A. Y. Nurmurodova O’rta osiyo olimlarining fizika-biologiya sohalari taraqqiyotidagi o’rni samarqand-2023 Mundarija : Kirish


Download 22.7 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1299284
Bog'liq
AQIDA


A.Y.Nurmurodova

O’RTA OSIYO OLIMLARINING FIZIKA-BIOLOGIYA SOHALARI TARAQQIYOTIDAGI O’RNI


Samarqand-2023
Mundarija :
Kirish


  1. Fizika fani haqida qisqacha ma’lumotlar



  1. Buyuk O’zbek fizik olimlari

2.1. Mirzo Ulug’bek…………………………………
2.2. Ahmad Al-Farg’oniy……………………………
2.3. Abu Rayhon Beruniy……………………………
2.4. Turar joylar……………………………………..


  1. Biologiya fani haqida qisqacha ma’lumotlar

3.1. Mirzo Ulug’bek……………………………………….
3.2. Ahmad Al-Farg’oniy………………………………….
3.3. Abu Rayhon Beruniy………………………………….
3.4. Turar joylar……………………………………………


  1. Xulosa

  2. Fizik atamalar lug’ati

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Mundarija :
Kirish


  1. Fizika fani haqida qisqacha ma’lumotlar



  1. Buyuk O’zbek fizik olimlari

3.1. Mirzo Ulug’bek
3.2. Ahmad Al-Farg’oniy
Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg`oniy

Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg`oniy (861 yil Bag`dodda vafot etgan) — buyuk astronom, matematik va geograf. O`rt a asr Yevropa ilmiy adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar. Farg`oniy arab xalifaligining Bag`dod va Damashq shaharlarida IX asrda yashagan. O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti tarixida IX asrdan XIII asr boshlarigacha, ya’ni mo‘g‘ullar bosqiniga qadar o‘tgan vaqt Uyg‘onish davri bo‘ldi. Uning asosiy belgilari ilm-fan va madaniyatning barcha jabhalarida qilingan buyuk kashfiyotlarda o‘z aksini topdi. Bunday yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish, tub ildizlarini aniqlash bugungi kunda yanada muhim ahamiyat kasb etadi.


Ma’lumki, shu davrda qurilish, obodonlashtirish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik davlatlar — Qoraxoniylar (XI-XII asrlar) va Xorazmshohlar (XII-XIII asr boshi) vujudga keldi. Shu bilan birga, ilm- fan, madaniyat gullab-yashnadi. Bunda shu davrda yashagan buyuk allomalar — Muhammad Xorazmiy (783-850 yillar), Ahmad al-Farg‘oniy (797-861), Ahmad ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Nosir Xisrav (XI asrning birinchi yarmi), Mahmud Koshg‘ariy (XI asrning ikkinchi yarmi), Abulqosim Zamaxshariy (1074-1144), Muhammad Najib Bakron (XII asrning ikkinchi yarmi — XIII asr boshi) kabi o‘nlab olimu fuzalolarning hissasi nihoyatda kattadir. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy alohida o‘rin tutadi.
Darhaqiqat, insoniyatni o‘n ikki asr davomida hayratga solib kelayotgan bebaho me’moriy yodgorlik — «Nilometr» Farg‘oniy yaratgan eng olamshumul asbobdir. Mazkur inshoot qanday yaratilgani Ahmad al-Farg‘oniy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning deyarli b archasida quyidagi tarzda qayd etiladi: «Farg‘oniy Bog‘dod xalifasi al-Mutavakkiln ing buyrug‘i bilan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan inshootni qurish va ishga tushirish uchun 861 yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan».
U Nil daryosidagi Ravzo orolida mukammal suv o‘lchash qurilmasi barpo etgan. Alloma shu qadar chuqur egallagan suv ilmi manbaini, uning ildizlarini, albatta, u tug‘ilib voyaga yetgan yurt – Movarounna hrdan izlash lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa o‘lkamizda qadimdan suvga bo‘lgan munosabat, suv ilmi, uning rivojlanish bosqichlari tarixiga nazar tashlash o‘rinli.
Nil daryosida bunyod etilgan suv o‘lchash qurilmasi — «Nilometr» turli manbalarda turlicha nomlanadi. Masalan, Sharq olimlari asarlarida u «Miqyos an-Nil», «Miqyosi jadid» deb atalsa, G‘arb olimlarining shu sohaga oid tadqiqotlarida «Nilometr» deb atalgan. Fikrimizcha, «Miqyos an-Nil» yoki «Nilometr» deb atalishi to‘g‘ri. Chunki qurilma Nil daryosi suvini ng sathini o‘lchash maqsadida yaratilgan, ya’ni bu nom uning vazifasiga juda mosdir. «Miqyosi jadid» esa qurilmadan amaliy maqsadlarda foydalanishda qulaylik yaratish uchun imkon beradigan maxsus jadvallar, ko‘rsatmalar majmui bo‘ lsa kerak.
Hozirgi kunda «Nilometr» qurilgan vaqt va u kim tomonidan bunyod etilgani haqida turlicha fikrlar mavjud. Jumladan, bir guruh tadqiqotchilar «Nilometr» 861 yilda Ahmad al-Farg‘oniy boshchiligida qurilganligini qayd etadilar. Angliyalik gidrolog olim G.Xerstning 1952 yili Londonda chop etilgan «Nil» nomli monografiyasida chalkash fikrlarni uchratamiz. Uzoq yillar Misrda yashab, Nil daryosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o lib borgan olim o‘zining mazkur ishida «Nilometr» to‘g‘risida alohida to‘xta lib, inshootning 711 yilda qurilgani haqida yozadi. Lekin ushbu fikrni bayon qilishda qanday manbaga asoslangani to‘g‘risida axborot bermaydi.
Suv sathini Ahmad al-Farg‘oniy taklif etgan santimetr aniqlikda o‘lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo miqyosida qo‘llaniladi. Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT)ga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hatto dengizlar va okeanlar)ning sathi ham shu aniqlikda o‘lchanadi. Jahon suv o‘lchash amaliyotida shu maqsadda, ya’ni turli suv havzalaridagi suv sathlarini o‘lchashda foydalanilayotgan turli ko‘rinishdagi maxsus o‘lchov taxtachalarining barchasi «Nilometr»dagi kabi santimetr aniqlikda darajot- bo‘laklarga bo‘lingan.
Yuqorida «Nilometr»ga umumiy tavsif berilganda uning asosiy qismi bo‘lgan quduq Nil daryosi bilan yer osti suv yo‘lla ri orqali tutashtirilganligi qayd etilgan edi. Ana shu suv yo‘llarining soni manbalarda turlicha ko‘rsatilgan.
Yer osti suv yo‘llari soni nechta bo‘lishidan qat’i nazar, Ahmad al-Farg‘oniy «Nilometr» tizimida ulardan foydalanish natijasida suv sathini aniq o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lgan va muhim muammolarni hal etgan.
Ulardan birinchisi va eng muhimi, inshootni daryo o‘zanidan ma’lum masofada qurishdir. Nil daryosida ham o‘zan jarayonlari jadal kechadi. Bu holat qirg‘oq chizig‘ining o‘zgaruvchanligida, qayiqlar s uzib yurishi mumkin bo‘lgan chuqurliklarning o‘zgarib turishida, mavjud suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishida kuzatiladi.
Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqali gi bilan ajralib turgan. To‘g‘ri, hozirgi kunda uni «Zangori Nil» deb atasha di. Bunga sabab Nil daryosi havzasida oxirgi 100 yilda 10 dan ortiq yirik to‘g‘ onlar qurildi. Daryodagi loyqa oqiziqlarning asosiy qismi ana shu suv omborlarida cho‘kib qolib, daryoning quyi oqimida nisbatan tiniq suv oqadi. Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar esa uning har bir kub metr suvida o‘rtacha 1,5 kg. loyqa oqiziqlar bo‘lgan. Alloma inshootni loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan. Agar shu holatlar hisobga olinmaganda edi, inshootda daryo suvidagi loyqa oqiziqlarning cho‘kib qolishi tabiiy holga aylanardi. Lekin, «Nilometr»dan ming yillar davomida foydalanish davrida bunday hodisalar umuman qayd etilmagan va shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan.
Bundan qariyb 1150 yil muqaddam qurilgan inshootning suv o‘lchash aniqligi hozirgi kunda nafaqat u haqida xabardor bo‘lgan kishilarni, hatto shu soha mutaxassislarini ham lol qoldirmoqda. Masalan, angliyalik gidrolog olim A.K.Bisvas «Nilometr»ning suv sathini o‘lchash aniqligiga tan berib, «bu qurilma Nil daryosi suvi sathini o‘ta aniq o‘lchagan» deb y ozadi.
O‘rni kelganda shuni ham ta’kidlash lozimki, suv sa thini aniq o‘lchashda alloma taklif etgan yer osti suv yo‘llaridan foydalanish usuli ham hozirgi kunda jahon suv o‘lchash amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Masalan, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallarda suv sathini o‘zi o‘lchab, yozib boradigan «Valday» yoki okean va dengizlar suv sathlarini o‘lchashga mo‘lja llangan «Rordansa» tipidagi qurilmalar, «Nilometr»dan andoza olib qurilgan. Shu bois ham xuddi «Nilometr» usulida ishlaydi.
Ahmad al-Farg‘oniy ilmiy va amaliy faoliyatining bir tomchisi bo‘lmish «Nilometr» shoirlarga ham ilhom bag‘ishlagan. Masalan, buyuk V.Shekspir o‘zining «Antoniy va Kleopatra» asarida uni quyidagi mazmunda madh etadi:

Unda har yili suv sathin borur kuzatib, Xulosa qilurlar va unga qarab, Nima kutilmoqda — ochlik, to‘kinlik? Aniqdir, Nil toshsa , hosil shuncha mo‘l.


Nihoyat, «Nilometr»ning hozirgi kundagi holati to‘g‘risida. Ikkinchi Jahon urushi tugagach, 1940-yillarning oxirlarida inshootni ta’mirlash ishlari boshlangan. Bu ishlarga Misr jamoat ishlari vazirining o‘sha yillardagi yordamchisi Kamol G‘olib poshsho rahbarlik qilgan. Bunda inshootni yuqoridan o‘rab turgan bino qoldiqlari oynali qilib qayta tiklanib, usti aslidagiga o‘xshash ko‘rinishda, gumbaz shaklida berkitilgan. Ahmad al-Farg‘oniydan meros bo‘lib qolgan ushbu o‘ta mukammal suv o‘lchash qurilmasi bugungi kunda butun insoniyat o‘tmish madaniyatining qadimiy noyob yodgorligi sifatida e’zozlab saqlanmoqda.
Al-Farg’oniy shuningd еk turli iqlim chеgarasida yotgan mamlakatlar va shaharlarning ro’yxatini k еltiradi. Bunda birinchi iqlim chеgarasini Xitoyning janubiy qismi, dеngiz qirg’og’i va hindistonning janubi orqali o’tka ziladi. Shuningdеk bu iqlimga “Arablar oroli” )hozirgi Arab yarim or oli), Yaman, Qizil dеngiz, Abissini (Efiopiya), Nilni o’z ichiga olib, bu iqlim g’arbiy d еngizda (ya'ni atlantika okеanida) tugaydi.
Shuningdеk Farg’oniy Еr hajmi birligida Quyosh, Oy va planеtalarning hajmlarini ham hisoblaydi. Unda Oy – 5,17; M еrkuriy – 1,18; V еnеra 3,10; Quyosh 5,5; Mars 1,7; Yupitеr 4,56; Saturn 4,5 Еr hajmi ko’rinishlarida k еltiriladi. Baxtga qarshi bu masalalarda hisoblash mеtodlaridagi kamchilklar o’z kuchini ko’rsatib, xatolik katta chiqadi. Xususan Oyning hajmi uning haqiqiy hajmidan o’n martacha kam chiqqan. Asarning oxirgi bo’limlaridan bir nеchtasi yoritgichlarning chiqish va botish vaqtlarini aniqlashga, Quyosh shafag’iga bag’ishlangan.
Bag`dodda Xorun ar-Rashidning o`g`li al-Ma’mun hukmronligi (813-833) davrida O`rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va boshqalar bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, keyin esa o`zlari mustaqil asarlar yaratishgan. Xalifa al-Ma’mun 829 yil Bag`doddagi “ Bayt al-hikmat” (”Donishmandlar uyi”) qoshida, 832 yil Damashqda ra sadxona (observatoriya) qurdirgan. Bu rasadxonalarda muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Farg`oniy ham faol qatnashgan, kuzatuvlarning natijasini “Al-Ma`munning tekshiilgan jadvallari” nomi bilan kitob holiga kel tirgan. Bu astronomik jadvallarni aslida faylasuf al-Kindiy oxiriga yetkazishi zarur edi, ammo u xalifa Mutavakkil (846-862)ning g`azabiga uchrab qatl qilinganidan so`ng uni davom ettirish va oxiriga yetkazish Farg`oniyga qolgan. Farg`oniy bu vazifani muvaffaqiyatli hal etgan.
Farg`oniyning birinchi mustaqil asari “A stronomiyaga kirish” deb ataladi. Bu asarda u o`zigacha yashagan astronomlarning ishlarini tartibga solib, izchil bayon etadi va ularda uchraydigan ba’zi kamchiliklarni tanqid qiladi. Shu asari bilan Farg`oniy o`zining yetuk astronom ekanini ko`rsatgan. Farg`oniy avvalroq astronomiyani chuqur egallaganini isbotlab, 812 yil Quyosh tutilishini oldindan aytib bergan edi. Farg`oniyning bunday yutuqlarga erishishida uning qunt bilan qadimgi yunon matematikasi va astronomiyasini o`rganishi bilan birga hamkasb do`stlarining ham xizmati katta bo`ldi. “Bayt al-hikmat”da Farg`oniy bilan birga, Xorazmiy va Javhariydan tashqari, IX asrning mashhur matematik va astronomlari Muso ibn Shokir o`g`illari — Muhammad, Ahmad va al-Hasan (”B anu Muso”) ishlaganlar.
Farg`oniy Muso o`g`illari bilan Qizil dengiz yaqinidagi Sanjor va Kufa sahrosida
kuzatuvlar olib borgani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Farg`oniyning yana bir asari “Osmon harakatlari va astronomiya fani to`plami haqida kitob” deb ataladi. Bu asar astronomiyadan a rab tilida yozilgan birinchi kitoblardan hisoblanadi. Farg`oniyning bu asari XII asrda latin tiliga, XIII asrda esa ko`pgine Yevropa tillariga tarjima qilingan. Asarning anchagina qismini astronomik asboblar yasash va ulardan foydalanish metodlari, xususan, astronomic kuzatuvlar uchun eng zarur asboblardan biri — Quyos h soatining bayoni egallaydi. Farg`oniyning asarlariga qiziqish Yevropada XIII asrdan so`ng ham davom etgan. Uning “Astronomiya elementlari” nomli asarini Yakob Galius 1669 yilda latin tiliga tarjima qilgan va arabcha teksti bilan Amsterdamda nashr qilgan. Farg`oniy risola ham yaratgan, masalan, Ptolomeyning “Almagest” asarining sharhiga bag`ishlab “Almagestning kirish bo`limlari haqida o`ttiz bobdan iborat risola” nomli asar yozgan. U astronomik asboblar ha qida kitoblar yozishni davom ettirib, “Asturlob haqida mukammal kitob” va “Astur lob yashash haqida” degan asarlar ham yaratgan.

  1. Biologiya fani haqida qisqacha ma’lumotlar

3.1. Mirzo Ulug’bek……………………………………….
3.2. Ahmad Al-Farg’oniy………………………………….
3.3. Abu Rayhon Beruniy………………………………….
3.4. Turar joylar……………………………………………


IV. Xulosa
V. Fizik atamalar lug’ati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling