A. V. Vahobov, T. S. Malikov


moliyaviy manbalar hisobidan vujudga  keladi?


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75

moliyaviy manbalar hisobidan vujudga  keladi?

• Jamg'arma mablag'larini sarflash qanday yo'nalishlar bo'yicha 

amalga oshiriladi?

•  Maktab ta’limi jamg'armasini boshqaruv Kengashining asosiy 

vazifalari nimalardan iborat?

•  Maktab ta’limi jamg'armasi  Ijroiya direksiyasi  asosiy vazifa­

larining tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Maktab  ta ’lim i  jamg'armasi  daromadlarining  turiari  va 

xarajatlarining asosiy yo'nalishlari  nimalardan iborat?

2 1 -B O B . 

IJTIMOIY  TA’MINOT

21.1.  Ijtimoiy ta’m inotning  iqtisodiy  a so sla ri  va 

prinsiplari

Mamlakatning  Konstitutsiyasi,  odatda,  yosh  bo'yicha,  kasal, 

nogiron yoki  boquvchisini yo'qotganda,  bolalarni  tarbiyalash uchun 

va  qonunda  ko'zda  tutilgan  boshqa  holatlarda  har  bir  kishining 

ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi.  Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy 

ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolami 

m oddiy  ta ’m inlash  va  ularga  xizmat  ko'rsatish  uchun  m illiy 

daromadning  bir  qismi  hisobidan  pul  mablag'larining  ijtimoiy 

fondlarini shakllantiradigan  va ulardan foydalanadigan taqsimlash 

munosabatlari  tizimiga  ijtimoiy ta’minot  deyiladi.  M ana shunday 

keng ko’lamda,  ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari 

va ta ’minotni  tashkil  etishga  bog'liq  bo'lmagan  holda jamiyatning 

barcha a ’zolarini tegishli  tarzda ta ’minlanishini  o'z  ichiga qamrab 

oladi.

Pulli  pensiya  va  nafaqa  to'lovlari  ijtimoiy  ta’m inot  bo'yicha 

xarajatlarning asosiy ko'rinishlari hisoblanadi.

Pensiya — bu qarilik,  nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquv- 

chisi yo'qotilganligi  munosabati bilan (bog'liq  ravishda) fuqarolami 

m oddiy  jihatdan  ta’minlash  uchun  m a’lum   pul  summalarining 

davrm a-davr  to'la n m a la rid a n   iborat.  P en siy a n in g   quyidagi 

ko'rinishlari mavjud:

•  qarilik  pensiyasi;

•  nogironlik pensiyasi;

• xizmat  qilgan  yillari  uchun  pensiya;

•  boquvchisini yo'qotganligi  uchun pensiya.

Fuqarolaming  ayrim  toifalari  uchun  ijtim oiy  pensiyalar  deb

ataladigan pensiyalar ham  to'lanadi.

Nafaqalarning quyidagi  asosiy ko'rinishlari  bo'lishi  mumkin:

•  vaqtinchalik  mehnat qobiliyatini yo'qotganligi uchun;

•  homiladorlik va  tug'ish  bo'yicha;

•  farzand  tug'ilganda;

•  bola  parvarishi  bo'yicha;

•  muddatli  harbiy xizmatchilarning bolalariga;

•  ishsizlik bo'yicha;

•  ta’ziya  holatlari  bo'yicha.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda  ta’minotning boshqa quyidagi 

shakllari  ham  amal  qiladi:

•  kasbiy-texnikaviy o'qitish;

•  ishsizlami  qayta o'qitish;

•  nogironlami  qayta  o'qitish  va  ishga joylash;

•  qariyalar  va  nogironlar  uchun  internat-uylarida  mehnatga 

qobiliyatsizlarni  davlat tom onidan boqish;

•  nogironlami  protezlash  va  ularni  moto-velokolyaskalar  va 

atomobillar bilan  ta’minlash;

• uyda o'tirib qolganlar uchun ko'rsatiladigan yordamning ko'p 

ko'rinishlarini tashkil  qilish  va boshqalar.

Ijtimoiy ta’m inot  mehnat qilish  qobiliyatini qisman yoki to'liq 

y o 'q o tg a n   shaxs  xu su sid a  davlat  va  jam iyat  g 'a m x o 'r lig i, 

insonparvarlikning  namoyon  bo'lish  shaklidir.  M ehnat  faoliyatini 

yo'qotganligi  sababli  aholini  moddiy  ahvoli  yom onlashganda, 

mehnat qobiliyatini  yo'qotilganligi  inson ongiga kuchli salbiy ta’sir 

ko'rsatayotgan  bir  paytda  ijtimoiy  ta’m inot  davlat  va  jamiyat 

to m o n id a n   u n in g  u n u tilm a ga n lig in i  va  o 'z   h o lig a   tashlab 

qo'yilmaganligini ko'rsatadi.

« Ijtim o iy   t a ’m in o t»   k a teg o riy a sin in g   m a zm u n ig a   o id  

iqtisodchilar o'rtasida yagona fikr mavjud emas.  Mualliflarning ba’zi 

birlari «ijtimoiy ta’minot» tushunchasini  keng m a’noda talqin qilib, 

uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolami qarilik chog'ida va mehnat 

qobiliyatini  yo'qotganda  tekin  ta’minlanishi,  davolash  va  tibbiy 

xizm atlam ing  tekinligi  bilan  bog'liq  bo'lgan  ijtim oiy-iqtisodiy 

tadbirlar  majmuining  barchasini  kiritadilar.  Boshqa  bir  toifadagi 

mualliflar  «ijtimoiy  ta’minot»  va  «ijtimoiy  sug'urta»ni  yagona 

tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko'rib chiqadilar.  Uchinchi 

guruh  mualliflari  «ijtimoiy  ta’minot»  tushunchasini  tor  m a’noda 

tasavvur  qilib,  ijtim oiy  sug'urta  bilan  qamrab  olinm aydigan  

ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar.

Va  nihoyat,  to'rtinchi  guruhga  kiruvchi  mualliflar  ham  borki, 

ularning  fikricha,  mehnatga  qobiliyatsizlikni  ta’minlashning  turli 

shakllari  va  ko'rinishlari,  shu  jumladan,  ijtimoiy  sug'urtani  ham 

qamrab  oluvchi  yagona  «ijtimoiy ta’minot»  tushunchasi  mavjud.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fiiqarolaming mehnat 

qilish,  dam olish,  sog'ligini  muhofaza  qilish  huquqlariga,  qariganda, 

kasal  bo'lganda,  m ehnat  qobiliyatini  vaqtinchalik  yoki  to'liq 

yo'qotganda va  boquvchisidan  mahrum  bo'lganda  ijtimoiy ta’minot, 

uy-joyga  egalik  qilish,  ma’lumot  olish,  madaniyat  yutuqlaridan 

foydalarish  huquqlariga,  davlat  va jamoatchilik  ishlarini  boshqarish 

huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi.  Shu munosabat bilan va «ijtimoiy 

ta’minot»  tushunchasini  keng  talqin  qilish  nuqtai  nazardan  nafaqat 

tekin tibbiy xizmat ko'rsatish va davolash, balki  Konstitutsiyada ko'zda 

tutilgan tekin bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa 

ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan bahramand bo'lish  kabilarni ham uning 

tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo'lur edi.  Chunki bu huquqlaming 

har  biri  fuqarolaming  turli  ehtiyojlarini  qondirishni  nazarda  tutib, 

Konstitutsiyada  ko'zda  tutilgan  tegishli  tadbirlar va  mablag'lar  bilan 

ta’minlanadi.  Masalan,  qarilik  chog'ida,  kasallik  paytida va  mehnat 

qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda,  shuningdek, boquvchisidan 

mahrum  bo'lgandagi  moddiy jihatdan  ta’minlanish  huquqi  ijtimoiy 

ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi.  Sog'liqni muhofaza 

qilish  huquqini  ta’minlash,  ya’ni  tekin  tibbiy  xizmat  ko'rsatish  va 

davolanish bo'yicha maxsus shakllar ko'zda tutilgan.  Boshqacha qilib 

aytganda,  fuqarolaming  turli  ehtiyojlari  ularni  qondirishning  o'ziga 

xos bo'lgan o'z shakllariga ega. Shunga muvofiq ravishda pul mablag'lari 

fondlari  ham  shakllantiriladi.  Bulardan  ko'rinib  turibdiki,  «ijtimoiy 

ta’minot»  tushunchasini  bundan  ham  kengroq  tarzda  talqin  qilish 

o'zining yetarli darajadagi asosiga ega emas.

Bir vaqtning o'zida,  «ijtimoiy ta’minot» va  «ijtimoiy sug'urta»ni 

parallel  ravishda  amal  qiluvchi,  mustaqil  bir  tartibli  iqtisodiy 

kategoriyalar  sifatida  talqin  qiladigan,  ijtimoiy  ta’minotga  davlat 

byudjetining to'g'ridan-to'g'ri assignovaniyalari  hisobidan amalga 

oshiriladigan,  ijtimoiy  sug'urtaga  esa  faqat  ijtimoiy sug'urta  fondi 

mablag'lari  hisobidan  amalga  oshiriladigan  tadbirlar  kiradi,  deb 

hisoblaydigan qarashlarni asoslangan  deb bo'lmaydi.

Ijtimoiy ta’minotga to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri assignovaniyalar hisobidan 

Davlat byudjetidan,  Pensiya fondidan va ijtimoiy sug'urta fondidan 

beriladigan  xarajatlarning  y o ‘nalishlarida  prinsipial  xarakterdagi 

farqiar  y o ‘q.  Bir  vaqtning  o'zida  ham  to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  byudjet 

ajratmalari,  ham  Pensiya  jam g'arm asi  va  Ijtim oiy  sug'urta 

jamg'armalari hisobidan qarilik,  nogironlik,  ishlagan yillari uchun, 

boquvchisini  yo'qotgandagi  pensiyalar,  farzand  tug'ilganda, 

homiladorlik  va  tug'ish  nafaqalari  to'lanishi  mumkin.  Bu  yerda 

farqiar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo'ladi, 

xolos.  Pensiya  va  Ijtimoiy  sug'urta jamg'armalari  mablag'laridan 

ishchi  va  xizmatchilar,  ilmiy  xodimlar,  bevosita  byudjetdan  esa 

Ichki  ishlar  vazirligi,  M illiy  xavfsizlik  xizmati,  Bojxona  organlari 

va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi  harbiy xizm at­

chilar ta’minlanadi.

Shuning  uchun  ham  ijtimoiy  sug'urtani  ijtimoiy  ta’minotga 

bog'liq bo'lmagan  holda parallel  ravishda mavjud bo'lgan,  mustaqil 

kategoriya  deb  hisoblashga  asos  yo'q.  Aksincha,  ijtimoiy  sug'urta 

yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo'lib, 

uning shakllaridan biri  hisoblanadi.

Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda 

ayrim  iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini  (pensiya to'lovlarini 

birga  qo'shgan  holda)  shakllantirishning  manbaini  qo'shim cha 

m ahsulot,  boshqalari  esa  ijtim oiy  iste ’mol  fondlarini  zaruriy 

mahsulot  bilan bog'laydi.

Turli  ijtimoiy  ta’minot  fondlari  va  ulardan  to'lanmalarning 

tahlili  shuni  ko'rsatadiki,  ulardan  ba’zilarining  manbai  zaruriy 

m ahsulot  bo'lsa,  boshqalariniki  esa  qo'shim cha  m ahsulotdir. 

Masalan,  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo'qotgandagi  nafaqa 

to 'la n m a la r i,  h o m ila d o rlik   va  tu g 'ish   b o 'y ich a   nafaqalar, 

nogironlam i  o'qitish  va  ishga  joylashtirish  xarajatlari,  ishsizlam i 

qayta  o'qitish  xarajatlarining  manbai  bo'lgan  zarur  m ahsulot 

hisoblanadi.  Bu  to'lanmalarning  yo'nalishi  vaqtinchalik  m ehnat 

qobiliyatini  yo'qotgan paytda yoki  ishsizlik davrida xodimga zarur 

bo'lgan hayotiy ne’matlami berish bilan belgilanadi.  Bu to'lanmalar 

ishchi  kuchini  takror  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan  bevosita 

bog'liqdir.

Pensiya to ‘lanmalariga  nisbatan vaziyat (holat)  boshqacha.  Bu 

to'lanmalar mehnatga qobiliyatsizlar uchun to'lanmalardir.  Mehnat 

faoliyati  boshlangunga  qadar  mamlakatning  har  bir  yosh  avlodi 

ham  zaruriy  mahsulot  (ota-onalarning  mehnat  haqi  toMovlari 

shaklida) va ham qo'shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol  fondlaridan 

xizmatlar  va  imtiyozlar  shaklida)  hisobidan  saqlanadi.  M ehnat 

faoliyati  boshlanganidan  to  pensiyaga  chiqqunga  qadar  (35-40  yil 

ichida)  bu  avlod  oshib  boruvchi  hajmlarda  ijtimoiy  mahsulotni 

(zaruriy  va  qo'shim cha)  yaratadi.  Jamg'armaga  yo'naltirilgan 

qo'shim cha  mahsulotning  qismi  ancha  oshadi.  Buning  natijasida 

milliy  boylikning  hajmi  tez  o'sadi.  Demak,  ko'rinib  turibdiki,  har 

bir  yangi  avlod  o'zining  navbatdagi  avlodiga  o'zining  oldingi 

ajdodlaridan olgan  milliy boylikka nisbatan  kattaroq hajmdagi milliy 

boylikni  qoldiradi.  Ana shu asosda  har bir yangi avlod o'z m ehnati 

bilan  yalpi  mahsulotni  ishlab  chiqarishni  oshiradi.  Bunda  moddiy 

boylik  ishlab  chiqarish sohasi  xodimlarining  shaxsiy  ehtiyojlarini 

qondirishga  foydalaniladigan  zaruriy  mahsulotning  ham  hajmi  va 

ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini 

shakllantirishga,  shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz 

a’zolarini ta’minlashga yo'naltirilayotgan qo'shimcha mahsulotning 

hajmi  ham  o'sadi.

Iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan  m amlakatlarda  pensiya 

to'lanmalari  ko'p  yillar davomida,  asosan,  mehnatkashlaming  ish 

haqlaridan  ajratmalar  yordam ida  shakllantiriladigan  pensiya 

jamg'armalari hisobidan amalga oshiriladi.  Shuning uchun ham bu 

yerda pensiya jamg'armalari zaruriy mahsulotning rezervlashtirilgan 

qismidan  iborat  bo'lib,  uni xodim   qarilik  yoki  nogironlik bo'yicha 

pensiyaga chiqqandan so'ng ola  boshlaydi.

Mamlakatimizda  qariganda,  kasalligida,  mehnat  qobiliyatini 

to'liq yoki qisman yo'qotganda,  boquvchisidan  mahrum  boMganda 

moddiy  ta’minlash  huquqi  mamlakat  Konstitutsiyasiga  muvofiq 

ijtim o iy   t a ’m in o tn in g   turli  shakllari  b ila n   k a fo la tla n g a n . 

M ehnatkashlar  o'zlarin in g  ish  haqlaridan  1  foiz  m iqdorida 

o'zlarining kelgusi pensiyalariga ajratmalarni o'tkazadilar.  Kelgusi 

davming pensionerlari uchun pensiya jamg'armasi davlat mablag'lari 

hisobidan  aw al  shakllantirilmaydi.  M ehnatga  qobiliyatsizlarni

ta’minlash  uchun  fondlar  YalM   va  M D ni  taqsimlash  jarayonida 

har yili  ajratiladi  va  ulardan  foydalaniladi.

Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo'shimcha mahsulotni 

yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya jam ­

g'armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi 

lozim   bo'lgan  pensiya  jamg'armalarining  manbai  ishlayotgan 

avlodning  qo'shim cha  mehnati  evaziga  yaratilgan  YalM   va  M D  

qismi,  ya’ni  qo'shimcha  mahsulot  hisoblanadi.

Ijtimoiy ta’minotning o'ziga xos bo'lgan  muhim  xususiyati uni 

vujudga  keltirishning  (yaratishning,  qurishning,  tuzishning) 

prinsiplaridir.  Ular quyidagilardan iborat:

1.  Eng  umumiylik prinsipi  - jinsi,  yoshi,  millati,  irqi,  ishining 

joyi va xarakteri,  mehnatga haq to'lashning shaklidan  qat’iy nazar, 

yoshi yoki  nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo'lganda 

ijtimoiy  ta’m inotning  barcha  mehnatkashlarga  nisbatan  qo'lla- 

nilishini  anglatadi.  Bundan  tashqari,  eng  um um iylik  prinsipi 

mehnatkashlaming barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, 

dehqonlar,  harbiylar,  o'quvchilar va  boshqa  fuqarolarga  nisbatan 

qo'llaniladi.  Shuningdek,  ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot  etgan 

oiianing  mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga  (balog'at yoshiga 

yetmagan bolalar,  aka-ukalar, opa-singillar,  nabiralar, qariyalar yoki 

mehnatga  layoqatsiz er (xotin),  ota,  ona,  bobo,  buvi va  boshqalar) 

nisbatan  ham tegishlidir.

2.  Hammaga  mumkinlik  (lozimlik)  prinsipi  barcha  uchun 

mumkin  bo'lgan  u  yoki  bu  pensiyani  aniqlash  (belgilash)  huquqini 

berish shart.  Masalan,  hayotning o'rtacha davomiyligi 70 yil bo'lganda 

qarilik bo'yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda,  ayollarda esa- 

54  yoshda,  mehnatning  og'ir  turlarida  band  bo'lganlar  uchun  esa 

erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa-45-50 yoshda vujudga keladi. 

Bu pensiyani olish uchun zarur bo'lgan  mehnat staji erkaklar uchun 

25  yil,  ayollar  uchun  esa-20  yil,  mehnatning  og'ir  turlarida  band 

bo'lganlar  uchun  bundan  ham  pastroq  qilib  belgilangan.  Demak, 

barcha xolis (sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun  bu stajga qarilik 

yoshiga yetgundan ancha oldin  erishish  mumkin.

3.  Ta’m inot  o'lcham i va shakllarining  o'tgan  (qilingan)  m eh­

natga  nisbatan bog'langan  holda o'rnatish  (belgilash) prinsipi — bu

ijtimoiy  ta’minotning  stajning  davomiyligi,  ishning  shart-sharoiti, 

ish  haqi  va  mehnat  hamda  ijtimoiy  faoliyatning boshqa  omillarga 

nisbatan  bog‘liq  ravishda  amalga  oshirilishini  taqozo  etadi.  Bu 

prinsip  ijtimoiy  ta’minotda  ish  haqi  orqali  o'z  ifodasini  topadi, 

chunki unga ko'ra pensiya va nafaqalarning ko'plab turiari ish haqiga 

nisbatan hisoblanadi.

4. Taqdim etilayotgan ta’minot turiari va xizmatlaming  xilma- 

xilligi prinsipi — bu pensiya va nafaqalar,  ishga joylashtirish, sog'liqni 

mustahkamlash  bo'yicha  turli-tum an  tadbirlar,  kasallanishdan 

ogohlantirish,  uning oldini  olish va uni  kamaytirish,  nogironlar va 

qariyalarni  internat-uylarga joylashtirish,  moto-velokolyaskalar va 

avtomobillar  bilan  ta’minlash,  protezlashtirish  va  h.k.lar  orqali 

nam oyon  bo'ladi.

5.  Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil  qilishning demokratik 

xarakterdaligi prinsipi — bu ijtimoiy ta’minotning barcha masalalarini 

yechishda  namoyon  bo'ladi.  Bunda  kasaba  uyushmalarining  roli, 

ayniqsa, yuqoridir. Ulaming vakillari pensiya tayinlash komissiyalarining 

ishida bevosita ishtirok etadi.  Mahalliy hokimiyat oiganlarining ijtimoiy 

ta’m inot  va  sog'liqni  saqlash  bo'yicha  doimiy  komissiyalari  ham 

mehnatkashlaming  ijtimoiy ta’minoti bo'yicha  katta  ishlami amalga 

oshiradi.

21.2.  Davlat  p en siy a si va jamg'arib  boriladigan 

p en siya fondi

Aholini  ijtimoiy  himoya qilish  bo'yicha  choralarning  tarkibida 

davlat  pensiyalari  m uhim  o'rin  egallaydi.  Pensiya  ta’minotining 

ijtim o iy   aham iy ati  shu  bilan  a n iq la n a d ik i,  h ozirgi  paytda 

O'zbekistondagi ko'plab qariyalar, nogironlar va ulaming oila a’zolari, 

boquvchisini  yo'qotganlaming  hayotiy  muhim  manfaatlariga  o'z 

ta’sirini ko'rsatadi.

Bozor munosabatlariga o'tilishi munosabati bilan davlat pensiya 

tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi.  Pensionerlaming daromadlari 

doim iy ravishda baholam ing  darajasidan  ortda  qolmoqda.  Qarilik 

bo'yicha pensiyaning o'rtacha miqdori hayotning yashash darajasi-

dan ancha past.  Shu  munosabat bilan iqtisodiy islohotlam i amalga 

oshirish  sharoitida  fuqarolam ing  pensiya  ta’m inoti  bo'yicha 

huquqlarini  davlat  tom onidan  kafolatlanishini  kuchaytirish  va 

pensiya tizimini  barqaror  rivojlantirish shart-sharoitlarini  yaratish 

maqsadida  mamlakatda pensiya tizimi  isloh  qilinmoqda.

Pensiya tizimini  isloh qilishning negizida pensiya toianmalarini 

moliyalashtirishning jamg'ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish 

yotadi.  Unga  m uvofiq  ravishda  pensiyalarning  quyidagi  uch 

darajasini  o'rnatish  ko'zda tutilmoqda:

•  jamg'ariladigan pensiyalar — yollanib ishlaydiganlarga beriladi, 

butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmalar 

va bu ajratmalarni saqlab, o'z aylanmasida foydalanganligi uchun ular 

tomonidan  to'lanadigan foizlar hisobidan amalga oshiriladi;

•  ijtimoiy  pensiyalar  —  o'zlariga  pensiya  to'lanmalarining 

to'lanishi uchun  zarur bo'lgan  mablag'lami jamg'armagan va hayot 

kechirish  uchun  zaruriy  mablag'larga  ega  bo'lmagan  shaxslarga 

umumiy soliqlar  hisobidan to'lanadi;

•  qo'shimcha pensiyalar — alohida toifadagi ish beruvchilardan 

undiriladigan yoki  ish beruvchilar va xodimlar tomonidan  ixtiyoriy 

ravishda o'tkazilgan  mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.

Asta-sekinlik  bilan,  oxir-oqibatda,  jamg'ariladigan  pensiya 

pensiyaning  asosiy ko'rinishiga  (turiga)  aylanmog'i  lozim.

Hozirgi  paytda davlat pensiyasi to'g'risidagi qonunga  m uvofiq. 

pensiyaning  quyidagi  turiari  qo'llanilmoqda:

•  qarilik  pensiyasi;

•  nogironlik  pensiyasi;

•  boquvchisini  yo'qotganligi  uchun  pensiya;

•  xizmat  qilgan yillari  uchun pensiya;

•  ijtimoiy  pensiya.

Qarilik pensiyasi  Pensiya jamg'armasining xarajatlarida asosiy 

o'rin  egallaydi.  Bu  pensiya  25  yildan  kam  bo'lmagan,  umumiy 

mehnat  stajiga  ega  bo'lgan  va  60  yoshga  yetgan  erkaklarga,  20 

yildan  kam  bo'lmagan,  umumiy  mehnat  stajiga  ega  bo'lgan  va  55 

yoshga yetgan  ayollarga belgilanadi.  Shaxslaming alohida toifalari 

(Ikkinchi Jahon  urushi  nogironlari va  ularga tenglashtirilganlar,  5 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling