A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet28/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

3. Freym.
Insonning har qanday axborotni egallashi bevosita uning xotirasida saqlanayotgan oldingi tajribasi va bilimi doirasi miqyosida amalga oshadi. Har bir inson xotirasida ma’lum miqdordagi bilimlar strukturasi zahirasi saqlanadi va aynan shu zahira axborotni qabul qilib idrok etish vositasi rolini o‘taydi. Boshqacha aytganda, har bir shaxs ongida «freymlar to‘ri to‘plami» mavjudkim, ushbu to‘plam bilim va idrok faoliyatini ma’lum ko‘rinishdagi «andoza»lar asosida amalga oshishini ta’minlaydi.
Freym xuddi shu guruhdagi andozali strukturalar qatoriga kiradi. «Freym» (Frame) tushunchasining ilmiy qo‘llanishga kiritilishi kompyuterni dunyoviy bilim imkoniyatlari bilan ta’minlash va sun’iy intellekt nazariyasi rivojlantirish borasidagi intilishlar bilan bog‘liq. Kompyuter bilimlari bo‘yicha mutaxassis Marvin Minskiy freymni «andozali voqelik holatini aks ettiruvchi axborot strukturasi» deb ta’riflaydi.
«Freym» tushunchasini tilshunoslikka birinchilardan bo‘lib CH.Filmor tadbiq etdi. Uning talqinicha, freym tajribani andozaga soluvchi kognitiv tuzilma bo‘lib, ushbu tuzilma lisoniy birliklar vositasida shakllanadi hamda konseptning negizini tashkil qiladi.
CHarlz Fillmor freym tushunchasini izohlash uchun keltirgan ayrim misollarga murojaat qilamiz. Binobarin, «commercial event» (savdo voqeasi) deb nom olgan freymni olaylik. Ushbu freymda aks etadigan voqea inglizcha buy «xarid qilmoq» freymi qo‘llanishi bilan tasvirlanadi. Dastlab «A» shaxsning puli bor, boshqa bir shaxs «V» da sotiladigan mol (tovar) bor. Narx kelishilgandan so‘ng «A» pulni «V» ga to‘laydi va kerakli molni sotib oladi. Voqeaning yakunida «A» xarid qilingan tovarning egasiga aylanadi. «V» esa – pulning egasi. Ayrim yo‘l-yo‘lakay uchraydigan holatlarni chetlab aytish mumkinki, BUY «xarid qilmoq» kategoriyasi kamida yana to‘rt kategoriya bilan bog‘lanadi. Bular BUYER «xaridor», SELLER «sotuvchi», GOODS «tovar, mol» va MONEY «pul». Aynan shu kategoriyalar bog‘liqligi BUY «xarid qilmoq» freymini tashkil etadi.



Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling