Abduhamid Abduraimovning “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlarini maqsadi va vazifalari Mavzusida taqdimoti


Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalg


Download 84.4 Kb.
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi84.4 Kb.
#1793176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduhamid Abduraimovning.

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo‘lib, unda qatnashish istagini bildirgan 6 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash musobaqa nizomida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslarni musobaqa shartlari bilan tanishtirish hamda ularning ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;

musobaqani tashkil etish va o‘tkazish;

- musobaqa jarayoni va natijalarini rasmiylashtirish;

- musobaqa g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish.

- Ishchi guruh musobaqa o‘tkaziladigan sana, o‘tish joyi, rejasi va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida musobaqa o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin e’lon berilishini ta’minlaydi.

Musobaqani o‘tkazish

. Musobaqa mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shartlar va Nizomning 2-ilovasida belgilangan maxsus testlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-metodik ko‘rsatmalarga muvofiq majburiy sinovlarda belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida yoki ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida erkak va ayollar uchun alohida shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

. Musobaqa ishtirokchilarining natijalari Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi musobaqa ishtirokchilarining natijalarini qayd etish namunalariga asosan shu vaqtning o‘zida yozib rasmiylashtiriladi. Musobaqani quyida belgilangan yosh toifalari asosida, uch bosqichda o‘tkazish tavsiya etiladi:


Download 84.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling