Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi
Download 62 Kb.
|
Referat mavzu Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijo
1922-yilda yozilgan.
Ko’ngil, sen bunchalar nega Kishanlar birla do’stlashding? Na faryoding, na doding bor Nechun sen buncha sustlashding? Harorat dilni og’ritmas, Tubanlik mangu ketmasmi? Kishanlar parchalanmasmi? Qilichlar endi sinmasmi? Tiriksan, o’lmagansan Senda odam, senda insonsen. Kishan kiyma, bo’yin egma, Ki sen ham hur tug’ilg’onsen! 1921-yilda “Xalq” she’rini yozadi. She’rda xalqning o’z haq – huquqini tiklashga qurbi yetishi, har qanday qarshiliklarni yengishi mumkinligini kuyunib aytadi. Tili boshqa-yu, dili boshqa siyosatdonlarni ogohlantiradi. Xalq istagi, ozod bo’lsin bu o’lka, Ketsin uning boshidagi ko’lanka. Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar, Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar. Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar, O’z yurtini har narsaga to’q etar ... “Kuz” , “Men va boshqalar”, “Go’zal” kabi she’rlari barchaning diqqatini o’ziga tortadi. Cho’lpon o’z she’rlarida ko’chimdan unumli foydalanadi. “Buzilgan o’lkaga”, “Binafsha” … Binafsha – shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko’katga, yoki nimagadir qaratilgan ko’chim. Eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi. Grek tilidan olingan metafora so’zi ko’chim, ko’chirilish ma’nolarini anglatadi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling