A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y
I-BO‘LIM. SINXRON GENERATOR Ma’ruza-1. (2soat)
Download 110.96 Kb.
|
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org
I-BO‘LIM. SINXRON GENERATORMa’ruza-1. (2soat).KIRISH. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI.Reja:1.1. Zamonaviy stansiya va podstansiyalarining elektr qismlarini tuzilishi, ishlash asoslari va ularning tanlash. 1.2. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarining tuzilishi, ishlash asoslari va ularni tanlash, yuqori kuchlanishli jixozlarning yerga tutashturuvchi qurilmalarni vazifasi, tuzilishi va ularning xisoblash usullarini o‘zlashtirish. Tayanch so‘z va iboralar: elektr stansiyasi, elektr podstansiyasi , elektr tizilmalarning qurilish qoidalari, nominal kuchlanish, generator, transformator, energiya resurslari 1.1. Zamonaviy stansiya va podstansiyalarining elektr qismlarini tuzilishi, ishlash asoslari va ularning tanlash. Elektr energiyasi hosil qilishga mo‘ljallangan korxona yoki tizilma elektr stansiyasi deb ataladi. Energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishdagi asosiy texnologik jarayonning xususiyatlari va foydalaniladigan energetik resursning turiga qarab elektr stansiyalari issiqlik (TES), atom (AES), gidroelektrostansiya (GES), gidroakkumulyatsiyalovchi (GAES), gazturbinali va boshqa stansiyalarga bo‘linadi. Elektr energiyasini o‘zgartirish hamda taqsimlashga mo‘ljallangan elektr podstansiyalari – elektr tizilmalar muhim rol o‘ynaydi. Bizning qit’ada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda elektr energiyasi hosil qilish va uni taqsimlash uchun 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok qabul qilingan (AQSh va boshqa bir qancha mamlakatlarda 60 Gs chastota qabul qilingan). Uch fazali o‘zgaruvchan tokdan foydalanish sababi shundaki, bir fazali o‘zgaruvchan tok tizilmalariga qaraganda uch fazali tok tarmoqlari va qurilmalari juda tejamli bo‘ladi, shuningdek, eng ishonchli, oddiy va arzon asinxron elektr dvigatellaridan elektr yuritma sifatida keng foydalanish imkoniyati bo‘ladi. Elektr tizilmalarning asosiy parametrlaridan biri nominal kuchlanish hisoblanadi. Generator, transformator, elektr energiyasi tarmoqlari va iste’molchilari (elektr dvigatellari, chiroqlar va boshqalar) ning normal ishlashi uchun mo‘ljallangan kuchlanish nominal kuchlanish deb ataladi. Elektr tizilmalarning qurilish qoidalari (PUE – pravila ustroystva elektroustanovok) hamma elektr tizilmalarni ikki toifaga bo‘ladi: kuchlanishi 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr tizilmalar. Bu bo‘linish jihozlarning tipi va konstruksiyalarining bir–biriga nisbatan farq qilishidan, shuningdek, turli kuchlanishga mo‘ljallangan elektr tizilmalarni qurish va ishlatishda qo‘yiladigan talablarning turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Bizning qit’ada GOST 721–77 bo‘yicha qabul qilingan fazalar orasidagi standart kuchlanishlar 1.1–jadvalda keltirilgan. 1.1–jadval. Uch fazali tokning standart kuchlanishlari
Eslatma. Qavs ichida ko‘rsatilgan kuchlanishlar yangi loyihalanadigan tizilmalar uchun tavsiya etilmaydi. Generatorlar, sinxron kompensatorlar va kuch transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘ami uchun nominal kuchlanishlar, liniyalardan tok o‘tishi vaqtida kuchlanish qisman isrof bo‘lishini hisobga olib, tegishli tarmoqlarning nominal kuchlanishidan 5–10% ortiq olinadi. Blok–generator–transformator sxemasi bo‘yicha ulanadigan katta quvvatli generator hamda sinxron kompensatorlar uchun nominal kuchlanishlar quyidagi qatordan aniqlanadi: 13,8; 15,75; 18; 20; 24; 27,0 kV. Elektr tizilmalarni loyihalash, qurish va ishlatishda sxemalar – chizmalardan foydalaniladi. Ularda tizilma elementlari shartli belgilar bilan amalda mavjud bo‘lgan yoki ularni qurishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tartibda va o‘zaro bog‘lanishda ko‘rsatiladi. Keltirilgan belgilar asosan kuch asbob–uskunalariga yoki, boshqacha aytganda, birlamchi zanjirlarga taalluqlidir. 1.1–rasmda misol tariqasida yirik elektr tizimi bir qismining prinsipial elektr sxemasi keltirilgan. Uning asosini yirik elektr stansiyalari (KES, IEM, GES) tashkil etadi. Tizimlararo bog‘lanish 500 kV kuchlanishda bajarilgan, energetik tizim elektr energiyasi 35–220 kV kuchlanishda taqsimlanadi. Mahalliy taqsimlash tarmoqlari 6–10 kV li kuchlanishga mo‘ljallab bajarilgan. Shuningdek elektr tarmog‘ining turli kuchlanishlari va ularning podstansiya (PS) tegishli yuklama tugunlari (YuT) bilan aloqadorligi ko‘rsatilgan. 1.1–rasm Oddiy elektr stansiyasining strukturaviy sxemasi 1.2. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarining tuzilishi, ishlash asoslari va ularni tanlash. Energiya tizimi mamlakatning elektrifikatsiyasini asosi. Issiqlik va elektr energiyasini tarqatish va iste’mol qilishni strukturaviy sxemasi 1.2 rasmda ko‘rsatilgan. Birlamchi energiya manbai yoki energiya resurs (ko‘mir, gaz neft, o‘ramli konsentrant, gidroenergiya, quyosh energiyasi va boshqalar). 1.2–rasm. Issiqlik va elektr energiyasi iste’moli, tarqatish hamda ishlab –chiqarish jarayonining strukturaviy sxemasi. Energiya o‘zgartirgichga tushib, chiqishda elektr yoki issiqlik energiyasiga aylanadi. Iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va xalq xo‘jaligida aniq iqtisodiy effekt olish maqsadida elektr stansiyalarini tuman energiya tizimida parallel bir maromda ishlashlari asosida birlashgan energiya tizimiga birlashadilar. Energiya tizimi mamlakatning elektrifikatsiyasini asosini bildiradi. Birlamchi elektr stansiyalari energiya tizimida bir qator qulayliklarga ega: iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi ortadi; energiya tizimida talabdagi quvvat zahirasi kamayadi; yuklamalar grafigini tekislashiga muvofiq agregatlarning yuklanish va energiya tizimi yuklamalarining maksimumi kamayishi ortadi; juxrofiy o‘rnashishiga muvofiq elektr stansiyada generatsiyalangan quvvatdan to‘la foydalanish imkoniyati beradi; kuchli va iqtisodli agregatlarni ishga solish imkoniyatlari asosida energetikaning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanadi; energiya xo‘jaliklarining ekspluatatsiyasi sharoitlari yaxshilanadi; energetikaning optimal ishlash rejimini ta’minlash asosida energetik tizimda dispercherlik boshqaruvini avtomatlashtirilgan tizimi (ASDU), shuningdek, xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lganidek boshqaruvni avtomatlashtirilgan tizimini (ASU energiya) yaratish imkonini beradi. Energiya tizimini operativ boshqarish dispercherlik xizmatlari, elektr stansiyalari va kuchlanishning turlicha tarmoqlarini optimal ishlashlari xisoblari asosida amalga oshiriladi. Energetik tizimning rejimlarini murakkab xisoblari EXM va komplekt xisoblashlarda amalga oshiriladi. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarining quyida aniqlashtiruvchi izohlarni berib o‘tamiz. Elektr qurilma–elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tarqatuvchi va iste’mol qiluvchi qurilmadir. Download 110.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling