A. V. Vahobov, T. S. Malikov
berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlar bo'yicha qarzlari mavjud bo'lgan sub’ektlarga kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlami tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. R e z id e n t-y u r id ik sh a x sla m in g m ajburiyatlari b o 'y ic h a O'zbekiston Respublikasining kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tom onidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslaming majburiyatlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O 'zbekiston R espublikasi Vazirlar M ahkam asi tom onidan belgilanadi («Byudjet tizimi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 4 1-moddasi). Davlat qarzi bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to'lovlarni amalga oshirish uchun mablag'lami jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat jamg'armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg'armani tashkil etish va undan foydalanish tartibi O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (o'sha qonunning 42-moddasi). Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaym oqda.Awal byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e ’tibor qaratilgan bo'lsa, keyingi yillarda og'irlik markazining kredit munosabatlari tomon o'zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit munosabatlari mablag'lardan foydalanishda byudjet resurslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi. Davlatning kreditor sifatidagi o'rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi. Odatda, ichki kreditlar ikki ko'rinishga ega: • byudjet kreditlari; • byudjet ssudalari. Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjet hisobidan moliyalashtirish shakli bo'lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag' berilishini ko'zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident- yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag'dir. Byudjetdan qarz mablag'larini oluvchilar quyidagilar bo'lishi mumkin: • byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan hamda yuridik va jism oniy shaxslardan kredit olish huquqiga ega emas (byudjet va byudjetdan tashqari jamg'armalardan olinadigan ssudalarni m ustasno qilganda); • davlat unitar korxonalari; • byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo'lmagan yuridik shaxslar; • ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari. Byudjet kreditlarini qaytarish bo'yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat bank kafolatlari, m ol-m ulk garovi bo'lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag'larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haq to'lash byudjet to'lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida aw al berilgan byudjet mablag'lari bo'yicha to'lov muddati o'tib ketgan qarzlari bo'lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin. M o liy a v a z ir lig i k e lg u si yil u c h u n b y u d jet lo y ih a s i tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo'lgan byudjet kreditlarining um um iy hajmini aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o'tkazish uchun kelgusi moliya yilining boshlanishidan to'rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga yetkazadi. Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning m ark azlashtirilgan in v e stitsio n resurslarini ta n lo v a sosid a joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigao hujjatlarga qo'shim cha ravishda yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim: • ijroiya hokimiyat organlarining import bo'yicha sotib olinishi rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji yo'qligi va ularni import bo'yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasi; • ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko'rsatilgan holda qarz mablag'larini to'liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari; • da vogarda avans to'lovlarini amalga oshirish uchun o'z mablag'lari borligining tasdiqlanganligi. Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokim iyat organlari va barqaror m oliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo'lgan uchinchi shaxslam ing iltim osnom alari hamda yuqori likvidli qimmatli qog'ozlar garovi asosida taqdim etiladi. T a’m inotning bunday turiari riskning banolanishiga bog'liq bo'lgan holda turii kombinatsiyalarda qo'llanilishi mumkin. Ssudalarning miqdori tanlovdan o'tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40 foizdan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo'lgan manbalar hisobidan qoplanishi kerak. Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog'liq va notijoriy xarakterga ega bo'lgan in v estitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100 foiz moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin. D avlat to m o n id a n xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo'yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlaming kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi. Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to'g'risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli bo'lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak: • xorijiy davlatlarning qarzlari bo'yicha qaytarilish (uzilish) summalari va foizlarining to'lovi; • moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori; • xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi; • m o liy a v iy y ild a u la rn in g o lu v c h ila r i, m aqsadlari va kreditlashtirish miqdorlari ko'rsatilgan holda kreditlar ro'yxatidan iborat bo'lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish dasturi. 22.6. Davlat qarzlarini b oshq arish O'zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo'lgan mablag'lar va byudjet mablag'lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O'zbekiston Respublikasi hukumati- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'matadi. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiq: • tashqi qarzlami olish davlat dasturi; • ichki qarzlami olish davlat dasturi. Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko'rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo'lgan qarzlar ro'yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi lozim. Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo'lib, aks ettiriladi: • bog'lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida- alohida quyidagilar o'z ifodasini topishi kerak: • bog'lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: (qarzlar) bo'yicha: a) jalb qilish manbalari; b) qarzga olish summalari; v) qaytarish muddatlari. • • maqsadli xorijiy qarzga olishlar: (qarzlar) bo'yicha: a) yakuniy oluvchi; b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo'nalishi; v) qarzga olish manbasi; g) qarzga olish summasi; d) qarzni qaytarish muddatlari; ye) m ablag'lam i byudjetga qaytarish bo'yicha u chinchi shaxsning kafolati; yo) navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag'lar hajmining baholanishi; j) navbatdagi moliyaviy yilda mablag'laming foydalanish hajmi prognozi (bashorati). O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si n o m id a n d avlat q im m a tli qog'ozlarining yagona emitenti bo'lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O'zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ulaming chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg'armalarning mablag'larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byud jetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qim m atli qog'ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo'li bilan qarz mablag'larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to'g'ridan- to'g'ri o'matilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg'arlariga ham tegishlidir. Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo'yicha bosh vakil funksiyasini m am lakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar M oliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. D epozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank M oliya vazirligining topshirig'iga ko'ra va respublika byudjetining mablag'lari hisobidan obliga—siyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to'lovlarni amalga oshiradi. Davlat qim m atli qog'ozlarini tartibga solish hukumatning M oliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. H ozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: • « o lo v li» c h o r a la r -q a y ta m o liy a la sh tirish va lom bard stavkalarini oshirish (ko'tarish), qimmatli qog'ozlar va valyuta bozorlarida M arkaziy bankning intervensiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt -2 yoki 3 kun ichida ta’sirchan hisoblanadi; • xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog'ozlar bozoriga ta’sir ko'rsatish uchun qarz olishning o'zi emas, balki kreditlarning olinishi to'g'risida ishonch bo'lishining o'zi yetarlidir. Yuqoridagi choralar kabi bu guruhga kiruvchi choralar ham, m a’lum darajada va m a’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi «olovli» choralar hisoblanadi; • davlat qim m atli qog'ozlar m illiy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta ’sir ko'rsatishga uzoq muddatli m onetar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizim i va soliqlam ing undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtiso diyotning o'sishiga erishish va h.k.lar) qo'llanilsagina erishish mumkin. Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o ‘sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko'rsatishi mumkin boigan O'zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo'lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o'rtasidagi aloqalami davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o'rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog'liqligini aniqlash juda muhimdir. Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi yetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinmog'i kerak. Shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy islohotlami amalga oshirish yo'lida ta’sirchan to'siq bo'lishi mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Davlat kreditining m azmun-mohiyati nimadan iborat? • Davlat krediti qanday sub’ektlar o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat va unda davlat qanday ko'rinishlarda maydonga chiqadi? • Davlat kreditida davlat qachon kafilga aylanadi? • Davlat tomonidan kafolatning berilishi markazlashtirilgan pul fondining, albatta, o'zgarishiga olib kelmasligi mumkinmi? Bu qanday holatlarda sodir bo'lishi mumkin? • Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (m um toz) moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi o'ziga xos bo'lgan qanday xususiyatlarga ega? • U m u m an o lg a n d a , d avlat krediti boshqa m o liy a v iy kategoriyalardan o'zining qanday xarakterli xususiyatiari bilan farqlanadi? • Davlat krediti qanday funksiyalami bajaradi? • Davlat kreditini taqsimlash funksiyasining mazmuni nimadan iborat? • Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi misollar keltiring. • Iqtisodiyotni tartibga solish vosita sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanish nimalarni anglatadi? • Davlat krediti nazorat funksiyasining mazmuni nimadan iborat va u kimlar tomonidan amalga oshiriladi? • Davlat kreditining nazorat funksiyasi qanday xarakterli belgilarga ega? • Davlat krediti qanday belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi? • E m itentlar bo'yicha davlat krediti qanday guruhlarga bo'linadi? • Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil topadi? • B ozorda aylanishiga qarab davlat kred itin in g tarkibi nimalardan iborat bo'ladi? • Bozorli va bozorsiz qarzlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi? • Mablag'lami jalb qilish muddatiga ko'ra davlat krediti qanday guruhlarga bo'linadi? • Qarz majburiyatlarining ta’minlanganligiga qarab, davlat krediti nimalardan tashkil topadi? • Garovli va garovsiz obligatsiyalar nimalari bilan farqlanadi? • To'lanadigan daromadning xarakteri bo'yicha davlat krediti qanday klassifikatsiya qilinadi? • Yutuqli obligatsiyalar bo'yicha darom adlam ing to'lanishi nimalar asosida amalga oshiriladi? • N ol kuponli obligatsiyalar deyilganda nima tushuniladi? • Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas? • Darom adlami aniqlash m etodiga ko'ra davlat krediti qarz majburiyatlarining qanday turlaridan iborat? • Qarz chiqarilgan paytda b elgilan gan qarzni qaytarish m u d d a tla r ig a q a t ’iy r io y a q ilis h b o 'y ic h a q a r z d o r n in g majburiyatlariga muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning qanday ko'rinishlaridan tarkib topadi? • Qarzlami qaytarishning qanday usullari mavjud? • K eng va tor m a’noda davlat kreditini boshqarish deb nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi? • Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalami yechish ko'zda tutiladi? • Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tom onidan amalga oshirilishi mumkin? • Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida ta’minlanadi? • Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi? • Davlat qarzi deb nimaga aytiladi? • Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga boiinadi? • Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va ular nimalari bilan farqlanadi? • Amaldagi tartibga muvofiq davlat tom onidan ichki va tashqi mablag‘larni (qarzlami) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin? • Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag'larini jalb etishda qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va ularning asosiylari hamda muhimlari tarkibiga nimalar kiradi? • Amaliyotda qarz mablag'larini jalb qilish, asosan, qanday yo'llar bilan amalga oshiriladi? • Davlatning qimmalli qog'ozlar bozori qanday vazifalami bajarishga imkon beradi? • Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi? • N im alar bo'yicha qarzlari bo'lgan sub’ektlarga kafolatlar (kafillik) berilmaydi? • Jismoniy shaxslaming majburiyatlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining kafolatlari beriladimi? • R ezid en t-yu rid ik shaxslam ing majburiyatlari b o 'yich a O'zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tom onidan sodir etiladi? • Davlatning ichki kreditlari qanday ko'rinishlarga ega? • Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan nimalari bilan farqlanadi? MQ.Uya • Byudjetdan qarz mablag'larini oluvchilar sifatida kimlar maydonga chiqishi mumkin? • Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning m ark azlash tirilgan in v e stitsio n resurslarini tan lov a sosid a joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo'shim cha ravishda yana nimalar taqdim qilinishi lozim? • O'zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling