A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75

Bu  yerda:  A  —



am

aylanma mablag'laming  aylanuvchanligi;

T  -

realizatsiyadan olingan  tushum;

Q . -

aylanma mablag'laming yillik  o'rtacha  qoldig'i;

u u -

aylanma  mablag'lar bir marta

aylanishining uzunligi;

K  -

s

tahlil  davridagi  kunlar soni.

Zaxiralaming  aylanuvchanligi  quyidagi  formula  yordamida

aniqlanadi:

A  =   T  :  Q



sm

 

zu



Bu  yerda:  Az —  zaxiralaming  aylanuvchanligi;

Tsm —  sotilgan  mahsulot  tannarxi;





  zaxiralaming  o'rtacha  qiymati.

Debitorlik qarzlarini to'lashning kunlardagi o'rtacha davomiyligi 

sotib oluvchilarning schyotlar bo'yicha to'lash tezligini  aks ettiradi 

va u  quyidagicha  aniqlanadi:

D Q №

rf  =   D Q ,: 

Tk

Bu  yerda:  D Q №

rf —  debitorlik qarzlarini  to ‘lashning 

kunlardagi 

0

‘rtacha davomiyligi;

D Q ,  -   debitorlik qarzining 

0

‘rtacha  summasi;

TA — 

realizatsiyadan olingan  kunlik 

0

‘rtacha tushum.

Bu  ko'rsatkichning  past  darajasi  XYuS  debitorlardan  pulni 

undirish  bo‘yicha  ishining  samaradorligidan  darak  beradi.  Biroq, 

ayrim  hollarda,  bu  narsa  XYuS  kredit  siyosatining  haddan  ziyod 

qattiqligini  ham  ko'rsatib,  realizatsiya  qilingan  m ahsulotlam ing 

uncha katta bo'lmagan qismi kreditga sotilganligini  ham anglatadi.

XYuS  moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda 

va moliyaviy tahlilda so f aylanma kapitalni monitoring qilish  muhim 

rol  o'ynaydi.  U m um iy  ko'rinishda  so f aylanma  kapital  aylanma 

aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o'rtasidagi  farqdan iborat. 

Qisqa  muddatli  passivlam ing  tarkibiy  tuzilm asida  kelgusi  davr 

daromadlari  ham  kiritilib,  ular  XYuSning  o'zlik  pul  mablag'lari 

bo'lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  so f  aylanma  kapitalni 

quyidagicha aniqlash  mumkin:

s

,*  =  

a a

-

q p

Bu  yerda: 

Sak  —

  s o f aylanma  kapital;

AA  —  aylanma aktivlar;

Q P -   qisqa  muddatli  passivlar  (kelgusi  davr 

daromadlaridan tashqari).

Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini s o f aylanma 

kapitalning aylanish koeffitsienti xarakterlab beradi va u quyidagicha 

aniqlanadi:

К  =   T  :  S  .





ak

Bu  yerda:  Ke  —  s o f aylanma  kapitalning  aylanish  koeffitsienti;

T  —  realizatsiyadan  olingan  sof tushum;

—  s o f aylanma  kapitalning  o'rtacha  qiymati.

Aylanma  mablag'lami  boshqarishda  ulam i  likvidlik  darajasi 

bo'yicha strukturizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.  Bu maqsadlar 

uchun likvidlilikning quyidagi ikki ko'rsatkichidan faol  foydalaniladi:

• joriy  likvidlik  koeffitsienti;

•  absolyut likvidlik  koeffitsienti.

Joriy  likvidlik  koeffitsienti  m a’lum  bir  sana  uchun  aniqlanib, 

uning aniqlanish tartibi  quyidagicha:

K., =   A  : Q P > 2

Bu  yerda:  KY —  joriy likvidlik koeffitsienti;

A  —  aylanma  aktivlar (balansning  2 -b o ‘limi);

Q P  —  qisqa  muddatli  passivlar  (kelgusi  davr 

daromadlarisiz).

• 

Joriy likvidlik koeffitsientining darajasi ikkidan kichik bo'lmasligi 

lozim.  Shunday bo'lishiga qaramasdan,  g'arb  iqtisodiyotida  uning 

darajasiga  birdan  kichik bo'lmagan  hollargacha yo‘1  qo'yiladi.

Absolyut  likvidlik  koeffitsienti eng  likvidli  aktivlaming  (pullar 

va  qisqa  m u d d atli  m o liy a v iy   q u yilm alar)  qisqa  m u d d atli 

majburiyatlarga  nisbati  orqali  aniqlanadi  va  uning  formulasini 

quyidagicha ifodalash  mumkin:

К ,  =   (PM   +   M Q)  :  QP  >  0,2

Bu  yerda:  Ke/ —  absolyut  likvidlik koeffitsienti;

PM   —  pul  mablag'lari;

M Q   —  qisqa  muddatli  moliyaviy quyilmalar;

Q P -   qisqa muddatli  majburiyatlar  (kelgusi 

davr daromadlarisiz).

Bu koeffitsientning  istaluvchi  darajasi  >  0,2 dan  iborat bo'lib, 

biroq amaliyotda bu narsa o'z faoliyatining turli davrlarida XYuSning 

moliyaviy siyosati va  ishining samaradorligiga bog'liqdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning 

samaradorligi  juda  ko'p  omillarga  bog'liq.  U ,  eng  avvalo,  to'lov

in tizom ining  ahvoli,  aylanma  m ablag'lam ing  turli  funksional 

elementlariga joylashtirilgan quyilmalaming hajmi bilan belgilanadi. 

Shuningdek,  ishlab chiqarish sohasida aylanma  kapitaldan samarali 

foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiya- 

larga asoslanganligi,  materiallar qiymatining pasayishi,  ishlab chiqa­

rish va muomala xarajatlarining minimallashtirish,  ishlab chiqarish 

zaxiralari va ularning  harakatini oqilona tashkil qilish  hamda natijali 

boshqaruvlashtirishni  hisobga  olgan  holda),  albatta,  o'z  ta’sirini 

ko'rsatadi.

Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruv­

chilar va  iste’molchilar bilan  ishlarni  yaxshilash,  samarali  xo'jalik 

aloqalaridan foydalanish,  zamonaviy marketingni amalga oshirish, 

tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilini­

shini  tezlashtirish  kabilar  kiradi.  ToMov  qobiliyatini ta’minlash  va 

mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish  maqsadida debitorlik 

qarzlari va  pul  oqimlarini  boshqarishni yaxshilash  ham  bu  o'rinda 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.

10.3. Aylanma mablag'lami normalashtirish

Aylanma kapitalni  rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil 

qilish  uchun unga  nisbatan bo'lgan ehtiyojni aniqlash  metodlari va 

rejalashtirish  tizim ini  ishlab  chiqm oq  lozim .  M oddiy  resurslar  va 

ularning zaxiralari  harakatini boshqarish  tizimini  avtomatlashtirish 

xususida o'ylam oq,  aylanma kapital va uni  shakllantirish  manbalari 

bilan  to'g'ri  manyovr qilish,  materiallaming sarflanishi va ularning 

saqlanishi  ustidan  nazoratni  ta’minlash  kerak.

Yuqoridagilarni  amalga  oshirish  maqsadlariga  xizmat  qilish 

uchun  aylanma  mablag'lar quyidagi  ikki  ikki guruhga  bo'linadi:

•  norma (m e’yor)lashtiriladigan  aylanma mablag'lar;

•  norma (m e’yor)lashtirilmaydigan  aylanma  mablag'lar.

Norm a (m e’yor)lashtiriladigan aylanma mablag'larga aylanma

ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot 

zaxiralari  kiradi.  N orm a  (m e ’yor)lashtirilm aydigan  aylanm a 

mablag'lar  esa  ombordagi  tayyor  mahsulot  zaxiralaridan  tashqari 

muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab oladi. Aylanma

kapitalning  o'lcham ini  optimallashtirish  uchun  moddiy  aylanma 

mablag'laming rejalashtirilishi  amalga oshiriladi.

M oddiy  aylanm a  m ablag'lam i  rejalashtirishning  asosini 

normativ metodi  tashkil etadi.  Unga ko'ra aylanma mablag'laming 

normativi belgilanadi,  transport,  sug'urta,  tayyorgarlik, texnologik, 

joriy  zaxiralami  ham  qo'shgan  holda  zaxiralar  normalashtiriladi, 

moddiy  resurslaming  barcha  ko'rinishlari,  tugallanmagan  ishlab 

chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi 

o'matiladi.

Aylanma  mablag'lami  norma  (m e’yor)lashtirish  jarayoni  bir 

necha bosqichlardan  iborat.  Dastlab,  aylanma  mablag'laming har 

bir elementi  bo'yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab 

chiqiladi.  Ishlab  chiqarish  zaxiralarining  normasi  ishlab  chiqarish 

jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi  ularning ilm iy asoslangan 

rejali hajmidan  iborat bo'lib,  u eng avvalo,  quyidagilami o'z ichiga 

oluvchi  XYuS ish  sharoitiga bog'liq:

•  ishlab chiqarish siklining  uzoq-yaqinligi;

•  ishlab chiqarishga  materiallami  kiritish  davri;

•  mol yetkazib beruvchilaming uzoqligi;

•  mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi  yoki hajmi;

•  materiallar sifati;

•  hisob-kitoblar tizimi;

•  va boshqalar.

Norma (m e’yor)  norma (m e’yor)lashtiriladigan moddiy resurs­

larga (ularning har bir turi bo'yicha) bo'lgan o'rtacha kunlik ehtiyoj- 

larning hajmi va mol yetkazib berishlar o'rtacha intervali (oraliq)ning 

uzunligini  hisobga  olgan holda  kunlik zaxiralarda o'm atiladi.  D e ­

mak, agar ana shu interval  (oraliq),  masalan,  24 kunga teng bo'lsa, 

shunga m os ravishda zaxiralar shu kunlar oralig'ida ishlab chiqarish 

siklining sog'lom rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo'lmog'i lozim.

Kunlarda  ifodalangan  zaxiralar  va  m a’lum  bir  ko'rinishdagi 

tovar-moddiy  boyliklar  xarajatlarining  normasi  (m e’yori)  asosida 

norma  (m e’yor)lashtiriladigan  zaxiralami  yaratish  uchun  zarur 

bo'lgan  aylanma  mablag'laming  hajmi  aniqlanadi.  Agar  norma 

kunlarda  belgilansa,  u  holda  aylanma  mablag'laming  normativi 

XYuSning sog'lom faoliyat ko'rsatishi uchun minimal darajada zarur

bo'lgan  tovar-m oddiy boyliklarning  pulda  ifodalangan  rejalashti­

rilgan zaxiralaridan  iboratdir.

Qandaydir  bir  resurslaming  zaxiralariga  avanslashtiriladigan 

aylanma  mablag'lar  normativining  formulasi  quyidagi  ko'rinishga 

ega:

N   =   E x U x B

Bu  yerda:  N   — aylanma  mablag'laming  normativi;

E  —  aylanma  mablag'larga  bo'lgan  kunlik  ehtiyoj;

U  — o'rtacha  interval  uzoqligi;

В  —  aylanma mablag'  birligining  bahosi.

Masalan,  faraz  qilaylik  qandaydir  bir  xom -ashyoning  zaxira 

normasi  15  kunga,  kunlik ehtiyoj  10  tonnaga va  bir tonnaning ba­

hosi 20 ming so'mga teng bo'lsa,  u holda pulda ifodalangan  norma- 

tivning  darajasi  600  ming  so'm ga  (15  x  10  x  20000)  teng  bo'ladi.

Umuman olganda,  aylanma mablag'lar normativi  mol yetkazib 

berishlar o'rtasidagi o'rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi 

formula orqali  aniqlanishi  mumkin:

N  =   E  x  (U ,  +   U 2) :  2  x   В

Bu  yerda:  N  — 

aylanma mablag'laming  normativi;

E  — 

aylanma mablag'larga bo'lgan kunlik ehtiyoj;

U ,+ U 2—  navbatdagi  ikki  mol  yetkazib

berishlarning kunlardagi uzunligi;

В  — 

aylanma mablag'  birligining bahosi.

Aylanma mablag'laming har bir elementlari bo'yicha normativ- 

ning  alohida  hisoblanishi  natijasida  xususiy  normativlar  vujudga 

keladi.  O'z  navbatida,  barcha  xususiy  norm ativlarni  jam lash 

(qo'shish)  natijasida yig'm a  (jamlangan)  normativ hosil  bo'ladi.

X om -ashyo,  materiallar  va  yarim  tayyor  m ahsulotlam ing 

alohida  turiari  bo'yicha  zaxiralam ing  kunlik  normasi  quyidagi 

zaxiralar summalarini inobatga olib o'matiladi:

•  transport zaxirasi;

•  tayyorlov zaxirasi;

•  texnologik zaxira;

•  joriy zaxira;

•  sug'urta zaxirasi.

Transport zaxirasi  yukning  yo'ldagi  kunlari  va  shu  yuk uchun 

hujjatlarni to'lash va ulaming harakatlanish  kunlari sonini  o'z ichiga 

oladi.  Tayyorlov  zaxirasi  qabul  qilishni  rasmiylashtirish,  navlarga 

ajratish, ortish-tushirish,  moddiy resurslami maxsus qayta komplek- 

tatsiya qilish  va h.k.larga  bog'liq.  Bu  zaxira  norma yoki  haqiqatda 

sarflangan vaqt asosida o'lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish 

texnologiyasiga bog'liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.

Asos  sifatida joriy  maksimal  ombor zaxirasi  olinadiki,  chunki 

u  materiallami  navbatdagi  ikki  yetkazib  berish  intervali  o'rtasida 

ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.  Maksimal 

joriy  zaxira  materiallarga  bo'lgan  o'rtacha  kunlik  ehtiyoj  va 

navbatdagi  ikki  mol yetkazib  berish  intervali  o'rtasidagi  davomiy- 

likning ko'paytmasiga teng.  Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish 

hajmining o'sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini  talab qiladi. 

Shuningdek,  maksimal  joriy  zaxira  ishlab  chiqarishning  bir 

maromdaligini ta’minlash uchun har doim biroz o'zgartirilishi kerak. 

Sug'urta  zaxirasi  rezerv  sifatida,  odatda, joriy  ombor  zaxirasining 

50%  doirasida qabul  qilinadi.

Shunday qilib,  zaxiraning kunlardagi normasi transport zaxirasi, 

tayyorlov zaxirasi,  texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug'urta 

zaxiralarining summasiga teng bo'lgan summalar yig'indisidan iborat.

Tugallanmagan ishlab chiqarish bo'yicha aylanma mablag'lami 

normalashtirish buyumlarning guruhlari  bo'yicha amalga oshiriladi 

va  u  quyidagi  formula  yordamida  aniqlanadi:

N   =   X0  x  U  x   К

Bu  yerlda:  N  —  tugallanmagan  ishlab chiqarish bo'yicha 

aylanma mablag'laming normativi;

X0— 

mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan 

bir kunlik xarajatlar;

U  — 

ishlab chiqarish  siklining uzoqligi  (kunlarda);

К  — 

xarajatlarning o ‘sib borish koeffitsienti.

M ahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar 

chorak davomida tannarx bo'yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti 

qiymatini  tegishli  chorakdagi  90  kunga  bo'lib  topiladi.

Ishlab chiqarish siklining davomiyligi quyidagilar bilan belgilanadi:

•  bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira);

•  ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport 

zaxirasi);

•  aylanma  zaxirasi  (ishlov  berish  operatsiyalari  oralig'idagi 

vaqtiar);

•  sug'urta zaxirasi  (uzilishlar sodir bo'ladigan vaziyatlar uchun).

Xarajatlarning  o'sib  borish  koeffitsienti  tugallanmagan  ishlab

chiqarishdagi  buyum   o'rtacha  tannarxining  ishlab  chiqarish 

xarajatlarining um um iy summasiga  nisbati  bilan  aniqlanadi.

Albatta,  zaxiralami  mohirona boshqarish  menejment va XYuS 

ishlab  chiarish  xodimlaridan  inflyasiyani  hisobga  olishni,  sifat  va 

chiqariladigan tovaming bozorda talab ega ekanligi ustidan uzluksiz 

nazorat  olib  borishni,  bahosi  va  iste’m ol  belgilariga  ko'ra  XYuS 

tom onidan chiqariladigan  m ahsulotlaming  iste’molchilar talabiga 

qarab o'zgarishini  qondirishni  talab qiladi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  U m u m la sh tirilg a n   k o 'rin ish d a   a so siy   kapital  qanday 

qiymatning bir qismi hisoblanadi?

•  XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda 

aks ettiriladi?

•  Asosiy kapitalning  asosini  nimalar tashkil  etadi?

•  M ehnat  va  mahsulotni  yaratish  jarayonida  asosiy  kapital 

nimaning  qismi sifatida  maydonga  chiqadi?

•  Asosiy  kapitalning  doiraviy  aylanishi  unga  tegishli  bo'lgan 

qiymatning  qanday  uch  funksional  shakllarida  harakat  qilishini 

anglatadi?

•  Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan

farqli  o ‘laroq  asosiy kapital  qanday o ‘ziga xos  xususiyatlarga ega?

•  Ishlab  chiqarish  jarayonida  asosiy  kapitalni  buyumlashgan 

shakli sifatida  nimalar maydonga  chiqadi?

•  Iqtisodiy  m o‘ljallanganligiga  ko‘ra  asosiy fondlar nimalarga 

bo'linadi?

•  Asosiy ishlab chiqarish  fondlari  deb nimaga  aytiladi?

•  Noishlab  chiqarish  asosiy  fondlarining  tarkibiga  XYuSning 

qanday mulklari  kiradi?  Ular bo'yicha amortizatsiya hisoblanadimi?

•  Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi nimalar 

jihatidan  bo'lishi  mumkin?

•  Asosiy fondlarning tarkibiga nimalar kiradi va ularning aktiv 

va passiv qismlari  nimalardan  iborat?

•  Asosiy  kapital  doiraviy  aylanishining  samaradorligini  tahlil 

qilishda  nimalarni  hisobga  olish  maqsadga  muvofiq?

•  H ozirgi  paytda  am aliyotda  am ortizatsiya  ajratmalarini 

hisoblashning qanday asosiy metodlaridan foydalaniladi va ularning 

o'ziga xos bo'lgan  xususiyatiari  nimalardan  iborat?

•  Chiziqli  m etod  qo'llanilganda  bir  oy  uchun  hisoblangan 

amortizatsiyaning summasi qanday aniqlanadi?

•  N ochiziqli  metod asosida amortizatsiya  normasini  hisoblash 

qanday amalga oshiriladi?

•  Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan 

o'z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, 

yana qanday daromadlar  va  turli  tushilmalar kirishi  mumkin?

•  Asosiy  fondlarni  shakllantirish  uchun  jalb  qilinadigan  pul 

mablag'larining  manbalarini  qanday  guruhlarga  bo'lish  mumkin 

va  har bir guruhning tarkibiga  nimalar  kiradi?

•  Asosiy  kapitalning  doiraviy  aylanishi  jarayonida  ishtirok 

etadigan  m oliyaviy  resurslardan  foydalanishning  samaradorligi 

qanday aniqlanadi?

•  Asosiy kapitaldan  samarali  foydalanishni  baholashda  XYuS 

moliya-xo'jalik  faoliyatining  natijaliligini  ochib  beruvchi  qanday 

umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalanish maqsadga 

muvofiq?

•  Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko'rsatkichi qanday 

aniqlanadi?

•  Fond  qaytimi  va  fond  sig'imi  ko'rsatkichlarini  hisoblash 

tartiblari qanday?

•  Smenalik  koeffitsienti  qanday aniqlanadi?

•  Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  eskirish  koeffitsienti 

nimani  xarakterlaydi  va u  qanday aniqlanadi?

•  Asosiy ishlab chiqarish  fondlarining yangilanish  koeffitsienti 

nimani  ifodalaydi  va  u  qanday  hisoblanadi?

•  Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  chiqish  koeffitsienti 

nimani  ifodalaydi  va  u  qanday  aniqlanadi?

•  Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi  nimalarni 

oldindan  aniqlab beradi?

•  A ylanm a  kapital  nim ani  o'zida  ifodalaydi  va  u  XYuS 

balansining qanday nom langan  bo'limida  aks ettiriladi?

•  A ylanm a  kapital  qanday  bir  n ech a  aso siy  guruhlarga 

klassifikatsiya qilinadi?

•  Aylanm a  kapital  qanday  funksiyalami  bajaradi  va  ularni 

qanday shakllarda amalga oshiradi?

•  Aylanma  kapitalning  tarkibiy  tuzilm asini  uni  funksional 

jihatdan  qanday ikki  tashkil  etuvchi  belgilab  beradi?

•  Tarkibiy  tuzilm a  jihatidan  aylanma  kapitalning  n atu ral- 

buyum shakllariga,  eng avvalo,  ishlab chiqarish  zaxiralaridan iborat 

bo'lgan  nimalar kiradi?

•  Aylanma  kapitalning  tarkibiy  tuzilmasini  tashkil  etuvchi 

muomala fondlarining tarkibi  nimalardan  iborat?

•  A y la n m a   m a b la g 'la r   ( k a p ita l)n i  s h a k lla n tir is h   va 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling