A. V. Vahobov, T. S. Malikov


to'lashning  davomiyligi  qonunda  belgilangan  muddatdan  oshib


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75

to'lashning  davomiyligi  qonunda  belgilangan  muddatdan  oshib 

ketmasligi  kerak.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Ijtimoiy ta ’m inot  deb  nimaga  aytiladi?

•  Ijtimoiy ta’m inot bo'yicha xarajatlarning asosiy ko'rinishlari 

nimalardan iborat?

•  Pensiyaning  qanday ko'rinishlari  mavjud?

•  Nafaqalarning qanday asosiy ko'rinishlari bo'lishi  mumkin?

•  Ijtimoiy  ta’m inotning  yana  qanday  shakllariga  ham  amal 

qilinadi?

•  «Ijtimoiy  ta’minot»  tushunchasining  keng  m a’noda  talqini 

nimalardan  iborat?

•  «Ijtimoiy ta’minot» tushunchasi tor ma’noda qanday tasavvur 

qilinadi?

•  Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari  nimalardan iborat?

•  Ijtimoiy  ta’m inotni  vujudga  keltirishning  (yaratishning, 

qurishning,  tuzishning)  prinsiplari  tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Hozirgi paytda pensiya tizimini isloh qilishning asosiy negizida 

qanday  prinsip  yotadi  va  unga  muvofiq  pensiyalarning  qanday 

darajalarini  o'rnatish  ko'zda tutilmoqda?

•  Davlat  pensiyasi  to'g'risidagi  qonunga  muvofiq  pensiyaning 

qanday turiari  qo'llanilib  kelinmoqda?

• Qarilik pensiyasiga xos bo'lgan xususiyatlar nimalardan iborat?

•  Nogironlik  pensiyasi  qanday  holatda  tayinlanadi  va  uning 

miqdoriga  nimalar o'z  ta’sirini  ko'rsatadi?

•  B oq u vch isin i  yo'q otgan ligi  u ch u n   p en siyasi  kim larga 

mo'ljallangan va  uning  darajasi  nimalarga  bog'liq?

• Xizmat qilgan  yillari uchun pensiya qanday omillarga bog'liq 

ravishda o'm atiladi?

•  Ijtimoiy pensiya  kimlar uchun  belgilanadi?

•  Ijtimoiy  nafaqalarning  tarkibi  nimalardan  iborat  bo'lishi 

mumkin?

•  Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalar kimlarga beriladi?

• Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqaning miqdori qanday 

belgilanadi?

•  Bolaning bir yarim yoshga yetguniga qadar parvarishi bo'yicha 

ta’til  davrida  beriladigan  nafaqa  kimlarga berilishi  mumkin?

2 2 -B O B . 

DAVLAT  KREDITI

22.1.  Davlat kreditining  mazm un-m ohiyati va funksiyalari

Davlat  krediti  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  orqali  bir 

tom ondan,  davlat  orqali  ikkinchi  tom ondan,  jism oniy  va  yuridik 

shaxslar  o ‘rtasida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  m unosabatlar 

majmuidan  iborat  bo‘lib,  unda  davlat qarz oluvchi,  kreditor  (qarz 

beruvchi)  va  kafil  sifatlarida  maydonga  keladi.  Bunday  iqtisodiy 

(kredit)  munosabatlar(i)ning  m um toz  (klassik)  shaklida  davlat, 

odatda,  mablag'lami  qarz oluvchi  bo'lib  hisoblanadi.

Agar  davlat  yuridik  va  jism oniy  shaxslarga  qaytarish  va  haq 

(to'lov,  to'lash)  asosida  m ablag'lami  taqdim  etib,  kreditor  (qarz 

beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo'lgan operatsiyalar 

hajmi  ancha  kamayadi  (pasayadi).

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlami uzish 

(qaytarish)  yoki  ularnin g  b osh q a  m ajburiyatlarini  bajarish 

javobgarligini davlat o'z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. 

Markazlashtirilgan  pul  fondlarining  o'lcham iga  bevosita  ta’sir 

ko'rsatuvchi  kredit  munosabatlarining  dastlabki  ikki  ko'rinishidan 

(qarz  oluvchi  va  kreditor)  farq  qilgan  holda  davlat  tom onidan 

kafolatning berilishi  o'sha markazlashtirilgan pul fondining,  albatta, 

o'zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o'zining zimmasiga 

yuklatilgan majburiyatlar bo'yicha to'liq hajmda va o'z vaqtida hisob- 

kitob qilishni uddalay olsa, kafil hyech qanday qo'shimcha xarajatlarni 

amalga  oshirmaydi.  Biroq  amaliyotda  yetarli  darajada  ishonchli 

bo'lgan  qarz  oluvchilar  davlat  kafolatiga  muhtoj  bo'lmaydi.  Ular 

mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag'lami jalb qilishga qodirdir. 

Odatda,  davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli  bo'lmagan qarz 

oluvchilarga  nisbatan qo'llaniladi  va bu narsa shunga mos  ravishda, 

markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o'sishiga olib keladi.

Davlat  krediti  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ikki  ko'rinishdagi- 

moliya va  kredit-pul  munosabatlarining o'rtasida joylashgan bo'lib, 

shunga mos ravishda, u ham  moliyaga, ham kreditga tegishli bo'lgan

xususiyatlarga  egadir.  M oliya  tizimining  alohida  olingan  b o ‘g ‘ini 

sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini 

(byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan 

foydalanish jarayoniga  xizmat  qiladi.

Kreditning  bir  turi  sifatida  davlat  krediti  klassik  (mum toz) 

moliyaviy  kategoriyalardan,  masalan,  soliqlardan  farq qiluvchi  bir 

necha  o'ziga xos bo‘lgan  quyidagi xususiyatlarga  egadir:

•  davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega. 

Ayrim hollarda amaliyotda,  u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan 

chekinish  va  davlat  zayomlarini  sotishda  majburiylik  holatlariga 

ham  yo'l  qo'yiladi;

•  agar  soliqlar  faqat  bir  yo'nalishda-soliq  to'lovchilardan 

byudjetga  yoki  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarga-harakat  qilsa 

(bunga  teskari  yo'nalishdagi  harakat  faqat  ortiqcha  to'langan  yoki 

xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo'lishi mumkin), 

qaytaruvchanlik  va  haqlilik  (to'lovlilik)  davlat  kreditining  asosini 

tashkil  etadi.  Haqiqatdan  ham  davlat  kreditiga  ma’lum  bir  vaqt 

o'tganidan  so'ng o'tkazilgan  summa  foizi  bilan  qaytarilishi kerak.

U m u m a n   o lg a n d a ,  d avlat  k r e d iti  b o sh q a   m o liy a v iy  

kategoriyalardan  o'zining  quyidagi  xarakterli  xususiyatiari  bilan 

farqlanadi:

•  agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi 

sifatida konkret boyliklar-ombordagi tovariar,  tugallanmagan ishlab 

chiqarish va boshqa shunga o'xshashlar maydonga chiqadigan bo'lsa, 

davlat tomonidan mablag'lar qarzga olinayotganda uning egaligida 

bo'lgan  barcha  m ol-m ulk,  m a’lum  bir  hududiy  birlikning  mulki 

yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlanganlik 

elem enti  bo'lishi mumkin;

•  Markaziy  hukumat  darajasida  davlat  krediti  aniq  maqsadli 

xarakterga  ega  bo'lm aydi.  Shunday  bo'lish iga  qaram asdan, 

hokimiyatning  quyi  darajalarida  olingan  qarziy  mablag'lar  aniq 

ifodalangan maqsadli  ishga yo'naltiriladi.  Masalan,  yangi yo'llarni 

va  turar-joy  mavzelarini  qurish  uchun  olingan  qarz  mablag'lari 

ana shunday xarakterga egadir43;

43 


Afsuski,  bunday  xarakterdagi  davlat  kreditlari  bizning  mamlakatimizda  hamon 

aytishga  arzigulik  darajada  tarkib  topmagan.



•  har  qanday  qarz  oluvchi  kabi  davlat  ham  mablag‘lam i 

oldindan belgilangan  muddatlarga jalb qiladi va bu  muddatlar davlat 

kreditining  aniq shartlarida o ‘z  ifodasini  topadi.

D avlat  kreditining  m azm un-m ohiyati  uning  bajaradigan 

funksiyalari  orqali  yaqqol  namoyon  bo'ladi.  M oliyaviy kategoriya 

sifatida  davlat  krediti  quyidagi  funksiyalami  bajaradi:

•  taqsimlash;

•  tartibga solish;

•  nazorat.

Davlat  kreditining  taqsimlash  funksiyasi  orqali  davlatning 

markazlashtirilgan  pul  fondlarini  shakllantirish  yoki  muddatlilik, 

haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish 

amalga oshiriladi.  Davlat qarz oluvchi  (qarzdor) sifatida maydonga 

chiqib,  o ‘z  xarajatlarini  moliyalashtirishni  q o ‘shimcha  mablagMar 

bilan  ta’minlaydi.  Sanoati  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  davlat 

qarzlari byudjet defitsitini  moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib 

hisoblanadi.  Shuning uchun  ham hozirgi  sharoitda davlat  qarzlari 

orqali olinadigan tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning 

soliqlardan keyingi  ikkinchi  metodidir.  Bu narsa soliq tushumlarining 

oshishiga  nisbatan  byudjet  xarajatlari  o ‘sish  sur’atlarining  yuqori 

pog‘onadaligi bilan  izohlanadi.

Kapital  xarakterdagi  xarajatlarni  qarzga  olingan  mablagMar 

hisobidan moliyalashtirish  m a’lum  chegaralarda ijobiy ahamiyatga 

ega.  Masalan,  maktab  yoki  kutubxona eng kamida  30-50 yil xizmat 

qilganligi  uchun  bir  em as,  bir  necha  avlodning  ehtiyojlarini 

qondirishi mumkin.  Shunday ekan,  nega ularning qurilishi  maktab 

va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlaming 

soliqlari  hisobidan  bir  necha  yilga  toManishi  kerak?  Bunday 

holatlarda  ana  shunga  o ‘xshagan  ob’ektlarni  qurish  bilan  bogMiq 

boMgan  m oliyalashtirish  masalalarini  ularning  xizm atlaridan 

foydalanishi  mumkin  boMgan  barcha avlodning  zimmasiga yuklash 

oqilonadir.  0 ‘z  navbatida,  moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai 

nazaridan uzaytirish  (cho'zish) o ‘sha muddatga zayomlar chiqarish 

yoMi  bilan  ham  ta ’m inlanishi  mumkin.  Bu  holda  maktab  yoki 

kutubxona  qurayotgan  avlod  keyingi  avlod  bilan  bir xil  moliyaviy 

yukni  o ‘z  yelkasida  ko‘tarishga  majbur.  Chunki  bu  holda  ular

tomonidan to'lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular bo'yicha 

foizlar ham qaytariladi.

Shunday  qilib,  davlat  krediti  taqsimlash  funksiyasining  ijobiy 

ta’siri  natijasida,  vaqt  nuqtai  nazaridan,  soliq  yuki  og'irligining 

nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi.  Davlat qarzlari hisobidan 

xarajatlarni  moliyalashtirish  davrida  olinayotgan  soliqlar  miqdori 

oshmaydi  va  uning  og'irgi  ortmaydi.  Aks  holda,  ya’ni  xarajatlarni 

moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag'lar jalb 

qilinmasa,  bu  narsani,  boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, faqat 

soliqlar  miqdorini  oshirish  va  uning  og'irligini  orttirish  evaziga 

moliyalashtirish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  olingan  kreditlar 

qaytarilayotgan  paytda  soliqlar  ularni  to'lash  uchun  olinmasdan, 

balki  qarzlar bo'yicha  foizlarni  qaytarish  uchun  ham  olinadi.

Davlat  qarziga  xizmat  qilish  va  uni  qaytarish  bilan  bog'liq 

bo'lgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy,  lekin yagona 

manba  em as.  Bunday  xarajatlarni  m oliyalashtirish  manbalari 

mablag'lardan foydalanishning yo'nalishlariga bog'liq. Agar davlat 

tom onidan  jalb  qilingan  kapitallar  unumli  joylashtirilsa,  qurib 

bitkazilgan  ob’ekt ishga tushganidan so'ng foyda keltira boshlaydiki, 

uning  hisobidan, jumladan,  olingan  qarzlar  qaytariladi.  Bu  holda 

soliq  yuki  og'irligining  kuchaytirilishiga  hyech  qanday  hojat 

qolmaydi.

Davlat  qarzlarini  jalb  qilish  evaziga  olingan  kapitallardan 

unumsiz foydalanilsa,  masalan,  ulai  hibobidan  liaibiy  yoki  ijtixnoiy 

xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai 

soliqlar  yoki  yangi  qarzlar  bo'lishi  mumkin.  Oldin  chiqarilgan 

z a y o m la rn i  qaytarish  uch u n   davlatn ing  yangi  za y om larin i 

joylashtirilishiga davlat qarzlarini  qayta  moliyalashtirish  deyiladi.

Davlatning  qarz  olishi  natijasida  soliq  og'irligining  kuchayishi 

ularning  muddatiga  va  qarz  oluvchi  tom onidan  to'lanadigan 

kreditlarning  foizlari  darajasiga  bog'liq.  Investor  uchun  davlat 

qarzining  darom adlilik  darajasi  qancha  yuqori  bo'lsa,  davlat 

shunchalik katta soliqlar qismini ulami qaytarish uchun yo'naltirishga 

majbur.  Davlat  qarzining  o'lchami  qanchalik  katta  bo'lsa,  boshqa 

sharoitlar  teng  bo'lgan  taqdirda,  ularga  xizm at  qilish  uchun 

yo'naltirilayotgan  mablag'laming salmog'i shuncha yuqori bo'ladi.

Davlat  o 'z  krediti  orqali  kredit  munosabatlariga  kirisha turib, 

ixtiyoriy yoki  ixtiyorsiz ravishda pul  muomalasining  holatiga, pullar 

va  kapitallar  bozoridagi  foiz  stavkalarining  darajasiga,  ishlab 

chiqarishga  va  aholi  bandliligiga  ta’sir  ko'rsatadi.  Iqtisodiyotni 

tartibga  solish  vositasi  sifatida  davlat  kreditidan  ongli  ravishda 

foydalanib,  u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.

D avlat  qarzlarni  investorlam ing  turli  guruhlari  o'rtasida 

joylashtirib,  pul  muomalasini tartibga soladi; jism oniy shaxslaming 

m ablag'larini  jalb  qilib,  ularning  to'lovga  qobiliyatli  talabini 

kamaytiradi.  Davlat  krediti  hisobidan  ishlab  chiqarish  xarajatlari, 

masalan,  investitsiyalar  moliyalashtirilsa,  muomaladagi  naqd  pul 

massasining  mutlaq  qisqarishi  sodir  bo'ladi.  Shuningdek,  davlat 

krediti hisobidan o'qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari 

moliyalashtirilsa,  aholining  to'lovga  qobiliyatli  talabining  tarkibiy 

tuzilishi o'zgarsa-da,  muomaladagi naqd pul  massasi o'zgarmasdan 

qolaveradi.

Davlat  qimmatli  qog'ozlarini  sotish,sotib-olish  yoki  ularning 

garovi asosida kreditlar berish bo'yicha  Markaziy bank tom onidan 

am alga  oshiriladigan  operatsiyalar  m am lakat  tijorat  banklari 

likvidligini  tartibga  solishning  m uhim   vositalaridan  biri  bo'lib 

hisoblanadi.

Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat 

qarziy  mablag'larga  bo'lgan  talabni  oshiradi  va  buning  hisobidan 

kredit  baholarining  ortishiga  o'z  ta’sirini  ko'rsatadi.  Davlatning 

talabi qancha yuqori bo'lsa,  boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, 

ssuda foizining darajasi shuncha yuqori bo'ladi va tadbirkorlar uchun 

kredit shunchaga qimmatlashadi.  Qarz mablag'larining qimmatligi 

ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga 

majbur qiladi va  bir vaqtning o'zida, u davlat qimmatli  qog'ozlarini 

sotib olish ko'rinishidagi jamg'armalarni  rag'batlantiradi.

M a’lum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon  ishlab chiqarishga 

keskin salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Agar mamlakatda  erkin  kapitallar 

yetarli  darajada  bo'lsa,  ular  to'liq  qo'shib  olingunga  qadar  salbiy 

ta’sir  darajasi  nolga  teng  bo'lib  qolaveradi.  Shundan  keyingina 

moliyaviy  bozordagi  davlatning  faolligi  ssuda  foizining  o'sishida 

o'z  ifodasini  topadi,  pul jamg'armalarining  katta  qismini  unumsiz

foydalanishga jalb qilinishi esa iqtisodiy o ‘sish sur’atlarini susaytiradi. 

Davlat  kreditor  va  kafil  sifatida  faoliyat  ko'rsatib,  xorijdan  qarzga 

olingan mablag'lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga 

talabni vujudga keltirib,  ishlab chiqarish va aholi  bandliligiga ijobiy 

ta’sir ko'rsatadi.  Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, 

mahsulot  eksporti  yoki  ishlab  chiqarish  sur’atlarining  pasayishi 

kuzatilayotgan  alohida  mintaqalarda  tegishli  dasturlarga  muvofiq 

banklar  tom onidan  berilayotgan  kreditlarni  davlat  tom onidan 

kafolatlanish yo'li  bilan ishlab chiqarishning  rag'batlantirish tizimi 

keng tarqalgan.

Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning kasodga uchrashi sodir 

bo'lganda  davlatning  kichik  tadbirkorlik  sub’ektlariga  berilgan 

kreditlar  bo'yicha  banklarga  bo'lgan  qarzlami  qaytarishni  o'z 

zimmasiga  olinishini  anglatadi.  Dunyoning  sanoati  rivojlangan 

ko'plab  mamlakatlarida  davlat  yoki  yarimdavlat  kompaniyalari 

fa o liy a t  k o 'r sa ta d ik i,  u la r  m illiy   m a h s u lo t la m i  e k sp o r t 

qiluvchilarning to'lovga qobiliyatsiz risklarini past stavkalar bo'yicha 

sug'urta  qiladilar.  Shu  yo'l  bilan  m illiy  m ahsulotning  yangi 

bozorlami  o'zlashtirishi  rag'batlantiriladi.

Ishlab chiqarishni  rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni 

rag'batlantirishda  hududlar  byudjetlari  va  byudjetdan  tashqari 

jamg'armalari  hisobidan  beriladigan  kreditlar  katta  rol  o'ynaydi. 

Ularning  yordamida m a’lum bir mintaqalar va u  yoki bu  hududlar 

iqtisodiyoti asosiyi yo'nalishlarining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi 

ta’minlanadi.

Davlat  kreditining  nazorat  funksiyasi  m oliyaning  nazorat 

funksiyasi  bilan organik ravishda  qo'shilib  ketgan.  Lekin  uning  bu 

funksiyasi  shu  kategoriyaning  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib 

chiqqan quyidagi xarakterli  belgilarga  ega:

•  davlatning  faoliyati  va  markazlashtirilgan  pul  mablag'lari 

fondining  ahvoli  bilan  uzviy bog'langan;

•  qiymatning  ikki  tomonlama  harakatini  o'z  ichiga  qamrab 

oladi,  chunki  mablag'lar  olinishining  qaytarilishi  va  tiklanishini 

taqozo  etadi;

•  faqat  moliyaviy  tarkibiy  tuzilmalar  tom onidan  emas,  balki 

kredit institutlari tom onidan ham  amalga  oshiriladi.

Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag'lar maqsadli 

foydalanilishi,  ularning  qaytarilish  muddatlari  va  foizlarning  o ‘z 

vaqtida to'lanishi  nazorat ostiga  olinadi.

22.2.  Davlat krediti  klassifikatsiyasi

Byudjet  defitsitini  moliyalashtirish  uchun  davlat  boshqaruv 

organlari  qarz  mablag'larini,  qarzlami jalb qilishga majburdir.

Qarz  m ab lag'larin i,  q arzlam i  jalb  q ilish ,  od atd a,  qarz 

shartnomasi  asosida amalga oshiriladi.  Unga ko'ra,  bir tomon  (qarz 

beruvchi)  ikkinchi  tom onning (qarz oluvchining)  mulkiga  m a’lum 

belgilarga  ega  bo'lgan  pul  mablag'lari  yoki  boshqa  buyumlami 

beradi,  qarz  oluvchi  esa  shu  summadagi  pul  mablag'lari  (qarz 

summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlami qarz beruvchiga 

qaytarish  majburiyatini  oladi.  Shartnoma  bo'yicha  qarz  oluvchi 

davlat  yoki  uning  sub’ektlari,  qarz  beruvchilar  esa  fuqarolar  yoki 

yuridik  shaxslar  hi—soblanadi.  Davlat  qarzlari  ixtiyoriy  bo'lib, 

muomalaga  chiqarilgan  qarzlarning  shartlarini  o'zgartirishga  yo'l 

qo'yilmaydi.

Davlat krediti  quyidagi bir necha belgilaiga ko'ra klasssifikatsiya 

qilinadi:

1)  e m it e n t l a r  b o ‘y ic h a :



•  markaziy boshqaruv organlari tom onidan joylashti—riladigan 

qarzlar;

•  hududiy boshqaruv organlari tom onidan joylashti—riladigan 

qarzlar;

2) jo y la s h tir ilis h  jo y ig a   q a r a b :



•  ichki  qarzlar;

•  tashqi qarzlar.

3)

  b o z o r d a   a y la n is h ig a   q a r a b :



•  bozorli qarzlar;

•  bozorsiz qarzlar.

Bozorli  qarzlar  erkin  sotiladi  va  sotib  olinadi.  Ular  byudjet 

defitsitini moliyalashtirishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi.  Bozorsiz 

qarzlar  erkin  ravishda  o'z  egalarini  almashtirishi  mumkin  emas. 

Ular qimmatli  qog'ozlar bozorida muomalada bo'lmaydi.  M a’lum

bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan 

chiqariladi va shu  investorlaming o ‘ziga xos bo'lgan manfaatlariga 

mos  keladi.  M asalan,  g'arb  m am lakatlarida  bozorsiz  davlat 

obligasiyalari  davlat  pensiya  fondlari,  sug'urta  kompaniyalari  va 

kichik investorlaming  mablag'larini jalb  qilish  uchun chiqariladi.

4 )  m a b la g 'la m i ja lb   q ilish   m u d d a tig a   k o 'r a :



•  qisqa  muddatli  (bir yilgacha  qaytarish  muddati  bilan);

•  o'rta muddatli  (bir yildan  besh  yilgacha);

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling