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  (bevosita) va egri  (bilvosita)  xarajatlar byudjeti, 

investitsion byudjet va boshqalardan asoslanadi.

Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali 

korxonaning faoliyati aniqladi.  Ular ishlab chiqarish barcha omillar 

harakatining  qiymatdagi  ifodasidan  iboratdir.  Menejmentda sifat 

jihatdan  farqlanuvchi  boshqaruv  tizimi  —  korxonani  moliyaviy 

boshqarish  tizimi  shakllandiki,  bu  narsa  moliyaviy oqimlar orqali 

ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslaming aylanuvchan- 

ligi, xarajatlar,  rentabellik va boshqa jarayonlaming boshqarilishini 

ko‘zda tutadi.

Moliyaviy oqimlar byudjeti — amalda turli davriy muddatlarda 

hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun 

(kunlik,  haftalik,  oylik,  choraklik,  yillik  va  uzoq  istiqboldagi) 

moliyaviy oqimlarga doir bashoratli byudjetlami tuzish korxonaning 

to'lovga  qobillik  darajasini  oshirishga  imkon  beradi  va  kelajakda 

uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Moliyaviy boshqaruv deb  nimaga aytiladi?

•  Qanday vazifalami bajarish moliyaviy boshqaruv zimmasiga 

yuklatilgan?

•  Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida nimalar maydonga 

chiqadi?

•  Nimalar moliyaviy boshqaruvning sub’ektlari hisoblanadi?

•  Moliyaviy boshqaruvning maqsadi nimalardan iborat?

•  Moliyaviy  boshqaruvning  asosiy  metodologik  prinsiplari 

nimalardan  iborat?

•  Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari tarkibiga 

nimalar kiradi?

•  Moliyaviy boshqaruv tizimi  o‘z ichiga nimalarni  oladi?

•  Umumdavlat  miqyosida  moliyaviy boshqaruv tizimi qanday 

boshqaruv organlaridan tashkil topishi  mumkin?

•  Moliyaviy  boshqaruv  organi  sifatida  mamlakat  Prezidenti 

(Prezident devoni)  qanday huquqlarga ega?

•  Moliyaviy boshqaruvga oid Oliy Majlis qanday vakolatlaiga ega?

• Vazirlar  Mahkamasining  moliyaviy  boshqaruvga  tegishli 

qanday vakolatlari  mavjud?

•  Davlat  moliyaviy  nazorat  organi  sifatida  Hisob  palatasi 

moliyaviy boshqaruvga oid qanday vazifalami bajaradi?

•  Moliyaviy boshqaruvga  daxldor  Moliya  vazirligining  asosiy 

vazifalari nimalardan iborat?

•  Hozirgi  paytda  Moliya  vazirligining  Markaziy  apparatida 

qanday departamentlar bo'lishi mumkin?

•  Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo'lgan G ’aznachilik 

tizimining asosiy vazifalari  nimalardan  iborat?

•  Moliyaviy boshqaruvga oid  Davlat soliq  qo'mitasi  va  uning 

quyi  organlari qanday vazifalami  bajaradi?

•  Davlat  bojxona  qo'mitasi  va  uning  tegishli  organlariga 

moliyaviy boshqaruvga nisbatan qanday vazifalar yuklatilgan?

•  Moliyaviy oqim deb nimaga  aytiladi?

•  Moliyaviy oqimlarning  hajmi nimalarga bog'liq?  •

•  Moliyaviy oqimlarning  qanday shakllari mavjud?

• Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari nimalardan 

iborat?

•  Moliyaviy  oqimning  samaradorligini  qanday  aniqlash 

mumkin?

•  Ijobiy va salbiy moliyaviy oqim  deb  nimalarga aytiladi?

•  Sof moliyaviy oqim  deganda  nima tushuniladi?

•  Makrodarajada  moliyaviy  ahvolni  ko'rsatadigan  qanday 

ko'rsatkichlar mavjud?

• Korxonalar uchun to'lovga qobillik koeffitsienti qanday aniq­

lanadi?

• Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) deyilganda nima tushu­

niladi?

• Qachon korxona to'lovga qobil yoki qobil emas hisoblanadi?

•  Moliyaviy oqimlar byudjeti  (balansi)  nimaga asoslanadi?

•  Turli  davrlar uchun  (kunlik,  haftalik,  oylik, choraklik,  yillik 

va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini 

tuzish nimalarga  imkon beradi va  nimalarni ta’minlaydi?

5 -B O B . 

MOLIYAVIY  R E JA L A S H T IR IS H   VA T A R T IB G A  

S O L IS H

5.1.  Moliyaviy rejalashtirish va  bashoratlash

Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining 

asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir12.  Iqtisodiy adabiyotlarda, 

eng umumiy shaklda,  rejalashtirish istiqbolga yo'naltirilgan qarorlar 

qabul qilish bo'yicha faoliyat deb talqin  qilinadi.

«Rejalashtirish»  tushunchasining  ma’no-mazmunini  yanada 

umumiyroq  bo'lgan  va  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatini 

muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi 

«rejalilik» orqali aniqlash  mumkin.  Haqiqatdan  ham  rejalashtirish 

amaliyotda  rejalilikni  amalga  oshirishni,  ya’ni  muvozanat  va 

mutanosiblikka  erishish  bo'yicha  ongli  faoliyatni  bildiradi.  Shu 

ma’noda,  moliyaviy resurslaming  muvozanatini va mutanosibligini 

ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.

Bunda muvozanat davlat ixtiyorida bo  Igan moliyaviy resurslar 

va  xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning  ixtiyorida qolgan  daromadlar 

o'rtasidagi optimal  nisbatni bildiradi.  Mutanosiblik esa korxonalar, 

xo'jalik  tarmoqlari,  mintaqalar  va  davlat  sub’ektlari  bo'yicha 

daromadlaming soliq  to'languncha va  soliq  to'langandan  keyingi 

miqdorlari  o'rtasidagi  oqilona  nisbatdan  iborat.  Ana  shu  nisbatni

12 


Mamlakatimizda rejali  iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o ‘tilishi  munosabati  bilan 

ayrim  iqtisodchilar tomonidan  iqtisodiyotda  rejalashtirishning  (shu jumladan,  moliyaviy 

rejalashtirishning)  roli  butunlay  inkor  etilmoqda.  Bu  narsani  bozor  iqtisodiyotining 

rejali  iqtisodiyotdan  tub  farq  qilishi,  undagi  munosabatlar  rejalashtirilmasdan,  balki 

aksincha, stixiyali  ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan  izohlashga harakat qilinmoqda. 

Shu  boisdan  ham  ayrim  darslik  va  o ‘quv  qo‘llanmalarida  rejalashtirish  (shu jumladan, 

moliyaviy  rejalashtirish)  masalalariga  o 4rin  berilmayapti.  Ushbu  o‘quv  qollanmasi 

mualliflarining  fikricha,  bozor iqtisodiyotining,  eng  awalo,  talab  va  taklifga  asoslanishi 

tegishli  iqtisodiy jarayonlaming  rejalashtirishdan  mutlaqo  voz  kechilishini  anglatmaydi. 

Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish  (shu jumladan,  moliyaviy rejalashtirish 

ham)  yangicha  ma’no-mazmun  kasb  etib,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  boshqaruv 

tizimining  eng  muhim  bosqichi  bo‘lib  qolaveradi.

ko'paytirish  yoki  kamaytirish  orqali  davlat ularning  rivojlanishini 

rag'batlantirish yoki cheklab qo'yishi  mumkin.

Umumiy  va  oddiy  ko'rinishda,  moliyaviy  rejalashtirish 

deyilganda  moliyaviy  rejalami  tuzish  va  amalga  oshirish jarayoni 

nazarda tutiladi.  Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish 

yoki  tuzish  jarayoni  kabi  moliyaviy  ko'rsatkichlami  ijodiy  tahlil 

qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'lash tizimi sifatida qarash kerak. 

Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, 

masalan,  korxona  faoliyatining shakliy modelini  ishlab chiqish va 

shu asosda  moliyaviy ko'rsatkichlaming  rejali  tizimini aniqlashni, 

moliyaviy  rejalashtirishning ishchi  tizimi sifatida qarash  mumkin. 

Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  moliyaviy rejalashtirish jarayonida u 

yoki  bu  sub’ekt  faoliyat  ko'rsatishi  moliyaviy  ta’minlanishining 

hayotiychanligini oshiruvchi xilma-xil omillar inobatga olinishi kerak.

«Moliyaviy rejalashtirish» tushunchasi o'z ichiga quyidagilami 

oladi:

•  taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy 

tahlil qilish;

• jalb qilingan mablag'lar va vaqtincha bo'sh tuigan mablag'lami 

joylashtirish menejmenti;

•  firma  ichidagi  moliyaviy  natijalar va  pullarni  rejalashtirish, 

hisobga olish va  nazorat qilish  texnologiyasi;

•  investitsion  menejment;

•  kapitallar menejmenti;



•  faoliyatning  boshqa  ko'rinishlari  (trast,  faktoring,  lizing  va 

boshqalar).

Quyidagilar  moliyaviy  rejalashtirishning  asosiy  vazifalari 

hisoblanadi:

•  ishlab chiqarish,  investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli 

bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;

•  pul  mablag'larini  iqtisod  qilib,  tejab-tergab  foydalanish 

hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo'yicha ichki imkoniyat - 

larni qidirib topish;

•  kapitalni  samarali  joylashtirish  yo'llarini  aniqlash,  undan 

oqilona va  samarali foydalanishni baholash;

•  kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlami o'rnatish;

•  korxonaning  moliyaviy ahvoli, to'lovga  qobilligi va  kreditga 

layoqatliligi ustidan  nazorat o'rnatish.

Bozor  m unosabatlariga  o'tilganiga  qadar  m oliyaviy 

rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalami — 

markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada 

formal  bo'lgan  korxonalaming  besh  yillik  moliyaviy  rejalaridagi 

ko'rsatkichlami ishlab chiqish,  istiqbolga mo'ljallangan rejalarning 

loyihasini  baholash,  korxonaning yillik  moliyaviy rejalarini  tuzish 

kabilarni  hal  etishga  qaratilgan  edi.  Bunday  amaliyotning  hukm 

surganligi  korxona  moliyaviy  xizmatlarining  obro'yiga  obro' 

qo'shmas,  chunki  ularga  hech  narsa  bog'liq  emas  edi.  Bozor 

iqtisodiyotida  moliyaviy  xizmatlaming  roli  tubdan  o'zgardi.  Ular 

korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning 

o'zida,  shu rivojlanishning yo'nalishi va sifatini nazorat qiladi.

Hozirgi  sharoitdagi  moliyaviy  rejalashtirish  barcha  zaruriy 

harakatlami  oldindan  ko'zda  tutishgina  (ko'ra  bilishgina)  emas. 

Bu  tegishli  ishlarni  amalga  oshirish  jarayonida  yuzaga  chiqishi 

mumkin bo'lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko'ra olish qobi­

liyati  hamdir. Albatta,  xo'jalik yurituvchi  sub’ekt  o'z  faoliyatidagi 

barcha risklarga barham beraolmaydi.  Lekin u ana shuday vaziyat- 

larni  oldindan  ko'ra  bilish  yordamida  samarali  boshqarish  imko­

niyatiga ega.

Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan 

foydalanish mumkin:

•  iqtisodiy tahlil metodi;

•  normativ metod;

•  balansli  hisob-kitoblar va pul oqimlari  metodi;

•  ko'p variantlilik metodi;

•  iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;

•  va boshqa  metodlar.

Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi  asosiy bosqich­

larini  ajratib ko'rsatish  mumkin:

•  xo'jalik yurituvchi  sub’ektlar faoliyatining  moliyaviy  natija­

larini tadqiq etish;

•  operativ rejalarning o'zgarishi asosida moliyaviy hisobotlaming 

bashorat variantlarini ishlab chiqish;

•  o'z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo'jalik 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling