A. V. Vahobov, T. S. Malikov


organi  kim  va  u  nimalarning  umumiy  miqdorini  belgilaydi?


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75

organi  kim  va  u  nimalarning  umumiy  miqdorini  belgilaydi?

•  U  yoki  bu ko'rinishdagi  qimmatli  qog'ozlarni  chiqarishning 

chegaraviy hajmini  kim  o'm atadi?

•  Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 

uchun  qanday dasturlarni  ishlab  chiqmoq  maqsadga  muvofiq?

•  Tashqi  qarzlam i  o lish   davlat  dasturida  qarzlar  qanday 

guruhlarga bo'lib aks ettiriladi?

•  Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 

uchun  ishlab  chiqilgan  dasturlarda  nimalar  alohida-alohida  o'z 

ifodasini  topishi  kerak?

•  O 'z b e k isto n   R e sp u b lik a si  n o m id a n   davlat  q im m atli 

qog'ozlarining yagona em itenti  kim  hisoblanadi?

•  Davlat  ichki  qarzlariga  xizmat  qilish  bo'yicha  bosh  vakil 

funksiyasini  kim  bajaradi?

•  Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarini tartibga solish 

choralarini  shartli  ravishda qanday guruhlarga ajratish  mumkin?

2 3 -B O B . 

SUG 'URTA

23.1.  Sug'urtaning  iqtisodiy  mohiyati

Sug‘urta fuqarolar va korxonalaming mulkiy va shaxsiy nomulkiy 

manfaatlarini  himoya  etuvchi  samarali  vosita  sifatida  insoniyat 

taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud boigan.  Bizgacha yetib 

kelgan manbalarga qaraganda, dastlabki sug'urta shartnomalari bundan 

VI—VII  asr  muqaddam  Vizantiyada  paydo  boigan.  Ba’zi  olimlar, 

xususan,  proffessor.  H.R.  Sobirov sug'urtaning  vujudga  kelishi  bilan 

bogiiq  muammoga  o'z  munosabatini  bildirib  shunday  deb  yozadi: 

«Sug'urta tushunchasi pul va kredit tushunchalaridan oldin shakllana 

boshlagan.  Dastlabki jamoa tuzumi davrida har bir oila  hayot  uchun 

eng  zarur  oziq-ovqat  zaxiralarini  g'amlash  zaruriyatini  tushuna 

boshlaganda,  zaxiralar  yetarli  bo'lmasa  yoki  biror  hodisa  tufayli 

qo'shimcha  moddiy  ne’matlarga  ehtiyoj  sezilsa,  qo'shnilardan  qarz 

olingan,  buzilgan  imoratlar  hashar  yo'li  bilan  tiklangan»4*.  To'g'ri, 

sug'urta himoya vositasi sifatida pul va kredit tushunchalaridan oldin 

paydo bo'lishi mumkin.  Sug'urta zaxiralari natura shaklida shakllangan. 

Bu ancha qiyinchiliklami keltirib chiqaigan. Chunki, zaxiralami natura 

shaklida jamg'arish ulami uzoq muddat saqlash imkoniyatini bermagan. 

Tovar-pul  munosabatlarining paydo bo'lishi sug'urta zaxiralarini  pul 

ko'rinishida shakllantirishga zamin yaratgan.

M a’lumki,  pulning asosiy funksiyalaridan biri to'lov vazifasini 

bajarishidir.  Pulning  paydo  bo'lishi  munosabati  bilan  sug'urta 

zaxirasiga  yig'iladigan  sug'urta  m ukofotlari  pul  ko'rinishida 

to'lanadigan boigan.  Hozirgi  kunda sug'urta zaxiralarini faqat pul 

ko'rinishida shakllantirilishi  qonunda  belgilab  qo'yilgan.  Sug'urta 

mukofotlari  ham pul  ko'rinishida  to'lanadi.

Sug'urta  mustaqil  iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlari 

tizim ida  m uhim  o'rin  tutadi. 

l i  


moliya,  kredit  kabi  iqtisodiy 

kategoriyalar  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  M oliya  yalpi  ichki

44 


S o b iro v   H.R.  0 ‘zbekiston  suo‘urta  tarixidan.  -   «CTzb^kiston  iqtisodiy 

axborotnomasi» jumali,  2000  yil  N910,  57-b.



m ahsulotni  taqsim lash  va  qayta  taqsimlash  natijasida  vujudga 

keladigan  m aqsadli  pul  fondlarining  shakllanishi  va  ulardan 

foydalanish bilan bog'liq pul  munosabatlarini ifodalasa,  kredit aholi, 

korxona  va  tash kilotlar  ixtiyoridagi  vaqtincha  bo'sh  turgan 

m ablag'lami  jalb  etish  va  undan  foydalanish  bilan  bog'liq  pul 

munosabatlari yig'indisidir.  Sug'urta oldindan ko'rib bo'lmaydigan 

tabiiy  va  boshqa  hodisalar  ro'y  berishi  natijasida  ko'riladigan 

zararlarni qoplash  bilan bog'liq maqsadli pul  fondlarini shakllanishi 

va  undan  foydalanish  bo'yicha  pul  munosabatlari  yig'indisidir.

Ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini 

yoritishda turlicha yondashuvlar mavjudligini ko'rish mumkin. Masalan, 

proffesor H.R.Sobirov sug'urta tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: 

«ko'pchilik  adabiyotlarda  sug'urta  so'zi  xavf-xatar,  dahshat,  vahima 

ma’nosida  ishlatiladi,  chunki  ko'rsatilgan  tabiiy  ofatlar  va  baxtsiz 

hodisalar natijasida jamiyat hayotiga  moddiy zarar yetkaziladi.  Lekin 

sug'urta  deganda  ana  shu  ruhiy  holatlar  emas,  balki  bular  orasida 

vujudga kelgan va paydo bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda zararlar 

va ulami kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar, zarar natijasida vujudga 

kelgan kamomadning o'mini to'ldirish, bu yo'nalishda yuzaga keladigan 

sug'urtalovchi  tash kilotlar  va  sug'urtalanuvchilar  o'rtasidagi 

munosabatlar ko'zda tutiladi»45.  Fikrimizcha, bu yerda keltirilgan ta’rif 

sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini to'liq ochib berolmaydi.  Buning ustiga 

professor  H.R.Sobirov tomonidan yuqorida berilgan ta’rif uzundan- 

uzoq bo'lib, sug'urtaning mohiyatini tezda ilg'ab olishni qiyinlashtiradi. 

2002  yilning  5  aprelida  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  qabul 

qilgan  «Sug'urta  faoliyati  to'g'risida»  gi  qonunning  3-moddasida 

shunday  deyiladi:  «Sug'urta  deganda  yuridik  yoki jismoniy  shaxslar 

to'laydigan  sug'urta  mukofotlaridan  shakllantiriladigan  pul  fondlari 

hisobidan  muayyan  voqyea  (sug'urta  hodisasi)  yuz  berganda  ushbu 

shaxslarga sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini (sug'urta 

pulini)  to'lash  yo'li  bilan  ularning  manfaatlarini  himoya  qilish 

tushuniladi»46.  Sug'urta  tushunchasiga  berilgan  bu  ta’rif  rossiyalik

45

  Sobirov  H.R.  Sug‘urta:  100 savol va javob.  — Т.:  «Mehnat»  nashriyoii,  1998  yil. 



8

-9-betlar.



46

  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonuni.  — «Xalq  solzi» 



gazetasi,  2002  yil,  28  may.

iqtisodchi,  professor  B.Yu.Serbinovskiy  bergan  ta’rifga  juda  yaqin: 

«sug'urta  yuridik  va jismoniy  shaxslar  to'laydigan  sug'urta  badallari 

(mukofotlari)dan  shakllanadigan  pul  fondlari  hisobidan  muayyan 

voqyea  (sug'urta  hodisasi)  ro'y berganda  ushbu  shaxslaming  mulkiy 

manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir»47. Ammo 

shuni yoddan chiqarmaslik kerak, sug'urta nafaqat yuridik yoki jismoniy 

shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya etuvchi vosita, balki jismoniy 

shaxslaming hayotiga, sog'ligiga baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi natijasida 

shikast  yetkazilganda,  ularga  sug'urta  summalarini  berish yo'li  bilan 

himoya etuvchi vositadir. Shu bois, professor  B.Yu.Serbinovskiy beigan 

ta’rifni  ham   to'liq  deb  bo'lm aydi.  Yana  bir  iqtisodchi  olim a 

N.V.Bendina sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini ochib berish maqsadida 

quyidagilami ta’kidlaydi:  «Yuridik va jismoniy shaxslar zarar ko'iganda 

ko'rilgan  zarami  ko'pchilik  shaxslar  o'rtasida  taqsimlash  orqali  uni 

qoplash  usulidir»43.  Ushbu olimaning  fikri e ’tibom i o'ziga tortishini 

e ’tirof etish  joiz.  Darhaqiqat,  sug'urta  fondi  ko'pchilik jismoniy  va 

yuridik  shaxslam ing  to'laydigan  sug'urta  mukofotlari  hisobiga 

shakllanib,  ushbu fondni shakllantirishda ishtirok etgan shaxslaming 

mulkiy manfaatlariga tabiiy hodisalar natijasida zarar yetganda, ushbu 

fonddan sug'urta qoplamasi beriladi.  Yana shuni  ta’kidlash  lozimki, 

u faqat shu  fondni tashkil etishda qatnashgan shaxslargagina beriladi. 

Ya’ni,  bir shaxs ko'rgan zarar  ko'pchilik o'rtasida taqsimlanadi.  Shu 

ma’noda, N.V.Bendina tomonidan berilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy 

mohiyatini qisman yorilib bera oladi.  Bunga o'xshash ta’riflarni ko'plab 

keltirish  mumkin.  Sug'urtaning  iqtisodiy  mohiyatini  teran  anglash 

uchun sug'urtani iqtisodiy kategoriya sifatidagi fundamental prinsiplarini 

bilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Sug'urta  iqtisodiy  kategoriya  sifatida 

quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

a) 

sug'urta riskining mavjudligi.  Risk bo'lmasa,  sug'urtalashga 

hojat  qolmaydi.  Risk-sug'urtaviy  pul  munosabatlarining  asosini 

tashkil  etadi.  Xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  va  fuqarolaming 

hayotiga turli risklar doim o ta’sir ko'rsatib turadiki,  bu o'z navbatida 

ushbu  risklami  ro'y  berishi  natijasida  yuzaga  keladigan,  ehtim ol

47  Сербиновский  Б.Ю.  Страховое дело.  -   М.:  «Феникс»,  2000  г.  С.7.



48  Бендина  Н.В.  Страхование.  -   М.:  «Приор»,  2000  г.  С.З.

tutilgan  zararlardan  himoyalanish  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi. 

Risklaming yuz berishi tasodifiylik xarakteriga ega va u inson ongiga 

bog'liq emas.

b) 

sug'urta  munosabatlarining  q^yta  taqsimlash  xarakteriga 

egaligi.  Gap shundaki, sug'urtaning iqtisodiy kategoriyasi yordamida 

korxonalar va aholi daromadlarining bir qismi qayta taqsimlanadi. 

Moliya kategoriyasidan farqli o'laroq, sug'urta yalpi ichki mahsulotni 

birlam chi  taqsim lanishida  ishtirok  etm aydi,  balki  ikkilam chi 

taqsimlanishida ishtirok etadi.  Korxonalar va aholi daromadlarining 

bir qismini qayta taqsimlanishi natijasida qat’iy maqsadli yo'nalishda 

foydalaniladigan sug'urta fondi shakllanadi.  Bu xususiyat sug'urtani 

moliya kategoriyasi  tushunchasiga mos kelishini  anglatadi.

v)zararlarni  m uayyan  makon  va  zam onda  taqsim lanishi. 

Zararlarni hududlararo taqsimlash ob’ektlarni sug'urtaga olish yetarli 

darajada qamrab olinganda ro'y beradi.  Zararlarni ma’lum bir vaqtda 

taqsim lash  sug'urta  hodisalarning  notekis  sodir  bo'lishi  bilan 

izohlanadi.  Haqiqatan  ham bir paytda barcha ob’ektlarni o'z ichiga 

qamrab olgan  sug'urta hodisasi yuz berishi amrimahol.  Tajribadan 

kelib  chiqqan  holda,  sug'urta  hodisalari  muayyan  bir  davrda  ro'y 

bermasligi,  ammo boshqa yili  ro'y berishi  mumkin.  Shuning uchun, 

sug'urta  tashkilotlari  o 'z   zimmalariga  olingan  majburiyatlarni 

bajarish  maqsadida  yetarli  miqdorda  sug'urta  fondiga  ega  bo'lishi 

darkor.

g)sug'urta  m ukofotlarining  qaytarilish  xarakteriga  egaligi. 

Sug'urta  mukofotlari  hisobidan  shakllangan  sug'urta  fondidagi 

mablag'lar faqat sug'urta hodisasi  ro'y berganda sug'urtalanuvchiga 

qaytarilib  beriladi.  Sug'urtaning  iqtisodiy  mohiyatini  anglatuvchi 

bu  p rin sip   su g 'u rta n i  iq tiso d iy   k ateg o riya  sifa tid a   kredit 

tushunchasiga yaqinlashtiradi.  Kreditning  asosiy prinsiplaridan  biri 

ajratilgan  kreditlarning  o'z vaqtida  bankka qaytarilishidir.

Yuqorida  bayon  etilgan  prinsiplar  jam lam asi  sug'urtaning 

iqtisodiy kategoriya sifatidagi  mohiyatini  ochib  beradi.

Sug'urtaning  iqtisodiy  tabiati  uning  funksiyalarida  o'z  aksini 

topadi.  M oliya,  kredit kabi iqtisftdiy kategoriyalar bilan bir qatorda 

sug'urta  ham  bir qator  funksiyalami bajaradi.  T a’kidlash  lozimki, 

iq tiso d iy   adabiyotlarda  sug'urtaning  funksiyalari  bir  n ech a

ko'rinishda  talqin  etiladi.  Masalan,  professor  V.M .R odionova 

rahbarligida  chop  etilgan  «Finansi»  o'quv  qo'llanmasida  sug'urta 

ikkita  funksiyani  bajarishi  ko'rsatib  o'tilgan .  Bu  funksiyalar 

quyidagilardan  iborat:  qayta  taqsimlash  va  nazorat  funksiyasi49. 

Proffessor  H.R.Sobirov sug'urta quyidagi  funksiyalami bajarishini 

qayd  etadi:  «xavf-xatar,  ogohlantirish,  investitsiya,  om onat, 

axborot»50.

Ko'rinib  turibdiki,  proffessor.H.R.Sobirov  sug'urtaning  5  ta 

funksiyaga ega ekanligini  qayd etadi.  Lekin bu fikrga to'liq qo'shilib 

bo'lmaydi.  Chunki,  bu  funksiyalarning  ba’zilari  tegishli  bahs- 

munozarani talab etadi.  Xususan, sug'urtaning investitsiya funksiyasi. 

Investitsiya sug'urta tashkilotlari uchun funksiya emas,  balki asosiy 

sug'urta  faoliyatiga  qo'shim cha  ravishda  amalga  oshiriladigan 

faoliyatdir.  Investitsiyasiz  ham  sug'urta  tashkilotlari  faoliyat 

ko'rsatishlari muinicin.  Ammo, sug'urta tashkilotlari vaqtincha bo'sh 

turgan mablag'larini  investitsiya qilish  orqali  qo'shimcha daromad 

oladi.  Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o'zgarmasdir.  Sobiq 

sovet  hokimiyati davrida  davlat sug'urta organlarining  mablag'lari 

investitsiya  qilinmas  edi.  Bozor  munosabatlariga  o'tish  tufayli 

sug'urta  tashkilotlarida  investitsiya  faoliyati  bilan  shug'ullanishga 

imkoniyat  tug'ildi.  Shuning  uchun  investitsiyani  sug'urtaning 

funksiyasi  bo'la  olmaydi,  deb  aytish  mumkin.

Ayni shunday  fikrlarni axborot funksiyasi  haqida  ham gapirish 

o'rinlidir.  Sug'urtalanuvchilarga  sug'urta  tashkilotlari  haqida 

m a’lumot  berish,  bu  sug'urtaning  axborot  funksiyasi  mavjudligini 

anglatmaydi.  Sug'urta  tashkilotlarining  tijorat  siriga  kiruvchi 

m a’lumotlari  umuman  axborot  sifatida  berilmaydi.  Sug'urtaga 

axborot  funksiyasining  xosligi  ko'pam o'z  isbotini  topmagan.

Sug'urta quyidagi  funksiyalami bajaradi:

•  sug'urta fondini  tashkil  etish  bilan  b o g iiq  funksiya.

•  sug'urta fondidan  foydalanish  bilan  b o g iiq  funksiya.

•  nazorat funksiyasi.

49

  Финансы.  Учебник.  Под  ред.  проф.  Родионовой  В.М.  -   М.:  «Финансы  и 



статистика».  1992.  С. 179.

50

  Sobi r ov  H.R.  Sug'urta:  100  savol va javob.  — Т.:  «Mehnat»  ,  1998  yil.  16-bet.



Yuqorida  qayd  etilgan  funksiyalar  sug'urta  faoliyatida  doim iy 

hisoblanadi va har qanday sharoitda o'zgarmaydi.  Sug'urta faoliyatini 

amalga oshirish uchun, albatta, sug'urta tashkilotida yetarli miqdorda 

pul  mablag'lari fondi bo'lishi lozim. Agar, sug'urtalovchi  pul fondini, 

ya’ni  sug'urta  fondini  tashkil  etm asa,  uning  m oliyaviy  ahvoli 

murakkablashishi  turgan  gap.  Tashkil  etilgan  sug'urta  fondining 

mablag'lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo'lib, sug'urta hodisalari 

ro'y  berganda  qoplama  berish  uchungina  ishlatiladi.  Sug'urta 

fondining  mablag'larini  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan 

tartibda  va  shartlarda  investitsiya  qilishdan  tashqari  boshqa 

maqsadlarda ishlatish  man etiladi.  Sug'urta fondi  mablag'lari  davlat 

tomonidan  olib  qo'yilishi  va  soliqqa  tortilishi  mumkin  emas.

Sug'urta  ixtiyoriy  va  majburiy  shakllarda  amalga  oshiriladi. 

Ixtiyoriy  sug'urta  turiari  bo'yicha  xizmatlar  jism oniy  va  yuridik 

shaxslarga,  ularning  roziligi  bilan  ko'rsatiladi.  Ixtiyoriy  sug'urta 

turlariga  yuridik  va  jism oniy  shaxslaming  m ol-mulki  sug'urtasi, 

transport  vositalari  sug'urtasi,  hayot  sug'urtasi,  m oliyaviy  va 

tadbirkorlik  risklari sug'urtasini misol  tariqasida  keltirish  mumkin. 

Ixtiyoriy sug'urtadan  farqli  ravishda  majburiy sug'urta qonunchilik 

hujjatlariga asosan  o'tkaziladi va bunda  ko'rsatilgan  yuridik hamda 

jism oniy  shaxslaming  manfaati  ularning  irodasidan  qat’i  nazar, 

majburiy sug'urta qilinadi.  Masalan,  transport vositalari egalarining 

fuqarolik javobgarligi  sug'urtasi  majburiy shaklda amalga oshiriladi. 

Bundan  tashqari,  um um iy  foydalanishdagi  havo,  tem ir  yo'l, 

avtomobil transportidagi yo'lovchilar ham  majburiy sug'urta qilinadi. 

Shu yerda alohida ta’kidlash zarurki,  majburiy sug'urta turiari bilan 

bir qatorda  majburiy davlat sug'urta turiari  ham  mavjud. Jumladan, 

Ichki  ishlar vazirligi,  Mudofaa  vazirligi,  M illiy  xavfsizlik  xizmati, 

Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  Davlat  bojxona  qo'mitasi  harbiy 

xizmatchilari baxtsiz hodisalardan sug'urta qilinadilar.  Shuningdek, 

Davlat  soliq  organlari  xodimlari  ham  majburiy  davlat sug'urtasiga 

olinadi.  Majburiy davlat sug'urtasi bo'yicha sug'urta xizmat haqlari 

sug'urta  mukofotlari  Davlat byudjeti  mablag'lari  hisobidan  amalga 

oshiriladi.

Sug'urtaning  iqtisodiy  mohiyati  haqida  fikr  yuritar  ekanmiz, 

sug'urtaning  maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom  ma’noda

o'zgarganligini  ta’kidlash  joiz.  2008  yilning  1  yanvar  holatiga 

O'zbekistonda 26 ta sug'urta tashkiloti faoliyat  ko'rsatayapti.  E’tirof 

etish joizki,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  31 

yanvardagi  «Sug'urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish 

chora-tadbirlari  to'g'risida»gi  Farmoniga  muvofiq, mulk shaklidan 

qat’i  nazar,  hamma sug'urta tashkilotlari,  2002 yilning  1  fevralidan 

boshlab  3  yil  muddatga  daromad  (foyda)  solig'ini  to'lashdan ozod 

etildi51.  Farmonda  ko'rsatilganidek,  soliqqa  tortishdan  bo'shab 

qolgan  pul  mablag'lari  birinchi  navbatda  sug'urta  tashkilotlarini 

moddiy-texnika bazasini  mustahkamlashga sarflangan.  Shuningdek, 

ushbu pul mablag'lari  mintaqalarda sug'urta agentliklari tarmoqlarini 

kengaytirishga,  kadrlarni  tayyorlash  va  malakasini  oshirishga 

yo'naltirilgan.  Shunday yo'l tutilishi  mamlakat sug'urta bozorining 

rivojlanishiga  katta  imkoniyatlar yaratdi.

23.2.  Sug'urtaning  rivojlanish  bosqichlari

Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo'lgan 

va  uzoq  tarixga  ega.  Sug'urta  insoniyat  va  uning  m ol-m ulkini 

ishonchli  himoyalashning  muhim  vositasi  sifatida  o'z  rivojlanish 

tarixida  ikki  bosqichni  boshidan  kechirgan.

1.  Tijoratga  asoslanmagan  sug'urta.

2.  Tijoratga  asoslangan  sug'urta.

Tijoratga  asoslanmagan  sug'urta  ibtidoiy jamoa,  quldorlik  va 

feodal jamiyatlariga  xos  bo'lib,  unda  sug'urtalovchilar  ittifoqi  o'z 

oldiga  foyda  olishni  maqsad  qilib  qo'yishmagan.

Ibtidoiy jamoa  tuzumida  qabila  shaklida  turmush  kechirgan 

insonlar qurg'oqchilik va  boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun 

oziq-ovqat,  suv  zaxiralarini  shakllantirganlar.  Keyinchalik,  qo'l 

mehnatining  takomillashishi  va  ishlab chiqarish jarayonida asbob- 

uskunalardan  foydalanish  (texnik,  ijtimoiy  xavf-xatarlar)  va  asta- 

sekinlik  bilan  tabiiy  boyliklam i  sanoat  usulida  o'zlashtirilishi

51 


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Sug‘urta  bozorini  yanada  erkinlashtirish 

va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Farmoni.  -   «Xalq  so‘zi»  gazetasi,  2002 



yil  I  fevral.

qo'shimcha xavf-xatarlarni:  ishlab chiqarish, texnik omillarni  paydo 

bo'lishiga  olib keldi.

Dastlab,  insonlar turli  tabiiy ofatlar va boshqa  oldindan  ko'rib 

boMmaydigan  hodisalar  ro'y  berishini  oldini  olish  maqsadida 

xudolarga sig'inishgan.  Stixiyali  hodisalarning  ro'y berishi,  bu tabiiy 

hoi  ekanligini  anglagan  insonlar  quldorlik  davridayoq,  yong'in, 

qurg'oqchilikdan  saqlanish  uchun  natura  shaklidagi  sug'urta 

fondlarini  tashkil  etishgan.

Tarixiy  hujjatlarga  ko'ra,  notijorat  sug'urtaning  dastlabki 

shakllari,  eramizdan  2000  yil  oldin Vavilon  podshohi  Xammurapi 

qonunlarida,  shuningdek,  Fors ko'rfazi,  Qadimgi  Gretsiya va  Misr, 

Qadimgi  Rimdagi  savdogarlarning  o'zaro  tuzgan  bitimlarida  o'z 

aksini topgan.  Bu  bitim shartlariga  muvofiq,  umumiy  karvon safida 

savdo  qiluvchi  savdogarlardan  birortasi  stixiyali  hodisalar  yoki 

qaroqchilar  hujumi  oqibatida  zarar  ko'rsa,  bu  zararlar  boshqa 

savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan.  Bu davrlarda maxsus 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling