Abdrimov A


Download 0.73 Mb.
bet13/21
Sana10.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1257361
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
C dasturlash tilini orgatuvchi elektron qollanma yaratish

MASSIVLAR
Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini o'zgartirishi mumkin. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin. Bu bo'limda biz massivlar bilan yaqindan tanishib o'tamiz. Bu bo'limdagi massivlarimiz C uslubidagi, pointerlarga (ko'rsatkichlarga) asoslan strukturalardir. Massivlarning boshqa ko'rinishlarini keyingi qismlarda o'tamiz. Massivlar xotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhdir. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yozish mumkin. Massivlar bir necha indeksga ega bo'lishlari mumkin. C# kompilyatorlari eng kamida 12 ta indeks bilan ishlashlari mumkin. Masalan, matematikadagi m x n kattalikdagi matritsani ikkita indeksli massiv yordamida berisak bo'ladi.
C# da massivlar silkalar ko’rinishida yaratiladi. Yani new operatori yordamida yaratiladi.
int[] mass= new int[100];
int[] mass= {12,12,12,1};
ikki o’lchovli massivlarni yaratish quyidagicha bo’ladi:
int[][] doubleMass = new int[100][];
mass[0] = 12;
doubleMass[0][1] = 12;
Misol: Birdan yuzga bo’lgan sonlarni ikkita A va B massivga joylashtirildi. A massiv elentlarini ekranga chiqarish kerak va shu element B massivda bo’lsa uni chiqarmaslik kerak.
using System;
namespace massivlar
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
int[]A = new int[50];
int[] B = new int[40];
int[] C = new int[100];
for (int i = 0; i < B.Length; i++)
C[B[i]] = 1;
for (int i = 0; i < A.Length; i++)
if (C[A[i]] != 1)
Console.WriteLine(A[i]);
}
}
}
Bu misol yechilishida yechimga yetib kelish operatsiyalari kamaytirishga harakat qilindi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling