A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana18.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1707511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu Moliyaviy siyosat

А. V. Vahobov. T.S. M a lik o v
Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo‘nalishda) 
b o lg an barcha m amlakatlarda moliyaviy siyosat K.M arks (1818— 
1881) va V.I.Leninning (1870— 1924) nazariy konsepsiyalari ta ’sirida 
shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi 
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining 
asosiy prinsipini — moliyaviy m arkazlashtirishni — belgilab berdi.
Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismi 
to ‘planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki 
moliyaviy m u n o sa b atla m i tashkil e tish d a d av latn in g yakka 
hokimligini ko‘zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga 
aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, 
ularning eng asosiylari xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy 
funksiyalar bo lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan 
to‘liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning 
roli keskin oshdi, rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy 
faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, 
xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. 
Shunga muvofiq ravishda davlat M D ni qayta taqsimlashning soliq 
shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlashga 
va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o'tdi.
Moliyaviy m arkazlashtirish yana shunda nam oyon b o ‘ldiki, 
davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul 
muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham
tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat 
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi 
yagona m a’m uriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan 
insoniyat tarixi uchun m u tk q o yangi b o lg an ikkinchi ijtimoiy 
m unosabatlar tizimiga o lilish in i, sovet davlati oldida turgan va 
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
m uam m olarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni 
yetarli darajada samarali b o lg a n moliyaviy siyosat deyish mumkin. 
Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy 
bosqinidan meros bo lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy 
vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida
48


____________________________________________________ Ш И щ .
Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga 
muvaffaq b o ‘ldi, urushda g‘alaba qozondi va qisqa m uddatlarda 
urushda vayron b o ‘lgan xalq xo‘jaligini tikladi.
II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy 
siyosati g‘arb m am lakatlari va eng aw alo , AQSh bilan qurollanish 
poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi raqobatni moliyaviy jihatdan 
ta ’m inlashga qaratildi.
Bir vaqtning o ‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta 
m iqdorda moliyaviy yordam lar ko‘rsatildi:
• ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo‘nalishni ta ’m inlash 
uchun;
• ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
aylantirish uchun;
• kuchli harbiy ittifoqchilami shakllantirish va umuman mudofa 
qobiliyatini m ustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish u chun xom -ashyo bazasini va eng 
aw alo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda 
rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o ‘zlashtirish 
(ularning geograflyasi shim oli-sharq tom onga qarab kengaya 
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'lishini 
taqozo etdi. Bu vazifalarni bajarish u chun yangi hududlarni 
o ‘zlashtirish, o ‘sha tumanlarga ko‘plab ishchi kuchlarini migratsiya 
qilish, m ehnatga haq to ‘lashning oshirilgan norm alarini joriy etish 
zarur b o ‘ldi. N eft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib 
bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori b o ‘lib turgan 
paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni m a’lum darajada qoplagan 
edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat M D ni tegishli 
tarzda qayta taqsimlashni talab qildi. Natijada m am lakatda harbiy- 
sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tom onlam a iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tom onidan belgilangan m aqsadlar nuqtai-nazaridan 
urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish 
choralarini samarasiz deb baholash unchalik to ‘g‘ri boMmaydi. 
Hukum at dasturlarida aholi turm ush darajasini oshirish ko‘zda 
tutildi. Shunga qaram asdan aholining turm ush darajasi m ehnatga 
haq to ‘lash darajasiga va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, 
fuqarolik qurilishi, iste ’m ol b u y u m larin i ishlab chiqaruvchi
49


A.V. Vahobov. T.S. Malikov
tarmoqlaming rivojlanish darajasiga bogiiq edi. Harbiy-sanoat 
kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada 
band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq 
bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham 
o'z iste’mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun 
ham iste’mol bozori rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi 
sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga sabab bo'ldi.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni 
taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilarni yotishi muhim 
ahamiyatga egadir:
• taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini aniqlash, ya’ni 
moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini ajratish;
• yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi 
mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda 
davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish 
darajasini aniqlash;
• birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish 
choralarini tanlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan 
foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
• moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va 
metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar 
umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich- 
larida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan 
holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok 
etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele- 
mentlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganligiga 
va uning ayrim bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling