A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


CHog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi


Download 276.68 Kb.
bet10/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

2. CHog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi.
CHog‘ishtirma tilshunoslik. Qiyosiy tilshunoslikning ushbu yo‘nalishida ona til va o‘zga til (o‘rganilayotgan chet tili) o‘zaro qiyoslanadi. O‘.Q.YUsupov mazkur yo‘nalishning vazifalarini nazariy va amaliy (lingvodidaktik) guruhlarga bo‘ladi. CHog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi: a) qiyoslanayotgan tillar o‘rtasidagi farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlash; b) ushbu tillarda ichki qiyoslash jarayonida olimlar e’tiboridan chetda qolgan xususiyatlarni aniqlash; v) qiyoslanayotgan tillarda mavjud tendensiyalarni aniqlash; g) tillararo ekvivalentlarni aniqlash; d) agar qiyoslanayotgan tillar bir-biri bilan doimiy aloqada bo‘lsa, bir-biridan o‘tgan o‘zlashma so‘zlarni aniqlash; e) qiyoslanayotgan til birliklari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarning sabablarini tushuntirish; f) qiyoslanayotgan tillarda lingvistik universaliyalarni tekshirish. Ushbu yo‘nalishning lingvodidaktik vazifalariga esa a) qiyoslanayotgan til birliklari o‘rtasidagi aniqlangan o‘xshash va farqli xususiyatlar metodik nuqtai nazardan muvofiq yoki muvofiq emasligi, ya’ni ushbu o‘xshashlik va tafovutlar tillararo interferensiya va fasilitatsiya (transpozitsiya) uchun lingvistik sabab bo‘lishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash; b) tillararo ekvivalentlarni aniqlash; v) chet til mutahassislariga tillararo qiyoslash o‘qitish metodi sifatida qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berish kabilar kirishi e’tirof etiladi (YUsupov, 2013, b. 7).
SHuningdek, olimning qayd etishicha, Markaziy Osiyoda chog‘ishtirma tilshunoslik bo‘yicha dastlabki ishlar Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” va Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlari hisoblanadi. CHog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy asoslari rus tilshunosi V.N.YArseva va o‘zbek tilshunoslari Dj.Buranov va U.K.YUsupovlar tomonidan ishlab chiqilganligi e’tirof etiladi (YUsupov, 2013, b. 8).
CHog‘ishtirma tilshunoslikning tadqiqot metodlari sifatida qiyosiy tahlil (qiyoslanayotgan til birliklari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarni yoritish), komponent tahlil (qiyoslanayotgan ob’ektlarning semantik farqlarini ko‘rsatish), distributiv tahlil (qiyoslanayotgan til birliklarining yuzaga kelish muhit (o‘rin)larini ko‘rsatish) va statistik tahlil (nutqda elementlarning qo‘llanilishini ko‘rsatish) usullari sanaladi (YUsupov, 2013, b. 9).
Tilshunoslikning ushbu bo‘limi shuningdek qiyosiy tipologiya nomi bilan ham ataladi (YUsupov, 2013, b. 5).

Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling