A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y


Transformatorlarning kuchlanishini rostlash, yuklanish qobiliyati


Download 175.46 Kb.
bet8/19
Sana03.12.2023
Hajmi175.46 Kb.
#1798999
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan

Transformatorlarning kuchlanishini rostlash, yuklanish qobiliyati
Ma’lumki, transformatsiyalash koeffitsienti birlamchi kuchlanishning ikkilamchisiga nisbati bilan aniqlanadi, yoki
w
bunda w1 va w2 –birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarning mos holda o‘ramlar soni.
Bundan
Transformatorlarning cho‘lg‘amlari qo‘shimcha shoxobchalar bilan ta’minlanadi, ularni qayta ulash bilan transformatsiyalash koeffitsientini o‘zgartirish mumkin. Shoxobchalarni uyg‘otmasdan (PBV) ularni qayta ulash, ya’ni transformatorning hamma cho‘lg‘amlarini tarmoqdan uzgandan so‘ng yoki yuklama ostida (RPN) ulash mumkin.
O‘rta va katta quvvatli transformatorlarda, har qaysi faza uchun alohida o‘rnatilgan baraban ko‘rinishdagi maxsus qayta ulagichlar yordamida qayta ulanadigan to‘rtta +2 X 2,5% li shoxobchalar ko‘zda tutilgan bo‘ladi (6.2 b –rasm). Qayta ulagich yuritmasining tutqichi transformatorning qopqog‘i ustiga chiqarilgan:

3.2–rasm. PBV kuchlanishini rostlash sxemasi:


a –uch fazali qayta ulagichning uch holatiga cho‘lg‘amning nol nuqtasi tomonidan +5% li tarmoqlash; b –bir fazali qayta ulagichning besh holatiga (A faza) cho‘lg‘amning o‘rtasidan 2x2.5% li tarmoqlash: 1–qo‘zg‘almas kontakt; 2–kontaktli segment;
3–qayta ulagich vali; 4–kontakt halqalar.
PBV qurilmasi kuchlanishni sutka davomida yetarlicha rostlashga imkon bermaydi, chunki bunda transformatorni qayta ulash uchun uni tez–tez uzishga to‘g‘ri keladi, bu esa ekspluatatsiya sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda, PBV faqat mavsumiy kuchlanishni rostlashda ishlatiladi.

3.3–rasm. Transformatorlarning RPN qurilmasi


Yuklama ostida rostlash (RPN) transformator cho‘lg‘amining shoxobchasini zanjirni uzmay qayta ulash imkonini beradi.
RPN qurilmasi transformatorning quvvati va kuchlanishiga qarab kuchlanishni turli oraliqda rostlashni ko‘zda tutadi (har bir pog‘onasi 1,5% dan bo‘lgan ±10% dan to +16% gacha)
Pog‘onani boshqarish VN tomonda olib boriladi, chunki bu hol tokning miqdori kichik bo‘lgani sababli qayta ulash qurilmasini soddalashtiradi. Boshqarish diapazonining shoxobchalar sonini ko‘paytirmasdan turib uni kengaytirish uchun dag‘al va aniq boshqarish pog‘onalari qo‘llaniladi (6.3–rasm).

3.4–rasm. Avtotransforma tor zanjiriga ketma–ket rostlash transformatorining ulanish sxemasi.


6.2. Ketma-ket rostlovchi transformatorlar. Kuch transformator va avtotransformatorlarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash uchun ketma–ket rostlovchi transformatorlar ham qo‘llaniladi (6.4–rasm). Ular avtotransformator 1 ning asosiy qo‘shimcha EYuK kirituvchi ketma–ket transformator 2 dan hamda shu EYuK qiymatini o‘zgartiruvchi rostlovchi avtotransformator 3 dan iborat.
Bunday transformatorlar yordamida faqat kuchlanish qiymatini emas (bo‘ylama rostlash), balki uning fazasini ham o‘zgartirish mumkin (ko‘ndalang rostlash).
Bunday transformatorlar qurilmalar RPN ga qaraganda ancha murakkab bo‘lganligi uchun ular qimmat turadi va ularni ishlatish cheklangan.
Ketma–ket rostlovchi transformatorlarning tiplaridan biri bo‘lib kuchlanishni ±(10–15)% oralig‘ida rostlashni ta’minlovchi, elektr uzatuvchi liniyaga ketma–ket ulanadigan chiziqli regulyatorlar hisoblanadi. LTM tipidagi chiziqli regulyatorlar har xil quvvatga (400 kVA dan 125 MVA gacha) va kuchlanishga (6 dan 110 kV gacha) mo‘ljallab tayyorlanadi.
Nazorat savollari.
1. Kuch transformatorlarini tanlash shartlari qanday?
2. Kuch transformatorlarining PBV va RPN qurilmalarining farqi?
3. Kuch transformatorlarining sovitish tizimini tushuntiring?
4. Kuch transformatorlaridagi moyning vazifasi va axamiyati?

Download 175.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling