A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y


Vdan yuqori kuchlanishli jihozlarda yoy so‘ndirish usullari


Download 110.96 Kb.
bet13/19
Sana12.07.2023
Hajmi110.96 Kb.
#1659900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org

1000 Vdan yuqori kuchlanishli jihozlarda yoy so‘ndirish usullari.
Yoyni moyda so‘ndirish. Agar uzuvchi jihoz kontaktlarini moyga joylashtirilsa hosil bo‘lgan yoy moyni bug‘lanishi va intensiv gaz hosil bo‘lishiga olib keladi. Yoy atrofida asosan vodoroddan tashkil topgan (70–80%) gaz pufak hosil bo‘ladi.

Moyning tez bug‘lanishi pufakdagi bosimni ortishiga olib keladi. Vodorod yaxshi yoy so‘ndirish xususiyatlariga ega bo‘lgan holda yoy ustuniga bevosita tegish orqali uni tez sovushiga yordam beradi. Gaz pufak ichida gaz va moy bug‘larining tinimsiz harakati sodir bo‘lib turadi. Bu usul uzgichlarda keng qo‘llaniladi.


Gazli havoli puflash. Agar gazlarning yo‘naltirilgan harakati –puflash hosil qilinsa yoyning sovushi yanada tezlashadi.
Gazni bo‘ylama yoki ko‘ndalang puflashini hosil qilinsa yoy ustuniga gaz zarrachalarini kirishiga, intensiv diffuziyaga va yoyning sovushiga olib keladi.
Tok zanjirini ko‘pgina qismlarga ajratib yuborish. Yuqori kuchlanishlarda katta toklarni uzish bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu holda energiya va tiklanayotgan kuchlanishning qiymati katta bo‘lganligi uchun kontaktlar oralig‘ining aksionlashuvi murakkablashadi. Shuning uchun yuqori kuchlanishli uzgichlarda yoyni har bir fazada qismlarga ajratish usuli qo‘llaniladi.
Bir fazaga to‘g‘ri keladigan bo‘linishlar soni uzgich tipi va kuchlanishiga bog‘liq bajariladi. Misol uchun 500–750 kV kuchlanishli uzgichlarda 12 ta va undan ortiq bo‘linishlar bo‘lishi mumkin.
Yoyni vakuumda so‘ndirish. Vakuumdagi gaz atmosfera bosimidagi gazga qaraganda o‘nlab marta yuqori elektr mustahkamlikka ega. Agar uzgich kontaktlari vakuumda ajratilsa, tok birinchi marta noldan o‘tgan vaqtidan boshlab oraliqning elektr mustahkamligi tiklanadi va yoy so‘nadi.
Yoyni yuqori bosimli gazlarda so‘ndirish. 2 MPa va undan yuqori bosimda havo ham yuqori elektr mustahkamlikka ega. Bu narsa siqilgan havoli yoy so‘ndiruvchi ixcham qurilmalar qurish imkonini yuberadi. Bu usulda havodan tashqari yana yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan gazlar ham ishlatiladi. Misol uchun elegaz (SF6). U havo va vodorodga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan elektr mustahkamlikka ega. Undan uzgichlarda keng foydalaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Elektr yoyi nima?
2.Elektr yoyini xosil bo‘lishiga olib keluvchi omillarni ayting.
3.Elektr yoyining elektr jixozlariga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
4.Elektr yoyini so‘ndirish usullari qandayg?


Download 110.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling