A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Moliyaviy siyosat
A.V. Vahobov. T.S. M alikov
sidagi masala bo‘yicha moliya nazariyasining asosiy yo‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723—1780) va D.Rikardo (1772—1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883- 1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlami tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali •davlat ftmksiyalari amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromad lari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshladi. Unga ko‘ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalaming yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi; MD ko‘paydi; ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo'ldi va h.k. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o ‘zida davlat daromadlari oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog- ressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. 46 ________________________________________ M alim Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo‘Isa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o‘sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliya viy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘z samara- dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlami tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o ‘z ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. XX asrning 70-yillarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element - laridan foydalanadilar. 47 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling