A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75

tashkil topadi.

XYuSning o'z  mablag'lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:

•  mahsulotni  realizatsiya qilishdan  olingan tushum;

•  moliyaviy operatsiyalardan  keladigan daromadlar;

•  investitsion faoliyatdan olingan daromadlar;

•  boshqa daromadlar.

Shuningdek,  o'z  faoliyati  hisobidan  pullarning  kelib  tushishi 

amortizatsiya ajratmalari,  chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli 

tushilmalar, qurilishda ichki  resurslami  mobilizatsiya qilish,  XYuS 

ishtirokchilarining  a’zolik  va  boshqa  badallarining  kelib  tushishi 

hisobidan  ham  amalga oshirilishi  mumkin.

Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya,  obligatsiya 

va  boshqa qimmatli  qog'ozlam ing emissiyasi  va sotilishi  natijasida 

va shuningdek,  kreditlar hisobidan shakllanadi.

Qayta  taqsimlash  tartibida  olinadigan  tushilmalarga  sug'urta 

qoplam alari,  xoldinglar,  assotsiatsiyalar  yoki  boshqa  tarm oq 

tuzilmalaridan kelib  tushadigan  moliyaviy resurslar kiradi.

Investitsion  faoliyatdan  resurslar XYuSga qimmatli  qog'ozlar, 

boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va  h.k.lardan  olinadigan 

dividendlar va  foizlar ko'rinishida  kelib tushadi.

Yuqoridagi  barcha  manbalar  hisobidan  XYuSning  xarajatlari 

amalga oshiriladi.

X Y uSning  darom adlari  va  xarajatlari,  uning  byudjet  va 

byudjetdan  tashqari  fondlar  bilan  o ‘zaro  aloqalari  choraklarga 

bo'lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o'z 

aksini  topadi.  Moliyaviy reja  XYuS  moliyaviy faoliyatining tashkil 

qilinishi va uning  natijasi  hisoblangan foydani aks ettiruvchi  asosiy 

hujjat  bo'lib xizmat  qiladi.

Amaliyotda  hamma  vaqt  ham  foydaning  mazm un-m ohiyati 

bir xil  tarzda  ifodalanaveriImaydi.  Odatda,  foyda  deganda  XYuS, 

firma, korporatsiyalar va boshqa xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab 

chiqarish-xo'jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi 

ko'rsatkich,  daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya 

qilish bilan  bog'liq bo'lgan  barcha xarajatlar ustidan oshgan  qismi 

tushuniladi.

Am aliy  faoliyatda  esa  «foyda»ning  barcha  tushunchalarini 

quyidagi uch guruhga birlashtirish  mumkin:

•  realizatsiya qilinadigan  tovar  (xizmat)lar sotish  bahosi bilan 

ularni  ish lab   chiqarish  xarajatlari  o'rtasid agi  farq  sifatida 

o'lchanadigan foyda;

•  sof aktivlaming yil oxiridagi  va yil  boshidagi o'lchamlarining 

farqi  sifatida  o'lchanadigan  faoliyatning  ayrim  davriga  tegishli 

bo'lgan foyda  (uning  kapitalashtirilganligi);

•  foydani  kapitaldan  olingan  daromad  sifatida tushunish.

Foydaning ma’no-mazmunini aniqlashga bo'lgan yondoshuvning

turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot 

ma’lumotlarining  standart  paketlariga  qarab  turib,  uning  miqdori 

to'g'risida aniq bir fikrni aytishning  hamma vaqt ham iloji yo'q.

Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil  qilishda XYuSlar,  ko'p 

hollarda,  foydaning quyidagi  ko'rinishlariga tayanadi:

•  asos  foyda;

•  balans  foyda;

•  sof foyda  yoki  sof daromad.

Asos  foyda  deyilganda  hisobot  davrida  kutilayotgan  foyda 

tushunilad i.  Bu  ko'rsatkich  asos  rentab ellikn i  hisoblashd a, 

nomenklatura pozitsiyalari bo'yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum

b o ‘lmagan  paytda  keng  assortim entli  buyumlar  tayyorlovchi 

XYuSlar, birlashmalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan yil  uchun foyda 

analitik  metodda aniqlanayotganda qo'llaniladi.

Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning 

barcha  turiari  bo'yicha  olingan  foydaning  umumiy  summasidan 

iborat.

Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan 

tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so'ng 

vujudga kelishi mumkin.  M a’lum bir miqdorda so f foydaning (netto- 

foydaning)  olinishiga  erishilsagina  tadbirkorlik jarayonini  amalga 

oshirish o'zining  mazmuniga ega  bo'ladi.

H isobotlarda  foyda  quyidagi  ko'rinishlarda  aks  ettirilishi 

mumkin:

•  yalpi  foyda;

•  operatsion foyda;

•  so f foyda.

XYuSlar  faoliyatining  um um iy  moliyaviy  natijalari  foyda  va 

zararlar  to'g'risidagi  hisobotda  o'z  aksini  topadi.  Bu  hisobot 

moliyaviy tahlil  uchun zarur bo'lgan quyidagi  muhim ma’lumotlarni 

o'zida  mujassam  etadi:

•  mahsulotni  realizatsiya qilishdan olingan tushum  summasi;

•  soliqqa  tortilingunga qadar foyda summasi;

•  foydadan  olinadigan  soliq  summasi;

•  XYuSning  ixtiyorida  qoldiriladigan  foyda  (sof  foyda  yoki 

foyda-netto) summasi.

Foydani  tahlil  qilish  uchun  ayrim  ko'rsatkichlar  yuqoridagi 

hisobotda mavjud bo'lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indikatorlar 

qo'shim cha  tarzda  hisoblanm og'i  lozim .  Bundan  tashqari  bu 

jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi om illam ing hamda soliq 

om ilining  ta’sirini  alohida-alohida  tahlil  qilish  imkoniyatiga  ega 

bo'lish  juda  muhimdir.  Shuningdek,  tahlil  uchun  qulay  shaklda 

har  qanday  m a’lu m otn i  operativ  ravishda  olish  ham   muhim 

hisoblanadi.

Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini 

hisobga  olish  kerak.  Bu  manbalarning  m a’lum  bir  qismi  foyda  va 

zararlar to'g'risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan

faoliyatning odatdagi  ko‘rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar, 

ikkinchidan  esa,  boshqa  daromadlar  va  xarajatlar  sifatida  guruh- 

lashtiriladi.

Faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar 

quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovariar, mahsulotlar, 

ishlar,  xizmatlardan  (qo'shilgan  qiymat  solig'i,  aksizlar va shularga 

o'xshash majburiy to'lovlar chegirilgan) olingan tushum va ularning 

tannarxi  o'rtasidagi farqdan  iborat bo'lgan yalpi  foyda aniqlanadi.

Yalpi foydadan tijoriy va boshqamv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan 

olingan foyda paydo bo'ladiki, u faoliyatning odatdagi ko'rinishidan 

foydani xarakterlaydi.  Undan so'ng boshqa daromadlar va xarajatlarni 

hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda hisoblanadi.  Odatda, 

boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan  iborat bo'ladi:

•  olinishi  lozim  bo'lgan  foizlar;

•  to'lanishi  lozim   bo'lgan  foizlar;

•  boshqa tashkilotlaming faoliyatiga ishtirok etishdan  olingan 

daromadlar;

•  boshqa operatsion daromadlar;

•  realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;

•  realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.

Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi 

XYuS faoliyatining samaradorligini ko'rsatishdan iborat.  Buxgalteriya 

hisobi  XYuSning  daromadlari  va  xarajatlari,  shuningdek  uning  so f 

moliyaviy  natijasi  —  sof foyda  to'g'risida  ma’lumot  olishga  imkon 

beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning 

summasi  aniqlanganidan  so'ng  uning  miqdori  (summasi)  soliq 

qonunchiligiga  muvofiq  korrektirovka  qilinishi  va  foyda  hisobidan 

qoplanadigan soliqlaming summasi  chegirilmog'i lozim.

Yalpi foyda,  sotuvdan olingan foyda,  soliqqa tortilgunga qadar 

bo'lgan  foyda  va  nihoyat,  so f  foydani  formulada  quyidagicha 

ko'rsatish mumkin:

YaF. 

= T  - T

к 



m

Bu  yerda:  YaF^—  XYuSning yalpi  foydasi;

T. 

— 

tovariar,  mahsulotlar,  ishlar va 

xizm atlam i realizatsiya qilishdan

olingan tushum;

T  — 

sotilgan  tovariar,  mahsulotlar va 

xizmatlaming tannarxi.

S O F ,  =   Ya,  -   ТХ  -   BX

Bu  yerda:  SOF*  —  XYuSning  sotuvdan  olgan  foydasi;

Ya*  —  XYuSning  yalpi  foydasi;

TX  — 

tijoriy xaraxatlar;

BX  — 

boshqaruv xarajatlari.

STF.  =   S O F t  +   BD   -   BX

к 

к

Bu  yerda:  STF*—  soliqqa  tortilgunga  qadar XYuSning  foydasi; 

SOF* —  XYuSning  sotuvdan  olgan  foydasi;

BD   —  boshqa  daromadlar;

BX  — 

boshqa xarajatlar.

SF*  =   STF*  -  FO S

Bu  yerda:  SF*  —  XYuSning  so f foydasi;

STF* —  soliqqa  tortilgunga  qadar  XYuSning  foydasi; 

FO S  —  foydadan  olingan  soliq.

Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan 

so'ng  uning  qolgan  qismi  XYuS  tom onidan  mustaqil  ravishda 

taqsimlanadi  va  foydalaniladi.  Foydaning  bu  qismi  investitsion, 

ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  xarakterdagi  ehtiyojlarga  sarflanishi 

mumkin.  Uni  taqsimlash  jarayonida,  albatta,  XYuSning  kapital 

quyilmalarga  bo'lgan  ehtiyoji  hisobga  olinm og'i  lozim .  Shuning 

uchun ham  bozor kon’yunkturasini  hisobga olgan holda  foydadan 

ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  fondiga  ajratmalarning  miqdori 

aniqlanadi  va  ular  kapital  quyilm alar,  aylanm a  m ablag'lam i 

ko'paytirish,  ilm iy-tadqiqot  va  loyiha-konstruktorlik  ishlarini 

ta’minlash,  yangi texnolgiyalarni joriy etish  uchun  foydalaniladi. 

Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi,  chunki bozor

iqtisodiyoti  sharoitida  ishbilarmonlik  risklaming  darajasi  keskin 

oshadi.  Bu  fond  har  yillik  ajratmalar  hisobidan  tashkil  qilinadi. 

Ajratmalarning o'lcham i  esa  XYuSning  ta’sis hujjatlariga  muvofiq 

belgilanadi.

11.3. Rentabellik va uni oshirish yoMlari

XYuSning  foydalilik  darajasini  aniqlash  uchun  rentabellik 

ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.  Ular olingan  foyda summasining 

sarf qilingan  mablag'larga yoki  realizatsiya  qilingan  mahsulotning 

hajmiga  nisbati  bilan  aniqlanadi.

M o liy a v iy   ta h lil  ja ra y o n id a   r e n ta b e llik n in g   q u y id a g i 

ko'rsatkichlaridan te z -te z  foydalaniladi:

•  sotuv (sotish)  rentabelligi;

•  o'zlik kapitalning  rentabelligi;

•  aylanma aktivlaming  rentabelligi;

•  aylanmadan tashqaridagi  aktivlaming  rentabelligi;

•  investitsiyalarning  rentabelligi.

Sotuv  (sotish)  rentabelligi  XYuS  sotuvi  (sotishi)ning  hajmida 

s o f  foydaning  salm og'ini  ko'rsatadi  va  uni  quyidagi  form ula 

yordamida  aniqlash  mumkin:

Krs  =   (S F * :  S H )  x  100%

Bu  yerda:  Kra —  sotuv  (sotish)  rentabelligi;

SF*  —  XYuSning  so f foydasi;

S H   —  XYuSning  sotuv  hajmi.

O'z  kapitalining  rentabelligi  XYuSning  egalari  tom onidan 

investitsiya  qilingan  kapitaldan  foydalanish  sam aradorligini 

aniqlashga  imkon  beradi.  Odatda  bu  ko'rsatkich  mablag'laming 

boshqa XYuSlarga,  qimmatli qog'ozlarga va  depozitlarga qo'yilishi 

imkoniyati bilan taqqoslanadi.  Bu ko'rsatkich kompaniyaning egalari 

tom onidan  XYuS  qo'yilgan  har  bir  birlik  so f  foydaning  qancha 

pulli  birligini  «ishlaganligini»  ko'rsatadi  va  formula  yordamida 

quyidagicha hisoblanadi:

К и*  =   ( S F * :  0 ‘K*)  x   100%

Bu  yerda:  К^*  —  XYuS  o'zlik  kapitalining  rentabelligi;

SF*  —  XYuSning  so f foydasi;

0 ‘K*  —  XYuSning  o'zlik  kapitali.

Aylanm a  aktivlam ing  rentabelligi  aylanma  mablag'lardan 

foydalanish samaradorligini  ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash 

mumkin:

К 

=   SF.  :  JA.

ram 

к 

к

Bu  yerda: 

Kram —

  XYuS  aylanma  aktivlarining  rentabelligi;

SF*  —  XYuSning  so f foydasi;

JA*  -   XYuSning joriy  (yillik  o'rtacha)  aktivlari.

Aylanmadan  tashqaridagi aktivlaming  rentabelligi ko'rsatkichi 

kompaniyaning  asosiy kapitaliga  nisbatan  XYuSning yetarli  foyda 

hajmini ta’minlash  qobiliyatini aks ettiradi.  U ni formula yordamida 

quyidagicha ifodalasa bo'ladi:

К 

=   (S F t :  UM A )  x  100%

rama

 

'  



к 

к '

Bu  yerda:  K.. — 

XYuS  aylanmadan  tashqari  aktivlari­

ning  rentabelligi;

SF*  — 

XYuSning  so f foydasi;

UMA*  —  XYuSning  uzoq muddatli  (yillik  o'rtacha) 

aktivlari.

Investitsiyalarning  rentabelligi koeffitsienti XYuS  raqobatbar- 

doshligi  va  innovatsionligining  eng  m uhim   indikatorlaridan  biri 

hisoblanadi.  Uni  quyidagi  formula yordamida hisoblash  mumkin:

K .  =   SF*  :  ( 0 ‘K  +   U M M )  x   100%

Bu yerda:  Kn. — XYuS  investitsiyalarining  rentabelligi;

SF*  — 

XYuSning  so f foydasi;

0 ‘K  —  XYuSning  o'zlik  kapitali;

UMM— 

XYuSning uzoq  muddatli  majburiyatlari.

R entabellikni  oshirish  yo'nalishlari  om illam in g  quyidagi 

guruhlari  bilan bog'liq:

•  foyda summasini  ko'paytirish;

•  foyda  olish  uchun  xarajatlarning  darajasini  va  resurslami 

kamaytirish.

Bu yo'nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentabel­

likni oshirish  rezervlarini qidirib topish hamda ulardan foydalanish 

asosida  amalga oshirilishi  mumkin.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  «Ishlab chiqarish xarajatlari» va «ishlab chiqarish chiqimlari» 

tushunchalari bir xil m a’noni anglatadimi?  Ularning farqli jihatlari 

nimalardan  iborat?

•  Ishlab  chiqarish  chiqimlarini,  dastlab  necha guruhga bo'lish 

mumkin  va  ular  qanday  nomlanadi?

•  Aniq  yoki  amaldagi,  haqiqatdagi  chiqimlar  qanday  xarajat­

larni  o'z  ichiga  oladi?

• Aniq bo'lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo'ldan boy berilgan, 

qo'ldan chiqarilgan  imkoniyatlar chiqimlari  nimalardan  iborat?

• XYuSning xarajatlariga uning  mohiyatini  ifodalovchi qanday 

ta’rif berish  mumkin?

•  «Xarajatlar»  tushunchasi  «tannarx»  tushunchasidan  qanday 

farqlanadi?

• XYuS  faoliyatining shart-sharoitlari va yo'nalishlariga bog'liq 

ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar 

tarkibiga,  odatda,  nimalar kiritiladi?

•  Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan  xarajatlar 

qanday klassifikatsiya qilinishi  mumkin?

•  XYuS  umumiy  xarajatlarining  summasidan  iborat  bo'lgan 

ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi?

•  Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ulaming qanday belgilar 

bo'yicha guruhlarga ajratilishini  o 'z  ichiga oladi?

•  Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlatga 

klassifikatsiya  qilinadi va  ularning  mazmuni  nimalardan  iborat?

•  Iqtisodiy elementlariga  ko'ra xarajatlarni qanday guruhlarga 

bo'lish  m umkin va ularning  tarkibiga  nimalar  kiradi?

•  Kalkulyasiya moddalari bo'yicha xarajatlar nimalarga bo'linishi 

mumkin?

•  To'g'ri  (bevosita)  xarajatlar va egri  (bilvosita)  xarajatlarning 

o'ziga  xos  bo'lgan  xususiyatiari  nimalardan  iborat?

•  Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar 

qanday turlarga bo'linadi?

•  Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo'llari  mavjud?

•  XYuSning  barcha  moliyaviy  resurslari  qanday  resurslardan 

tashkil topadi?

•  XYuSning o'z  mablag'lari  nimalar hisobidan  shakllanadi?

•  Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?

•  Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarning tarkibi 

nimalardan  iborat?

•  Investitsion faoliyatdan  resurslar XYuSga  qanday  ko'rinish­

larda  kelib  tushadi?

•  Amaliyotda  hamma vaqt  ham foydaning  m azm un-m ohiyati 

bir xil tarzda  ifodalanaveradimi va foyda deganda  nima tushuniladi?

• Amaliy faoliyatda «foyda»ning barcha tushunchalarini qanday 

guruhlarga birlashtirish  mumkin?

•  Faoliyatning  m oliyaviy  natijalarini  tahlil  qilishda  XYuSlar, 

ko'p  hollarda,  foydaning qanday  ko'rinishlariga  tayanadi?

•  Asos  foyda  deyilganda  qanday  foyda  tushuniladi?

•  Balans  foyda nimadan  iborat?

•  Sof foyda yoki so f daromad qachon vujudga kelishi mumkin?

•  Hisobotlarda foyda qanday ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin?

•  XYuSlar  faoliyatining  um um iy  moliyaviy  natijalari  qanday 

hisobotda  o'z  aksini  topadi  va  unda  moliyaviy  tahlil  uchun  zarur 

bo'lgan  qanday m uhim  m a’lumotlar mujassamlashgan?

•  Faoliyatning  odatdagi  ko'rinishi  bo'yicha  daromadlar  va 

xarajatlar qanday tarzda  hisoblanadi?

•  Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan  iborat boMadi?

•  Foydani tahlil  qilishning  asosiy maqsadi  nimadan  iborat?

•  Yalpi  foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar 

boMgan  foyda  va  nihoyat,  so f foyda  qanday aniqlanadi?

•  Foydaning taqsimlanish  tartibi qanday?

•  Rentabellik ko'rsatkichi o'zida nimani ifodalaydi va u qanday 

aniqlanadi?

•  M oliyaviy  tahlil jarayonida rentabellikning  qanday  ko'rsat- 

kichlaridan tez-tez foydalaniladi?

•  Sotuv rentabelligi  qanday aniqlanadi?

•  O'z(lik) kapitalining  rentabelligini  aniqlash tartibi qanday?

•  Aylanma aktivlaming  rentabelligi  qanday aniqlanadi?

•  Aylanmadan  tashqaridagi  aktivlaming  rentabelligi  o'zida 

nimani aks  ettiradi?

•  Investitsiyalarning  rentabelligi  koeffitsienti  qanday  hisobla­

nadi?

•  Rentabellikni oshirish yo'nalishlari omillaming qanday guruh­

lari bilan  bog'liq?

12-B O B .

XO'JALIK  YURITUVCHI  S U B ’EKTNING  BAHO 

SIYOSATI  VA  BAHOLARNI  SHAKLLANTIRISH 

ASOSLARI,  MARKETING 

STRATEGIYASINING  MOLIYAVIY  JIHATLARI

12.1. Baholami shakllantirishning ob’ektiv asoslari

«Baho» tushunchasi  ostida,  odatda,  eng aw alo,  yagona sintetik 

kategoriyaga  birlashtirilgan  turli-tum an  iqtisodiy  holatlarning 

yig'indisi  nazarda  tutiladi.  M ohiyat  jihatidan  baho  qiymatning 

puldagi  ifodasidir.  Tarmoq  ichidagi  raqobat  natijasida  tovaming 

individual  qiymati  uning  ijtim oiy  qiymatiga  aylanadiki,  uning 

o'lcham i  mehnatning ijtimoiy zaruriy  xarajatlari  bilan  aniqlanadi. 

Bozor qiymati,  ijtimoiy qiymatdan farqli o'laroq,  faqatgina tovarni 

ishlab chiqarish  darajasi  bilan  emas,  balki  uning  realizatsiya  qilish 

shartlari bilan  ham belgilanadi.

Bozor  sharoitida  mehnatning  ijtimoiy  zaruriy  xarajatlari  va 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling