Abduhakimova nargiza sobitovnaning


Download 0.81 Mb.
bet12/25
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1600609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Aduhakimova Nargiza Asosiy (Ko\'rildi) (2)

1.4.3 Sakrash
Sakrash to‘siqlardan o‘tishning tabiiy usuli bo‘1ib, u qisqa vaqt ichida asab mushak kuchiga maksimal zo‘r berish bilan tavsiflanadi.
Sakrash ikki turga bo‘linadi: Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertical to‘siqlardan o‘tib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash.
Imkon boricha uzoqqa sakrasli maqsadida gorizonta1 to‘siqlardan o‘tib uzunlikka sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetrda aniqlandi. Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi. Uch hatlab sakrash 1angarcho‘p bilan sakrash musobaqalari ayollar o‘rtasida o‘tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo‘1adigan qattiq zarblar ayollar ichki organizmini holatiga salbiy tasirko‘rsatishi mumkin.
Yengil atletika sakrashni quyidagi turlari bor va ular har xil usullarda bajariladi.
Yugurib kelib uzunlikka sakrash.
Yugurib kelib uzunlikka uchhatlab sakrash.
Yuguribkelibbalandlikkasakrash.
Yuguribkeliblangarcho‘pbilansakrash.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashning: «oyoqlarni bukib», «ko‘krak kerib», «qaychi» usullari mavjud. Bularning eng ko‘p qo‘1laniladigani «qaychi» usulidir.
Uzunlikka sakrashda yuqori natijaga erishish asosan yugurib kelishnatijasida hosil bo‘1gan tezlikda bog‘liq. Depsinishda hosil bo‘lgan tezlikka bog‘liq. Depsinish paytida yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa va depsinish qanchalik tez bajarilsa, boshlang‘ich uchibchiqish tezligi shuncha yuqori bo‘lib, shunchalik uzoqqa sakraladi. Uzoqqa sakrash sakrovchini fazodagi uchishdagi turg‘un1igiga, yerga tushayotgandagi harakatlarini qanchalik to‘g‘ri bo‘1ishiga ham bog‘liqdir.
Uch hatlab sakrash — yugurib kelishda va uchta ketma—ket sakrashdan iboratdir.
Bir oyoqdan yana shu oyoqning o‘ziga tushish («sapchish» dan iborat). Depsinish oyoqqa yana depsinib silkinch oyoqqa tushish («qadam» dan iborat). Silkinch oyoqda depsinib ikki oyoqda yerga tushish («sakrash»dan) iborat. Sakrovchining tezligi «sapchish» va «qadam» oxirida oyoqni yerga qo‘yish vaqtida pasayadi. Tezlik qancha teztormozlansa, «qadam» va «sakrash» uzoqligi shuncha kamayadi.
Yugurib kelib balandlikka sakrashning “hatlab o‘tish”, “to‘lqin”, “perekat”, “perekidnoy”, “fosberi-flop” usullari mavjud. Usullaridan perekidnoy” va “fosbyuri-flop” engafzalidir.
Yugurib kelib 1angarcho‘p bilan sakrashning yengil atletik sakrashdan farqi uning ko‘chma tayanch langarcho‘p bilan bajarishidir. U yugurib kelishdan, langarcho‘pni yerga tirash va depsinishdan, osilishdan, langarcho‘pda sakrovchining ko‘tarilashidan lankani aylanib o‘tish va yerga tushishdan iborat. Bu sakrash fazasining hammasi bir-biri bilan bog‘1iq bo‘lib, ma’lum bir ritmda bajariladi. Sakrash natijasi sakrovchining yuqoriga ko‘tarilishi tezligiga va langarcho‘pni qanchalik yuqoriga ko‘tarilish tezligiga, uning bo‘yicha, texnika elementlarining barchasini aniq bajarilishiga, shuningdek, langarcho‘pning egiluvchanligiga tarangligiga bog‘1iqdir.
Sakrash yugurib kelib yerdan depsinish natijasida hosil bo‘lgan1igi uchun, ya’ni tayanchsiz faza vaqti uzoqligi bilan harakterlanadi. Sakrash turiga qarab, U.O.M. uchish fazasida ma’lum traektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Uch hatlab sakrashning ayrim xususiyatlari bor. Unda galma-gal tayanch va uchish fazalari bo‘ladi. Langarcho‘p bilan sakrashda ko‘chma tayanch bo‘1ishi bilan qolgan sakrashlardan farq qiladi. Depsinish oyoqni depsinish joyiga qo‘ygandan boshlab,
depsinish tugashiga qadar bajariladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling