Abduhamidova obidaxon adabiyot darslarida qo’shimcha darslar uchun dars ishlanma
Download 40.28 Kb.
|
Abduxamidova Obidaxon
ABDUHAMIDOVA OBIDAXON ADABIYOT DARSLARIDA QO’SHIMCHA DARSLAR UCHUN DARS ISHLANMA Adabiyot darslarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash darsdan so’ng qo’shimcha tarzda shug’ullaniladi. Shuningdek, adabiyot darslarida o’quvchilar bo’shliqqa yo’l qo’yayotgan mavzular ham bor. Namuna sifatida 9-sinf adabiyot darsida A.Oripovning she’rlarida ilgari surilgan g’oyalar haqidagi fikrlarni keltirish mumkin. 2013-2014- o’quv yilida o’quvchilar Abdulla Oripov she’rlarida ilgari surilgan g’oyalarning to’g’ri o’zlashtira olmaganligi aniqlangan. Shoir she’rlarini o’rganish jarayonida o’quvchilar she’rlarning asosiy mazmunini tahlil etishda, ilgari surilgan g’oyani yoritib berishda bo’shliqqa yo’l qo’yilganligi o’rganib chiqildi. Shuning uchun ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari o’quvchilarni darsga jalb etish jarayonida bo’shliqqa yo’l qo’ymasligi uchun o’quvchilar bilan ko’proq qo’shimcha darslar tashkil etib, o’z ustida ishlashi talab etiladi. Adabiyot fanidan Davlat ta’lim standartida o’quvchilarda quyidagi: asardagi voqealar va timsollar munosabatini tahlil qilish, o’rganilgan adabiy asarning asosiy badiiy xususiyatlari bo’yicha mulohaza yuritish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish. Badiiy adabiyotda aks etgan hayotiy hodisalar (go’zallik, xunuklik, ezgulik, yovuzlik) mohiyati, bundagi ijodkor niyati va asarda qo’yilgan bosh muammoni, uning yechimidagi badiiy o’ziga xosliklarni anglash va ularni real hayot hodisalari bilan qiyoslash, lirik qahramon ruhiyatiga tayangan holda qahramonlarga munosabat bildirish. Badiiy asarlarning mavzusi, janrini farqlay olish malakalarini shakllantirish belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’qituvchilar adabiyot darslarida badiiy (nasriy, nazmiy va dramatik) matn tahliliga alohida e’tibor berishlari zarur. Tahlil jarayonida o’quvchilar badiiy asardan berilgan parchani o’qish, mazmunini o’zlashtirish, qahramonlarga tavsif berish bilan cheklanib qolmasdan, asar qahramoni ruhiy olamiga xos nozik tuyg’ularni, lirik qahramon tabiatidagi milliy o’ziga xoslikni, asardagi asosiy axloqiy-ma’naviy muammolar ifodasining sabablarini tushuna olishi, asar qahramoni kechinmalaridagi ziddiyat sabablarini anglash va munosabat bildirishi, badiiy asar tilini tushunishi, ijodi o’rganilgan adiblarning adabiyot rivojiga qo’shgan hissasini anglay bilishi lozim. Buning uchun o’qituvchilar darslarni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida qiziqarli tashkil etishga erishmoqlari kerak bo’ladi. Bunday darslarda o’quvchilarning faolligi oshadi, har bir berilgan savol va topshiriqlarni tez va to’g’ri bajarishga harakat qiladi, guruhlarda ishlaydi, taqdimotlar qiladi, bahslashadi, to’g’ri xulosa chiqarish malakasiga ega bo’ladi. Zamonaviy darslar o’tish orqali o’quvchilarda DTSda belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi, natijada o’quvchilar egallagan BKMlarini nafaqat, ichki va tashqi nazorat ishlarida, balki hayotda ham bemalol qo’llay oladi. Yuqorida qayd etilgan mavzular yuzasidan darsliklarda keng tahliliy materiallar berilgan. Shunday ekan, darslikda berilgan matn bilan ishlash, ular yuzasidan kerakli bilim, ko’nikmani o’quvchi ongida shakllantirish o’qituvchi zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Bunga erishish uchun, avvalo, o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, kasbiy mahoratini oshirishi, darslarda axborot va ta’lim texnologiyalari, multimediya, elektron darsliklardan o’rinli va unumli foydalanishi, har bir dars ustida jiddiy ishlashi, unga atroflicha tayyorgarlik ko’rishi, ularni qiziqarli bo’lishiga erishishi, ko’rgazmalilik tamoyiliga amal qilishi, darslikka kirgan matnlar ustida bahs yuritishi, o’quvchilarni mustaqil va asosli fikr yuritishga undashi, o’quvchilar bilan yakka, juftlikda va guruhlarda samarali ishlash uslubiga ega bo’lishi, ularda olgan bilimlarini xotirada uzoq saqlash va uni hayotga tadbiq etish malakalarini shakllantirishi, sinfdagi past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga e’tiborli bo’lishi, ular bilan alohida ish olib borishi, “Takrorlash bilimning onasidir” shioriga amal qilishi, o’quvchilarni o’z darslariga qiziqtira olishi, joriy, oraliq nazorat ishlarini o’tkazishda barcha o’rganilgan o’quv materiallarini qamrab olishga erishmog’i lozim. Shuningdek, o’quvchilarning darslarga tayyorligini, uy vazifalarini muntazam bajarib borishlarini, darslarda faol ishtirokini, darslikdan tashqari qo’shimcha materiallardan foydalanishlarini ham nazorat qilib borishlari darkor. Chunki o’quv mashg’uloti ikki tomonlama yondashuvni talab etadi. Shundagina kutilgan bilim samaradorligiga erishish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quvchilar tomonidan aniqlangan bo’shliqlardan biri “Abdulla Oripov she’rlarida ilgari surilgan g’oya” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi tavsiya etiladi. Download 40.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling