A. V. Vahobov, T. S. Malikov


yurituvchi  sub’ektning moliyaviy resurslarga bo'lgan aniq ehtiyoj­


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75

yurituvchi  sub’ektning moliyaviy resurslarga bo'lgan aniq ehtiyoj­

larini aniqlash;

•  moliyalashtirish  manbalari  (shu jumladan,  ichki  va  tashqi 

manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;

•  xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarish  tizimini 

yaratish va uni qo'llab-quvvatlash;

•  shakllantirilgan rejalarni operativ o'zgartirish tartibini ishlab 

chiqish.

Moliyaviy rejalashtirishning ikki  turi bo'lishi  mumkin:

•  strategik moliyaviy rejalashtirish;

• joriy moliyaviy rejalashtirish.

Strategik moliyaviy rejalashtirish o'z ifodasini strategik moliyaviy 

rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o'zgarayotgan xo'jalik 

yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko'p variantli bashorati- 

dan iboratdir.

Strategik moliyaviy reja, hech bo'lmaganda,  quyidagi savollarga 

aniq javob bermog'i lozim:

•  xo'jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning 

o 'lch am i  qanday,  u  qaysi  m anbalar  hisobidan  va  qanday 

muddatlarda jalb qilinadi?

•  bu  kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?

•  o'z  kuchiga  ishongan  holda  xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt 

rivojlanishi  mumkinmi? Agar yo'q bo'lsa. moliyaviy resurslami jalb 

qilishning manbalari qanday?



•  xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt  pul  mablag'lari  tushumi,  ishlab 

chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday 

darajalariga chiqishi  mumkin va qay muddatlarda?

O'z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiya­

lari quyidagilardan iborat:

•  ishlab  chiqarish,  investitsion,  marketing,  ilmiy-loyihaviy va 

qidiruv  faoliyatlarini  hamda  ijtimoiy  loyihalarni  amalga  oshirish 

uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslaming hajmi va manbalarini 

aniqlash;

•  mahsulotni  (ishni,  xizmatni) ishlab chiqarish va  realizatsiya 

qilish tannarxini rejalashtirish;

•  pul oqimlarini rejalashtirish;

•  butun  xo'jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani  rejalash­

tirish;

•  investitsiya daromadliligini rejalashtirish.

Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo'jaligini rejalashti­

rishning  tarkibiy  qismi  bo'lib,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  rejasi 

ko'rsatkichlariga tayanadi,  moliya tizimidagi  barcha organlarning 

faoliyatlarini  muvofiqlashtirishga  yo'naltiriladi.  Moliya  tizimi 

tarkibidagi alohida bo'g'inlarning nisbiy mustaqilligi quyidagilami 

o'zida  aks  ettiruvchi  moliyaviy  rejalar  ishlab  chiqilishi  zarurligini 

taqazo etadi:

•  pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari 

va metodlarining o'ziga xosligi;

•  moliyaviy resurslami tarmoqlar va  hududlar bo'yicha  qayta 

taqsimlash.

Moliyaviy  rejalashtirishning bosh  ob’ekti  rejada o'z  miqdoriy 

ifodasini oladigan  moliyaning bo'g'inlari hisoblanadi.  Konkret pul 

fondlari  mablagiarining  harakati  yagona  tizimga  birlashtirilgan 

tegishli  moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.

Moliyaviy  rejalar  tizimi  markazini  byudjet  rejasi  egallaydiki, 

unda  byudjet  fondining  harakati,  daromadlar  va  xarajatlarni 

shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari, daromad 

va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o'z miqdoriy ifodasini 

topadi.

Byudjetdan tashqari fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya 

fondi,  Ijtimoiy sug'urta  fondi,  Majburiy  tibbiyot  sug'urtasi  fondi, 

Yo'l  fondi,  Aholi  bandligi  davlat  fondi  kabilarning  moliyaviy 

rejalarida  ularning daromadlari  va xarajatlarida o'z aksini  topadi. 

Ularning  daromadlar  qismida  yuridik  va  jismoniy  shaxslaming 

majburiy va  ixtiyoriy  badallari  ifodalanadi.  Sug'urta  badallarining 

miqdori  mehnat haqiga nisbatan foizlarda o'matiladi.  Byudjetdan 

tashqaridagi  fondlarga  qisman  byudjet  mablag'lari  tushishi, 

mablag'lar  yetishmaganda  byudjetdan  tashqaridagi  fondlar  bir- 

birlaridan qarzga mablag'lar olishi mumkin.  Shunday qilib, bunday 

fondlar bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog'liqdir.

Sug'urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar,  hududlar va

fuqarolar  miqyosidagi  yo'qotmalarni  tiklash  uchun  kerak bo‘ladi. 

Barcha ho'jalik yurituvchi sub’ektlarning ehtiyojlarini hisobga olish 

uchun  sug'urta  fondi  ham  rejali  tarzda  shakllantiriladi  va  undan 

foydalaniladi.  Bu  yerdagi  moliyaviy rejaning  daromadlar qismida 

korxona,  tashkilot  va  alohida  fuqarolaming  badallari,  boshqa 

fondlardan  mablag'laming  tushishi,  xarajatlar  qismida  esa  tabiiy 

ofatlardan ko'rilgan zararlarni qoplash, sug'urtalanganlarga sug'urta 

to'lanmalari summasini to'lash kabilar aks ettiriladi.  Sug'urta fondini 

shakllantirish  va  undan  foydalanish  rejasi  mablag'lardan  yanada 

samaraliroq foylanishga imkon beradi.

Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajala- 

riga istiqbol uchun mo'ljallangan moliyaviy rejalar, moliyaviy balans­

lar, shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakati muvoza­

natini ishlab  chiqish va amalga  oshirish  kiradi.

Istiqboldagi  moliyaviy  rejalashtirish  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash, 

shuningdek, ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlaming 

moliyaviy oqibatlarini  kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli 

salbiy tendensiyalami kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni 

o'z vaqtida qabul qilish  maqsadlarida amalga oshiriladi.

Odatda,  istiqbol  uchun  mo'ljallangan  moliyaviy  rejalar 

navbatdagi uch yil uchun  ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun 

byudjet  tuziladi,  navbatdagi  ikki  yil  reja  davri  hisoblanib,  ular 

davomida  e ’lon  qilingan  iqtisodiy  siyosatning  lmqiqiy  natijalari 

kuzatiladi.  Istiqbolga  mo'ljallangan  moliyaviy  rejalar  mamlakat, 

uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga 

moslashtirib, yaqin muddatli bashorat ko'rsatkichlarini hisobga olgan 

holda  har yili  o'zgartirilishi  mumkin.  Reja  davri  esa,  bunda  yana 

bir yil oldinga suriladi.

Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishning  mutanosibligi  va 

muvozanatini  ta’minlashda,  pul  muomalasini  tartibga  solishda 

davlatning  yig'ma  moliyaviy  balansi  (moliyaviy  resurslar balansi) 

va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalaming daromadlar va xarajatlar 

balansi  muhim  o'rinni  egallaydi.  Davlatning  yig'ma  moliyaviy 

resurslar  balansi  mamlakat,  uning  sub’ektlari,  mahalliy-hududiy 

tuzilmalari  va  ma’lum  hududda  faoliyat  ko'rsatayotgan  barcha

xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va xarajatlari 

yig'indisidan  iboratdir.  U  o'tgan  yilgi  davlatning  hisobot  yig'ma 

moliyaviy balansi asosida va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­

ning  bashorat  ko'rsatkichlariga  muvofiq  ravishda  tuziladi  hamda 

ular byudjet loyihalarini  ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi.

Bu  moliyaviy  hujjatlar  Moliya  vazirligi  va  moliya  tizimining 

boshqa bo'linmalarining faol ishtirokida  Iqtisodiyot vazirligi tomo­

nidan  ishlab  chiqiladi.  Balansda  byudjet  fondi  hamda byudjetdan 

tashqaridagi fondlar, sug'urta fondi, kredit fondi, korxona va tash- 

kilotlarning pul fondlari va nihoyat,  fuqarolaming pul mablag'lari 

tarkibida rejalashtirilayotgan  resurslaming shakllanishi va ulardan 

foydalanish aks ettiriladi.  Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi 

mamlakat,  uning  ma’muriy-hududiy  tuzilmalari  va  mahalliy 

ma’muriyatlari miqiyosida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, 

barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar o'rtasida mablag'lami samarali 

va  asosli  qayta  taqsimlashga  imkon  beradi.  Davlatning  moliyaviy 

resurslar balansi mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga 

birlashtiradi.  Uning  ko'rsatkichlari  byudjet  va  kredit  rejalarini, 

shuningdek, boshqa  moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul 

qilinadi.

Boshqa bir sintetik balans — aholi daromadlari va xarajatlarining 

balansi — davlatning yig'ma moliyaviy balansi  moliyaviy  resurslar 

balansi bilan bevosita bog'langandir.  Unda naqd pulli va naqd pulsiz 

shakllardagi  aholi  pul  resurslarining  harakati  o'z  ifodasini  topadi. 

Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o'z manbasiga 

ko'ra quyidagi  uch guruhga bo'linadi:

•  ish haqi va  ish  haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari 

uchun mo'ljallangan  mablag'lar, yollanma xodimlarga ish beruvchi 

tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to'lanmalar;

•  tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalaming 

foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya- 

kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

•  ijtimoiy transfertlar — davlat  pensiyalari,  nafaqalar,  stipen­

diyalar va shunga xshashlar.

Xuddi  shuningdek,  balansda  aks  ettirilayotgan  aholining  pul 

xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo'ladi:

•  iste’mol xarajatlari;

•  soliqlar,  boshqa majburiy to'lovlar va  ixtiyoriy badallar;

•  pul  to'planmalari  va jamg'armalar.

Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari 

va  xarajatlari  o'rtasidagi  proporsiyani  aniqlaydi,  mehnat  haqi  va 

pensiya  ta’minotining  o'sganligi,  tovariar  taklifi  hajmining 

oshganligini  ifodalaydi.  Shularga  muvofiq  ravishda,  aholi  pul 

daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana 

tovar aylanmasi,  soliq tushumlari,  kredit resurslarini  rejalashtirish 

uchun  muhim  rol  o'ynaydi.  Bu balans  Moliya vazirligi,  Markaziy 

bank va moliya tizimining boshqa organlari  ishtirokida Iqtisodiyot 

vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab,  moliyaviy rejalar 

quyida ikki guruhga bo'linishi  mumkin:

•  uzoq  muddatli  moliyaviy rejalar;

•  qisqa  muddatli  moliyaviy rejalar.

Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat 

o'zining  qamrab  olish  gorizonti  bo'yicha,  balki  rejalashtirish 

maqsadlariga ko'ra  ham farqlanadi.  Agar uzoq muddatli moliyaviy 

rejalarning (rejalashtirishning) bosh  maqsadi moliyaviy barqarorlik 

nuqtai-nazaridan  firma  kengayishining  yo'l  qo'yilishi  mumkin 

bo'lgan  sur’atlarini  aniqlash  bo'lsa,  qisqa  muddatli  moliyaviy 

rejalarning  (rejalashtirishning)  bosh  maqsadi  firmaning  doimiy 

to'lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.

Alohida  olingan  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy 

rejasi unga tegishli bo'lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona 

faoliyat krsatishining boshqa yo'nalishlari qiymat ko'rsatkichlarida 

ifodalanadi.  Moliyaviy reja korxonaning butun faoliyatini moliyaviy 

jihatdan  ta’minlash  vositasi  sifatida  maydonga  chiqadi  va  bir 

vaqtning o'zida,  shu faoliyatning  moliyaviy natijalarini  ko'rsatadi. 

Biznes-reja tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo'nalishlar bo'yicha 

ishlab chiqiladi:

•  bozorlam i  va  ko'zda  tutilayotgan  sotuvlar  hajmini 

o'zlashtirishning loyihaviy ko'rsatkichlarini ishlab chiqish;

•  tannarxning turli ko'rinishlarini (to'liq, ishlab chiqarish, to'g'ri

va boshqalar)  hisob-kitob qilish.  Bu yerda marketing tadqiqotlari, 

reklama, bozorlami o'zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim 

ahamiyat kasb etadi;

•  pul mablag'larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy 

natijalami aniqlash.  Bu tushumlarning kelib tushishi,  debitorlik va 

kreditorlik qarzlarining o'zgarishi, soliq to'lovlarini optimallashtirish 

va boshqalar bo'yicha o'sish-o'zgarishlar bashorat qilinishini taqoza 

etadi.  Shu yerning o'zida  foydaga oid  hisob-kitoblar korxonaning 

joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa 

bo'limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi 

kerak;

•  zaruriy  investitsiyalarning  hajmi,  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish  bo'yicha  moliyaviy  resurslaming  hajmi,  ularning 

samaradorligi va foydaga ta’sirini  aniqlash;

•  va boshqalar.

Umuman  olganda,  moliyaviy  reja  ko'rsatkichlari  davlatning 

moliyaviy  ahvolini  tahlil  qilish  uchun  boshlang'ich  material 

hisoblanadi,  istiqboldagi  rejalashtirish uchun  ahborot  asosi  bo'lib 

xizmat  qiladi.  Moliyaviy  rejalar  tizimi  moliyaviy  resurslar 

manbalarining  (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy 

tuzilishidagi o'zgarishlar ob’ektiv ravishda o'zaro bog'liqligi va uzoq 

muddatli tendensiyalarini,  shuningdek kelajakda bu tendensiyalar 

rivojlanishiga ta’sir ko'rsatishi  mumkin bo'lgan omillarni aniqlashga 

imkon beradi.

Moliyaviy  rejalashtirishni  moliyaviy  bashoratlashsiz  tasavvur 

etib  bo'lmaydi.  U  yoki  bu  davr  mobaynida  davlatning  mumkin 

bo'lgan moliyaviy holatini  oldindan  ko'ra  bilish  va  moliyaviy reja 

ko'rsatkichlarini  asoslashga  moliyaviy  bashoratlash  deyiladi. 

Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:

•  o'rta  muddatli  (5—10  yillik)  moliyaviy bashoratlash;

•  uzoq  muddatli  (10 yildan  ortiq)  moliyaviy bashoratlash.

Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan

oldin  sodir  bo'ladi.  Unda  jamiyatning  ma’lum  bir  davrdagi 

taraqqiyotiga  bag'ishlangan  moliyaviy  siyosat  konsepsiyasi  ishlab 

chiqiladi.  Moliyaviy  bashoratlashning  bosh  maqsadi  ma’lum  bir 

davrda aslida mavjud bo'lish ehtimol tutilgan moliyaviy resurslaming

haqiqiy  hajmi,  ularni  shakllantirish  manbalari  va  foydalanish 

istiqbollarini aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi 

organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, 

moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli- 

tuman  variantlarini  belgilashga  imkon  beradi.  Shu  ma’noda, 

moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy 

qismi  va  bir  vaqtning  o'zida  muhim  bosqichi  hisoblanadi.  Ular 

yordamida  moliya  tizimining  barcha  sub’ektlari  oldida  turgan 

ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalami  yechishning  (hal  qilishning)  turli 

ko'rinishlari  ishlab chiqiladi.

Moliyaviy bashoratlash turli metodlar qo'llanishini taqoza etadi. 

Ularning eng asosiylari quyidagilar bo'lishi  mumkin:

•  iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog'liq ravishda 

moliyaviy reja ko'rsatkichlari rivojini belgilaydigan iqtisodiy o'lchov 

modelini yaratish;

•  korrelyasion-regression tahlil;

•  bevosita ekspertli baholash  metodi.

Aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishish vositalari asosida 

dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalash­

tirish metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilami ko'zda 

tutadi:

•  yo'nalishlar bo'yicha davlat xarajatlari ustuvorligini belgilash;

•  davlat mablag'lari sarflanishining samaradorligini oshirish;

•  muqobil  variantning  tanlanishiga  muvofiq  ravishda  nioliya- 

lashtirishni to'xtatish.

Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo,  iqtisodiy omillarga 

bog'liq.  Bunda  faqat  maqsadga  erishish  ko'lami,  ahamiyati  va 

murakkabligi emas,  balki mavjud zaxiralaming hajmi, kutilayotgan 

jami  samara,  mo'ljal  amalga  oshmaganda  ichki  yo'qotishlar  ham 

hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali 

maqsadlar va choralami muvofiqlashtirishning muhim usuli sifatida 

dasturlashtirishdan hoziigi moliyaviy rejalashtirish amaliyotida faol 

foydalanish  maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan  mamlakatlarda  o'tgan  asrning  60-yillaridan 

moliyaviy  dasturlashtirish  amalda  qo'llanmoqda.  Uning  asosiy 

mohiyati besh yillik  «o'zgarib  turadigan»  xarajatlar rejasini tuzish

bilan  belgilanadi.  Har  yili  joriy  yil  rejasi  ko‘rsatkichlarining 

kutilayotgan  ijrosi asosida reja o'zgartiriladi.  Bunda ko'rsatkichlar 

besh yillik shkala bo'yicha bir yil  oldinga  (hisobot yilidan  keyingi 

yilga)  «ko'chiriladi».  Oldinda  turgan  birinchi  yilning  reja 

ko'rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to'rt yillik ko'rsatkichlar 

esa mo'ljalli  (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.

Hozirgi  paytda  dunyoning juda  ko‘p  mamlakatlarida  ishlab 

chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo'yicha muvozanatga 

yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo'jalik va boshqa tadbirlar 

tizimidan iborat bo'lgan maqsadli kompleks dasturlar majmuasidan 

keng foydalanilmoqda.

5.2.  Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni  moliyaviy tartibga 

solish

Zamonaviy iqtisodiy  dunyo  — aralash  iqtisodiyot  dunyosidir. 

Bu  qoida  o'ziga  xos  o'zgarmas  haqiqat  hisoblanadi  va  uni  inkor 

etish mumkin emas.  Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida 

jamiyat ustidan bozoming «mutlaq hukmron» bo'la olmaydi. Shunga 

qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati  ob’ektiv bo'lib, 

ulami  bekor qilib bo'lmaydi.  Xuddi  shuningdek, bozor institutlari 

«nomenklatura»sining  kengayishi,  ular  o'rtasidagi  aloqalaming 

murakkablashuvi,  yangi  tizimlaming  (evolyusiya  yoki  taraqqiyot 

qonunlariga  muvofiq  ravishda)  shakllanishini  ham  rad  etib 

bo'lmaydi.  Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi 

maqsadlar uchun  zarur:

•  hayotiy  faoliyatning  umumiy  sharoitlari  va  iqtisodiy 

qarorlarning amalga oshirilish asoslarini, jamiyatning xavfsizligini, 

mulkka  egalik  qilish  huquqi  va  shaxsning  erkin  rivojlanishini 

ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejim o'rnatish va uni himoya qilish, 

samarali raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat uchun 

har doim  zarur;

•  barqarorlashtiruvchi  tadbirlami  amalga  oshirish  (davlat  iq­

tisodiy o'sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga 

solib  turishi,  iqtisodiyotning  tarmoq  va  mintaqaviy  tuzilmasidagi

ilg‘or o'zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni 

va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quwatlashi  lozim);

• 

resurslaming  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  qayta  taqsimlanishini 

amalga oshirish  (davlat jamiyat uchun zarur bo‘lgan,  lekin xususiy 

sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, 

ish haqi, pensiyalar,  nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, 

ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam berishi, qat’iylashti- 

rilgan daromadlaming indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur).

Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka — mamlakat milliy 

boyligining katta qismiga — ega bo‘ladi.  Bu mulk, asosan,  moddiy— 

buyumlar  shaklida  (tabiiy  boyliklar,  binolar,  inshootlar,  ishlab 

chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari,  muzeylar, qo'riqxonalar, 

davolash manbalari,  kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling