A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Shpatlyovkalar. Juda maydalangan mineral kukunlar (bo‘r, gips,
ohak) ni turli moy, yelim, lok va boshqa bogiovchi moddalar bilan aralashtirib, ko‘rinishidagi quyuq modda-shpatlyovkalar hosil qilinadi. Shpatlyovka detal (buyum) sirtidagi turli yoriqlami, teshik- kovaklami, tirqishlami toidirib, sirtning tekis boiishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, shpatlyovka quyuq va suyuq holatda tayyorlanadi. Shpatlyovka bir yoki bir necha bor maxsus kurakcha-shpatel bilan surtiladi. Shpatlyovkani bevosita ishlatish oldidan tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 109 Shpatlyovkalar tarkibidagi qo‘shiluvchi moddalaming miqdoriga (dozasiga) qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, yelimli shpatlyovkaning tarkibida 3 % duradgorlik yelimi, 65 % bo‘r va pigment, 30 % suv bo‘ladi. U tez qotadi. Uning yumshoq va yopish- qoq bo‘lishini ta ’minlash uchun tarkibiga 2 % alifmoy qo‘shiladi. Moyli shpatlyovkaning tarkibida 70 % bo‘r va pigment, 30 % lok bo‘lib, yelimli shpatlyovkaga qaraganda mustahkam bo‘ladi, lekin sekin quriydi. Agar yuzalami juda uzoq muddatga muhofaza qilish talab qilinsa, u holda, yuzalami ko‘p qatlamli qoplamalar bilan, ya’ni gruntovka, shpatlyovka, emal, lok qatlamlari bilan qoplash maqsadga muvofiqdir. Lekin yuzalardagi shpatlyovka qatlamining umumiy qalinligi 2 mm dan oshmasligi kerak. 110 7. KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI 7.1. Cho‘yan ishlab chiqarish M aium ki, tabiatda deyarli hamma metallar va ulaming qotish malari tog‘ jinslari tarkibida turli xil murakkab birikmalar ko‘rinishida uchraydi. Cho‘yan va p o ia t ishlab chiqaradigan hozirgi zamon metallurgiya korxonasi turli korxonalaming murakkab kompleksidan iborat. 1. Ruda, toshko‘mir, flyus, o ‘tga chidamli materiallar qazib olinadigan shaxta va karerlar. 2. Bekorchi jinslami chiqarib tashlab ruda tozalanadigan va suyuqlantirishga tayyorlanadigan hamda rudaga nisbatan tarkibida temir ko‘p b oigan mahsulot — konsentrat olinadigan mda boyitish kombinati. 3. Koks-kimyo sexlari va zavodlari. U yerda kokslanadigan ko‘mirlar tayyorlanadi, koks pechlarida ular kokslanadi (havo kiritmasdan taxminan 1000 °C temperaturada quruq haydaladi) hamda ulardan y o i-y o iak ay benzol, fenol, toshko‘mir smolasi kabi qimmatli kimyo mahsulotlari ajratib olinadi. 4. Energetika sexlari. U yerda elektr energiyasi olinadi va uzatiladi, domna protsesslarida havo puflash uchun zarur boigan siqilgan havo olinadi, cho‘yan va p o ia t eritish uchun kislorod olinadi, shuningdek, metallurgiya korxonalarida chiqadigan gazlari tozalanadi (tabiatni saqlash va havo basseynini toza saqlash maqsadida). 5. Cho‘yan va ferroqotishmalami eritish domna sexlari. 6 . Turli ferroqotishmalar ishlab chiqariladigan zavodlar. 7. P o ia t ishlab chiqarish uchun moijallangan konverter, marten, elektr-poiat suyultirish sexlari. 8 . Prokat sexlari. U yerda qizdirilgan p o ia t quymalardan tayyorlamalar (blyumlar va slyablar), keyinchalik sort prokat, trubalar, list, sim va boshqalar uchun qayta ishlanadi. Hozirgi zamon p o ia t ishlab chiqarishi ikki bosqichli sxemaga asoslangan, unda domna pechlarida cho‘yan eritiladi hamda keyinchalik undan turli usullar bilan p o ia t olinadi. Domna pechlarida 111 eritish protsessida ruda tarkibidagi temir oksidlaridan temir tanlama qaytariladi. Shu bilan birga rudadan fosfor hamda uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda marganes va kremniy ham qaytarib olinadi; temir uglerod va qisman yoqilg‘idagi (koks) oltingugurt bilan to‘yinadi. Shunday qilib, rudadan tarkibida 2,14% dan ko‘p uglerod, kremniy, marganes, oltingugurt va fosfor bo‘lgan temir qotishmasi olinadi. Metallurgiya korxonalarida mazkur birikmalardan quyidagi asosiy usullar yordamida metall va uning qotishmalari ajratib olinadi: Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling