Abdrimov A
Server boshqaruv elementlari hodisalari
Download 0.73 Mb.
|
C dasturlash tilini orgatuvchi elektron qollanma yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchi boshqaruv elementlarini yaratish
- Foydalanuvchi boshqaruv elementini formaga qo’shish
Server boshqaruv elementlari hodisalari
Server boshqaruv elementlarining bajaradigan ishi bu, agar boshqaruv elementi tugma bo’lsa, uni bosish vaqtida yoki DropDown ro’yhatdan qiymat tanlash vaqtida ro’y beradigan harakatga aytiladi. Bu jarayon hodisalarni kayta ishlovchisi deb ataladi. Foydalanuvchi ma’lum bir harakatiga javoban ishlab ketuvchi hodisalar barcha server boshqaruv elementlarida mavjud ammo, ularning hammasi ham bir hil emas. Server boshqaruv elementlarining uch turdagi hodisasi mavjud: Formani qaytarilishini taqozo qiluvchi – web sahifani tezda hodisani qayta ishlash uchun serverga jo’natishni chaqiradi. Server bilan qo’shimcha ma’lumot almashinuvi tufayli server boshqaruv elementining ishlash tezligi pasayadi; Keshlanadigan hodisalar. Sahifani ko’rsatish holatida saqlanadi.Formani qaytarish hodisasi taqozo qilinganda qayta ishlanadi. Tekshirish hodisalari – sahifani o’zida qayta ishlanadi, formani keshlashni talab qilmaydi. Foydalanuvchi boshqaruv elementlarini yaratish HTML va web server boshqaruv elementlariga qo’shimcha ravishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan o’zinggizni foydalanuvchi boshqaruv elementinggizni yaratishinggiz mumkin. Foydalanuvchi boshqaruv elementi bu .ascx kengaytmaga ega bo’lgan asp.net sahifadir. Foydalanuvchi boshqaruv elementi html va koddan iborat bo’ladi, ammo u web formada ishlatilganligi uchun head,form,body teglari mavjud emas. Bu teglar uni ishlatadigan web formaga qo’shilgan bo’lishi kerak. Web forma singari foydalanuvchi boshqaruv elementlarida ham codebehind elementi mavjud, u @control direktivasi yordamida ifodalanadi. @control direktivasi faqat foydalanuvchi boshqaruv elementi faqatgina bitta @cantrol direktivasiga ega bo’lishi mumkin va bunga misol: %@Control Language= “C#” CodeBehind= “WebUserControl.ascx.cs” Inherists= “test.WebUserControl”% Foydalanuvchi boshqaruv elementini formaga qo’shish Foydalanuvchi boshqaruv elementini formaga qo’shish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: 1. ASP.Net sahifasiga foydalanuvchi boshqaruv elementini qo’shish uchun @register direktivasidan foydalanish. %@register TagPrefix= “demo” TagName= “ValidNum” Scr= “numberbox.ascx”% TagPrefix atributu bir xil turdagi boshqaruv elementlarini bir xil nomdagi , bir biridan ajratish uchun unikal namespaceni aniqlaydi. TagName atributi bu boshqaruv elementi uchun unikal nomdir.SRC atributi foydalanuvchi boshqaruv elementining faylga yo’lini ko’rsatadi. 2. Boshqaruv elementini web formaga qo’shish SQL da jadval yaratish Ma`lumotlar bazasida ma`lumotlar jadvallarda saqlanadi. Shu jad- vallardan ma`lumotni olish uchun avval jadvalning o`zi yaratili- shi kerak. Buning uchun quyidagi ketma-katlik bajarilishi lozim: Create table Bu ketma-ketlik bajarilgandan so`ng Table created(jadval yaratil- di) xabari chiqadi. Create table buyrug`ida dastavval siz SQL Server ga jadvalingiz- ni qanday nomlashni, so`ng ustunlarni qanday nomlashni kirita-siz. Masalan, quyidagicha jadval yaratamiz: Create table Dept(DeptNo number(2), Dname char(14), Loc char(13)). Ushbu jadvalni yaratish paytida misol uchun biz DeptNo ustuni faqatgina raqamli ma`lumotlarni qabul qilishini, DName va Loc ustunlari esa ixtiyoriy belgili ma`lumotlarni, yani harf, raqam hamda tinish belgilarini qabul qilishini belgiladik. So`ngra har bir ustun uchun kiritilishi mumkin bo`lgan ma`lumot uzunligini beramiz. Masalan, biz yaratgan jadvalda geografik joy(Loc) nomining uzunligi 13 ta belgidan oshmasligi kerak. Select operatori Ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni tanlab olish SQL ning keng tarqalgan jarayonlaridan hisoblanadi. Ma`lumotlar bazasiga muro- jaat so`rov deb atalib, uni amalga oshirish uchun Select buyru- g`idan foydalanish kerak. Select buyrug`i ikki qismdan iborat: Select from Quyidagi misolda Dept jadvalidan ma`lumotni olish buyrug`i keltirilgan: Select Dname, Deptno, Loc From Dept; Select yordamida jadvaldagi ixtiyoriy bitta ustundagi yoki barcha ustundagi ma`lumotlarni saralab olish mumkin. Agarda bitta ustundagi ma`lumot kerak bo`lsa, Select buyrug`idan so`ng kerakli ustun nomi keltiriladi. Agarda barcha ustundagi ma`lu- motlar lozim bo`lsa, u holda select buyrug`idan so`ng * belgisini qo`yish lozim. Jadvallardagi ma`lumotlarni ma`lum bir shartlar asosida ham saralash mumkin. Buning uchun Where operatoridan foydalaniladi: Select * from Dept Where DeptNo=30; Shuningdek jadvaldan bir necha shartlarni qanoatlantiruvchi ustunlardagi ma`lumotlarni saralab olishimiz mumkin. Misol uchun ikkita shartni bir paytning o`zida qanoatlantiradigan ustunni topish uchun And kalit so`zidan foydalaniladi, ikkita shartdan kamida bittasini qanoatlantiradigan ustunlardagi ma`lu- moalarni saralab olish uchun Or kalit so`zidan foydalaniladi. Quyida murakkab shart asosida saralashga misol keltirilgan: Select EName, Job, Sal From Emp Where Job=’Manager’ and Sal>2800 ---- ikkala shart ham bajarilishi kerak; Select EName, Job, Sal From Emp Where Job=’Manager’ or Sal>2800 ---- kamida bitta shart bajarilishi kerak. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling