Abdulhamid Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek hayoti va ijodi
Download 233.56 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza-27
Yor ketdi, koʻzim bulogʻi qoldi,
Siynamda tirik firoqi qoldi. Ishq xotirasi kabi sochimning Yoshlikda koʻpaygan oqi qoldi… deydi. Oybek mohir shoir boʻlgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan ―Qutlugʻ qon‖, ―Navoiy‖, ―Ulugʻ yoʻl‖, ―Oltin vodiydan shabadalar‖, ―Quyosh qoraymas‖ kabi epik polotnolar oʻzbek realistik nasri taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi. Oʻzbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni yozuvchining ―Qutlugʻ qon‖ (1940) romanida zoʻr mahorat bilan realistik ifodalangan; ―Navoiy‖ (1944) romanida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazi yaratilgan. ―Oltin vodiydan shabadalar‖ (1949) asarida xalqimizning urushdan soʻnggi davrdagi yaratuvchilik mehnati, ―Quyosh qoraymas‖ (1958) romanida Ikkinchi jahon urushi fojialari oʻz ifodasini topgan. Adibning ―Ulugʻ yoʻl‖ (1967) asari esa ―Qutlugʻ qon‖ romanining mantiqiy davomi boʻlib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini koʻrsatadi. Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, kurash va intilishlarini ―Pokiston xotiralari‖ ocherklarida, qator sheʼrlari, ―Zafar va Zahro‖, ―Haqgoʻylar‖ dostonlarida, nihoyat, ―Nur qidirib‖ qissasida tasvirlagan. Adibning ―Bolalik xotiralarim‖ avtobiografik qissasi 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, yaʼni Oybekning oʻzidir. Oybek isteʼdodli shoir, yirik nosir boʻlibgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi, tarjimon va jamoat arbobi hamdir. Oʻzbek kitobxoni Pushkinning ―Yevgeniy Onegin‖ sheʼriy romanini, Lermontovning ―Maskarad‖, Molyerning ―Tartyuf‖ dramalarini, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida oʻqishga muyassar boʻlgan. Oybek 1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy aʼzo etib saylanadi va 1950-yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar boʻlimining raisi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi boʻlib ishlaydi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashda katta hissa qoʻshgan ustozdir. Yozuvchi asarlari oʻzbek adabiyotining olamshumul shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Adibning 20 jildlik toʻla asarlari majmuasi nashr etilgan. Shu maʼnoda uning oʻlmas asarlari maʼnaviy xazinamizdan mustahkam oʻrin oldi va umumxalq mulki boʻlib qoldi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek 2000 yil oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun ―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni bilan taqdirlangan. Download 233.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling