A. V. Vahobov, T. S. Malikov


ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi,  ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75

ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi,  ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi 

va  tarkibiy  tuzilm asining  ijtimoiy  ehtiyojlarga  muvofiq  kelishi 

aniqlanadi.  Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina 

xarajatlar ijtimoiy zarur deb e ’tirof etilishi  mumkin.  Shu  munosabat 

bilan qiymat hosil bo'lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish 

ijtimoiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi.

Demak,  bahoning asosi sifatida maydonga  chiqadigan ijtimoiy 

zaruriy  xarajatlar  va  qiymat  murakkab jarayon  natijasida  vujudga 

keladi, o'zlariga turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarning ta’sirini sinab 

ko'radi.  Shunga m os ravishda bahoning modeli  ham oddiy yoki bir 

xil  bo'lishi  mumkin  emas.

Tovariar  har  doim   qiymat  va  iste ’mol  qiymatining  o'zaro 

yaxlitligidan  iborat.  Tovarning  iste ’m ol  qiym atini  tovam in g 

qandaydir  bir  ehtiyojni  qondirish  qobiliyati  sifatida  xarakterlash 

qabul qilingan.  Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning 

talablarini qondirish  maqsadida iste’m ol va buning  natijasida tovar

ishlab  chiqaruvchi  tom onidan  foydani  olinishi  uchun  amalga 

oshiriladi.  Dem ak,  past  iste’mol  qiymatiga  ega  bo'lgan  tovariar 

past  qiymatga  ega bo'ladi  va  aksincha,  yuqori  darajadagi  iste’mol 

qiymati  qiymatning  ham  yuqori  darajada  bo'lishini  ta’minlaydi. 

Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli n e’matni ishlab 

chiqarish  xarajatlarini  inobatga  olib  qolmasdan,  balki  tovarning 

sifati  orqali  nam oyon  bo'lad igan  iste ’m ol  qiym atini,  uning 

foydaliligini  ham  hisobga  olm oq   lozim .  Bundan  baho  bozor 

mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir,  degan xulosa 

kelib chiqadi.  Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi 

foydalanayotgan  resurslaming  hajmi  ifodalanadi,  ular  bir  resurs 

bilan  ta’minlanadi,  bir  vaqtning  o'zida  ikkinchi  resursni  oladi, 

buning  natijasida  resurslaming  foydaliligi  oshadi.  Shunday  qilib, 

baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo'lish uchun kishi berishi 

lozim  bo'lgan  resurslaming miqdoridir.  Bahoning  ijtimoiy zaruriy 

m ehnat  xarajatlariga  yaqinlashishini  ta’m inlovchi  m odeli  ana 

shundan  iborat.  Yuqorida  bayon  qilingan  holatlarga  asoslanib 

vujudga keltirilgan  baho o'ziga tegishli bo'lgan funksiyalami bozor 

iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.

Eng  avvalo,  baho  yordamida  barcha  tovarlaming  yoki  tovar 

birligining  hajm,  dona  va  og'irlik  birliklaridagi  qiymati  pul 

birliklarida o'lchanadi.  Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga 

miqdor  va  son  shakllaridagi  tovar  qiymatini  ifodalovchi  yoki 

o'lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi.  Bir vaqtning 

o 'zid a   baho  pulda  ifodalangan  turli  tovar  qim m atlarin in g 

o 'lc h o v c h is i  ham dir.  K o 'rila y o tg a n   ana  shu  sifatda  baho 

umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri 

sa n a la d i,  x o 'ja lik   qarorlarini  qabul  q ilish   u ch u n   m o 'lja l, 

b ashoratlashn ing  m uhim   instrum enti  b o'lib   xizm at  qiladi. 

Yuqoridagilarning barchasi bahoning 

o'lchov(chilik) funksiyasidan 

darak beradi.

M a’lum  m a’noda,  bahoning 

hisob-nazorat  funksiyasi 

uning 

o'lch o v(ch ilik )  funksiyasining  o'ziga  xos  bo'lgan  «qo'shni»si 

hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho,  milliy boylikning 

buyumlashgan va moddiy o'lchamlarini qiymat va demak,  moliyaviy 

o ‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqarolarda, ulaming oilalarida,

XYuSlarda,  tarmoqlarda,  umuman  iqtisodiyotda,  qishloq,  shahar, 

tuman,  viloyat  va  mamlakat  bo'yicha  saqlanishi,  jamg'arilishi  va 

harakat etishi ustidan  hisob va nazoratni olib borishning instrumenti 

bo'lib xizmat  qiladi.

Bahoning 

taqsimlash  funksiyasi 

uning  qiymatdan  farqlanishi 

imkoniyati  bilan  xarakterlanadi.  M asalan,  yengil  avtomobillarga 

bo'lgan  bahoning  yuqoriligi  aholining  m a’lum  qatlamlarining 

m a b lag 'la rin i  ijtim o iy   e h tiy o jla m i  qond irish  u ch u n   qayta 

taqsimlashga imkon beradi.  Ba’zi bir tovarlarga  nisbatan baholaming 

past  darajasi  esa  (masalan,  bolalar  va  keksa  yoshdagi  qariyalarga 

m o'ljallangan  tovariar)  ana  shunday  iste’m olchilar  foydasiga 

mablag'laming  qayta  taqsimlanishiga  olib  keladi.  Bir  tom ondan, 

mamlakatda sanoat  ishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan ko'plab 

tovarlarga  nisbatan  baholam ing  erkinlashtirilishi  va  ikkinchi 

tom ondan,  bir  necha  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlariga  nisbatan 

baholam ing davlat  tomonidan tartibga solinishi  qishloq xo'jaligiga 

tegishli  bo'lgan  darom adlam ing  bir  qismini  sanoatning  ayrim 

tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga  imkon  beradi.  Shunday 

qilib,  ulgurchi baholam i  oshirish yoki pasaytirish  orqali tarmoqlar, 

XYuSlar,  mintaqalar,  ijtimoiy guruhlar va oilalam ing daromadlari 

va  foydasini  qayta taqsimlash  mumkin.

Aynan  bahon ing 

tartibga  solish  funksiyasi 

orqali  bozor 

iqtisodiyotida  ishlab  chiqarish  va  iste’m ol,  taklif va  talab  o'rtasida 

aloqa o'matiladi.  Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga 

solish jarayonining o'zida vujudga keladi va uning o'zi  ham tartibga 

solinuvchi  hisoblanadi.  Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, 

y a ’ni  o 'z -o 'z id a n   o 'm a tilu v c h i,  darajasi  talab  va  taklifning 

tenglashishiga  m uvofiq  keladigan  baho  yordam ida  tovar-pul 

jarayonlarini o'z-o'zidan tartibga solish funksiyasi xususida gapirish 

aniqroq bo'lur edi.

Oila byudjetining o'zgarishi, aholi daromadlari  va xarajatlarini 

qayta  taqsimlash  munosabati  bilan  chakana  baholar  o'zgarganda 

bahoning 

ijtimoiy  funksiyasi 

vujudga  keladi.  Buning  natijasida 

ijtimoiy  n e’matlar  va  xizm atlam ing  u  yoki  bu  turlariga  nisbatan 

iste’mol qilish ko'tariladi yoki pasayadi.  Chakana baholaming oshishi 

turmush darajasini pasaytiradi va aksincha,  deb e ’tirof etilgan.  Biroq,

agar  bir  vaqtning  o ‘zida  chakana  baholar  bilan  birgalikda  ulgurji 

baholar,  va  aholi  daromadlari  ham  o ‘zgarsa,  bu  «manzara»  ko‘p 

omilliga  aylanadi  va  baholar  dinamikasining  turmush  darajasiga 

ta’miri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chuqurroq b o ig a n  

tahlil zarur.

Bahoning 

rag'batlantiruvchi  funksiyasi 

ishlab  chiqarishni 

moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning 

ma’lum  bir  turini  ishlab  chiqarish  yo'nalishlarida  rag'batlantirish 

orqali namoyon bo'ladi.  Bunday baholar agar ular iste’molchi uchun 

qulay  b o 'ls a ,  is t e ’m o ln i  ham   rag 'b a tla n tira d i.  B a h o n in g  

rag'batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili 

hisoblanadi,  tovariar va xizmatlar bozorida talab va taklif o'rtasidagi 

ma’lum bir nisbatning o'matilishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi va shuning 

uchun ham u talab va taklifni balanslashtirish (muvozanatlashtirish) 

funksiyasi bilan uzviy bog'langan.

Baho funksiyalarining bunchalik ko'pligi,  alohida olingan unga 

tegishli bo'lgan maqsadlar va vazifalarning,  ayrim hollarda,  o'zaro 

qarama-qarshiligi  shunga  olib  keladiki,  bahoning  o'zi  barcha 

funksiyalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishi  mumkin  b o ‘1 may 

qoladi.  Ratsional  va  hatto,  optimal  baholar xususida gapirib  turib, 

odatda  u n in g  bir  funksiyasi  yoki  funksiyalarning  shun day 

hamkorligini  nazarda tutish  kerakki,  ular m a’lum  darajada amalga 

oshgan bo'lsin.  Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotida bahoning 

ayrim  funksiyalari  kamroq yoki  ko'proq yuklama bilan  ^ishlaydi». 

Masalan,  mahsulotni  qiymat ifodasida ishlab chiqarish,  taqsimlash 

va  iste’m ol  qilishni  rejalashtirishda  foydalaniladigan  bahoning 

funksiyalari aralash  iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas,  balki 

unga nisbatan  kamroq faollikda nam oyon bo'ladi.  Shu  munosabat 

bilan  bu  yerda  baho  barcha  funksiyalarining  bir-biri  bilan  o'zaro 

bog'langanligi va o'zaro ta’sirchanligini,  real hayotda bozor iqtiso­

diyotiga xos bo'lgan  dinamik tizim sifatida  namoyon bo'layotgan- 

ligini hisobga olish  muhim  ahamiyatga ega.

12.2. Baho turiari, uning tarkibiy tuzilmasi va 

baholarni shakllantirish metodlari

Bozor iqtisodiyotida tovarlaming turli guruhlariga m os ravishda 

baholaming harakatchan tizimi amal qiladi.  Baho turlarini tizimlash­

tirish uchun turli belgilar bo'yicha ularni klassifikatsiyalashtirishdan 

foydalaniladi.

Baholami quyidagi belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin:

•  aylanmaga xizmat  qilish xarakteri  bo'yicha;

•  o'm atilishi  (belgilanishi)ga qarab;

•  vaqt  omiliga  ko‘ra;

•  baholar xususida  m a’lumotlarni  olish  usuliga  muvofiq;

•  bozor turi  (ko‘rinishi)ga  bogMiq  ravishda;

•  hududiy bozorlarga bogMiqligini  nazarda tutib;

•  bozorda  davlatning  ta’sirchanligi,  tartibga  solish  va  raqobat 

darajasining xarakteri bo'yicha;

•  yetkazib  berish va sotish  shartlariga  ko‘ra;

•  qoMlanilish tartibiga  muvofiq.

Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha baholar quyidagicha 

farqlanadi:

•  ulgurji baholar;

•  chakana baholar;

•  sotib olish baholari;

•  smeta  qiymati;

•  tariflar.

XYuSlar tovarlaming yirik partiyasini sanoat,  qishloq xo'jaligi 

yoki  boshqa  XYuSlarga  yoki  ta’m inot  tashkilotlariga  sotadigan 

bahosi  ulgurji  baho  deyiladi.

Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun 

kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o'matilgan baho chakana 

baho  deb  atadi.

Q ishloq  xo'jaligi  ishlab  ch iq aru vch ilari  to m o n id a n   o 'z  

mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi.

Smeta  qiymatida  qurilish  mahsulotlari  (binolar,  inshootlar va 

b.)ning bahosi toManadi.

Yuklarni tashish,  elektroenergiya,  issiqlik, suv, sog'liqni saqlash 

xizmatlari,  mehmonxona,  sayyohlik va boshqa xizmatlaming bahosi 

tariflar orqali  ifodalanadi.

O'matilishi  (belgilanishi)ga qarab baholaming quyidagi turiari 

mavjud:

•  qat’iy baholar;

• joriy baholar;

•  o'zgaruvchan (harakatlanuvchan)  baholar;

•  almashtiriluvchi  («sakrovchi»)  baholar.

Shartnomada  qayd  etiladigan  va  shu  shartnomaga  muvofiq 

ravishda  m ahsulotni  yetkazib  berishning  barcha  m uddatlari 

davomida o'zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi.

Joriy  baho  deyilganda  shu  davrda  mahsulotni  yetkazib  berish 

amalga oshirilgan baho tushuniladi.  Bunday baholar bir shartnoma 

doirasida o'zgarishi  mumkin va ular bozom ing  holatini  o'zida  aks 

ettiradi.

O'zgaruvchan  («harakatchan»)  baholar shartnomada  m a’lum 

bir  shart  asosida,  masalan,  shartnomani  ijro  etish  payti  (vaqti)da 

bozor  bahosi  o'zgaradigan  bo'lsa  (ko'tarilsa  yoki  pasaysa), 

o'zgartirilishi  (qayta  ko'rib  chiqilishi)  mumkin  deb  qayd  etilgan 

baholardan  iborat.

Almashtiriluvchi  («sakrovchi»)  baholar  tayyorlanish  muddati 

uzoq vaqtni  talab etuvchi buyumlarga nisbatan o'matiladi.  Bunday 

baholar  shartn om a  ijro  etish  m uddatining  tugashiga  qarab 

h isoblan adi.  Bunda  birlam chi  shartnom a  bahosi  m ah su lo t 

tayyorlangan  muddat  davomida  ishlab  chiqarish  xarajatlarining 

o'zgarishiga qarab o'zgartiriladi  (korrektirovka qilinadi).

Vaqt omiliga ko'ra baholaming quyidagi turiari bo'lishi mumkin:

•  doim iy baholar;

•  mavsumiy baholar;

•  bosqichli  baholar.

Harakat etish  (amal qilish)  muddatlari  oldindan kelishilmagan 

baholarga doim iy baholar deyiladi.

Mavsumiy xarakterga ega bo'lgan tovarlarga nisbatan o'matilgan 

baholar mavsumiy baholar deb ataladi.  Bunday baholar sotishning

birlamchi bahosiga  nisbatan ustama yoki chegirmani qo'llash yo'li 

bilan  aniqlanadi va  m a’lum  davr  mobaynida  amal  qiladi.

Dastlabki  aniqlangan  shkalaga  muvofiq  ravishda  oldindan 

belgilangan holatlarda bosqichm a-bosqich  pasaytiriladigan tarzda 

an iq lan ad igan   m a h su lo tla m in g   bahosi  b o sq ich li  baholarda 

belgilanadi.

Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq 

baholar 

quyidagicha farqlanadi:

•  m a’lumotnom aviy baholar;

•  preyskurant baholar;

•  hisob-kitobli  baholar.

Kataloglar,  preyskurantlar,  iqtisodiy jurnallar,  spravochniklar 

va  boshq a  m axsus  adabiyotlarda  e ’lo n   qilinadigan  baholar 

ma’lumotnomaviy  baholar 

deyiladi.  Ular  o'xshash  mahsulotlarga 

baholam i  belgilashda  yoki  baholam ing  darajasi  va  nisbatini  tahlil 

qilishda mo'ljal  (mo'ljallanuvchi)  informatsiya sifatida foydalaniladi.

Firmalarning  preykurantlarida,  spravochniklarda  va  boshqa 

adabiyotlarda e ’lon qilingan baholar 

preykurant baholar 

deb ataladi.

Hisob-kitobli  baholar 

in d ivid u a l  buyurtm alar  b o 'y ic h a  

noandazaviy  asbob-uskunalarning  shartnomalarida,  bitimlarida 

qo'llaniladigan baholardir.  Bunday baholar mol yetkazib beruvchi 

tom onidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijoriy 

shart-sharoitlarini  hisobga  olgan  holda  hisob-kitob  qilinadi  va 

asoslanadi.

Bozor  turiga  bog'liq  ravishda 

baholam ing  quyidagi  turiari 

mavjud:

•  auksion baholar;

•  birjaviy kotirovkalar;

•  savdolar baholari.

Sotib oluvchi  tomonidan oldindan ko'rilgan  (ko'rib chiqilgan) 

tovariar partiyasi  (loti)ga  maksimal  taklif qilingan  daraja  bo'yicha 

om maviy sotish bahosiga 

auksion baholar 

deyiladi.  Bunday baholar 

talab va taklif o'rtasidagi  nisbatning o'zgarishi  natijasida o'matiladi.

Birja orqali realizatsiya  qilinadigan standartlashtirilgan  (ando- 

zalashtirilgan)  bir  toifadagi  tovarlam ing  (shu jumladan,  qimmatli 

qog'ozlam ing  ham )  bahosi 

birjaviy kotirovkalar 

deb  ataladi.

Savdolar baholari 

ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining 

bahosidan  iborat.  Savdoning  bu  shakli  maxsus  hujjat  (tender)da 

oldindan  e ’lon  qilingan  shartlarga  ko‘ra  tovarlarni  yetkazishga 

buyurtmalar berish yoki  ma’lum bir ishlarni  amalga oshirish  uchun 

pudratlarni olishga asoslangan bo'ladi.

Hududiy  bozorlarga  bog'liqligini  nazarda  tutib 

baholam ing 

turiari quyidagicha farqlanadi:

•  yagona  (yaxlit)  baholar;

•  mintaqaviy baholar;

•  mahalliy baholar.

Yagona (yaxlit) baholar 

mamlakatning barcha hududlarida amal 

qiladi.  Ular davlat tom onidan o'm atiladi va  tartibga  solinadi.

Mintaqaviy  baholar 

m am lakatnin g  ayrim   h u d udlarida 

shakllanadi.  Bunday  bah o la m in g   tarkibiga  qishloq  xo'jaligi 

mahsulotlari  va  xom -ashyo,  gaz,  elektroenergiyaning  baholarini 

kiritish  mumkin.

Shu  m intaqaning  o'zida  ishlab  chiqariladigan  va  iste ’mol 

qilinadigan  mahsulotlarga  o'matilgan  baholar 

mahalliy  baholar 

deyiladi.

Bozorda  davlatning  ta’sirchanligi,  tartibga  solish  va  raqobat 

darajasining xarakteri bo‘yicha 

baholaming quyidagi  turiari mavjud:

•  erkin  (bozor)  baholar(i);

•  qayd  etilgan  (qat’iy)  baholar;

•  tartibga solinadigan baholar;

•  prestij  (kamyob,  obro'li)  baholar;

•  paritet  (teng)  baholar.

Mahsulotlami ishlab chiqaruvchilar va xizmatlami ko'rsatuvchilar 

tomonidan  bozor kon’yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif 

asosida qo'llaniladigan  baho 

erkin  (bozor)  baholar(i) 

deyiladi.

Qayd  etilgan  (qat’iy)  baholar 

ma’lum  darajada  o'm atilgan 

baholardan  iborat.

Asosan yuqori  ijtimoiy ahamiyatga  ega bo'lgan  muhsulotlarga 

nisbatan  tegishli  boshqaruv organlari  tomonidan  foydalaniladigan 

baholar 

tartibga solinadigan baholar 

deb  ataladi.

O'tib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega bo'lgan juda yuqori sifatli 

buyumlarning  bahosiga 

prestij (kamyob, obro‘li) baholar 

deyiladi.

Bir  n ech a   m am lakatiarning  davlat  h ok im iyat  organlari 

tom onidan  qishloq  xo'jaligi  m ahsulotlari,  boshqa  tovariar  va 

xizmatlar  baholari  o'rtasidagi  nisbatni  tartibga  keltirish  uchun 

qo'llaniladigan baholar 

paritet (teng) baholar 

deb  ataladi.

Yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra 

baholami quyidagicha 

farqlash mumkin:

•  netto-baholar;

•  brutto-baholar (fakturaviy baholar);

• jahon baholari.

O ldi-sotdi joyidagi baholarga 

netto-baholar 

deyiladi.

O ldi-sotdi shartlariga  (soliqlaming turi va  miqdori,  chegirma- 

lam ing mavjudligi va darajasi,  frank turiari  va sug'urta shartlariga) 

muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar 

brutto-baholar 

deb ataladi.

Jahon  baholari 

yirik  import  va  eksport  operatsiyalari  amalga 

oshiriladigan  baholardan  iborat.  Amaliyotda jahon  baholari  xom ­

ashyo tovarlari bo'yicha eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir 

va  auksionlar  bahosi;  ishlab  chiqarish-texnikaviy  maqsadlarga 

mo'ljallangan  buyumlar  bo'yicha  —  jahondagi  yetakchi  ishlab 

chiqaruvchilam ing  baholariga  muvofiq;  xalq  iste’mol  tovarlari 

bo'yicha  —  yetakchi  yirik  kataloglarda  e ’lon  qilingan  baholarda 

aniqlanadi.

Amaliyotda 

ichki firmaviy (transfert) baholar 

degan tushuncha 

ham  mavjud.  Bunday  baholar  bir  firmaning  bo'linmalari  yoki  bir 

assotsiatsiya  tarkibida  b o'lgan  bir  n ech a   firm alar  o'rtasida 

mahsulotlar realizatsiya qilinganda qo'llaniladi.

Baholaming yana bir turi bor.  Ulam ing nomi 

tabaqalashtirilgan 

baholar 

deb yuritiladi.  Bunday baholar tabiiy,  hududiy va XYuSlaiga 

bog'liq bo'lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya 

qilish  xarajatlaridagi  farqiar,  shuningdek,  m ahsulotning  sifatidagi 

farqlarga  (navi,  yangiligi  va  boshqa  sifat  belgilariga  ko'ra)  bog'liq 

ravishda bir xil  mahsulotlarga o'matiladigan turli ulguiji,  sotib olish 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling