A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Majburiy  auditorlik  tekshiruvining  buyurtmachisi  sifatida


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75

Majburiy  auditorlik  tekshiruvining  buyurtmachisi  sifatida 

xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt  ishtirok  etadi.  Auditorlik  tashkilotini 

tanlash  mulk  egasi,  xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt  qatnashchilari 

(aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi.  Majburiy auditorlik 

tekshiruvi o'tkazilishidan bosh tortish xo'jalik yurituvchi sub’ektdan 

eng  kam  ish  haqining  ellik  barobari  miqdoridagi  jarima  undirib 

olinishi  hamda  tashkilot  rahbarining  qonunchilikda  belgilangan 

tartibda  javobgarlikka  tortilishiga  sabab  bo'ladi.  Jarima  to'lash 

xo'jalik  yurituvchi  sub’ektni  majburiy  auditorlik  tekshiruvi 

o'tkazilishidan ozod etmaydi.

Auditning  asosiy  tamoyili  uning  mustaqilligi  bo'lib,  bunda 

asosan tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy hisoboti to'g'risidagi 

kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo'lishdan 

uning ozod ekanligini tushunish lozim.  Shu bilan birga, yana shuni 

hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada 

qattiq tartibga solinadi.

Ayrim  davlatlarda  (masalan,  Fransiyada)  bu jarayonga davlat 

aralashib, u audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni 

va  auditorlik  firmalarini  ro'yxatdan  o'tkazadi  hamda  ularning 

faoliyati  ustidan  nazorat  o'matadi.  O'zbekistonda  ham  xuddi 

shunday  ahvol  tarkib  topgan  bo'lib,  bu  yerda  davlat  auditorlik 

faoliyatini  tartibga  solishni  faol  amalga  oshiradi.  U  moliyaviy 

qiyinchiliklari  iqtisodiyotga  ta’sir  etishi  mumkin  bo'lgan  muhim 

korxonalarni  ajratib,  ularda  audit  o'tkazish  majburiy  ekanligini 

belgilaydi,  auditorlarga  (ma’lumoti,  malakasi,  imtihonlarni 

topshirish tartibi,  mas’uliyati, javobgarligi  va  boshqalar  bo'yicha) 

talablar qo'yadi.

Auditni  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  tashkil  etish 

qonunchilik va boshqa huquqiy hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. 

Bunda  auditorlar jamoatchilik  tashkilotlari  tomonidan  auditning 

o'zini  o'zi  boshqarishiga  katta  imkoniyat  beriladi.  Qayd  etish 

lozimki,  har bir  mamlakatda jamoat  tashkilotlarining  rivojlanishi

va ta’siri turlicha amalga oshiriladi.  Masalan, AQSh va Angliyada 

auditorlik  faoliyati  asosan  ixtisoslashtirilgan  professional  jamoat 

auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.

Ko'pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab 

turibdi.  Ularning asosiy vazifalari  auditorlik  faoliyati va auditorlar 

axloq  me’yorlari  bo'yicha  standartlarni  ishlab  chiqish,  auditorlar 

ish faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bo'yicha 

bilimlarini  attestatsiya  qilish  va  hujjatlar  berish  hamda  auditorlik 

me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini 

qo'llash  (bu  — davlatga  xos  xususiyat  bo'lmagan  mamlakatlarda) 

kabilardan iboratdir.

Ammo  ayrim  mamlakatlarda,  masalan,  Shvetsiyada,  garchi 

Vakolatli auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi 

ishlab turgan bo'lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini 

tartibga  solish  davlat  tomonidan  amalga  oshirilib,  bu  bizning 

Respublikamizga  ham  xos  bo'lgan  xususiyatdir.  O'zbekiston 

Auditorlar palatasi  tuzilish jihatidan  davlat  organlari bilan  o'zaro 

birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga 

solish bo'yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab 

qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to'g'risidagi 

qonunini  amalga  oshirish,  auditorlik  tekshiruvlarining  roli  va 

maqomini belgilash,  soliq va boshqa nazorat  organlari tomonidan 

auditorlik xulosalari hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida so'nggi 

vaqtlarda  bizning  mamlakatimizda  auditorlik  faoliyatini  amalga 

oshirish tartibiga jiddiy o'zgartirishlar kiritildi29.

Xususan,  belgilab  qo'yildiki,  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va 

hisobot  tuzish  ishlari  auditorlik  tashkiloti  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  mikrofirmalarning  moliyaviy-xo'jalik  faoliyati  soliq 

organlari va boshqa  nazorat organlari tomonidan  majburiy tarzda 

tegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi.  Bunda 

moliyaviy hisobotning to'g'riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar 

hisoblanadi.

29 


0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  V a z ir la r   M a h k a m a s i n i n g   « A u d ito r lik   f a o liy a tin i 

ta k o m illa s h tiris h   va  a u d ito r lik   te k s h iru v la ri  ro lin i  o s h iris h   t o ‘g ‘r isid a »   2 0 0 0   yil  22 



se n ty ab rd ag i  3 6 5 -so n li  q a ro ri.

Tartiblar to‘g‘risida bir necha nizomlar tasdiqlangan:

a)  soliq  va boshqa  nazorat organlarining  auditorlik  xulosalari 

hisobini yuritish;

b)  majburiy  auditorlik  tekshiruvlarini  o'tkazishdan  bosh 

tortganligi  uchun  xo'jalik yurituvchi  sub’ektlardan jarima  undirib 

olish;

v)  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  auditorlik 

tashkilot lariga litsenziyalar berish.

Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulo­

salari  hisobini  yuritish  to'g'risidagi  nizom  bunday  xulosalarning 

ikki turini belgilab bergan bo'lib, ulardan har biri muayyan huquqiy 

oqibatlarga olib keladi:

—  ijobiy  auditorlik  xulosasi  auditorlik  tashkiloti  to'g'risida 

xo'jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning  moliyaviy 

ahvolini to'g'ri aks ettiradi va xo'jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 

amalga oshirilgan  moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari  O'zbekiston 

Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq keladi,  degan fikrlar 

mavjud bo'lgan  hujjatdir.

-   salbiy  auditorlik  xulosasi  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektning 

moliyaviy  hisobotida  tartibbuzarliklar  mavjud  bo'lib,  moliyaviy 

hisobotdan  foydalanuvchini yanglishishga olib  kelishi  mumkinligi 

to'g'risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti hujjatidir.

Xo'jalik yurituvchi sub’ektda oldingi ikki yil uchun  ijobiy yillik 

auditorlik xulosasi mavjud bo'lishi uni xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 

ro'yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan biri hisoblanib, ularning 

moliyaviy-xo'jalik  faoliyatini  soliq  va  boshqa  nazorat  organlari 

tomonidan  tekshirish  so'nggi  tekshiruv  o'tkazilganidan  keyin  24 

oy  o'tmasidan  oldin  o'tkazilishi  mumkin  emas.  Salbiy  auditorlik 

xulosasiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ekt xo'jalik yurituvchi 

sub’ektlarning  nazorat  organlari  tomonidan  belgilangan  tartibda 

o'tkaziladigan tekshiruv reja-jadvaliga kiritilishi kerak.

Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda 

o'tkaziladigan tekshiruv auditorlik xulosasi xo'jalik yurituvchi sub’ekt 

moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalariga muvofiq kelmasligini aniqlagan 

holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-shubhasiz soxta deb hisoblanadi 

va auditorlik tashkiloti,  shuningdek bunda  aybdor bo'lgan  shaxslar

qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.  Bunda soliq 

va boshqa  nazorat organlari  o'n kunlik muddat  ichida O'zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli auditorlik tashkiloti tomonidan 

amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilganligi aniqlanganligi to'g'risida 

xabar berishi shart.

Auditorlik tashkiloti, shuningdek shak-shubhasiz soxta auditorlik 

xulosalarini tuzishda aybdor bo'lgan shaxslami javobgarlikka tortish 

xo'jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni 

to'lash bo'yicha belgilangan tartibni buzganligi uchun qonunchilikda 

nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod  qilmaydi.

Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o'tkazishdan bosh tortganligi 

uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirib olish tartibi 

to'g'risida  nizom  qonunchilikka  muvofiq  majburiy  auditorlik 

tekshiruvi o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarga 

nisbatan amal qiladi.

Jarima  solish  uchun  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektning  majburiy 

auditorlik  tekshiruvlarini  o'tkazishdan  bosh  tortishi  asos  bo'ladi. 

Bunda yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot 

yilidan keyingi yilning  1  mayiga qadar o'tkazilishi hamda auditorlik 

xulosasining yo'qligi qoidabuzarlik fakti deb topiladi.

Majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik 

yurituvchi  sub’ekt  o'zining  yillik  moliyaviy  yil  uchun  auditorlik 

tekshiruvini hisobot yilining  1  mayiga qadar o'tkazadi va auditorlik 

tekshiruvi  o'tkazilganidan  keyin  15  kunlik  muddat  ichida  tegishli 

soliq  organiga  auditorlik  xulosasining  belgilangan  tartibda 

tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.

Auditorlik  xulosasining  nusxasi  belgilangan  muddatda  soliq 

organiga  topshirilmagan  holda,  xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt  ushbu 

organga  yozma  ravishda  auditorlik  xulosasi  yo'qligi  sababini  aks 

ettiruvchi tushuntirishni taqdim etishi shart.

Majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishidan bosh tortilganligi 

sababli auditorlik xulosasi yo'q bo'lgan taqdirda, soliq organi xo'jalik 

yurituvchi sub’ektga belgilangan tartibda jarima soladi.

Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiru­

vini o'tkazmagan xo'jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan soliq organi 

tomonidan  jarima  solish  chorasi  qo'llanilmaganligi  aniqlangan

taqdirda, tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda 

belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.

Auditorlik  faoliyati  (auditorlik  tashkilotlarining  professional 

xizmatlaridan  tashqari)  yangi  qonunchilik  bo'yicha  auditorlik 

teshiruvini  o'tkazish  uchun  faqat  maxsus  ruxsatnoma  (litsenziya) 

mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik 

faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliya­

tini amalga  oshirish  uchun litsenziyalar berish tartibi  to'g'risidagi 

Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi.

Auditorlik  faoliyatini  litsenziyalash  O'zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar



•  Nega moliyaviy nazoratda ikki yo'nalish  (aspekt)da qaraladi?

•  Moliyaviy nazorat deganda nimani tushunasiz?

•  Moliyaviy  nazoratning predmeti  qanday  moliyaviy  ko'rsat­

kichlardan iborat?

•  Iqtisodiy jihatdan  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  moliyaviy 

nazorat qanday sohalarga bo'linadi?

•  Nodavlat moliyaviy nazorati  nechaga bo'linadi?

•  Moliyaviy nazorat o'z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?

•  Taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  moliyaviy  nazorat  tizimi, 

asosan,  qanday elementlardan tashkil topadi?

•  Moliyaviy  nazoratning  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifalar 

nimalardan iborat?

•  Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarki­

biga nimalar kiradi?

•  Moliyaviy  nazoratni  amalga  oshiruvchi  sub’ektlarga  ko'ra 

uning qanday turiari  mavjud?

•  Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar bo'yicha 

klassifikatsiya qilish qabul qilingan?

• Amalga oshirilish reglamenti bo'yicha moliyaviy nazoratning 

shakllari  nimalardan  iborat bo'lishi mumkin?

•  O'tkazilish vaqti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari o'z 

ichiga nimalarni oladi?

•  Nazorat  sub’eklari bo'yicha  moliyaviy nazoratning  qanday 

shakllari bo'lishi  mumkin?

•  Nazorat ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning 

qanday shakllari mavjud?

•  Ichki  va  tashqi  moliyaviy  nazorat  bir-biridan  qanday 

farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor?

•  Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning qanday 

metodlaridan foydalaniladi?

•  Sub’ekt xo'jalik faoliyatini qamrab olishning to'liqligiga qarab 

taftishning qanday turiari  bo'lishi  mumkin?

•  Moliyaviy  va  xo'jalik  operatsiyalarining  qamrab  olinishi 

darajasiga ko'ra taftishlar qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Hisob  palatasi  to'g'risidagi  Nizomga  muvofiq  taftish 

zimmasiga qanday funksiyalami bajarish yuklatilgan?

•  Hisob-kitoblar  mexanizmini  takomillashtirish  va  byudjetga 

to'lovlar intizomini mustahkamlash bo'yicha hukumat komissiyasi 

to'g'risidagi Nizomga muvofiq nimalar uning asosiy vazifalari deb 

belgilangan?

•  Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish 

Kengashi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

•  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya vazirligi zimmasiga davlat 

moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha qanday asosiy vazifa 

va funksiyalar yuklangan?

•  Moliya vazirligi huzuridagi  Bosh nazorat-taftish boshqarma- 

sining vazifalari sifatida nimalar belgilangan?

•  Davlat  soliq  xizmati  organlarining moliyaviy  nazoratga oid 

asosiy vazifalari  nimalardan iborat?

•  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo'mitasi  tizimidagi 

Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga nimalar kiradi?

•  Moliyaviy  nazorat  nodavlat  turlarining  tarkibi  nimalardan 

iborat?

•  Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatiari 

nimalardan tashkil topadi?

• Tijorat banklari tomonidan  amalga  oshiriladigan  moliyaviy 

nazorat qanday xususiyatlarga ega?

•  Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan  iborat?

•  Auditorlik xizmatlari  yana  qanday boshqa  xizmatlami  ham 

ko'rsatishlari mumkin?

• Auditorlik tekshiruvining qanday turiari mavjud?

•  Har yili qanday sub’ektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan 

o'tkazilishi shart?

•  Auditning asosiy tamoyili  nimadan iborat?

7 -B O B . 

X O 'JA L IK   YURITUVCHI  S U B ’E K TLA R 30 

MOLIYASI -   DAVLAT  MOLIYAVIY 

SALOHIYATINING  A S O S I

7.1.  Davlatning  moliyaviy salohiyati va uning xo'jalik 

yurituvchi  s u b ’ektlar m oliyasi  bilan  o ‘zaro  bog'liqligi



Davlatning  moliyaviy salohiyati  bozor  iqtisodiyoti sub’ektlari 

va  aholining  pul  daromadlari  hamda  jamg'armalari  asosida 

shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi bo'g'inlardan tashkil topadi:

•  respublika va  mahalliy byudjetlar,  davlat nobyudjet  fondlari 

byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik 

yurituvchi sub’ekt  (XYuS)lari va davlatning ishtirokidagi XYuSlar 

moliyasi.  Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, 

tugallanmagan ishlab  chiqarish,  moddiy aylanma  mablag'lar,  uy- 

ro'zg'or mulklari,  nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kira- 

digan  moddiy  kapital  ko'rinishidagi  milliy  boylik  hajmini  kiritish 

mumkin;

•  xususiy  XYuSlarning  moliyaviy  salohiyati.  U  aylanmadan 

tashqari  aktivlar va  aylanma aktivlari  yig'indisidan  tashkil  topadi. 

Bu  yerda  aylanmadan  tashqari  aktivlar  nomoddiy  aktivlar,  asosiy 

vositalar,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  moddiy  boyliklarga 

daromadli  qo'yilmalar,  uzoq  muddatli  moliyaviy  quyilmalar, 

aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir.  Shuningdek, 

bu yerda aylanma aktivlaming tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, 

qisqa  muddatli  moliyaviy  quyilmalar,  pul  mablag'lari  va  boshqa 

aylanma aktivlar kiradi.  XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning 

yangi  qiymat  yaratishdagi  qobiliyatiga  bog'liq.  Bir xil  moliyaviy- 

iqtisodiy  qudratga  ega  bo'lgan  XYuSlar  bir-biridan  tubdan  farq 

qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin.  Bu mol-mulkdan, 

ishlab  chiqarish-texnologik  jarayonlar  va  kadrlarni  boshqarish

30 


U sh b u   d a rslik d a   x o ‘ja lik   y u ritu v c h i  s u b ’y e k tla r  d e y ilg a n d a ,  en g   avvalo,  k o rx o n a la r 

va  x o ‘ja lik   y u ritis h n in g   q o lg a n   b a rc h a   sh a k lla ri  n a z a rd a   tu tila d i.



samaradorligiga,  menejment malakasiga, tadbirkorlik natijalariga, 

moliyaviy  resurslar  va  tashqi  qarzlardan  oqilona  foydalanishga 

bog'liq bo'ladi;

• bank-kredit  tizimining  moliyaviy  salohiyati  —  kredit 

resurslariga bo'lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha 

kredit  tashkilotlari  aktivlari  va  real  imkoniyatlarining  yig'indisi. 

Ko'pchilik  mamlakatlaming  bank-kredit  tizimi  hozirgi  paytda 

kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish jarayonini  kredit  resurslari 

bilan  ta’minlash  imkoniyatiga  ega  emas.  XYuSlarga  taqdim 

etilayotgan  kredit  resurslari,  asosan,  qisqa  muddatli  xususiyatga 

ega.  Asosiy  kapitalni  shakllantirishdagi  kreditlarning  salmog'i 

iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas;

•  sug'urta  fondlarining  moliyaviy  salohiyati.  Bu  salohiyat 

tadbirkorlikdagi  risklami  pasaytiradigan  va jamg'armalar  hamda 

investitsiyalar  o'sishini  ta’minlaydigan  pul  sug'urta  resurslarini 

shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar 

yig'indisining amalga oshirilishi orqali  namoyon bo'ladi;

• uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi 

jami daromadlar, soliq,  renta va foiz to'lovlari,  investitsion talablar 

o'sishiga iste’mol va jamg'arishning ta’siri orqali  ifodalanadi.

Hozirgi paytda juda ko'p  mamlakatlarda aholi jamg'armalari, 

XYuS  va  tashkilotlar jamg'armalari  singari  kengaytirilgan  takror 

ishlab chiqarish maqsadlari  uchun to'liq foydalanilmayapti.

7.2.  Moliyaviy salohiyatning  o 's is h   omillari



Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot 

real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boyliklami ishlab chiqarish 

sohasida xo'jalik samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatuvchi moliyaviy 

munosabatlar shakllanadi.

XYuSlarning  moliyaviy  resurslari  ular tomonidan  olinadigan 

pul  daromadlari  va  ishlab  chiqarish  resurslari  iqtisodiy  doiraviy 

aylanishi samaradorligining o'sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan 

takror  ishlab  chiqarishni  moliyalashtirish  jarayonini  amalga 

oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy 

mablag'lar asosida tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda kapital  quyilmalarni  moliyalashtirishda  XYuS 

o'z  mablag'larining  (sof foyda va amortizatsiya)  salmog'i  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bunda amortizatsiya  ajratmalarini  shakllantirish 

va ulardan samarali foydalanish  alohida  rol  o'ynaydi.

YalM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar 

o'rtasidagi  moliyaviy  munosabatlar  doirasida  sodir  bo'ladi.  Ana 

shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini 

to'g'ri  (bevosita)  va  egri  (bilvosita)  soliqli  undirish  yo'li  bilan  va 

shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat 

moliyasi tashkil topadi.

XYuSlar pul resurslarini, uy xo'jaliklari daromadlarini ikkilamchi 

qayta  taqsimlash  kredit-bank sohasi  va  sug'urta  tizimi  orqali  ham 

amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling