A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y


Ma’ruza-10. (2soat). TOK CHEGARALOVCHI REAKTORLAR


Download 175.46 Kb.
bet11/19
Sana03.12.2023
Hajmi175.46 Kb.
#1798999
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan

Ma’ruza-10. (2soat).

TOK CHEGARALOVCHI REAKTORLAR.



Reja:
10.1. Ikkilangan yeaktorlarni ulanish sxemasi va induktivligini xisoblash.
10.2. Reaktorlarni tanlash va joylash.
Tayanch so‘z va iboralar
Tokni chegaralovchi reaktorlar, ikkilangan reaktorlarni ulanish sxemasi va induktivligini xisoblash, reaktorlarni tanlash va joylash.
10.2. Ikkilangan reaktorlarni ulanish sxemasi va induktivligini xisoblash.
Ikkilangan reaktorlar odatda reaktorlar bilan bir qatorda elektr qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Ikkilangan reaktorlar konstruksiyasi jixatidan odatdagi reaktorlarga o‘xshash, lekin cho‘lg‘amlarining o‘rtasidagi nuqtaga, ikki chetki tomonidagi nuqtaga esa iste’molchilar ulanishi mumkin yoki aksincha ulanishi mumkin.
Ikkilangan reaktorlarda ulanish sxemasi va cho‘lg‘amlaridagi tokning yo‘nalishiga qarab uning induktiv ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.
Bu xususiyati normal rejimda kuchlanishning pasayishini kamaytirish va qisqa tutashuv toklarini cheklash uchun foydalaniladi.
Reaktorlarning shahobchasi bir xil nominal tok Inom ga mo‘ljallanib chiqariladi. O‘rtadagi chiqqich esa shahobchaning ikkilangan nominal tokiga mo‘jallanadi.

10.1–rasm. Ikkilangan reaktorlar


a) va b) –ulanish sxemalari v) –elektr sxemasi
Ikkilangan reaktorlarning nominal qarshiligi sifatida cho‘lg‘am shahobchasining nisbiy qarshiligi qabul kilinadi.
Xr=Xv= L
yoki

bunda L–reaktor shahobchasining induktivligi (Reaktor shahobchalarning induktivligi o‘zaro teng)


Agar manba reaktorning o‘rtasiga ulanganda shahobchadagi kuchlanishning isrofi o‘zaro induktivligini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi.

bunda, odatdagi reaktorlariga nisbatan kuchlanish isrofi o‘zaro induktivlik xisobiga kam bo‘ladi. Amalda shahobchalarni bir xil yuklanishi ya’ni I2= I1=I bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Shunda

bu yerda Ksv=M/ t –reaktor cho‘lg‘amining bog‘lanish koeffitsienti bo‘lib, 0,4–0,6 qilib ishlab chikariladi.


Elektr qurilmalarida yopiq va ochiq joylarga o‘rnatish uchun alyuminiy cho‘lg‘amli ikkilangan, betonli RBS tipdagi reaktorlar keng qo‘llaniladi.


10.2. Reaktorlarni tanlash va joylash.
Reaktorlar nominal toki, nominal kuchlanishi va nominal induktiv qarshiligiga qarab tanlanadi.
–U qur Unom;
–I maks Inom;
bunda, reaktor induktiv qarshiligi qisqa tutashuv tokini berilgan miqdor darajasigacha cheklash shartidan aniqlanadi.
Reaktorni xisobga olmasdan qisqa tutashuv zanjiridagi natijaviy qarshilik aniqlanadi
Xnat=Uo‘rt/ Ip.o.

Ip.o–qisqa tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisining boshlang‘ich miqdori.
O‘chirgichning nominal uzish qobiliyati ta’minlash shartidan qisqa tutashuv zanjirining kerakli qarshiligi bo‘yicha aniqlanadi.

=Uo‘rt/ Ip.otal.


Qisqa tutashuv toki cheklash uchun reaktorning zaruriy qarshiligi aniqlanadi.

= –
Reaktorlarni xisobga olib, qisqa tutashuv zanjiridagi natijaviy qarshilik aniqlanadi.


= +Xr


Reaktorlardan keyingi qisqa tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisining xaqiqiy qiymati aniqlanadi.


Ip.o=Uo‘rt/
Qisqa tutashuv rejimida ishlayotgan reaktorning mustahkamligi aniqlanadi.
Elektrodinamik mustahkamlik

Imax –bildirgich ma’lumoti


Termik mustahkamlik.

Vk–reaktordan keyingi qisqa tutashuvda tokning xisoblangan issiqlik impulsi. tt–termik mustahkamlik vaqti. It–termik mustahkamlik toki ko‘rsatilgan shart bajarilsa q.t. da reaktor cho‘lg‘ami ruxsat etilgan qiymatdan ortiqcha qiziydi.
Vatanimiz sanoati nominal toki 4000 A gacha bo‘lgan betonli reaktorlar ishlab chiqaradi va ular vertikal, gorizontal hamda pog‘onali o‘rnatishga mo‘ljallab tayyorlanadi (10.2–rasm).
Reaktorning cho‘lg‘amlarida tok o‘tganida odatda, o‘tish quvvatining 0,1–0,2% miqdorida aktiv quvvat isrofi bo‘ladi. Nominal tok 1000 A dan ortiq bo‘lganda bu isroflar miqdori juda ko‘payib ketadi, shu sababli reaktorni sun’iy ravishda sovitish talab etiladi.

10.2–rasm. Reaktorlarni o‘rnatish usullari.


a–vertikal o‘rnatish; b–pog‘onali; fazalarni gorizontal o‘rnatish

Nazorat savollari:


1.Reaktorni tanlash shartlari qanday?
2.Reaktorlarni generator shinasiga ulashning xususiyatlarini sanang.
3. Reaktorlarni kamchiligini ayting?
4.Reaktorlardagi isrofni qanday kamaytirish mumkin?

Download 175.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling