11.2. Kesish nazariyasi va keskich parametrlari
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, metallarni kesib ishlashning aso
siy turlaridan yo‘nish, randalash, o‘yish, parmalash, frezalash
jarayonlarida u yoki bu tuzilishdagi kesuvchi asboblar vositasida
tanavordan qirindi yo‘nish orqali uni talab qilingan shakl, o ‘lchamga
keltirish, sirtining tozaligiga erishish mumkin. Shuning uchun bunday
kesuvchi asboblarning qanday qism va elementlardan iboratligini,
ulaming geometrik parametrlarini, kesish jarayonining asosiy
qismlarini, kesishda hosil bo‘ladigan kuchlar va boshqalami bilish
yoki o ‘rganish katta ahamiyatga ega.
Shu bois yuqoridagi parametrlar va elementlami eng oddiy
tokarlik jarayonida ishlatiladigan o ‘tuvchi keskich misolida ko‘rib
chiqamiz. Bunday keskichlar, asosan, kallak (ish qismi) va tana
(sterjen) qismidan iborat bo‘lib,
keskich tutkichga (dastgoh
supportiga) mahkamlanadi.
Keskichning old yuzasi qirindi chiqarish uchun xizmat qiladi,
asosiy orqa yuzasi tanavoming kesish yuzasiga tomon, yordamchi
orqa yuzasi esa tanavoming yo‘nilgan yuzasiga tomon qaragan
bo‘ladi. Keskichning asosiy kesuvchi qirrasi old yuzasi bilan asosiy
orqa yuzasining kesishuvidan, yordamchi kesuvchi qirrasi esa old
yuzasi bilan yordamchi ora yuzasining kesishuvidan hosil bo‘ladi.
Asosiy
va
yordamchi
kesuvchi
qirralaming kesishgan joyi
keskichning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
179
asosiy qismlari jumlasiga
old yuzasi asosiy orqa
keskichning uchi kiradu
yuzasi, yordamchi orqa
11.2-rasm. Keskichning
asosiy qismlari.
yuzasi, asosiy kesuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |