Abay – ibrohim qo‘nonboyev (1845—1904)


Download 182 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi182 Kb.
#1230239
1   2   3   4
Bog'liq
ABAY

O’LANLAR VA NASIHATLAR


Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo’nonboev (1845—1904) Qozog’istonning Semipalatinsk uezdiga qarashln Chingiztov rayonida chorvador oilasida tug’ildi. Yoshlik chog’larida madrasada o’qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o’rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. YE. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o’z bilimini oshirdi.
Abay ijodi yoshlik chog’laridan she’r yozish va o’lan aytishdan boshlandi. Uning juda ko’p o’lanlari xalq orasida mashhur. O’z davrining ilg’or g’oyali ziyolisi bo’lgan Abay ma’rifatparvarlik harakatiga boshchilik qildi. U xalqni savodxon qilish va ruslardan o’rnak olishga da’vat etdi.
Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U o’z she’rlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay A. S.Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi.
O ’zbek tilida Abayning «O’lanlar» (1945) va «Abay Qo’nonboev» degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.

NASIHATLAR

O’TTIZINCHI SO’Z


Bizda bir maqtanchoqlik degan yaramas narsa bor. Asli shu narsaning nima keragi bor o’zi? Zotan, bu — or-nomussizlik, nodonlik, o’ysiz-xayolsizlik hamda na botirlik va na odamgarchilikdan xabari yo’qlikning alomatidir! Tag’in, bezrayib turib: «E, bor xudoyo! Kimdan kim ortiq ekan shunchalik! Birovning nasibasini birov topib berarmidi hech? Kimning boshi kimning egari qoshida yuribdi… Birov mening qozonimni qaynatib beribdimi, yo men birovning qo’liga qarab qolibmanmi?»—deb keriladi. Ba’zan esa dag’dag’a qilib: «Hammagabir o’lim!.. Voy onasini falon qilay! Bundai yurgandan ko’ra o’lganim ortiq! Juda nari borsa— haydab yuborar, otib yuborar! Qaerga borsam ham bir o’lim!»—deb kekirdagini cho’zadiganlar ko’p-ku.Mana, o’zlaringiz ko’rib yuribsizlar: hozir hech bo’yiga qarab to’n bichadigan, aytgan gapida qat’iy turadigan qozoq bormi dunyoda? Yo’q, men hali o’limga bardosh bera oladigan qozoqni ham yoki, aksincha: men o’limga bardosh bera olmayman, deb ochiq gapiradigan qozoqni ham ko’rganim yo’q… Bordi-yu, aqlsiz bo’lsa-da, shunday jur’atli qozoq topilsa, u kishini hayratga solgan bo’lur edi! Afsuski, yo’q. Buning o’rniga shundaylar borki, zo’r kelganda sichqonning inini ming tanga qilib, qochib kirarga teshik top-may qoladi. Xo’sh, bunday kishilarni nima deb ataymiz? Ey xudo! O’z joniga ortiqcha hotamlik qiladigan, mol-dunyoni pisandqilmaydigan bechoralarning ahvoliga qarang. «Uyalmas yuzga tol-mas jag’ beradi»,— deb shuni
O’TTIZ BIRINCHI SO’Z
Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to’rtta shart bor: avvalo, buning uchun zehnli bo’lmoq kerak; ikkinchidan, bir narsani ko’rganda yo eshitganda — unga chin yurakdan ixlos qo’yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab, ko’ngilga jo qilmoq kerak; to’rtinchidan, ko’ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslik kerak. Masalan: beg’amlik, beparvolik, o’yin-kulgi yoki qayg’u-hasratga berilmaslik va boshqa narsaga ixlos qo’ymaslik kerak. Aks hrlda, bu to’rt nar-sa aql bilan ilmga putur yetkazadigan omillardir.
Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling