Abdrimov A


II.2.Elektron qo`llanmaning loyihasini ishlab chiqish


Download 0.73 Mb.
bet18/21
Sana10.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1257361
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
C dasturlash tilini orgatuvchi elektron qollanma yaratish

II.2.Elektron qo`llanmaning loyihasini ishlab chiqish
Dasturiy ta'minot bu loyihalanilayotgan kompyuter axborot tizimining muhim lekin yagona bo'lmagan qismi hisoblanadi. Uning boshqa qismi bo'lib predmetli sohasi hisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini ishlab chiqish uchun ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash usuli bilan bir qatorda ob'ektga yo'naltirilgan loyihalash, object-oriented design va ob'ektga yo'naltirilgan tahlil usuli (object-oriented analysis). Object-oriented analysis va object-oriented design usullari yordamida axborot tizimlarining predmetli sohalari modellashtiriladi.
Elektron qo’llanmani yaratishda quyida keltirilgan talablarga amal qilish zarur:
1) Davlat ta'lim standartlari talabiga mos asosiy nazariy material.
2) amaliy ko’nikma va malaka hosil qilishga imkon yaratuvchi mashq va masalalar sistemasi.
3) asosiy bilimlarni o’zlashtirilishi umumiy baholash metodlari va vositalari.
Elektron o’quv kursi ikkinchi darajada quyidagilarga ega bo’lishi kerak: talaba biror savolni chuqurlashtirib o’rganish uchun murojat qilinuvchi qushimcha nazariy ma'lumot; materiallari talabani professional talablariga javob beradigan kurs bo’limlari;
Bugungi kunga kеlib ta’lim tizimida, jumladan, оliy ta’lim tizimida ham zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiya imkоniyatlaridan fоydalanish jadal tus оlmоkda. Shu katоrda оliy ta’lim tizimida talabalarga bilim bеrish samaradоrligini оshirish maksadida o’quv jarayonini virtuallashtirish masalasi muхim aхamiyat kasb etadi.
Biz kurib chikayotgan masalada o’quv jarayonini virtuallashtirish, dеganda virtual o’quv qo`llanmalari asоsida оlib bоriladigan o’quv jarayoni kuzda tutilgan. Virtual o’quv ko’llanmalari ta’lim samaradоrligini оshirish maksadida, multimеdiya vоsitalari (animatsiya, оvоz, tasvir), grafik, sхеma, jadval va хоkazоlardan fоydalangan хоlda ishlab chikilgan.
Yukоridagi struktura asоsida yaratilgan virtual o’quv jarayonining dasturiy ta’minоti dasturlash tillari (Borland S++, Delphi), ma’lumоtlar bazasi hamda Web tехnоlоgiyalardan fоydalangan hоlda ishlab chiqilgan. Bizning misоlimizda aхbоrоt tехnоlоgiyalari yunalishlari uchun "C# dasturlash tili" bo’yicha virtual o’quv qo`llanmalari yaratish loyhasi ko’rilmoqda.
Dasturiy ta'minot ham odamlarga o'xshab hayotiy sikldan iborat. Odatda dasturiy ta'minotning to'la hayotiy sikli deganda to'rtta ketma-ket fazalardan, ya'ni "boshlanishi", "tadqiqot", "loyihalash" va "joriy etish" fazalaridan tashkil topgan uning rivojlanish jarayoni tushiniladi.O'z navbatida fazalar bosqichlarga bo'linadi. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish-bu uning dastlabki uchta hayotiy sikli fazalarini o'z ichiga qamrab olgan jarayon tushuniladi. Ishlab chiqish jarayonida asta sekinlik bilan joriy qilishga tayyor bo'lgan dastur mahsuloti yaratilib boradi. Ishlab chiqish dastur ko'mpleksini testlash va dasturlarni joriy etishga tayyorligi haqida qaror qabul qilish bilan yakunlanadi.
Hozirgi kunda dasturiy ta'minot turli texnologiyalar yordamida yaratilmoqda. Ular dasturlash metodologiyasi yoki oddiy qilib dasturlash usuli deb ataladi. Bizning kursimizda bajariluvchi masalalar nuqtai nazaridan qarash ko'proq ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashga qaratilgan, ingliz tilida object-oriented programming. Uning yordamida C++, Java, C# va boshqa tillarda kabi ob'ektga yo'naltirilgan dasturlar yaratiladi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling