Abduhakimova nargiza sobitovnaning


Download 0.81 Mb.
bet11/25
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1600609
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Aduhakimova Nargiza Asosiy (Ko\'rildi) (2)

1.4.2 Yugurish
Yugurish joydan-joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Yengil atletikaning eng ko‘p tarqalgan turidir. Yugurish futbol, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis va boshqa bir qancha sport turlarini asosiy tarkibini tashkil etadi. Yurish paytida organizmning ishlashiga katta talab qo‘yiladi, badandagi muskullarni hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olishva boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, modda almashinish anchaoshadi. Yugurish har tomonlama rivojlanishning asosiy vositasidir. Hamma sport turlarida shug‘ul1anish jarayonida yugurish mashqlariga ko‘proq e’tibor beradilar. Bundan tashqari faol dam olishda, ish faoliyatini yaxshi saqlab qolishda qadam keng vosita sifatida qo‘llaniladi. Yugurish sikli lokomatorli harakatdir. Asosiy yugurish harakati qadam hisoblanadi. Harakat sikli ikki qadamdan (qo‘sh qadam) iborat bo‘ladi, lekin yugurish har bir harakat siklida ikkita uchish davri bo‘ladi. Yugurish ham yurishdagidek, qo‘l va oyoqlar bir biriga moslashib harakat qiladi (kesishma koordinatsiya); yelka kamari bilan tosni qarama – qarshi harakatlari qadamni kengaytirishga yordam beradi. Tayanch davrida tosning pasayishi, depsinish mayilligini yaxshilaydi va mushaklarni yaxshi bo‘shashganidan dalolat beradi. Harakatning bir sikli (qo‘sh qadam) birga u, ikkinchi gal esa bu oyoqqa tayanishdan, ya’ni ikkita yakka tayanch davridan hamda ikkita uchish fazasidan iborat bo‘ladi. Tayanch davri davomida tananing og‘irlik markazi muttasil siljiy borib amortizatsiyadan keyin tayanchdan o1g‘a tomon depsinishga yordam beradi.
Yuguıuvchining uchish fazasida sonlari bir-biriga tez yaqinlasha boshlaydi. Orqada qolgan oyoq depsinishdan keyin bukilib, son bilan oldinga harakat qiladi, silkinch oyoq esa yozilib tez yerga tusha boshlaydi. Silkinish oyoq sonining oldingi va yuqoriga qiladigan harakatni tezlashtirish uchun, uchish fazasidan narigi oyoq yerga tushayotganda silkinsh oyoqda hosil bo‘lgan olg‘a tomon intilishdan foydalanish kerak.
Uchish fazasida yuguruvchining mushaklarining kuchliroq ishlashi natijasida qo‘lva oyoqlarninghamma harakatlari tez va katta amplitudada bajariladi. Bu yerda tashqi kuchlar ham katta rol o‘ynab siljish va uchish tezligiga katta yordam beradi. Yugurishda depsinish ishning asosiy fazasi bo‘lib, har qadamdagi oldingi tayanch tormozidan keyin tezlikni oshirish. Depsinish vaqtida tos-sondagi, tizzadagi yozuvni mushaklarning va to‘1iq bo‘g‘imdagi bukuvchi mushaklarning yenguvchi ishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yugurish tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Depsinish muddati qancha kam bo‘1sa, mushaklar ancha taranglashadi. Depsinishburchagio‘tkirroq bo‘lsa, tayanch reaksiyasining gorizontal tashkil etuvchisi oshiradi. Buning uchun tos-son bo‘g‘imini ko‘proq yozish va ayniqsa, tosni oldinga ko‘proq ag‘darish zarur. Keyingi qadam avval orqaga (tanaga nisbatan) va yuqori depsingan dankeyingi oyoqning to‘la harakatini (uning og‘irlik markazi harakatini) keyin esa oyoqni oldingi o‘tkazish boshlanishi, ya’ni uning vertical momentga yetguncha harakatini o‘zichiga oladi.
Oyoqning orqaga va yuqoriga harakati gavdaning oldingi harakat qilish tezligi oyoqning depsinish vaqtidagi tezligidan yuqori ekanidan hosil bo‘ladi. Buning natijasida gavda oyoqni tortadida, oyoq oldinga ketayorgan tos orqasidan sal cho‘zi1ib, orqaga va yuqoriga ko‘tari1adi. Bunga, yerdan uzayotgan paytda tayanchini yo‘qotgan oyoq mushaklaridagi taranglik qoldig‘I yordam beradi. Yugurishda depsinish ishning asosiy fazasi bo‘lib, har qadamdagi oldingi tayanch tormozidan keyin tezlikni oshirish. Depsinish vaqtida tos-sondagi, tizzadagi yozuvni mushaklarning va to‘1iq bo‘g‘imdagi bukuvchi mushaklarning yenguvchisi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yugurish tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Depsinish muddati qancha kam bo‘1sa, mushaklar ancha taranglashadi. Depsinish burchagi o‘tkirroq bo‘lsa, tayanch reaksiyasining gorizontal tashkil etuvchisi oshiradi. Buning uchun tos-son bo‘g‘imini ko‘proq yozish va ayniqsa, tosni oldinga ko‘proq ag‘darish zarur. Keyingi qadam avval orqaga(tanaga nisbatan) va yuqori depsingandankeyingi oyoqning to‘la harakatini (uning og‘irlik markazi harakatini) keyin esa oyoqni oldingi o‘tkazish boshlanishi, ya’ni uning vertical momentga yetguncha harakatini o‘z ichiga oladi.
Oyoqning orqaga va yuqoriga harakati gavdaning oldingi harakat qilish tezligi oyoqning depsinish vaqtidagi tezligidan yuqori ekanidan hosil bo‘ladi. Buning natijasida gavda oyoqni tortadida, oyoq oldinga ketayotgan tos orqasidan sal cho‘zi1ib, orqaga va yuqoriga ko‘tari1adi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling