Abdiqodirov jamshidbek di 650 – 22 gr falsafa insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi yani tarixiy tiplari bor
Download 69.5 Kb.
|
falsafa12
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi yani tarixiy tiplari bor:
a) mifologik dunyoqarash; b) diniy dunyoqarash; v) falsafiy dunyoqarash. Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, talimot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlangich bosqichlariga xos bolgan insonning dunyoni tushunishining oziga xos usuli sifatida paydo bolgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda oz ifodasini osha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, toqilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Har bir xalqda ozining uzoq tarixiy otmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida gay-ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq ogzaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bolishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda oziga xos adabiy asarlarda oz ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirgiz xalqining eposi «Manas»ni, ozbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda osha xalqlarning ot-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy hayoti, ularning madaniyati, urfodatlari, ananalari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari oz ifodasini topgandir. Bir soz bilan aytganda, bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat xalqlari dunyoqarashining shakllanishi oziga xos korinishda oz aksini topgan. Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bolishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning ozaro boglanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bagishlangandir. Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bolishi, uning yashashi, insonning dunyodagi orni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashi, uning manaviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning olimi va shu kabi muammolarga bagishlangan. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling