A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Abraziv (jilvirlovchi) materiallar


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Abraziv (jilvirlovchi) materiallar. Abraziv materiallar juda qattiq 
tabiiy yoki sun’iy moddalar b o iib , ulaming donalari kesuvchi 
asboblardir.
Abraziv materiallaming qattiqligi ishlov beriladigan detal 
materialining qattiqligidan yuqori boMishi kerak, aks holda kesishni 
amalga oshirib bo‘lmaydi. Abraziv donalari tabiiy yoki sun’iy 
jilvirlovchi materiallami yanchish yo‘li bilan olinadi.
Tabiiy jilvirlovchi materiallar jumlasiga olmos, korund, kvars, 
chaqmoqtosh, pemza kabilar kiradi.
Hozirgi vaqtda tabiiy abraziv materiallar jilvirlash asbobi 
tayyorlash uchun deyarli ishlatilmaydi, chunki ulaming kesish va 
mexanik xossalari ancha past.
Abraziv asbob tayyorlash uchun quyidagi yuqori sifatli sun’iy 
jilvirlovchi materiallardan foydalaniladi:
Elektr-korund. Bu material toza giltuproqni elektr pechlarida 
suyuqlantirish yo‘li bilan olinadigan kristall holidagi aluminiy oksid 
(A 1203) dan iborat. Elektr-korund tarkibidagi aluminiy oksidning 
miqdoriga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
198


a) tarkibida 87-97 % aluminiy oksidi bo‘lgan E markali normal 
elektr-korund (alund), rangi qizish-pushti yoki jigarrang bo‘ladi;
b) tarkibida 97-99 % aluminiy oksid boigan EB markali oq 
elektr-korund.
Elektr-korund tarkibida, aluminiy oksiddan tashqari 0,4-0,2 % 
temir oksid (Fe
2
0 3) va ozroq miqdorda S i0 2; T i0
2
va CaO bo‘ladi, 
ular oq, oqish, kulrang yoki och pushti rangda boiadi.
Elektr-korund donalarining suyuqlanish harorati 1950 dan 2050 
°C gacha boiadi. Elektr-korund toblanmagan va toblangan p o iat, 
bolg‘alanuvchan cho‘yan, yumshoq bronzaga ishlov berishda 
ishlatiladi.
Monokorimd (M). Bu abraziv material tarkibida 0,9 % temir (III) - 
oksid boiadi. Monokorundning kesish va mexanik xossalari E va EB 
elektr-korundlamikiga qaraganda ancha yuqori. Monokorunddan 
tayyorlangan toshlar kesuvchi asboblami charxlash va yuzalarni 
yuqori tozalikda jilvirlash uchun foydalaniladi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling