A. V. Vahobov, T. S. Malikov


larning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75

larning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari 

nazorat xizmatlari;

•  asosiy vazifasi  xarajatlarni  qisqartirish,  moliyaviy  oqimlarni 

optimallashtirish va foydani oshirish bo'lgan ichki nazorat xizmatlari.

O'tish  iqtisodiyotiga  ega  bo'lgan  mamlakatlarda  moliyaviy 

nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham  qamrab oladi. Ana

shunday organlar qatoriga Markaziy bank,  Davlat bojxona qo'mitasi 

va boshqalarni kiritish  mumkin.

Bozor  xo'jaligi  asoslarining  mustahkamlanib  borishi  bilan 

moliyaviy  nazoratni  tashkil  etish  masalalari  yanada  huquqiyroq 

qiyofaga ega bo'lib, sekin-astalik bilan g'arb modeliga yaqinlashadi. 

Bu model  amaliyotda o'z  samaradorligini  yaqqol ko'rsatgan19.

Moliyaviy  nazoratning  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifalar 

quyidagilardan iborat:

•  pul  fondlarining  o'lchami  va  moliyaviy  resurslarga  bo'lgan 

ehtiyoj  o'rtasidagi  mutanosiblikka  (balanslilikka) ta’sir ko'rsatish;

•  davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlar  o'z  vaqtida  va  to'liq 

bajarilishini ta’minlash;

•  moliyaviy resurslami ko'paytirishning ichki xo'jalik imkoniyat­

larini qidirib topish;

•  va boshqalar.

Jahon hamjamiyati  ko'p yillik tajriba asosida moliyaviy nazo­

ratni tashkil etishga doir asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi 

paytda  dunyoning  har bir sivilizatsiyalashgan  davlati  ularga  rioya 

qilishga intiladi.  Bu prinsiplar INTOSAPning Lima deklaratsiyasida 

o'z aksini  topgan.  Ularning tarkibiga  quyidagilar kiradi:

•  mustaqillik;

•  ob’ektivlik;

•  kompetentlik (layoqatlilik,  qodirlik);

•  oshkoralik.

Moliyaviy  nazorat  mustaqilligi  nazorat  organining  moliyaviy 

jihatdan  mustaqilligi,  nazorat  organlari  rahbarlarining  vakolat 

muddatlari parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning 

konstitutsion  yo'nalishi  bilan  ta’minlanishi  kerak.  Ob’ektivlik  va 

kompetentlik  (layoqatlilik,  qodirlik)  nazoratchilar  tomonidan 

amaldagi  qonunchilikka  so'zsiz  itoat  etilishini,  taftish  ishlarini

19 


AQSh  Kongressining  ma’lumotlariga  ko‘ra,  oxirgi  50  yil  ichida  federal  nazorat- 

taftish  organlarining  faoliyatidan  olingan  jami  iqtisodiy  samara  500  mlrd.  dollardan 

kam  boMmagan.  Qarang:  Соменков А.Д.  Парламентский  контроль за исполнением 

государственного  бюджета.  -   М.:  Экономика,  1998.  С.  79.

20INTOSAI — dunyoning  178 mamlakati oliy nazorat organlarining Xalqaro tashkiloti. 

Uning  doirasida  mintaqaviy  tashkilotlar  ham  amal  qiladi.  Ulardan  biri  YEVROSAI 

bo‘lib,  u  oliy  Yevropa  nazorat  organlari  tashkilotidir.

amalga oshirishning belgilangan o'matilgan andozalariga qattiq rioya 

etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo'lishini 

taqoza  etadi.  Oshkoralik davlat  nazoratchilarining jamotchilik va 

ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo'lishini ko'zda 

tutadi.

Ana  shu  asosiy  prinsiplardan  amaliy  yo'nalish  kasb  etuvchi 

quyidagi boshqa moliyaviy nazorat prinsiplari kelib chiqishi mumkin:

•  natijalilik;

•  nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablaming aniqligi 

va mantiqiyligi;

•  nazorat sub’ektlarining sotib olinmasligi;

•  tekshirish va taftish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning 

asoslanganligi va isbotlanganligi;

•  preventivlik  (moliyaviy  buzilmalar  ehtimolining  ogohlan- 

tiruvchanligi);

•  moliyaviy jinoyatlar bo'yicha shubhalanilayotgan shaxslaming 

sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi;

•  turli  nazorat  organlari  faoliyatlarining  muvofiqlashtiruv- 

chanligi;

•  va boshqalar.

Har  bir  davlat,  odatda,  moliyaviy  nazoratni  tashkil  qilish 

tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko'rsatuvchi  qonunlar qabul 

qilayotgandi. yuqoridagi prinsiplargatayanadi.  Bir vaqtning o'zida, 

liar  bir  davlatda  nazorat  harakatlarining  o'z  reglamenti  (tartibi) 

mavjud bo'lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazorat natijalariga 

o'z ta’sirini  ko'rsatadi.

6.2.  Moliyaviy  nazorat turiari,  shakllari va  metodlari

Moliyaviy nazoratning  muvaffaqiyatli  va  samarali  o'tkazilishi 

uning tashkil etilish darajasiga hamda  nazorat  turiari,  shakllari va 

o'tkazish metodlariga bog'liq.

Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko'ra uning 

quyidagi turiari mavjud:

•  umumdavlat moliyaviy nazorati;

•  idoraviy moliyaviy nazorat;

•  xo'jalik ichidagi  moliyaviy nazorat;

• jamoatchilik moliyaviy nazorati;

•  mustaqil moliyaviy nazorat.

Umumdavlat  moliyaviy  nazorati  davlat  hokimiyat  organlari 

(prezident,  hukumat,  Oliy  majlis,  Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq 

qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga 

oshiriladi.  Bu  turdagi  moliyaviy  nazoratning  bosh  maqsadi 

daromadlar  tushib  turishi  va  davlat  xarajatlarining  sarflanishi 

bo'yicha  davlat va jamiyat  manfaatlarini ta’minlashdan  iborat.

Idoraviy  moliyaviy  nazorat  vazirliklarning  nazorat-taftish 

boshqarmalari  va  boshqa  tarkibiy  tuzilmalari  tomonidan  amalga 

oshirilib,  shu  idoraga  bo'ysunuvchi  korxona,  tashkilot  va 

muassasalaming faoliyatini qamrab oladi.

Xo'jalik ichidagi  moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlaming 

iqtisodiy va  moliyaviy xizmatlari  tomonidan o'tkaziladi.  Bu yerda 

moliyaviy  nazoratning  ob’ekti  sifatida  korxona,  tashkilot  va 

muassasalaming xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.

Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar 

tomonidan amalga oshiriladi.  Nazorat ob’ekti uning oldiga quyilgan 

vazifalarga muvofiq  ravishda aniqlanadi.

Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari 

va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi.

Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo'yicha 

klassifikatsiya etish qabul qilingan:

•  amalga oshirilish  reglamenti;

•  o'tkazilish vaqti;

•  nazoratning sub’ektlari;

•  nazoratning ob’ektlari.

Amalga  oshirilish  reglamenti  bo'yicha  moliyaviy nazoratning 

shakllari quyidagilardan  iborat bo'lishi mumkin:

•  majburiy (tashqi);

•  tashabbusli  (ichki).

Yuridik  va  jismoniy  shaxslaming  moliyaviy  faoliyati  ustidan 

majburiy (tashqi)  nazorat qonun asosida amalga oshiriladi.  Bular, 

masalan, asosan tashqi,  mustaqil  nazoratchilar tomonidan amalga 

oshiriladigan  soliq tekshiruvlariga,  byudjet resurslaridan  maqsadli

foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlaming moliya— 

buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlarini  majburiy  auditorlik 

tasdiqlanishi va boshqalarga tegishli bo'lishi mumkin.

Tashabbuskorli  (ichki)  m oliyaviy  nazorat  m oliyaviy 

qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga 

erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.

0 ‘tkazilish  vaqti  bo'yicha  moliyaviy  nazoratning  shakllari 

quyidagilami o'z ichiga oladi:

•  dastlabki;

• joriy (operativ);

•  navbatdagi (kelgusi, so'nggi).

Dastlabki moliyaviy nazorat  moliyaviy operatsiyalarning sodir 

bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklaming oldini 

olish yoki ulami ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega.  Moliyaviy 

nazoratning  bu  shakli  mablag'laming  tejamsiz  va  samarasiz 

sarflanishiga yo'l qo'ymaslik uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan 

asoslangan  bo'lishini  ko'zda  tutadi.  Makrodarajada  bunday 

nazoratga  misol  sifatida  mamlakat  iqtisodiy  tarqqiyotining 

makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi 

byudjetlami va byudjetdan tashqari fondlarning moliyaviy rejalarini 

tuzish va tasdiqlash jarayonini  ko'rsatish  mumkin.  Mikrodarajada 

esa  ular  moliyaviy  rejalar  va  smetalar,  kredit  va  kassa  arizalari, 

biznes-rejalaming moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarini tuzish, 

hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida shartnoma va boshqalardan iborat 

bo'lishi mumkin.

Joriy  (operativ)  moliyaviy  nazorat  pul  bitimlari,  moliyaviy 

operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar 

sodir bo'lish vaqtida  amalga  oshiriladi.  Moliyaviy nazoratning  bu 

shakli mablag'lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi 

mumkin  bo'lgan  qonunbuzarliklardan  ogohlantiradi,  moliyaviy 

intizom  mustahkamlanishiga  va  pul  hisob-kitoblari  o'z  vaqtida 

amalga oshirilishiga o'z ta’sirini  ko'rsatadi.  Bu yerda buxgalteriya 

xizmatlari katta rol o'ynaydi.

Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya 

hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning 

bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyati natijalarini,  taklif

etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajat— 

larni  ularning  bashoratlari  bilan  qiyoslanishi  singari jarayonlarni 

baholashga moMjallangan.

Nazorat  sub’eklari  bo'yicha  moliyaviy  nazoratning  quyidagi 

shakllari  bo'lishi  mumkin:

•  Prezident moliyaviy nazorati;

•  hokimiyat  qonunchilik  organlari  va  mahalliy  o'z-o'zini 

boshqarish  idoralarining moliyaviy nazorati;

•  ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;

•  moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;

•  firmaviy-ichki  moliyaviy nazorat;

•  auditorlik moliyaviy nazorati;

•  va boshqalar.

Nazorat ob’ektlariga  muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning 

quyidagi shakllari  mavjud:

•  byudjet moliyaviy nazorati;

•  byudjetdan  tashqari  fondlar  ustidan  amalga  oshiriladigan 

moliyaviy nazorat;

•  soliqlar bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

•  valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy 

nazorat;

•  kredit operatsiyalari bo'yicha  moliyaviy nazorat;

•  sug'urta faoliyati bo'yicha  moliyaviy nazorat;

•  investitsion faoliyat bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy 

nazorat;

•  pul  massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

• va boshqalar.

Moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirish  jarayonida  quyidagi 

metodlaridan foydalaniladi:

•  tekshiruv;

•  tadqiq etish;

•  nadzor (nazorat);

•  moliyaviy holat tahlili;

•  kuzatish (monitoring);

•  taftish.

Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-

xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi. 

Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi 

va ularga barham berish choralari belgilanadi.

Tekshiruv  korxona  va  tashkilotlar  faoliyatining  ayrim 

tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, 

material,  yoqilg'i  va  energiyalarning  sarflanish  hajmlari  nazorat 

tarzida  o'lchanadi.  Shuningdek,  tadqiq  etish  so'rash,  kuzatish  va 

inspeksiya  qilish  hollari  orqali  ham amalga oshirilishi mumkin.

Nadzor  (nazorat)  moliyaviy  faoliyatning  ma’lum  bir  turiga 

(masalan, sug'urta,  investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya 

olgan  iqtisodiy  sub’ektlar  ustidan  nazorat  organlari  tomonidan 

amalga  oshiriladigan  nazoratni  anglatadi.  U  qoidalar  va 

normativlarning  buzilishi  litsenziyaning  bekor  qilinishiga  olib 

keladigan  u  o'matilgan  holatlar  ustidan  nazorat  qilishni  ko'zda 

tutadi.

Iqtisodiy  tahlil  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirish  metodi 

sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga 

umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini 

asoslash  maqsadida  davriy  yoki  yillik  moliyaviy  va  buxgalteriya 

hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi.

Taftish  moliyaviy  nazoratning  ancha  keng  tarqalgan  metodi 

sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo'llash yordamida 

amalga  oshiriladigan  korxona,  tashkilot  va  muassasalar  moliya- 

xo'jalik  faoliyatini  o'zaro  bog'langan 

u m u m iy  tekshiruvidan 

iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob’ekt faoliyatidagi kamchiliklar 

va  buzilishlarni  topish  uchun,  ya’ni  sodir  etilgan  xo'jalik 

operatsiyalarining maqsadga  muvofiqligi,  asoslanganligi,  iqtisodiy 

samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya 

hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun 

amalga oshiriladi.

Xo'jalik  faoliyati  sub’ektlarini  to'la  qamrab  olinishiga  qarab 

taftish quyidagi turlarga bo'linishi  mumkin:

•  to'liq;

•  qisman;

•  mavzuli;

•  kompleksli (har tomonlama)

To'liq taftish nazorat ob’ekti moliya-xo'jalik faoliyatining barcha 

tomonlarini tekshirishni  ko'zda tutadi.

Qisman  taftish  xo'jalik  yurituvchi  sub’ekt  moliya-xo'jalik 

faoliyatining  ayrim  qismlari  yoki  tomonlarini  tekshirish  uchun 

o'tkaziladi.

Mavzuli  taftish  bir  tipdagi  korxona,  tashkilot  va  muassasalar 

faoliyati  bo'yicha  ma’lum  bir  mavzuga  bag'ishlab  o'tkaziladi.  Bu 

narsa  m a’lum  xo'jalikka  xos  bo'lgan  tipik  kamchiliklar  va 

buzilishlarni aniqlash  hamda ularni  bartaraf etish bo'yicha tegishli 

choralar qo'llanishiga imkon  beradi.

Kompleksli (har tomonlama) taftish tekshirilayotgan korxona, 

tashkilot  va  muassasa  faoliyatining  barcha  tomonlarini  qamrab 

oladigan eng to'liq taftish bo'lib, u nazorat sub’ektining xo'jalik va 

moliya faoliyatini,  moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming butligi 

va ulardan samarali  foydalanish  masalalari,  buxgalteriya hisobi va 

hisobotining  holati va sifati kabi sohalarni o'z ichiga oladi.  Bunda 

tor texnikaviy va  texnologik  masalalarni  tekshirish  uchun  tegishli 

mutaxassislar jalb qilinadi.  Bu esa,  o'z  navbatida,  kompleksli  (har 

tomonlama)  taftish  natijalarining  to'liqligi  va  samaradorligini 

ta’minlashda  muhim  rol  o'ynaydi.

Moliyaviy  va  xo'jalik  operatsiyalarining  qamralib  olinishi 

darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:

•  yoppasiga taftish;

•  tanlanma taftish;

•  kombinatsiyalashtirilgan taftish.

Yoppasiga  taftish  butun  tekshiriladigan  davr  mobaynida 

faoliyatning ma’lum bir qismidagi barcha operatsiyalar tekshirilishini 

taqoza etadi.

Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig'ida birlamchi hujjatlar bir 

qismini tekshirishdan iborat.  Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari 

tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o'tiladi.

Kombinatsiyalashtirilgan taftishning bir qismi yoppasiga, boshqa 

bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini  nazarda tutadi. 

Bu narsa yuqori darajadagi  hujjatlaming aylanishi va yirik xo'jalik 

operatsiyalarini  amalga  oshiruvchi  sub’ektlar  faoliyatini  taftish 

qilishga imkon beradi.

O'tkazilgan taftish asosida hujjat rasmiylashtiriladi.  Unda kam­

chiliklami bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni 

javobgarlikka tortish  choralari belgilanadi.

6.3.  Davlat moliyaviy nazorati  organlarining vazifalari va 

funksiyalari

O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasida mustahkamlangan 

hokimiyatni  taqsimlanish  prinsipi  Prezident va vakolatli  hukumat 

organlari  tomonidan  ijro  hokimiyati  organlarining  moliyaviy 

faoliyatini  nazorat  qilishni  nazarda  tutadi.  Bunday  nazorat, 

awalambor, respublika va mahalliy byudjetlami, davlatning maqsadli 

byudjetdan tashqari fondlarining loyihalarini ko'rib chiqish va qabul 

qilishda  hamda  ularning  ijrosi  haqida  hisobotlami  tasdiqlashda 

amalga  oshiriladi.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  78- 

moddasining  8-bandiga  muvofiq  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  Vazirlar  Mahkamasining  taqdimoti  bo'yicha  mamlakat 

byudjetini  qabul  qiladi  va  uning  ijrosi  ustidan  nazorat  o'matadi. 

Xalq  deputatlari  Kengashlari  ayrim  mintaqalarga  ajratiladigan 

byudjet  mablag'laridan  maqsadli  foydalanish  hamda  mahalliy 

byudjetlarning  ijro  etilishini  nazorat  qiladi.  Bundan  tashqari, 

vakolatli organlar zimmasiga ayrim  tarmoqlar va sohalarda byudjet 

mablag'laridan  foydalanish  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish 

yuklatilishi mumkin.

Moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirish  bo'yicha  O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidentiga  davlat  va  ijroiya  hokimiyat  boshlig'i 

sifatida  katta  vakolatlar  berilgan.  Respublika  Konstitutsiyasi  93- 

moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati 

va  jumladan,  davlat  moliyaviy  nazorati  funksiyalarini  amalga 

oshiruvchi  organlar (Hisob palatasi,  Moliya vazirligi,  Davlat  soliq 

qo'mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.

Davlat  moliyaviy nazorati  tizimida  Hisob palatasiga katta  rol 

ajratilgan21.  U  mustaqil  va  ob’ektiv  organ  bo'lib,  O'zbekiston

21

  Bu  palata  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  21  iyundagi  Farmoni 



bilan  tashkil  etilgan.

Respublikasi  Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 

hisob beradi.

Hisob palatasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga 

nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalami 

bajarish yuklatilgan:

•  makroiqtisodiy  ko'rsatkichlar,  byudjet-soliq  va  pul-kredit 

parametrlarining shakllanish jarayonlarini  tizimli o'rganib, ularning 

qonunchilik talablariga muvofiqligini  kuzatib borish;

•  davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy 

parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o'rnatish;

•  davlat byudjetini  ijro etish, soliq tushumlari  va pul ko'rsat­

kichlari bo'yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo'yicha taklif- 

larning asoslanganligi va  ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga 

ta’sirini ko'rib chiqish;

•  mintaqalar  va  umuman  jamiyat  rivojlanishida  mahalliy 

boshqaruv organlari va fuqarolaming o'zini o'zi boshqaruv organlari 

rolini  oshirish  maqsadida  respublika  byudjeti  bilan  mahalliy 

byudjetlar  o'rtasidagi  o'zaro  nisbatlaming  maqbulligiga  erishish 

bo'yicha takliflarni tahlil  qilish va baholash;

•  mintaqalar,  tarmoqlar va  korxonalar bo'yicha tasdiqlangan 

parametrlar hisobidan  davlat mablag'larini  xarajat qilish bo'yicha 

chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o'tkazish, ulardan 

foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste’molliklarning oldini olish 

yuzasidan chora-tadbirlami amalga oshirish;

•  umuman  byudjet  daromad  qismining  ijrosi  ustidan  hamda 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling