Abdrimov A


I.4. Masalaning qo’yilishi


Download 0.73 Mb.
bet17/21
Sana10.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1257361
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
C dasturlash tilini orgatuvchi elektron qollanma yaratish

I.4. Masalaning qo’yilishi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining №548 qaroriga binoan o’quv jarayonida turli yo’nalishlar bo’yicha Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq multimediali, elektron adabiyotlar va qo’llanmalar yaratish va komplektlash bo’yicha komplekt tizimlarni yaratish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Elektron o’quv qo’llanmalarni o’quv jarayonlarida yangi informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo’llash doirasida amalga oshirish hamda ta'limning elektron resurslarini serverning muayyan segmentlarida qo’llash asosiy maqsad hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan qolda, kompyuter o’qitish tizimlari va elektron o’quv qo’llanmalarini mazkur o’quv materiallari tarkibini intellektual vositalardan foydalanib va o’quv jarayonlarini maqsadli boshqarish strategiyasiga asosan ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Shu boisdan "C#" dasturlash tilini o’rgatuvchi elektron o’quv qo’llanma yaratishda masalasi qo’yildi.
Maqsadga erishish uchun quyidagilarni amalga оshirish kеrak:
a) " C# dasturlash tili ma'ruzalar matni modulini yaratish.
b)" C# dasturlash tili o'rgatishni amaliyot yo'li bilan amalga oshirish.
c) " JavaScript Asp.Net va HTML tillaridan foydalanib elektron qo`llanma yaratish.

II ASOSIY QISMI


II.1.Elektron o'quv kurslarning qo'llashdagi vositalar va asosiy talablar.
Elektron o’quv kurslari tushunchasi, maqsadi, topologiyasi va afzalliklari.
Elektron o’quv kursi tushunchasi. Zamonaviy ta'lim uslubiyoti kompyuter texnologiyalari yordamida o’qitish prinsiplarini amalga oshirishni yanada samarali usullarini izlamokda.
Mamlakatimiz ta'lim uslubiyotida amalda o’quv kursi asoslarini o’rganuvchi, ya'ni mavjud atamalarni va turli o’quv nashrlari tiplari o’rtasida tafovutni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar yuqori edi.
Darslik- Davlat ta'lim standartlari va o’quv dasturiga mos va joriy nashr sifatida rasman tasdiqlangan o’quv fani yoki uning bo’limlari sistematik tarzda bayon qilingan o’quv nashri.
Elektron darslik-fanning Davlat ta'lim standartlari, o’quv rejasi va ishchi dasturiga mos mazmunini yuqori ilmiy, uslubiy va texnik darajada yaratilgan elektron o’quv nashri.
Elektron o’quv kursi (EO’K)- o’quv faniga mos, qisman yoki to’laligiga asosiy darslikni o’rnini bosuvchi (to’ldiruvchi) elektron ko’rinishli o’quv nashri. Bu grafik, matnli, ovozli, muzikali, video, foto va boshqa informatsiyalar, hamda foydalanuvchining bosma xujjatlari majmuidir.
Zamonaviy elektron o’quv kursi- bu kompyuter texnologiyalari va Internet vositalarini qo’llashga asoslangan yaxlit didaktik sistemadir. Uning asosiy maqsadi individual va optimal o’quv dasturi bo’yicha faqat o’quvchilarni o’qitish emas, balki shu bilan birgalikda ta'lim jarayonini boshqarish. Kino, videotasvirlar, animatsion lavxalardan iborat ovozli dinamik rangli tasvirlardir.
Elektron o’quv kursi- bu o’quv materialini umuman yangi ko’rinishidir. U o’zlashtirish uchun ma'lum va asoslangan, tushunarli bo’lgan barcha narsalarni aks ettirish kerak.
O’quvchiga bilimlar tarkibi, ko’nikmalar hosil qilish va individual ta'lim jarayonini tashkil etish buyicha keng imkoniyatlr yaratishdir.
Elektron o’quv kursi fan materiallarini ketma-ket bayon qiladi va darslik, xrestomatiya, spravochnik elementlaridan tashkil topadi. Shu bilan birga elektron o’quv kursi fakat o’quv ma'lumotlarini bermasdan, shuningdek o’zlashtirishni nazorat qilishi zarur. Buning uchun nazorat savollari, baholash testlari va amaliy topshiriqlar qo’llaniladi. o’quvchining javob natijalari asosida olingan bilim darajasi bahosi aniqlanadi, xato javoblar tushuntiriladi, ta'limning navbatdagi bosqichlarida o’rganiladigan o’quv materiali buyicha ko’rsatmalar beriladi.
quyidagilar elektron o’quv kurslari xisoblanadi:
- o’quv fanining eng muxim alohida bo’limlari nashri (ma'ruza, mustaqil ish, nazorat topshiriqlari va testlarni elektron kurslari);
- o’quv fani bo’yicha ma'lumotnomalar va ma'lumotlar bazalari;
- mashq va masalalar to’plami ;
- turli mashg’ulotlarni qo’llab-quvvatlovchi kompyuterli illyustratsiyalar (karta va sxemalar atlaslari, konstruksiyalar atlaslari va h.k.);
- xrestomatik to’plam ;
- nazorat qiluvchi kompyuter dasturlari;
- o’quv eksperimenti, laboratoriya ishlari, kurs ishlari va diplom loyio’alarini olib borish buyicha metodik ko’rsatmalar .
Materialning bayon kilinishi bo’yicha elektron o’quv kursini 4 ta turi mavjud:
1. matnli o’quv kursi;
2. gipermatnli o’quv kursi (ko’rsatkichlar asosida tarmoqlangan "daraxt" shaklida bayon qilish);
3. spravochnik xarakteridagi o’quv kursi ( o’quv materialini ixtiyoriy qismiga erkin murojat qilish mumkin holda spravochnik ko’rinishida bayon qilish);
4. o’yinli o’quv kursi;
o’quv qo’llanmalari xarakteriga ko’ra:
1. informatsion (an'anaviy ko’rinishda bayon qilish);
2. "savol-javob" (konkret savol, muammo va masalaga to’g’ri javob berib bayon qilish);
3. informatsion-nazorat ( o’quv materiali va nazorat savollarini navbati bilan almashib kelishi);
4. teskari informatsion aloqali (interaktiv (muloqatli) o’quv kursi, ya'ni bilimlarni doimo baholab berish va navbatdagi o’rganiladigan o’quv material buyicha ko’rsatmalar berish);
5. pag’onaviy nazorat darajali
Elektron o’quv kursi materiali quyidagi turlarga ega bo’ladi:
- statik
- dinamik
- bir rangli va ko’p rangli
- ovozli va ovozsiz
Elektron o’quv kursini an'anaviy darslikdan farqi. Hozirgi paytda elektron o’quv kurslari nazorat va mashq masalalarini yechish uchun mo’ljallangan ta'lim vositasi sifatadagi kompyuterli o’qitish dasturi kurinishiga ega bo’lib bormokda. Ular quyidagi prinsiplarga ega: material bilan tanishish mashq qilish nazorat. Shuningdek elektron o’quv kurslari kashfiyot metodi asosida o’qitishga asoslanmokda, ya'ni "kir", "tanib ol", "tushun", "eslab qol", "gapir" usuliga asoslangan. Hozirgi kunda o’quvchiga asosan darslik taklif etiladi. O’quv ma'lumotlarini tasvirlashni boshqa shakllari deyarli yo’q. Ketma-ket o’qilishi talab etiladigan "chiziqli" ya'ni an'anaviy matnli darslikdan farqli ravishda yangi tipli o’quv kursi EO’K da material bloklarga Bo’linadi. Bu bloklar o’quv qullanmani didaktik apparati to’plamiga kirgan bloklar o’quvchining o’quv faoliyatini boshqarish, ta'lim maqsadlarini ifodalovchi, o’zlashtirish bosqichlari va mexanizmlari, nazorat amallari bloklaridan iborat. Elektron o’quv kursi o’quvchiga informatsiyani erkin ishlashni, ixtiyoriy shaklda matn bilan ishlash va uni o’qish, o’rganish marshrutini tanlash va boshqa manbalarga murojat etishni ta'minlaydi. Shuning uchun elektron o’quv kursi kompyuter yordamida ta'minlanadigan interaktivlik xususiyatga ega bo’lishi kerak.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling