A. V. Vahobov, T. S. Malikov


•  uzoq  muddatli  (besh yil  va undan  ortiq)


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75

•  uzoq  muddatli  (besh yil  va undan  ortiq).

Qisqa  muddatli  qarzlardan  byudjet  daromadlarining  kelib 

tushishi  va  xarajatlarini  am alga  oshirishdagi  qisqa  m uddatli 

uzilishlarni  moliyalashtirish uchun  foydalaniladi.  Odatda,  bunday 

maqsadlar  uchun  veksellar  chiqariladi.  Italiyada  g'aznachilik 

veksellari 3,  6,  12 oylik muddatlarda, Yaponiyada-60 kunlik,  Buyuk 

Britaniyada-91  kunlik  m uddatlarda  chiqariladi.  G 'aznachilik 

veksellari  muddatlarda  ikki  yilgacha  bo'lgan  Germaniya  bundan 

mustasnodir.

Ba’zi  bir  mamlakatlarda  nisbatan  uzoq  muddatlar  uchun 

mablag'lami jalb  qilishda g'aznachilik notalaridan foydalaniladi va 

ular  veksellarga  nisbatan  kamroq  tarqalgandir.  Italiyada  bunday 

g'aznachilik  notalari  2-3  yillik qaytarilish  muddati bilan,  AQShda 

bir yildan o'n  yilgacha  qaytarilish  muddatlarida chiqariladi.  U zoq 

muddatlar  uchun  mablag'lami  jalb  qilish,  odatda,  obligatsiyalar 

yordamida amalga oshiriladi.

5 .  Q a r z   m a jb u r iy a tla r i  t a ’m in la n g a n lig ig a   q a ra b :



•  garovli;

•  garovsiz bo'ladi

Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. 

Xorijning  rivojlangan .mamlakatlarida  tez-tez  mahalliy  hokimiyat 

organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. 

Garovsiz  obligasiyalarda  aniq  bir  narsa  ta’minlanmaydi:  uning 

ta’m inlanish  asosi  bo'lib  davlatning  yoki  m ahalliy  hokim iyat 

oiganlarining jami  mulki hisoblanadi.  Markaziy boshqaruv organlari, 

odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi.  Ularning 

ishonchliligi juda yuqori bo'lganligi uchun ular qo'shimcha kafolatga 

ehtiyoj sezmaydi.

6.

  T o M a n a d ig a n   d a r o m a d n in g   x a r a k t e r i   b o 'y ic h a :



•  yutuqli  qarz  majburiyatlari;

•  foizli  qarz  majburiyatlari;

•  nol  kuponli  qarz  majburiyatlari.

Yutuqli  obligatsiyalar  bo'yicha  darom adlam ing  to'lanishi 

lotareyalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  obligatsiyalarga  ehtiyoj 

kam.  Chunki  investorlar  tasodifga  tayanib  emas,  balki  barqaror 

daromad  olishga  intiladilar.  Yutuq  olishni  istaganlar  esa  lotareya 

c h ip ta la r i  so tib   o lish n i  ix tiy o r   eta d ila r.  Bu  turdagi  qarz 

majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo'lib,  ular bo'yicha 

daromad kuponlar asosida yilda bir,  ikki yoki  to'rt  marta to'lanadi. 

Investorlaming ko'pchiligi ana shunday qarz  majburiyatlarini m a’qul 

ko'rishadi.

Davlatning qisqa  muddatli qarz instrumentlari  kuponlarga ega 

emas.  Ular nominalidan  chegirmalash asosida sotiladi va nominal 

bo'yicha  sotib  olinadi.  Ayrim  uzoq  muddatli  qarz  majburiyatlari 

ham  kuponlarga  ega  bo'lmasligi  mumkin.  Ular  bo'yicha  barcha 

daromadlar asosiy qarzning summasi bilan qo'shib to'lanadi.  Xuddi 

qisqa  m uddatli  obligatsiyalar  singari  ular  ham  n om in alidan 

chegirmalash  orqali  sotiladi  va  nominali  bo'yicha  sotib  olinadi. 

Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol  kuponli  obligatsiyalar nomini 

olgan.

7 .  D a r o m a d la m i  a n iq la s h   m e to d ig a   k o 'r a :



•  barqaror  (qat’iy)  daromadli  qarz  majburiyatlari;

•  «suzuvchan»  daromadli  qarz  majburiyatlari.

Ayrim  hollarda  qimmatli  qog'ozlar  bo'yicha  qat’iy  stavkalar 

foizlam i  to'lash  borasida  davlat  xarajatlari  o'sishining  sabablari 

bo'lishi,  boshqa  bir  hollarda  esa  ular  foiz  darajasining  oshishini 

kutib  o'tirgan  investorlarni  qo'rqitib yuborishi  mumkin.

Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlami  nisbatan yuqoriroq 

darajada bo'lgan foiz stavkalarida joylashtirishga to'g'ri keladi.  Qarz 

muddati,  odatda,  20-30 yilni tashkil etayotgan  qarz davri davomida 

o'zining  qarz  majburiyatlari bo'yicha  ana shunday foizni o'm atib, 

davlat  soliq  to'lovchilam ing  zimmasiga  qo'shimcha  xarajatlarni 

yuklaydi.  Amaliyotda bunday vaziyatdan  chiqib  ketishning ikki turi 

mavjud:

1) pul  mablag4lariga bo‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli 

qarzlar  va  uzoq  muddatli  qarzlami  (foiz  stakasi  pasayib  ketgan 

paytda)  chiqarish  bilan qoplash.  Biroq bu holda qarz oluvchi  yana 

bitta  qarzni  chiqarish, joylashtirish  va  uni  qaytarish  (uzish)  bilan 

b ogiiq  bo'lgan  qo'shim cha  xarajatlarni  amalga  oshirishga  majbur 

b o 'la d i.  B u ndan  ta sh q a ri,  in v e sto r la r   fo iz   u s ta m a s in in g  

(ko'tarilishini) kutib, ikkinchi marta berilgan qarzga nisbatan qiziqish 

bildirmaslik ehtim oli  ham  yerda bor;

2) qimmatli  qog'ozlar bo'yicha to'lanadigan foizlam i  uzluksiz 

ravishda qayta  ko'rib  borish.  Bu  holda yuqorida keltirilgan  barcha 

muamm olar  hal  qilinadi.  H isob-kitob  asosi  sifatida,  odatda, 

mamlakatdagi  banklararo  kreditlar  bo'yicha  foiz  stavkasidan 

foydalaniladi.  Biroq  bunday  qarzlar juda  katta  kamchilikka  yo'l 

qo'yadilar,  ya’ni qarzdor o'z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga 

ega bo'lmay qoladi.

8 .  Q a r z   c h iq a rilg a n   p a y td a   b e lg ila n g a n   ( o ‘r n a tilg a n )   q a r z n i 



q a y ta r is h   m u d d a tla r ig a   q a t ’iy  rio y a   q ilish   b o ‘y ic h a   q a r z d o r n in g  

m a jb u riy a tla rig a   m uvofiq:



•  m u d d atid an   o ld in   qaytarish  huq u q iga  eg a   b o 'lg a n  

majburiyatlar;

•  m uddatidan  o ld in   qaytarish  huquqiga  ega  b o'lm agan  

majburiyatlar.

Moliyaviy  bozorda  keskin  o'zgarishlar  sodir  b o ig a n   paytda 

qarz  majburiyatlarini  muddatidan  oldin  qaytarish  (uzish)  masalasi 

alohida  dolzarb  vazifa  hisoblanadi.  Masalan,  qarz  oluvchi  yillik 

qat’iy  daromadli  12  foizli  obligatsiyalar  chiqargan  va  bir  yildan 

so'ng  foiz  stavkasi  pasayib,  6  foizga  teng  bo'lishi  shart.  Bunday 

vaziyatda qarzdor keskin yo'qotishlarga, investor esa aksincha,  katta 

yutuqlarga  ega  b o ia d i.  Agar  obligatsiyalar  muddatidan  oldin 

qaytarish  huquqiga  ega  holda  chiqarilgan  bo'lsa,  yangi  qarzni 

chiqarish va ulami joylashtirish hamda eski qarzni  qaytarib,  investor 

o'z yo'qotmalarini kamaytirishi  mumkin.

Qarzlami  qaytarishning  ikki  usuli  mavjud:

•  bir vaqtning  o'zida;

• qismlarga bo'lib.

Agar qarzlar qismlarga boiinib qaytarilayotgan bo'lsa, qaytarish

muddatlari  bo'yicha  qarz  summalarining  taqsimlanishiga  ko'ra 

quyidagi  uch  variant bo'lishi  mumkin:

1) aniqlangan davr,  masalan, 4 yil  ichida  teng qismlarga bo'lib 

qaytarish.  Bu  holda,  masalan,  qarzning  summasi  10  mln.  so'm  

bo'lsa,  har yili  2,5  mln.  so'mdan  qaytariladi;

2)  oshib  boriladigan  qismlarda.  Masalan,  birinchi  yil  1  mln. 

so'm ,  ikkinchi  yilda  —  2  mln.  so'm,  uchinchi  yilda  —  3  mln.  so'm  

va to'rtinchi yilda — 4 mln.  so'm.  Qarzdorning daromadlari yildan- 

yilga oshib borayotgan paytda bu tizim juda qulay usul hisoblanadi. 

Masalan,  boshqa  sharoitlar teng  bo'lgan  taqdirda,  ishbilarmonlik 

faolligining oshishi  natijasida soliq tushumlari  o'sishi  ko'zda tutiladi 

yoki  qurilishga  qarz  mablag'lari jalb  qilingan  ob ’ekt,asta-sekinlik 

bilan o'z quw atiga ega bo'la borib, yildan-yilga kattaroq summada 

foyda  keltira  boshlaydi;

3)  pasayib  boradigan  qismlarda.  M asalan,  birinchi  yilda  —  4 

mln.  so'm ,  ikkinchi  yilda —  3  mln.  so'm ,  uchinchi yilda  —  2  mln. 

so'm   va  h.k.  Bunday  tizim  qarzdorning  daromadlarini  pasayishi 

yoki  xarajatlarining  ortishi  kutilayotgan  paytda  afzalliklarga  ega 

bo'lib,  ustuvor ahamiyat  kasb  etadi.

22.3.  Davlat  kreditini  boshqarish

Davlat  kreditini  boshqarishni  keng  va  tor  m a’nolarda  ko'rib 

chiqish  m um kin.  K eng  m a’noda  davlat  kreditini  boshqarish 

deyilganda  qarzdor,  kreditor  va  garant  (kafil)  sifatida  davlatning 

fa o liy a ti  b ila n   b o g 'liq   b o 'lg a n   u n in g   m o liy a v iy   s iy o s a ti 

yo'nalishlaridan birini  shakllantirish  tushuniladi.

M oliyaviy  siyosatning  yo'nalishlaridan  biri  sifatidagi  davlat 

kreditini  boshqarish  davlatning  boshqaruv  va  hokimiyat  organlari 

qo'lidadir.  Faqat  ular byudjet  defitsitining  umumiy hajmini  va  uni 

moliyalashtirish  uchun  zarur  bo'lgan  qarzlarning  hajmini,  pul 

muomalasi, kredit,  ishlab chiqarish,  aholi bandligiga ta’sir qilishning 

asosiy yo'nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat 

ayrim  m intaqalarini  qo'llab-quw atlash  bo'yicha  um um davlat 

dasturlarini amalga oshirishning maqsadga  muvofiqligini aniqlaydi.

Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi 

va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi  hozirgi sharoitda 

sanoati  rivojlangan  barcha  davlatlarga  xosdir.  Davlatning  kredit 

ekspansiyasi  natijasida boshqa qarz oluvchilar m oliyaviy bozordan 

siqib chiqarilayapti,  kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori  foiz stavkalari 

hamon saqlanib qolmoqda.  Davlat qarzlariga xizmat  qilish  bo'yicha 

katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o'ziga tortayapti. 

Shuning  uchun  ham  byudjet  defitsiti  va  davlat  qarzini  qisqartirish 

sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  boshqaruv  organlari  tomonidan 

eng dolzarb  masalalardan  biri sifatida  e ’tirof etilayapti.

Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning 

qarz majburiyatlarini  muomalaga chiqarish va joylashtirish,  davlat 

qimmatli  qog'ozlar bozorini  tartibga  solish,  davlat  qarziga  xizmat 

ko'rsatish  va  uni  qaytarish  (uzish),  ssuda  va  garantiyalar  taqdim 

etish  bilan  bog'liq bo'lgan  harakatlar yig'indisi tushuniladi.

Davlat  kreditini  boshqarish  jarayonida  quyidagi  vazifalami 

yechish  ko'zda tutiladi:

•  qarzdorning qarzi qiymatini  minimallashtirish;

•  bozorni  davlatning  qarz  majburiyatlari  bilan  ortiqcha  to'lib 

ketishiga va ular kursining keskin chiqib-tushishiga  yo'l  qo'ymaslik;

• jalb qilingan  mablag'lardan samarali foydalanish va ajratilgan 

kreditlarning  maqsadli  foydalanilishi  ustidan  nazoratni  amalga 

oshirish;

•  kreditlarning  o'z vaqtida  qaytrilishini  ta ’minlash;

•  m oliyaviy  siyosat  bilan  aniqlangan  vazifalami  maksimal 

yechish.

Davlat  kreditini  boshqarishni  boshqaruv  organlari,  moliya  va 

kredit  institutlari  amalga  oshiradi.  Uni  tezkor  boshqarish  esa 

mamlakat  hukumatining  rahbarligi  ostida  M oliya  vazirligining 

Markaziy bank bilan  hamkorligida ta’minlanadi.

22.4.  Davlat qarzi.  Ichki  va tashqi  qarzlar

Davlat tomonidan qarz faoliyatning amalga oshirilishi natijasida 

davlat  qarzi  vujudga  keladi.  Jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiy 

davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ekt-

lari  oldida  vujudga  kelgan  hukumatning  qarziy  majburiyatlariga 

davlat qarzi  deyiladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Byudjet tizimi 

to ‘g ‘risida»gi qonunida davlat  qarziga «davlat qarzi  — davlat tom o­

nidan  ichki  mablag'ni  va  xorijdan  mablag‘  jalb  qilish  natijasida 

vujudga  kelgan  0 ‘zbekiston  R espublikasi  m ajburiyatlarining 

yig'indisi»  dir deb,  ta’rif berilgan.

Davlatning qarzlari joylashtirilish joyiga qarab  ikkiga bo'linadi:

•  davlatning ichki  qarzlari;

•  davlatning tashqi  qarzlari.

Davlat tomonidan ichki mablag‘lami jalb qilish natijasida vujudga 

kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi  majburiyatlarining yig‘indisiga davlat 

ichki  qarzlari  deyiladi.  Davlat  tashqi  qarzlari  deyilganda  esa  davlat 

tom onidan  xorijdan  mablag*  jalb  qilish  natijasida  vujudga  kelgan 

0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig'indisi tushuniladi. Bu 

qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining 

tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan  farq qiladi.

Davlatning ichki qarzlari davlat tom onidan ichki mablag'lami 

jalb  qilish  jarayonida  vujudga  keladi.  Davlat  tom onidan  ichki 

mablag‘lam i  jalb  qilish  aktivlami  ichki  manbalardan  (rezident- 

yuridik va jism oniy shaxslardan) jalb etish  hamda buning natijasida 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  qarz  oluvchi  sifatidagi  yoki  qarz 

oluvchi rezidentlarning o ‘z  kreditlarini  (qarzlarini)  to'lashiga kafil 

sifatidagi  majburiyatlari vujudga kelishini  anglatadi.

Shunga  o ‘xshash,  davlatning  tashqi  qarzlari  ham   davlat 

tom onidan  xorijdan  mablag1 jalb  qilish jarayonida  vujudga  keladi. 

Davlat  tom onidan  xorijdan  m ablag‘  jalb  etish  aktivlam i  xorij 

manbalaridan  (xorijiy davlatlardan,  norezident  yuridik shaxslardan 

va  xalqaro  tashkilotlardan)  jalb  etish  hamda  buning  natijasida 

O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi 

rezidentlarning o ‘z kreditlarini  (qarzlarini)  to ‘lashiga kafil sifatidagi 

majburiyatlarining vujudga  kelishini bildiradi.

O'zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisi  kelgusi  moliya  yili 

uchun  mamlakatning  Davlat  byudjetini  qabul  qilayotgan  paytda 

Davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.

Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag4 jalb qilishga hamda 

davlat  qarzining  ko'payishiga  olib  keladigan  boshqa  harakatlar

0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan 

organ tom onidan amalga oshiriladi.

Amaldagi  tartibga  muvofiq  davlat  tom onidan  ichki  va  tashqi 

mablag'lami  (qarzlami) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga 

oshirilishi mumkin:

•  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  ustuvor  y o ‘nalishlarini,  shu 

jumladan,  davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;

•  davlat  byudjetining  daromadlari  bilan xarajatlari  o ‘rtasidagi 

tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik 

ichki  tafovutni  (farqni)  to ‘g ‘rilash;

•  mavjud qarzlami qayta  moliyalashtirish;

•  byudjet defitsitini  moliyalashtirish;

•  tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag'larga 

bo‘lgan ehtiyojlami qoplash.

Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag'larini jalb qilishda 

qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan  foydalanish  mumkin. 

Ulam ing asosiylari va  muhimlari  tarkibiga quyidagilar  kiradi:

•  qisqa  muddatli  (bir  yilgacha  bo'lgan  davrga  chiqariladigan), 

o'rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan) 

va  uzoq  muddatli  (besh  yildan  ortiq  davrga  chiqariladigan)  davlat 

qimmatli qog'ozlari;

•  kreditlar  (qisqa,  o'rta va  uzoq  muddatli);

•  O'zbekiston  Respublikasining  kafolatlari;

•  byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  o  rtasidagi  vaqtinchalik 

farqni  qoplash  uchun  qisqa  muddatli  ssudalar;

•  qonun hujjatlarida  nazarda tutilgan  boshqa turlar.

Xorijiy  investorlar  tomonidan  bir  qismi  sotib  olinishi  mumkin 

bo'lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari  hisoblangan yuridik 

va jism oniy shaxslar davlat  ichki qarzlari  bo'yicha  asosiy kreditorlar 

hisoblanadi.  Bu  qarzlar,  odatda,  m illiy  valyutada  m uom alaga 

chiqariladi.  Ichki  qarz  mablag'larini jalb  qilish  uchun  milliy  fond 

bozorida talabga ega bo'lgan qimmatli qog'ozlar emitatsiya qilinadi. 

Investorlarni  qo'shim cha  rag'batlantirish  uchun  esa  turli  soliq 

imtiyozlaridan foydalaniladi.

Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlaming valyutasida 

xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi.  Bunday qarzlami joylashti-

М Ф у а

rishda joylashtirilishi  lozim boMgan  mamlakat  investorlarining o ‘ziga 

xos  bo'lgan  manfaatlari  hisobga  olinadi.

Amaliyotda  qarziy  mablag'lami  jalb  qilish,  asosan,  ikki  yo'l 

bilan amalga oshiriladi:

•  qarziy qimmatli  qog'ozlarni joylashtirish;

•  ixtisoslashtirilgan moliya-kredit  institutlaridan kreditlar olish.

Qarziy  qimmatli  qog'ozlarni  muomalaga  chiqarish  va  ularni

joylashtirish  tartibi  har  bir  mamlakatning  tegishli  qonuni  orqali 

tartibga  solib  turiladi.  Ana  shu  qonunga  muvofiq  faqat  mamlakat 

hukumatining  nom idan  chiqarilgan  qim m atli  qog'ozlar  davlat 

qimmatli  qog'ozlari  deb e ’tirof etiladi.

Davlat qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining 

tarkibiga  kiruvchi  davlat  qimmatli  qog'ozlar  bozorida  amalga 

oshiriladi.  Bu  bozor quyidagi vazifalami  bajarishga  imkon  beradi:

•  byudjet  defitsitini  moliyalashtirish  maqsadida  yuridik  va 

jism oniy shaxslaming vaqtincha bo'sh  turgan  mablag'larini qarzga 

olish;

•  Markaziy  bank  tomonidan  pul-kredit  siyosati  o'tkazishni 

ta’minlash;

•  tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga 

solishni amalga oshirish.

Qimmatli  qog'ozlar  emissiyasi  natijasida  vujudga  kelgan  va 

m am lakatnin g  ich k i  qarzini  tashkil  etu v ch i  h u k u m a tn in g  

majburiyatlari shu  mamlakatning  milliy valyutasida  ifodalanishi va 

shu valyutada to'lanishi kerak.  Shunga o'xshash,  qimmatli qog'ozlar 

emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini 

tashkil  etuvchi  hukum atning  majburiyatlari  xorijiy  valyutada 

ifodalanishi va shu  valyutada  to'lanm og'i  lozim .

Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag'lami jalb 

qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud.  Buning 

uchun  Moliya vazirligi hukumatning davlat  ichki va tashqi qarzlari 

kitobini yurgizadi.

22.5.  Davlat -  garant (kafil) va  kreditor sifatida

Garant  (kafillik)  huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli b o ‘lib, 

unga  m uvofiq  kafolat  beruvchi  kafolat  berilgan  to m o n n in g  

(shaxsning)  majburiyatlarini  to'liq  yoki  qisman  uchinchi  tom on 

(shaxs)  oldida  ijro  etilishiga  (bajarilishiga)  javob  berishi  uchun 

majburiyatni  yozm a  ravishda  o ‘z  zimmasiga  oladi.  Kafolatlar, 

odatda,  tanlov  asosida  taqdim  etilishi  kerak.  Davlat  tom onidan 

milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o ‘zining 

yuqori  chegarasiga  ega  bo‘lm og‘i  lozim .  M amlakatning  m illiy 

valyutasida ifodalangan kafolatlami ng umumiy summasi davlatning 

ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi 

esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi.  Kafolatlar taqdim 

e tila y o tg a n   paytda,  albatta,  uni  o lu v ch ila rn in g   (unga  ega 

bo'layotganlarning)  moliyaviy ahvoli tekshirilmog‘i  kerak.

A n ’anaviy  ravishda  davlat  a h o lin in g   «Xalq  banki»dagi 

omonatlarini kafolatlaydi.  Keyingi yillarda bozor munosabatlarining 

rivojlanishiga  muvofiq  ravishda  davlat  turli  yuridik  shaxslaming 

qarziy majburiyatlari bo'yicha ham  kafolatlovchi  (kafillik beruvchi) 

sifatida  maydonga  chiqmoqda.

Mamlakatda moliyaviy intizomni  mustahkamlash va kafolatlar 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling