A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y
Ma’ruza-13. (2soat). YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR
Download 110.96 Kb.
|
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org
Ma’ruza-13. (2soat).YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLARReja:
13.2. Elektromagnit, vaakum, elegaz va avtomatik gaz (avtogaz) o‘chirgichlar. 14.1. Yuqori kuchlanish ajratgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari. 14.2. Binoning ichiga va tashqarisiga o‘rnatiladigan ajratgichlar. Ajratgichlarning yuritmalari. Tayanch so‘z va iboralar Havo o‘chirgichlar, elektromagnit, vaakum, elegaz va avtomatik gaz (avtogaz) o‘chirgichlar, kamchiliklari,afzalliklari, asosiy kattaliklari. Yuqori kuchlanish ajratgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari,asosiy kattaliklari, konstruksiyalari, binoning ichiga va tashqarisiga o‘rnatiladigan ajratgichlar, ajratgichlarning yuritmalari. 13.1. Havo o‘chirgichlar. Havo o‘chirgichlarida yoy siqilgan havo bilan so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yoy so‘ndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi. Havo o‘chirgichlarining konstruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ularning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish usuli, yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog‘liq. Katta nominal toklarga mo‘ljallangan o‘chirgichlarda (13.1–rasm, a,b) kam moyli MG va MGGlariga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontur mavjud. O‘chirgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 bo‘yicha o‘tadi. O‘chirgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi bo‘lib uziladi, bundan so‘ng tok kamera 2 ga joylashgan yoy so‘ndiruvchi kontaktlardan o‘tadi. Bu kontaktlarning uzilish momentida kameraga idish (zahiralar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni so‘ndiruvchi kuchli puflash hosil bo‘ladi. Puflash bo‘ylama (13.1–rasm, a) yoki ko‘ndalang (13.1–rasm, b) bo‘lishi mumkin. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan (13.1–rasm, b) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (13.1–rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydash to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan o‘chirgichlar ichki tizilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha bo‘lgan toklar (VVG seriyasi) ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Ochiq tizilmadagi o‘chirgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish bo‘lishi yetarli hisoblanadi (13.1–rasm, v), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim bo‘ladi (13.1–rasm, g). 13.1-rasm. Havo o‘chirgichlarining konstruktiv sxemalari: 1–siqilgan havoli rezerzuar; 2–yoy so‘ndiruvchi kamera; 3–shuntlovchi rezistor; 4–bosh kontaktlar; 5–uzgich; 6–sig‘imli kuchlanish bo‘lgich. Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li o‘chirgichda izolyatsion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarda esa yoy so‘ndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan to‘la bo‘ladi. Bunda siqilgan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. 13.1–rasm, g dagi konstruktiv sxema bo‘yicha 500 kV gacha kuchlanishga mo‘ljallangan VV seriyadagi o‘chirgichlar yaratilgan. Nominal kuchlanish qancha yuqori va uziladigan quvvat qancha katta bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi kamerada va ajratgichda shuncha ko‘p uzilishlarga ega bo‘lishi kerak (330 kV ga–sakkizta; 500 kV ga–o‘nta). 13.2. Elektromagnit, vaakum, elegaz va avtomatik gaz (avtogaz) o‘chirgichlar. Elektromagnit o‘chirgichlarida so‘ndirish uchun moy ham siqilgan havo ham ishlatilmaydi, bu ularning boshqa tipdagi o‘chirgichlarga nisbatan katta afzalligi hisoblanadi. Bu tipdagi o‘chirgichlar 6–10 kV li kuchlanishga, 3200 A gacha nominal tokka va 40 kA gacha uzish tokiga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Bunday o‘chirgichlarning afzalliklari quyidagilar: portlash va yong‘inga to‘la xavfsiz; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning yeyilishi kichik (tajribalar uzishning nominal toki 40 kA li VEM–6 kameralari va kontaktlari kattaligi 34 kA gacha bo‘lgan toklarni reviziyasiz va ta’mirsiz 40 martagacha uzishga bardosh bera olishini ko‘rsatdi); tez takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini ko‘p marta uzishga sinash shuni ko‘rsatdiki, 100 A tokni 1000 marta uzgandan so‘ng yoy so‘ndiruvchi kamera va kontaktlarda deyarli yeyilish izlari sezilmaydi va reviziya hamda ta’mir qilishni talab etmaydi; nisbatan yuqori uzish qobiliyatiga ega. Elektromagnit o‘chirgichlarining kamchiligi; magnitli puflash tizimi bo‘lgan yoy so‘ndirgich konstruksiyasining murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqorigi chegarasining cheklanganligi (15–20 kV dan ortiq emas); tashqi tizilmalar uchun qo‘llanishi cheklangan. Download 110.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling