A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021
Download 276.68 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)
4. Geshtalt.
«Geshtalt» olmoncha gestalt (obraz, struktura, yaxlit shakl) so‘zidan olinganligini e’tiborga olsak, ushbu tushuncha ruhiy tuzilmalar, obrazlarning o‘ziga xos yaxlitlikni ta’minlovchi belgi va xususiyatlarining umumlashmasini anglatadi. Geshtalt nazariyasining asoschilaridan biri Maks Vertxaymer (1880 - 1943) ushbu muammoni quyidagicha bayon qilgan edi: «… mavjud bog‘liklar asosida yuzaga keladigan yaxlitlik (umumiylik) avval alohida bo‘laklar ko‘rinishidagi elementlarning keyingi jamlanishidan iborat bo‘lmasdan, balki ushbu yaxlitlikning ichki struktur(aviy ) qonuniyatlari bilan belgilanadi» (Vertxaymer 1987: 6). Demak, voqelikni idrok etish va ruhan his etish yaxlitlikni «ko‘rish»dan boshlanadi. Geshtaltpsixologiya ham yaxlitlikning bo‘laklarni idrok etishdagi ta’sir rolini alohida ta’kidlaydi hamda bo‘laklarning yaxlitlik tarkibida biriktiruvchi faktorlarni topish vazifasini qo‘yadi. Xuddi shu narsani borliqni idrok etishning «geshtalt qonuniyatlari» yoki «geshtalt tamoyillari»da ko‘rish mumkin. Bu tamoyillarining ayrimlarini eslatmoqchiman (Ungerer 1996: 33). - «yaqinlik tamoyili» (principle of proximity): bir-biriga yaqin joylashgan elementlar o‘zaro bog‘liq holda idrok etiladi; - «o‘xshashlik tamoyili» (principle of similarity): birbiriga monand elementlar yagona bir bo‘lak yoki qism sifatida idrok qilinadi; - «yopiqlik tamoyili» (principle of slosure): idrok harakati berk (tugallangan) shaklga yo‘naltiriladi; - «davomiylik tamoyili» (principle of continuation): alohida elementlar o‘rtasidagi uzilish kam bo‘lsa, ular yaxlitlik sifatida idrok etiladilar. Masalan, turli ko‘rinishdagi uy binolari suratini solishtirsak, ularning barchasida umumiy elementlar bor (deraza, eshik, devor, tom va hokazo). Biz bu suratlarni birinchi ko‘rganimizda binolarni alohida qismlarga ajratmaymiz, aksincha, faqatgina bino sifatida ko‘ramiz. Bunda yaxlitlik idroki, geshtalt tamoyillari amal qiladi: Binoning barcha qismlari birbiriga yaqin, bog‘liq («yaqinlik tamoyili»); binoning eshiklari bir xil («o‘xshashlik tamoyili»); binoning barcha elementlari bir-birini davom ettiradi, o‘zaro aloqada («davomiylik tamoyili»). YAxlitlik va bo‘lakning bu turdagi munosabati bevosita bo‘laknnig yaxlitga «tobe» bo‘lishida namoyon bo‘ladi hamda ushbu tobelik quyidagi qonuniyatlarda o‘z aksini topadi: 1) yagona bir element turli yaxlit tuzilmalar tarkibida turlicha idrok qilinadi; 2) obrazning ayrim elementlari almashtirilsa-yu, lekin ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘rami saqlansa, obrazning umumiy strukturasi o‘zgarmaydi; 3) ayrim hollarda ma’lum bir bo‘laklar tushib qolganda ham yaxlitlik saqlanadi (Alafirenko 2005: 193). YAxlitlik tarkibidagi elemntlarning joylashuvi qanchalik muntazam bo‘lsa hamda ularning o‘zaro munosabatlari uzviy bo‘lsa, ushbu yaxlitlikning tafakkurdagi obrazi ham shunchalik aniq va yaqqol ko‘rinish oladi. Bunday to‘liqlilik barkamollik «pregnantlik» (olmoncha Pragnanz “aniqlik, moslik”) nomini olgan qonuniyatga amal qilish natijasida yuzaga keladi va «yaxshi» geshtalt hosil qilishga undaydi (Vertxaymer 1987: 274). Geshtalt tushunchasini tilshunoslikda birinchilardan bo‘lib tadbiq etgan J.Lakoff (1981: 360) ham uni lisoniy, mantiqiy, perseptual (idrokiy) va boshqa turdagi jarayonilarni aks ettiruvchi struktura sifatida ta’riflovchilar tarafdori. Haqiqatdan ham geshtalt tabiatan bir paytning o‘zida ikki tomonga, ya’ni tafakkur va lisonga, intiluvchi mantiqiy strukturadir. Bu struktura yaxlit tuzilma sifatida matnni mazmuniy qismlarga bo‘lish hamda ushbu mazmun doirasida matn va qismlarni kengaytirish imkonini beradi. Geshtaltning kognitiv tilshunoslikdagi ahamiyati, ayniqsa, matn tuzilishini o‘rganishda muhimdir. Download 276.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling