Abdulhamid Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek hayoti va ijodi


Download 233.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi233.56 Kb.
#1619864
  1   2   3
Bog'liq
1-Maruza-27



Abdulhamid Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek hayoti va ijodi
Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon 
oʻgʻli Choʻlpon 1898 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida 
dunyoga kelgan. 
Taniqli jurnalist va yozuvchi Moʻminjon Muhammadjonov ―Turmush urinishlari‖ 
kitobida qayd etishicha, Choʻlponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad 
Yunus oʻgʻli (1874–1929) oʻz davrining yetuk ziyolisi, maʼrifatparvar kishisi 
boʻlgan. U ―Rasvo‖ taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan, devon yaratgan. 
Choʻlpon avval eski maktabda, soʻngra madrasalar va rus-tuzem maktabida tahsil 
olib, arab, fors va rus tillarini mukammal oʻzlashtiradi. Mutolaa yoʻli bilan turk, 
nemis va ingliz tillarini oʻrganadi. Sharq va Gʻarb ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan 
oziqlanadi. Firdavsiy, Saʼdiy, Hofiz, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk 
soʻz sanʼatkorlari ijodini mehr bilan oʻrganadi. Choʻlpon dunyoqarashi va 
ijodining shakllanishiga XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati katta taʼsir 
koʻrsatgan. 
Choʻlponning ijodi 1913–1914 yillardan boshlangan, u avval ―Qalandar‖, 
―Mirzaqalandar‖, ―Andijonlik‖ va, nihoyat, ―Choʻlpon‖ taxallusi bilan ijod qildi. 
Shoirga ―Choʻlpon‖ taxallusini buyuk maʼrifatparvar istiqlolchi Munavvar qori 
Abdurashidxonov bergan. Choʻlpon ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida 
oʻz xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning dastlabki asarlari 
―Sadoi Turkiston‖, ―Sadoi Fargʻona‖ kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, 
Orenburgda chiqadigan ―Shoʻro‖ jurnalida nashr etiladi. Choʻlponning 
―Ishtirokiyun‖, ―Turkiston‖, ―Buxoro axbori‖ kabi gazetalardagi faoliyati ham 
uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi boʻlib xizmat qiladi. 
Choʻlpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. Bu borada 
uning, ayniqsa, ―Adabiyot nadir?‖, ―Muhtaram yozuvchilarimizgʻa‖ kabi 
maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol oʻynadi. 
U 1914–1917 yillarda yaratgan ―Qurboni jaholat‖, ―Doʻxtir Mahammadiyor‖ 
singari hikoyalari, ―Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar‖ singari maqolalarida 
madaniyat va maʼrifat targʻibotchisi sifatida maydonga chiqdi. 
U oktyabr toʻntarishidan keyingi yillarda hayotda sodir boʻlayotgan xush va 
noxush oʻzgarishlarni qalamga oldi. ―Yoʻlda bir kecha‖, ―Sharq poyezdi keldi‖, 
―Sharq uygʻongan‖, ―Quturgan mustamlakachilar‖, ―Yoʻl esdaligi‖ singari oʻnlab 


ocherk va publitsistik maqolalarida chor mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf 
vakillari yetkazgan jabru jafolarni, fuqarolar urushi davrida roʻy bergan fojialarni 
tasvirladi. 
Choʻlpon 1922–1935 yillarda oʻzining ―Uygʻonish‖ (1922), ―Buloqlar‖ (1923), 
―Tong sirlari‖ (1926), ―Soz‖ (1935) kabi toʻrtta sheʼriy toʻplamini nashr ettirdi. 30-
yillarga kelib ―Joʻr‖ kabi sheʼriy toʻplamini tayyorladi. Ammo ―Soz‖i chop etiladi-
yu, ―Joʻr‖ toʻplami qatagʻonlik tuzogʻiga ilinib, qolib ketadi. Shoirning toʻplamlari 
orasida ―Buloqlar‖ (1923) alohida ajralib turadi. 
Toʻplam besh boʻlimdan iborat boʻlib, ular ―Sharq uchun‖, ―Sezgilar‖, ―Sevgi‖, 
―Qora yoʻllar‖ va ―Qor qoʻynida‖ deb nomlanadi. Shoirning oʻzi qayd etishicha, 
mazkur sheʼriy guldasta ―jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq 
oʻlkalariga‖ bagʻishlangan. Jumladan, ―Amalning oʻlimi‖ sheʼrida shunday 
misralarni oʻqiymiz: 
Koʻnglimda yigʻlagan malaklar kimlar, 
Sharqning onalari, juvonlarimi? 
Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar
Qullar oʻlkasining insonlarimi? 
  
Choʻlpon 1925 yilga kelib, ―Muhit kuchli ekan, egdim boʻynimni‖ deya ijtimoiy 
qarashlarini oʻzgartirishga majbur boʻlganligini eʼtirof etadi. Ammo shunga 
qaramay, shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq sheʼriy asarlar el-yurt baxti, kelajagi, 
mustaqilligi, ozodligi uchun kurashning yorqin solnomasi desa boʻladi. 
Garchi vaqti-vaqti bilan uning tuygʻu va tafakkurida tebranishlar kechgan boʻlsa-
da, aslida, milliy istiqlol uchun kurashdan zarracha qaytmaydi. Jumladan, ―Tilak 
yoʻlida‖ sheʼrida: 

Download 233.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling