A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Davlat  byudjeti  tuzilmasi


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75

Davlat  byudjeti  tuzilmasi 

—  re s p u b lik a   b y u d je tin i, 

Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjetini  va  mahalliy  byudjetlarni 

o 'z   ichiga  oladi.  D avlat  byudjeti  tark ibida  davlat  m aqsadli 

jamg'armalari  jamlanadi.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjeti 

Qoraqalpog'iston  Respublikasining  Respublika  byudjetini  hamda 

tum anlar  va  respublikaga  (Q oraqalpog'istonga)  bo'ysunuvchi 

shaharlar  byudjetlarini  o'z  ichiga  olsa,  viloyat  byudjeti  esa  viloyat 

byudjetini, tumanlar va viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini 

o'z  ichiga oladi.  O'z navbatida,  tumanlarga  bo'Iinadigan  shaharning 

byudjeti  shahar  byudjetini  va  shahar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlar 

byudjetlaridan  iboratdir.  Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan 

tum anning  byudjeti  tuman  byudjetini  va  tuman  bo'ysunuvidagi 

shaharlar  byudjetlarini  o'z  ichiga  oladi.



Davlat byudjeti daromadlari 

— davlat byudjetiga jalb qilinadigan 

soliqli  va  nosoliqli  mablag'lar;  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq 

ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 

organlari  ixtiyoriga  kelib  tushuvchi  pul  mablag'lari.  O 'z  tarkibiga 

quyidagilam i  oladi:  1)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  soliqlar, 

y ig'im lar,  bojlar,  shuningdek  m ajburiy  to 'lo v lar  ham da  soliq 

bo'lmagan  boshqa  tushumlar;  2)  davlatning  moliyaviy  aktivlari  va 

boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga 

berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros 

olish,  hadya  etish  huquqi  bo'yicha  davlat  mulkiga  o'tgan  pul 

mablag'lari;  4)  yuridik  va jismoniy  shaxslardan,  shuningdek  xorijiy 

davlatlardan  kelgan  qaytarilmaydigan  pul  tushumlari;  5)  rezident- 

yuridik shaxslarga va  xorijiy  davlatlarga berilgan  byudjet ssudalarini 

qaytarish  hisobiga  tushadigan  to'lovlar;  6)  qonun  hujjatlarida 

taqiqlanmagan  boshqa  daromadlar.



Davlat  byudjeti  xarajatlari 

—  davlat  pul  mablag'lari  fondini 

taqsimlash  bilan  bog'liq  bo'lgan  iqtisodiy  munosabatlar;  davlat  va 

mahalliy  o'z-o'zini  boshqarish  organlari  funksiyalari  va vazifalarini 

moliyaviy  jihatdan  ta’minlashga  yo'naltiriladigan  pul  mablag'lari. 

Tarkibi  quyidagilardan  iborat:  1)  byudjet  mablag'lari  oluvchilarning 

joriy  xarajatlari;  2)  joriy  byudjet  transfertlari;  3)  kapital  xarajatlar 

(asosiy fondlar va vositalami  davlat ehtiyojlari  uchun olish va takror 

ishlab  chiqarish,  xorijiy  mamlakatlarda davlat  ehtiyojlari  uchun  yer 

va  boshqa  mol-mulk  olish,  davlat  ehtiyojlari  uchun  yeiga  bo'lgan 

huquqni  va  boshqa  nomoddiy  aktivlami  olish,  davlat  zaxiralarini 

vujudga keltirish va boshqalar); 4)  kapital xarajatlarni qoplash uchun 

yuridik shaxslaiga beriladigan byudjet transfertlari; 5)  rezident yuridik 

shaxslarga  va  xorijiy  davlatlarga  beriladigan  byudjet  ssudalari;  6) 

davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari;

7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha to'lovlar;

8)  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  xarajatlar.

Davlat byudjeti defitsitini  moliyalashtirish 

— davlat  tomonidan 

xorijdan  va  ichki  m ab lag 'n i  ja lb   qilish,  respublika  byudjeti 

mablag'larining  moliya  yili  boshlanishidagi  qoldiqlari  va  qonunga 

muvofiq  boshqa  manbalar  hisobidan  moliyalashtiriladi.

Davlat  byudjeti  mablag'larini  byudjetlar  o ‘rtasida  qayta 

taqsimlash 

-   1)  quyi  byudjetlarga  yuqori  byudjetlardan  byudjet 

subvensiyalari  va  dotatsiyalari  berish;  2)  byudjet  ijrosi  jarayonida


paydo  bo'lgan  o'zaro  hisob-kitoblar  bo'yicha  mablag'lami  yuqori 

byudjetdan  quyi  byudjetga,  shuningdek,  quyi  byudjetdan  yuqori 

byudjetga  yo'naltirish;  3)  byudjet  ssudalarini  ajratish  bilan  qayta 

taqsimlanadi.  Respublika  byudjetidan  byudjet  subvensiyalari  va 

dotatsiyalari  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va 

Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida 

ajratiladi.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va 

Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari 

tum anlar  ham da  shaharlar  byudjetlariga  tegishli  tasdiqlangan 

b y u d je tlar  d o ira sid a   ajra tilish i  m um kin.  Q o ra q a lp o g 'isto n  

Respublikasi  byudjetida  va  mahalliy  byudjetlarda  paydo  bo'ladigan 

daromadlar  va  xarajatlar  o'rtasidagi  vaqtinchalik  xazinaviy  uzilish 

naqd pul aylanishi, yuqori byudjetlarga beriladigan  byudjet ssudalari, 

foydalanilmagan  byudjet  mablag'lari  qoldiqlari  hisobiga  qoplanadi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  qaroriga  binoan 

O 'zbekiston  Respublikasi  M oliya  vazirligi  Q o raq alp o g 'isto n  

Respublikasi  byudjetida, viloyatlar va Toshkent shahri  byudjetlarida 

nazarda  tutilgan ayrim  xarajatlarni  maqsadli  moliyalashtirish  uchun 

quyi  byudjetlar  hisobiga  kiritiladigan  darom adlam i  respublika 

byudjetiga  o'tkazishi  mumkin.

Davlat boji — yuridik ahamiyatga ega bo'lgan  harakatlami  sodir 

etganligi  yoki  vakolatli  organlar va  mansabdor  shaxslar  tomonidan 

tegishli hujjatlari  berilganligi uchun olinadigan majburiy to'lov. Turli 

instansiyalardagi  sudlarga  berilgan  ariza  va  shikoyatlar,  notarial 

harakatlaming  sodir  etilganligi,  fuqarolik  holati  aktining  davlat 

qaydidan o'tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan  hujjatlaming 

berilganligi uchun davlat boji olinadi.  Uning miqdori yuridik harakat 

va  beriladigan  hujjatlaming  xarakteriga  bog'liq.



Davlat  qarzi 

—  davlat  tomonidan  ichki  mablag'ni  va  xorijdan 

mablag' jalb qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi 

majburiyatlarining  yig'indisi.  Bir  tom ondan,  davlat  va  ikkinchi 

tom ondan,  yuridik  va  jism oniy  shaxslar  o'rtasidagi  iqtisodiy 

munosabatlar.  Bunda davlat qarz oluvchi sifatida  maydonga chiqadi.



Davlat  ichki  qarzlari 

—  davlat  tomonidan  ichki  mablag'ni jalb 

qilish   n atijasid a  vujudga  kelgan  O 'z b e k isto n   R esp u b lik asi 

majburiyatlarining yig'indisi.  Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha 

foizlari  bilan  qaytarilm agan  (uzilm agan)  davlat  q arzlarining 

(zayomlarining)  butun  summasi.



Davlat  maqsadli  fondlari 

—  D av lat  b y u d je ti  ta rk ib id a  

jamlantiriladigan  fondlar boiib,  ularning  har biri  uchun  mablag'lar 

manbalari,  har bir manbadan  mablag1 tushish  normalari va shartlari, 

shuningdek  shu  m ablag'lardan  foydalanilishi  m um kin  bo'lgan 

maqsadlar  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.  Aniq  maqsadlarga 

m o'ljallangan  pul  fondlari.  Aholiga  taqdim   etiladigan  ijtimoiy 

xizm atlam ing  ko'lainini  kengaytirish,  infrastrukturaning  qoloq 

tarm oq lari  rivojlanishini  rag 'b atlan tirish ,  iqtisodiyot  ustuvor 

tarmoqlarini  qo'shim cha  resurslar  bilan  ta ’minlash  bu  fondlarning 

maqsadidir.  Bu fondlar Pensiya fondi,  Respublika yo'l fondi,  Davlat 

mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlash  davlat 

qo'mitasining  maxsus  fondi  (hisob  varag'i),  Ish  bilan  ta ’minlashga 

ko'maklashish  davlat  fondidan  iboratdir.  Ularning  daromadlari  va 

xarajatlari  o'rtasidagi  vaqtinchalik  uzilishni  (yetishmovchilikni) 

qoplash  uchun  davlat  maqsadli  fondlariga  O 'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga  binoan  respublika  byudjetidan 

byudjet dotatsiyalari va ssudalari  ajratilishi  mumkin.  Davlat maqsadli 

fondlariga  tushgan  darom adlar  xarajatlardan  oshgan  taqdirda 

O 'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  taqdim nom asiga 

binoan  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  qarori 

bilan  ortiqcha  summa  yilning  har  bir  choragi  yakunlari  bo'yicha 

respublika  byudjetiga  to'liq  yoki  qisman  olib  qo'yilishi  mumkin.

Davlat moliyaviy nazorati 

— davlat byudjeti va nobyudjet fondlar, 

soliqlar,  davlat korxona va  tashkilotlarining  moliyaviy  faoliyati,  pul 

hisob-kitoblarini tashkil etish,  hisob va hisobotni yuritish sohalarida 

qonunchilikka  rioya  etilishini  mamlakat  hokim iyat  va  boshqaruv 

organlari,  shuningdek,  maxsus  tuzilgan  nazorat  organlari  (Hisob 

palatasi,  M oliya  vazirligi,  Davlat  soliq  qo'm itasi  va  boshqalar) 

tom onidan  amalga  oshiriladigan  nazorat.



Davlat  tashqi  qarzi 

—  davlat  tom onidan  xorijdan  mablag'  jalb 

q ilish   n a tija sid a   vujudga  kelgan  O 'z b e k is to n   R espublikasi 

majburiyatlarining  yig'indisi.



Davlat  tomonidan ichki  mablag'ni jalb  qilish 

—  aktivlami  ichki 

manbalardan  (rezident-yuridik  va jismoniy  shaxslardan)  jalb  etish 

hamda buning natijasida O'zbekiston  Respublikasining qarz oluvchi 

sifatidagi yoki  qarz oluvchi  rezidentlarning o'z kreditlarini (qarzlarini) 

to'lashiga  kafil  sifatidagi  majburiyatlarining  vujudga  kelishi.



Davlat tomonidan xorijdan mablag4 jalb qilish 

— aktivlami xorij



manbalaridan  (xorijiy  davlatlardan,  norezident  yuridik  shaxslardan 

va  xalqaro  tashkilotlardan)  jalb  etish  ham da  buning  natijasida 

O 'zbekiston  Respublikasining  qarz  oluvchi  sifatidagi  yoki  qarz 

oluvchi  rezidentlarning  o'z  kreditlarini  (qarzlarini)  to'lashga  kafil 

sifatidagi  majburiyatlarining  vujudga  kelishi.

Davlat  tomonidan  (ichki  va  xorijdan)  mablag'  jalb  qilish  — 

quyidagi  maqsadlarda  amalga  oshirilishi  mumkin:  1)  iqtisodiyotni 

rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlarini,  shu  jum ladan  davlat 

investitsiya  dasturlarini  m oliyalashtirish;  2)  Davlat  byudjeti 

daromadlari bilan xarajatlari o'rtasida tushumlar vaqtga ko'ra muvofiq 

emasligi  tufayli  kelib  chiqqan  yillik  ichki  tafovutni  to'g'rilash;  3) 

mavjud  qarzni  qayta  m oliyalashtirish;  4)  byudjet  defitsitini 

moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli 

mablag'larga  bo'lgan  ehtiyojlami  qoplash.  Davlat  tomonidan  ichki 

va  xorijdan  mablag'  jalb  qilishda  qarz  majburiyatlarining  quyidagi 

turlaridan foydalanish mumkin:  1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan 

daviga  chiqariladigan),  o'rtacha  muddatli  (bir  yildan  besh  yilgacha 

bo'lgan  davrga  chiqariladigan)  va  uzoq  muddatli  (besh  yildan  ortiq 

daviga chiqariladigan) davlat qimmatli qog'ozlari;  2)  kreditlar (qisqa, 

o'rta va uzoq  muddatli);  3)  O'zbekiston  Respublikasining kafolatlari;

4)  byudjet  daromadlari  bilan  xarajatlari  o'rtasidagi  vaqtinchalik 

tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  boshqa  turlar.  Davlat  tomonidan  ichki  va  xorijdan 

mablag'  jalb  qilishga  hamda  davlat  qarzi  ko'payishiga  olib  keladigan 

boshqa harakatlar O'zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki 

u  vakolat  bergan  organ  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Davlat  valyuta  monopoliyasi 

—  valyuta  boyliklari  (valyutaviy 

boyliklar)  bilan  operatsiyalami  amalga  oshirish yoki  operatsiyalami 

amalga oshirishni  m a’lum organlar,  korxonalar,  firmalar zimmasiga 

o'tkazishga  ruxsat  berish,  valyutaviy  mablag'lardan  foydalanish 

tartibini  belgilash  bo'yicha  davlatning  tanho  huquqi.  Valyuta 

operatsiyalarini  reglamentatsiya  (tartibga  solib  turish)  qilishni, 

valyutaviy  mablag'lardan  foydalanish  ustidan  nazoratni  amalga 

oshirishni  va  ularning qo'llanilish samaradorligini  oshirish  bo'yicha 

choralar  ko'rishni  taqoza  etadi.



Daromadlar  to'g'risida  deklaratsiya 

—  o'tgan  davr  mobaynida 

olingan  darom adlar,  m ulklar  va  ularga  tegishli  bo'lgan  soliq 

chegirmalari hamda imtiyozlari to'g'risida soliq to'lovchining rasmiy



arizasi.  Jismoniy shaxslami soliqqa tortishda asosiy  moliyaviy hujjat 

b o ‘lib,  ulardan  olinadigan  daromad  solig‘ining  hajmini  aniqlash 

uchun  fuqarolaming  daromadlari  unda  qayd  etiladi.

Daromad  solig‘ining shedulyar shakli 

—  daromadning  manbaini 

inobatga olgan  holda uning qismlaiga (shedulyaiga) bo'linishini taqoza 

etadi.  Dastlab,  Buyuk  Britaniya soliq  tizimida  qabul  qilingan.  Unga 

ko'ra  har bir shedul o'ziga xos  tarzda soliqqa  tortiladi.  Bunday tartib 

daromadni  o'zining  manbai  oldida  «tutish»ni  maqsad  qilib  qo'yadi. 

Mamlakatda  bu  sohada  oltita  shedul  amal  qilib,  ularning  ayrimlari 

yana ichki taqsimlanishga ham ega.  Masalan,  «А» shedul o'z tarkibiga 

mulkdan  olinadigan  daromadlami  (yerga  mulkchilikdan,  bino  va 

inshootlarga  egalikdan,  uy  yoki  xonani  ijaraga  berishdan  olinadigan 

daromadlami),  «V»  shedul  tijoriy  maqsadlar  uchun  foydalaniladigan 

o'rm on  massivlaridan  olinadigan  daromadlami,  «S»  shedul  davlat 

qimmatbaho  qog'ozlaridan  olinadigan  daromadlami,  «D»  shedul 

tijoriy  ishlab  chiqarish  faoliyatidan  olinadigan  daromadlam i  (bu 

shedulning tarkibiga daromadlaming juda ko'p turiari  kiiganligi uchun 

uning o'zi yana olti qismga bo'linadi),  «уе» shedul  ish  haqi,  pensiya, 

nafaqa va boshqa mehnat daromadlarini va nihoyat,  «Ғ» shedul Buyuk 

Britaniya kompaniyalari tomonidan to'lanadigan dividentlar va boshqa 

to'lovlarni  o'z  ichiga  oladi.

Daromad solig'i bo'yicha jarimalar 

-  ushbu soliq to'lanmaganda, 

noto'liq  to'langanda  yoki  to'lash  tartibi  buzilganda  (rioya  qilin- 

maganda),  pulni  undirish,  moddiy  ta ’sir  ko'rsatishdan  iborat.  O 'z 

vaqtida ushlab qolinmagan, noto'liq ushlangan yoki tegishli byudjetga 

o'tk azilm ag an  soliq  sum m alari  jism o niy  shaxslarga  daro m ad 

to'layd ig an  korxona,  tashkilot  va  m uassasalardan  u nd irishga 

mo'ljallangan  summaning  10  foiz  hajmidagi  jarim ani  birgalikda 

qo'shib, soliq organlari tom onidan so'zsiz undirib olinadi.  Korxona, 

tashkilot,  muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o'tgan jism oniy 

shaxslardan  soliq  o'z  vaqtida  tegishli  byudjetga  o'tkazilmasa,  har 

bir  kechiktirilgan  kun  uchun  to'lov  muddatidan  keyingi  kundan 

boshlab  to'langan  kungacha  (bu  kun  ham   qo'shiladi)  0,5  foiz 

miqdorida  penya  undiriladi.  Penyaning  undirilishi  ularni javobgar- 

likning  boshqa  turlaridan  ozod  etmaydi.

Daromadi (daromadli) soliqqa tortish 

— daromadlaming olinish 

vaqtida  undiriladigan  daromad  soliqlari  tizimi.

Daromadlardan  olinadigan  soliq 

—  foyda  solig'idan  tashqari



aksiyalar,  obligatsiyalar  va  boshqa  qimmatbaho  qog'ozlar  bo'yicha 

(davlat  obligatsiyalari  va davlatning  boshqa  qimmatbaho  qog'ozlari 

bo'yicha  olingan  daromadlardan  tashqari)  olingan  dividentlar  va 

foizlardan,  kazinolar,  videosalonlarning  darom adlaridan,  o'yin 

avtom atlarining  darom adlaridan,  om m aviy  konsert—tom osha 

tadbirlarini  o 'tk azish d an   olingan  darom adlardan  korxona  va 

tashkilotlar  tomonidan  to'lanadi.

Dividentlar  -   taqsimlashga  mo'ljallangan  aksionerlarning  sof 

foydasi  (daromadi);  aksionerlik jamiyati yoki  korxona sof foydasidan 

har bir aksiya  uchun  aksionerlarga  m a’lum  davrdan  so'ng  (har yili, 

ayrim  hollarda  —  har  chorakda)  to'lanadigan  daromad.

Dotatsiya 

—  davlat  byudjetidan  qaytarilm aydigan  tartibda 

beriladigan pul  mablag'lari, zarar (ziyon)larni qoplash  uchun korxona 

va  tashkilotlarga  beriladigan  davlat  nafaqalari.  Zarar  (ziyon)lar 

korxonaga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra vujudga kelgan paytda 

istisno  tariqasida  dotatsiya  berilishi  mumkin.



Dempingga  qarshi  bojxona bojlari 

—  mahsulotni  chiqarayotgan 

mamlakatdagi  tovarlaming qiymatidan shu tovariar olib kirilayotgan 

mamlakatda shu tovarlaming bahosi  past  bo'lsa,  bu narsa  mamlakat 

o'z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish  xavfim  tug'dirsa 

yoki  shunga  o'xsh ash  tovarlarni  m am lakat  doirasida  ishlab 

chiqarishni  to'xtatib  qo'yishi  mumkin  bo'lsa joriy  etiladi.

Ye

Yer uchun to'lovlaming shakllari 

— yer solig'i, ijara haqi va yerning 

normativ  bahosidan  iborat.  yerning  egalari,  yerning  mulkdorlari  va 

yerdan  foydalanuvchilar  yillik  yer  solig'iga  tortiladi.  Ijaraga  berilgan 

yer  uchun  ijara  haqi  olinadi.  Qonunda  ko'zda  tutilgan  hollarda  sotib 

olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda 

yerning  normativ  bahosi  belgilanadi  (o'matiladi).

Yer  solig'i 

—  yer  egalari,  yerga  egalik  qiluvchilar  va  yerdan 

foydalanuvchilar to'laydigan soliq.  Uning miqdori yer egalari,  yerga 

egalik  qiluvchilar  va  yerdan  foydalanuvchilar  xo'jalik  faoliyatining 

natijalariga  bog'liq  bo'lmasdan,  balki  bir  yil  uchun  yer  birligiga 

nisbatan  barqaror  to'lovlar  ko'rinishida  o'matiladi.  O 'z  mulkida, 

egaligida yoki  foydalanishida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik 

va jismoniy shaxslar bu soliqning to'lovchilaridir.  Soliqning stavkasi



0 ‘z b e k isto n   R esp u b lik asi  V azirlar  M ah k am asi  to m o n id a n  

belgilanadi.  yer  solig'i  yuridik  shaxslar  tomonidan  har yili  birinchi 

yanvargacha  boMgan  holatga  qarab  mustaqil  hisoblab  chiqariladi  va 

soliq  bo‘yicha  hisob-kitoblar  yer  uchastkasi  joylashgan  hududdagi 

soliq  organiga  joriy  yilning  birinchi  fevraligacha  taqdim  etiladi. 

Yuridik  shaxslar  tom onidan  (qishloq  xo'jaligi  korxonalaridan 

tashqari)  soliq  yilning  har  choragida  ikkinchi  oyning  15-kunigacha 

to'lansa,  qishloq  xo'jaligi  korxonalari  bu  soliqni  bir  yilda bir  marta 

-hisobot  yilining  15-dekabrigacha  to'laydilar.  Bu  muddat jismoniy 

shaxslar  uchun joriy  yilning  birinchi  noyabrigacha  belgilangan.



Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq 

— bu soliqni  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  hududida  foydali  qazilmalar  qazib  olishni,  shuningdek, 

foydali  qazilmalar  qazib  olish  bilan  bogMiq  boMmagan  yer  osti 

inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi  yuridik 

va jismoniy shaxslar toMaydilar.  Uning ob’ekti boMib foydali qazilmalar 

qazib  olish  hajmi,  texnogen  hosilalaming  hajmi,  foydali  qazilmalar 

qazib  olish  bilan  bogMiq  bo'lmagan yer osti  inshootlari  hajmi,  rangli 

toshlar  xom-ashyosi,  paleontologiya  qoldiqlari  va  boshqa  geologik 

kolleksiya  materiallari  namunalarmi  to'plash  uchun  berib  qo'yilgan 

yer  q a ’ri  uchastkasi  maydoni  hisoblanadi.  Soliqning  stavkasi 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



Yerning  normativ bahosi 

—  hisobli  qoplash  muddati  davomida 

olinishi  lozim  boMgan  potensial  daromaddan  kelib  chiqqan  holda 

m a ’lum   sifatd agi  va  jo yd ag i  y er  u c h a stk a sin in g   q iy m atin i 

ifodalaydigan  ko'rsatkich.  yemi  mulk  sifatida  berish  uchun,  unga 

nisbatan jamoa-hissali mulkni o'rnatish uchun,  meros sifatida berish, 

taqdim  etish,  bank  kreditini  olish  uchun  yer  uchastkasidan  garov 

sifatida foydalanilganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishni 

ta ’minlash  uchun joriy etilgan.  Odatda yerning  normativ bahosi  yer 

maydoni  birligiga  to'g'ri  keluvchi  yer  solig'ining  50  martalik  hajmi 

miqdorida  o'm atiladi.  Bu  baho  hisoblanayotgan  paytda  yer  solig'i 

bo'yicha  berilgan  imtiyozlar  inobatga  olinmaydi.



Yer  uchun  ijara  haqi 

—  uning  hajmi  (o'lcham i),  shartlari  va 

o'tkazish  muddatlari  shartnom aga  muvofiq  o'm atiladi.  Qishloq 

xo'jaligi  maqsadlariga  moMjallangan  yerlar  ijaraga  olinganda  uning 

m iqdori  ijaralangan  uchastkalardan  olinadigan  yer  solig'ining 

summasidan  oshmasligi  kerak.  yer  uchun  ijara  haqi  alohida  yoki 

butun  ijaraga  olingan  mulkning  ijara  haqi  tarkibida  ham  olinishi


mumkin.  Lekin bu holda ham yer uchun ijara haqi,  albatta,  mahalliy 

byudjetning  daromadiga  o'tkazilishi  kerak.



J

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  soliqlar 

—  daromad  solig'i, 

fuqarolaming  mulkidan  olinadigan  soliqlar  (transport  vositalari 

solig'i,  mol-mulk  solig'i,  uy-joy  solig'i,  meros  tariqasida  o'tadigan 

mulkdan  olinadigan  soliq  va  boshqalar),  tadbirkorlik  faoliyatini 

amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qayd etish yig'imi, 

boshqa  soliq,  yig'im  va  to'lovlardan  iborat.

Jismoniy  shaxslaming  daromadiga  solinadigan  soliq  — 

umumdavlat  soliqlarining  tarkibiga  kirib,  byudjet  daromadlarining 

muhim manbalaridan biri  hisoblanadi.  Moliya yilida soliq solinadigan 

daromadga  ega  bo'lgan jismoniy shaxslar  bu  soliqning  to'lovchilari 

hisoblanadi.  Soliq  progressiv  xarakterga ega.  U  quyidagi  shakllarda 

to'lanishi  mumkin:  daromad  manbaidan,  ya’ni  asosiy  ish  joyidan 

va  boshqa  ish  beruvchilardan;  agar  daromad  bir  necha  manba 

hisobidan  olinsa  va  qonuniy  tarzda  belgilangan  daromadning  yillik 

summasidan oshsa, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiya ko'rinishida; 

tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromadni  soliqqa  tortish 

shaklida. Jami  yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar 

o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa 

tortish ob’ektidir. Jismoniy shaxslaming jami yillik daromadiga soliq 

to'lovchi  olishi  lozim  bo'lgan  (olgan)  yoki  tekinga  olgan  pul  yoki 

boshqa  mablag'lar,  shu  jumladan,  mehnatga  haq  to'lash  shaklida 

olinadigan  daromadlar,  jismoniy  shaxslaming  mulkiy  daromadi  va 

jism oniy  shaxslaming  tadbirkorlik  faoliyatidan  keladigan  yalpi 

daromad  kiradi.



Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling