Mavzu: Uyushgan gaplarda eganing ifodalanishi


Download 14.41 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi14.41 Kb.
#116916
Bog'liq
Ega


Mavzu:Uyushgan gaplarda eganing ifodalanishi

Reja:


1.Matnda voqelashgan UGlar va ularning LSQlarini aniqlash.

2.UGlar shakllanishida eganing o’rni va ahamiyatini dalillash.

3.Matndan uyushiq egali gaplarni ajratish.

4.UGlarning matndagi ko’rinishlari asosida uslubiy ahamiyatlarini tavsiflash.

Sintaktik birliklar yakka leksemashakl bilan,yakka birikmashakl bilan ifodalanishdan tashqari,o’zaro teng ikki va undan ortiq leksema bilan ham ifodalanishi mumkin.Bunday sintaktik birliklarga uyushiq gaplar deyiladi.

Uyushgan egalarni biriktiruv,ayiruv,inkor bog’lovchilari,bilan vazifadosh bog’lovchisi,-u,-yu bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar bog’lay oladi.Masalan,Turkistondan iymon uzoqlashdi,oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini Urusiya va Xitoy egalladi.

Leksemalar uyushgan:Qor va shamol kuchaya boshladi.

Leksema va birikma uyushgan:Toshkentlik yigit bilan Davlatbekov birga kirib keldi.

Juft leksemalar va birikmalar uyushgan:Boshqa uyda qarindosh-urug’lar va turli xotinlar yig’ilgan.
Badiiy matnlarda qo’llanilgan uyushiq egali gaplar:

-Xauzening tizzasida chetlari yirtilgan alifbe va katta ko’zoynak turardi;

-“Soch silash” , “Oyna qarash” , “Tug’di-tug’di” qarib tonggacha davom etdi;

-Serka ham,qo’ylar ham cho’ponning izmiga tez bo’ysundi;

-Oqshom esa ona va o’g’il Nafisa to’g’risida uzoq suhbatlashishdi;

-Parpi buvam va Roziq tog’am chetda nimalarnidir bahslashishardi.



Ilmiy matnlarda qo’llanilgan uyushiq egali gaplar:

-N.A.Baskakov va boshqalar turkey tillarni etnik guruhiga ko’ra tasnif qiladilar;

-Bakteriyalarni o’ldiradigan va organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi chidamli qiladigan modda va vitaminlar qonda bo’ladi;

-Tovuq tovuqsimonlar guruhiga mansub bo’lib,undan tuxum,go’sht,par va pat olinadi.



Ish yuritish hujjatlarida qo’llanilgan uyushiq egali gaplar:

-Jamoa shartnomasi va unting ilovalari ma’qullansi;



-Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko’rsatiladi,qavs ichida esa so’zlar bilan ham berilishi shart.

Yuqoridagi misollardan xulosa qilish mumkinki,uyushiq bo’laklar turli uslublarda qo’llanilishi mumkin.Biroq ularning qo’llanilish doirasi uslubiga qarab chegaralangan bo’ladi.
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling