A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75

mol-mulklar kiritiladi.

Amortizatsiya  guruhlariga  kiritiladigan  asosiy  vositalarning 

klassifikatsiyalanishini  har  bir  mamlakatning  hukumati  aniqlab 

beradi. Amortizatsiya guruhlari  ko'rsatilmagan asosiy vositalarning 

turiari  bo'yicha  ularning  foydali  foydalanish  muddatlari  ularni 

tayyorlagan tashkilotlaming tavsiyalari va texnik shart-sharoitlariga 

muvofiq ravishda soliq to'lovchining  o'zi  tom onidan o'm atiladi.

H ozirgi  paytda  am a liy o td a   am o rtizatsiy a  ajratm alarini 

hisoblashning  ikki  asosiy metodidan  foydalaniladi:

•  chiziqli;

•  nochiziqli.

Am ortizatsiya  ajratmalarini  hisoblashning  chiziqli  m etodi 

binolar,  in sh ootlar,  uzatish  qurilm alariga  nisbatan  ularning 

foydalanishga  topshirish  muddatlariga  bog'liq  bo'lm agan  holda 

qo'llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa ob’ektlariga nisbatan 

amortizatsiya  summalarini  hisob-kitob  qilishning  yuqoridagi  ikki 

m etodidan  —  chiziqli  va  nochiziqli  — biri  qo'Uanilishi  mumkin.

C hiziqli  m etod  qo'llanilganda  bir  oy  uchun  hisoblangan 

amortizatsiyaning  summasi  shu  o b ’ekt  uchun  aniqlangan  am orti­

zatsiya normasi va ob’ektning dastlabki qiymati  nisbatan quyidagicha 

aniqlanadi:

N e  =   (1 /m )  x  100%

Bu  yerda:  N e  — 

amortizatsiyalashtirilayotgan  m ol-m ulk

o b ’ektining boshlang'ich  (tiklash)  qiymatiga 

nisbatan amortizatsiya  normasi  (foizda); 

m  — 

amortizatsiyalashtirilayotgan m ol-m ulk shu 

ob ’ektining foydali  foydalanish 

muddati  (oyda).

N ochiziqli  m etod  asosida  amortizatsiya  normasini  hisoblash 

quyidagicha amalga  oshiriladi:

N ,  =   (2 /m )  x  100%

Asosiy  kapitalning  doiraviy  aylanish  jarayonida  vujudga 

keladigan  o'z  moliyaviy  resurslarining  tarkibiga,  am ortizatsiya 

fondidan  tashqari,  yana  quyidagi  daromadlar  va  turli  tushilmalar 

ham  kiradi:

•  foyda,  shun ingd ek  m oliyaviy  operatsiyalar  va  boshqa 

tashkilotlarda  hissali  ishtirok etishdan olinadigan daromadlami ham 

qo'shib  hisoblaganda  tadbirkorlik  faoliyatidan  kelib  tushuvchi  pul 

mablag'lari;

•  mulkni  samarali  boshqarish  hisobidan  olin a d ig a n   pul 

mablag'lari;

•  XY uSga  teg ish li  b o'lgan   ijara  haqi,  lizin g  to 'lo v la r i, 

dividendlar,  aksiyalar,  obligatsiyalar va boshqa  qimmatli  qog'ozlar 

bo'yicha  foizlar,  realizatsiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy 

fondlarni  realizatsiya  qilishdan  olingan  daromadlar;

•  ishlab chiqarish quwatlaridan samarali foydalanish  hisobidan 

erishilgan  foyda.

Ish  navbatini  o'zgartirish va dastgohlarni  yuklash  koeffitsienti- 

ning oshirilishi,  intensiv foydalanishning o'sishi va asosiy vositalar 

tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o'zgarishlar, kiritilgan quwatlarning 

tez o'zlashtirilishi  fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy 

ko'rsatkichlami  oshiradi.

Asosiy  fondlarni  shakllantirish  uchun  jalb  qilinadigan  pul 

mablag'larining  manbalarini  ikki guruhga bo'lish  mumkin:

•  maqsadli  moliyalashtirish  va tushilmalar;

•  banklarning  o'rta  va  uzoq  muddatli  kreditlari  hamda  XYuS 

tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va  rekonstruksiya qilish, 

yangi  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarini  yaratish  uchun  m illiy  va 

xorijiy valyutada  olingan  qarzlar.

Birinchi  guruhning tarkibiga  quyidagilar kiradi:

•  hukumat  organlaridan  subsidiyalar  shaklida  olingan  pul 

mablag'lari;

•  taraqqiyotning  strategik  yo'nalishini  amalga  oshiruvchi 

maqsadli  dasturlar  asosida  investitsiyalar  ko'rinishidagi  byudjet 

assignovaniyalari;

•  kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quwatlovchi byudjet­

dan  tashqari  fondlarning  mablag'lari;

•  hamkorlikdagi loyihalarni  amalga oshirishda ishtirok etuvchi 

boshqa  XYuS  va  tashkilotlardan  moliyaviy tushilmalar;

•  va boshqalar.

Ikkinchi guruhga  kiruvchi jalb qilingan  moliyaviy resurslaming 

tarkibida  kreditorlik  qarzlari  ham  m uhim  o'rinni  egallaydi.

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan 

moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara 

va  uni  q o‘lga  kiritish  uchun  sarf  qilingan  m oliyaviy  resurslar 

o'rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi.  Shu munosabat bilan  moliyaviy 

resurslardan foydalanishning sifat  natijasini  quyidagi  formula orqali 

ko'rsatish  mumkin:

M s

  =   (ДҒ  :  M r)  x  100%

Bu  yerda:  ДҒ  —  Foydaning  o'sgan  qismi 

M s  —  foydaning  o'sgan  qismi;

M r —  moliyaviy resurslar.

Asosiy  kapitalning  rivojlanishi  va  uning  moliyaviy  jihatdan 

ta’minlanishini  boshqarishda  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlaridan 

foydalanishning  samaradorligini  baholash  alohida  ahamiyat  kasb 

etadiki,  uning juda  ko'p jihatlari  mavjud.

Bu  yerda,  eng  avvalo,  davlat,  mulkdorlar,  boshqaruvchilar va 

xodim  (ishchi)lar  manfaatlarini  birgalikda  qarash  aspekti  (jihati) 

juda  muhimdir.  Davlat  manfaatlari,  bir  tom ondan,  XYuSlarning 

soliq  to'lovlarini  maksimallashtirish  maqsadida  balans  foydaning 

maksim allashtirilishini  ko'zda  tutadi.  Ikkinchi  tom ondan  esa, 

foydadan  soliq  to'lovlari  foydaning  kengaytirilgan  ilmtalab  takror 

ishlab chiqarishga  qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan  holda 

optimallashtirilmog'i lozim.

Juda ko'p  hollarda mulkdorlar va  boshqaruvchilar manfaatlari 

bir-biriga  mos  keladi.  Mulkdorlar  uchun  ham ,  boshqaruvchilar 

uchun ham bir aksiyaga to'g'ri  keluvchi  foyda summasining o'sishi 

orqali  aksionerlar  daromadlarini  maksimallashtirish  maqsadini 

amalga  oshirish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.

Odatda,  daromadlami maksimallashtirish  ishlab  chiqarishning

samaradorligini  oshirish  bo'yicha  tadbirlam i  amalga  oshirish 

hisobidan  erishiladi.  U  rentabellik  va  mehnat  unumdorligi,  fond 

qaytimining  oshishi,  xarajatlarning qisqarishi,  aylanma  mablag'lar 

aylanishining  tezlashuvi,  m ahsulot  sifatining  osh ish i,  asosiy 

fondlarning  yangilanishi,  yangi  texn ologiyalar  va  boshqaruv 

metodlaridan  foydalanish  bilan  bog'liq.

Boshqaruv qarorlarida oqilona dividend siyosatini shakllantirish 

muhim  ahamiyatga  egaki,  u  so f foydani  dividendlar  to'lashga  va 

uni  jamg'arishga  yo'naltirishga  oqilona  taqsimlanishini  nazarda 

tutadi.

XYuS  xodimlari  manfaatlari  nuqtai-nazaridan  faqatgina 

moliyaviy natija emas,  balki o'zining tarkibiga mehnat haqi va uning 

o'sishi,  ijtimoiy  dasturlar  va  mehnat  sharoitlarini  yaxshilashga 

qaratilgan XYuS  harajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy- 

iqtisodiy  ko'rsatkichlam ing  o'sishini  qamrab  oluvchi  ijtim oiy- 

iqtisodiy samara  ham  muhimdir.

Asosiy  kapitaldan  samarali  foydalanishni  baholashda  XYuS 

moliya-xo'jalik  faoliyatining  natijaliligini  ochib  beruvchi  umumiy 

m oliyaviy-iq tisod iy  ko'rsatkichlardan  foydalanish  maqsadga 

muvofiq.  Bu  yerda  hal  qiluvchi  va  aniqlovchi  ko'rsatkich  sifatida 

ishlab  chiqarishning  umumiy  rentabelligi  ko'rsatkichi  maydonga 

chiqadi.  U  samaradorlikni baholashning mezoni bo'lib xizmat qiladi 

va quyidagi  formula  yordamida  aniqlanadi:

R  =   (B F  :  F  )  x  100%

и

 



aa

7

Bu  yerda:  R



b

  — 

ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;

BF  —  balansdagi  foyda  (soliqqa  tortilgunga qadar);

Faa  —  asosiy  ishlab chiqarish  fondlari  va

normalashtirilgan aylanma  mablag'— 

larning  yillik o'rtacha  qiymati.

Fond  qaytimi  ko'rsatkichi  XYuS  asosiy  ishlab  chiqarish 

fondlaridan  foydalanish samaradorligining darajasini xarakterlaydi 

va  u  quyidagicha  aniqlanadi:

F*  =   (T  :  F 

J

  х  100%

Bu  yerda:  Ft  — 

fond  qaytimi;

T  — 

realizatsiyadan olingan  so f tushum; 

F „ A —  asosiy ishlab chiqarish  fondlarining 

yillik  o'rtacha  qiymati.

Fond  sig'im i  fond  qaytim iga  nisbatan  teskari  ko'rsatkich 

hisoblanadi  va  bir  so'mlik  realizatsiya  qilingan  mahsulotga  to'g'ri 

keluvchi  asosiy  ishlab chiqarish  fondlarining  qiymatini  ko'rsatadi. 

Shuning  uchun  bu  ko'rsatkichni  quyidagicha  aniqlash  mumkin:

F  =   (F  

M

  :  T)  x   100%

Bu  yerda:  F5  — 

fond  sig'imi;

Ғ ,сЛ—  asosiy ishlab chiqarish  fondlarining 

yillik  o'rtacha  qiymati.

T  — 

realizatsiyadan  olingan  so f tushum;

D astgohlar  yoki  asbob-uskunalar  ish lashining  sm en alik  

koeffitsienti ulardan foydalanish va ularning yuklanganlik darajasini 

ifodalab,  yil,  chorak,  oy  va  kun  davomida  har  bir  birlik  dastgoh 

yoki asbob-uskunalaming  necha smenada ishlaganligini  ko'rsatadi 

va  u  quyidagicha  aniqlanadi:

К  =  

H. 

:  D   yoki  К  =   H  :  S



к

 

if 









max

Bu  yerda:  K5 — 

smenalik koeffitsienti;

H A — 

kun davomida  haqiqatda  ishlangan  dastgoh 

(mashina)/soatlar;

D e  — 

dastgoh  (mashina)larning  umumiy soni;

H 5  — 

bir smenada haqiqatda  ishlangan 

dastgoh  (m ashina)/soatlar soni;



—  bir smenada  maksimal  ishlanishi  mumkin

max

bo'lgan  dastgoh  (m ashina)/soatlar soni;

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  eskirish  koeffitsienti 

yangidan yaratilgan  mahsulotga o'tkazilishi  natijasida ular iste’mol 

qiymatining kamayishini xarakterlaydi va u quyidagicha aniqlanadi:

К  =   (A 

:  F 

x  100%

e

 



aryen 

ichfb'

Bu  yerda:  Ke  — 

eskirish  koeffitsienti;

A  

—  foydalanishda  bo'lgan  davr  mobaynida 

asosiy ishlab chiqarish  fondlarining 

renovatsiyasi  (qayta  tiklanishi)ga 

hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi; 

F

uhfb ~

  asosiy ishlab  chiqarish  fondlarining 

boshlang'ich qiymati.

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  yangilanish  koeffitsienti 

XYuS  investitsion  talabini  qondirishning  intensivligini  ifodalaydi 

va  u quyidagicha  hisoblanadi:

K a  =  (Qa,cA/: Q ^ )x l0 0 %

Bu  yerda: 

— 

yangilanish  koeffitsienti;

Q«c*/  —  У*'  davomida  kiritilgan  asosiy  ishlab 

chiqarish  fondlarining  qiymati;

Qbaick ~

  barcha  asosiy ishlab  chiqarish  fondlarining 

yil  oxiridagi  qiymati.

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  chiqish  koeffitsienti  esa 

eskirgan ishlab chiqarish apparatining  foydalanishdan chiqib ketish 

dinamikasini  ifodalaydi  va  u  quyidagicha  aniqlanadi:

Q,1  =  < Q .« :  < W   X  100%

Bu  yerda: 

Qch —

  chiqish  (chiqib  ketish)  koeffitsienti;

QaickJI

 —yil  davomida  likvidatsiya  qilingan 

asosiy ishlab chiqarish  fondlarining 

qiymati;

Qaichjb ~

  asosiy  ishlab chiqarish  fondlarining 

yil  boshidagi  qiymati.

Shunday qilib,  asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, 

ko‘p jihatdan amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, 

ishlab chiqarish  apparatining rivojlanishiga em ission daromad va sof 

foydaning  kerakli  miqdorlarda  reinvestitsiya  qilinishini  oldindan 

aniqlab  (belgilab)  beradi.  Shu  bilan  birgalikda  bu  yerda,  yangi 

texnologik  tizimlardan  foydalanish,  mashina  va  dastgohlarning 

yuklamalik darajasi,  asosiy ishlab  chiqarish  fondlarining o ‘z vaqtida 

yangilanishi va chiqib ketishi,  moliyalashtirishning mumkin boMgan 

barcha  manbalarini  faol jalb qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.

10.2. Aylanma  kapital:  mazmuni,  tarkibiy tuzilmasi 

va foydalanish  samaradorligi

Aylanma  kapital  XYuS  aylanma  (

0

‘zgaruvchan,  mobil)  aktiv- 

lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o ‘zida ifodalaydi.  Bu kapital 

XYuS  balansining  «Aylanma  aktivlar»  deb  nomlangan  ikkinchi 

boMimida aks ettiriladi.  Odatda, aylanma kapital  quyidagi bir necha 

asosiy guruhlarga  klassifikatsiya qilinadi:

•  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtirok  etishini  hisobga 

olgan  holda funksional  moMjallanganligi  b o‘yicha;

•  shakllantirish va  moliyalashtirish  manbalariga  ko‘ra;

•  lividlilik  darajasiga  qarab;

•  va  boshqa belgilariga  muvofiq.

Aylanma  kapital  juda  ko‘p  funksiyalami  bajaradi.  Ularning 

orasidan quyidagilami  alohida ajratib  ko'rsatish  mumkin:

•  takror ishlab  chiqarish;

•  rag'batlantirish;

•  taqsimlash;

•  ishlab  chiqarish  va  m uom ala  so h a sin in g   yagonaligini 

ta’minlash;

•  ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini  ta’minlash;

•  va boshqalar.

Aylanma kapital  o'z funksiyalarini ham pulli va ham natural— 

buyum shakllarida amalga oshiradi.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan 

quyidagi  ikki  tashkil  etuvchi  belgilab  beradi:

•  aylanma  kapitalning  natural-buyum  shakllari  yoki  aylanma 

ishlab chiqarish  fondlari;

•  muomala fondlari.

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum 

shakllariga,  eng avvalo,  ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo'lgan 

quyidagilar kiradi:

•  xom -ashyo va  asosiy materiallar;

•  sotib  olingan  yarim  tayyor mahsulotlar;

•  yoqilg'i;

•  qadoqlash va qadoqlash  materiallari;

• joriy ta’mirlash  uchun  ehtiyot  qismlar;

•  inventarlar va xo'jalik buyumlari;

•  tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;

•  o'z  ishlab  chiqarishining yarim  tayyor mahsulotlari;

•  kelgusi  davr xarajatlari;

•  boshqa xarajatlar.

Aylanm a  kapitalning  tarkibiy  tuzilm asini  tashkil  etuvchi 

muomala fondlarining tarkibi  quyidagilardan  iborat:

•  tayyor mahsulot va qayta sotishga mo'ljallangan tovariar, ortib 

jo'natilgan tovariar;

•  pul  mablag'lari  —  kassadagi  pullar,  hisob-kitob  va  valyuta 

hisob  varaqlaridagi  pullar,  bankdagi  m axsus  hisob  varaqlari 

(akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisob varaqlari, boshqa 

to'lov hujjatlari);

•  qisqa  muddatli  (bir  yildan  ortiq  bo'lm agan  m uddatda) 

moliyaviy  quyilmalar  —  boshqa  XYuSlar  qimmatli  qog'ozlariga 

investitsiyalar, davlat va  mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, 

boshqa XYuSlarga berilgan zayomlar, aksionerlardan o'z aksiyalarini 

sotib olish;

•  debitorlik qarzlarining  barcha  ko'rinishlari,  sotib  oluvchilar 

va  buyurtmachilarning  qarzlari,  olinuvchi  veksellar, 

«qiz» 

va 

bo'ysunuvchi  jamiyatlarning  qarzlari,  ustav  kapitaliga  badallar

b o'yich a  ta ’sisch ilam in g   qarzlari,  berilgan  avanslar,  boshqa 

debitorlarning  mablag'lari.

A y la n m a   k a p ita ln in g   b o sh q a   q ism i  p ulli  k o 'r in is h d a  

shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli 

kapitalni  doim iy  avanslashtirish  ko'rinishida  doiraviy  aylanishda 

bo'ladi.  Pul  mablag'larining  doiraviy  aylanishi  XYuS  tom onidan 

ishlab  chiqarishga  zarur  bo'lgan  m oddiy  resurslar  qiym atining 

to'lanish i  bilan  boshlanadi  va  shu  xarajatlarning  m ahsulotni 

realizatsiya  qilishdan  olingan  tushum  ko'rinishida  qaytishi  bilan 

tugallanadi.

Doiraviy  aylanish jarayonida  aylanma  kapital  doimiy  qiymat 

kategoriyasi  sifatida  saqlanib  qolsa-da,  o'z  tarkibiy  qismlarining 

funksional  shakllarini  uzluksiz  ravishda  quyidagi  ketma-ketlikda 

o'zgartiradi:  pul  mablag'lari — xom -ashyo va materiallar zaxiralari

—  tayyor  mahsulot  —  debitorlik  qarzlari  —  tushum  ko'rinishida 

tushadigan  pul  mablag'lari.  Bunda  aylanma  kapital  kompaniya 

moliyaviy holatining o'lchovchisi va tartibga soluvchisi  hisoblanadi.

A ylanm a  m ablag'lam i  shakllantirish  va  m oliyalashtirish 

manbalari quyidagilardan  iborat:

•  o'zlik va  ularga tenglashtirilgan  mablag'lar;

•  qarziy va jalb  qilingan  mablag'lar.

O'z  navbatida,  aylanma  mablag'lar  (kapital)ni  shakllantirish 

va  moliyalashtirishning o'z  manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

•  ustav kapitali;

•  foyda;

•  em ission daromad.

Emission daromad,  ayrim  hollarda,  ta’sischilik foydasi  deb ham 

yuritiladi.

0 ‘zlikka  tenglashtirilgan  manbalar  qat’iy  passivlardan,  ya ’ni 

XYuS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo'ladigan jalb qilingan 

mablag'lardan  iborat.  Ish haqi va ijtimoiy sug'urta bo'yicha qarzlar, 

qadoqlarni  qaytarish  bo'yicha  garovlar,  kelgusi  davr  xarajatlarini 

qoplash  bo'yicha  zaxiralar shu  shaklda vaqtinchalik foydalanilishi 

mumkin.

Qarziy mablag'lar o'z aylanma mablag'larining yetmagan qismi­

ni to'ldirishga mo'ljallangan.  Ularning  tarkibiga:

•  banklarning  qisqa muddatli  kreditlari;

•  zayomlar;

•  uzoq  muddatli  kreditlarning bo‘sh  mablag‘lari  kiradi.

Jalb qilingan  mablagMar:

•  mol  yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;

•  toManuvchi veksellar;

•  «qiz» 

XYuSlar  va  bo'ysunuvchi  jamiyatlar  hamda  byudjet 

oldidagi qarzlar;

•  olingan  avanslar;

•  va boshqa kreditorlar  ko'rinishida  maydonga  chiqadi. 

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi

umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar aylanma mablag'lar aylanishining 

soni  va  aylanma  mablag'lar  bir  marta  aylanishining  uzoqligi 

hisoblanadi va  ular quyidagicha  aniqlanadi:



=   T  :  Q  ,

am 

^ -u   ’

U,  =   К  :  A

la  



am

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling