Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi


Download 62 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi62 Kb.
#193514
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Referat mavzu Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijo


Mirzo Ulug’bek tuman 54-o’rta maktab 5-d sinf o’quvchisi

REFERAT


Mavzu: Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi. “Kecha va Kunduz ” romani.

Abduxosilov Sardorbek


Toshkent 2020-yil


Mavzu: Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi.

Kecha va Kunduz ” romani.


Reja:
1.Cho’lpon hayoti va ijod yo’li.

2. Cho’lpon lirikasi.

3. “Kecha va Kunduz” romani haqida ma’lumot.

Haq yo’li, albatta, bir o’tilg’usi …
Cho’lpon taxallusi bilan she’riyatning ajoyib namunalarini ijod qilgan Abdulhamid Sulaymon 1897-yilda Andijonda hunarmand dehqon oilasida dunyoga kelgan. U avval eski maktabda, keyinchalik Andijon va Toshkentdagi madrasalarda o’qiydi. 16-17 yoshlaridayoq yaxshigina ma’lumotga ega bo’lgan Abdulhamid ijod qila boshlaydi.

Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li Andijonning obro’li kishilaridan bo’lib, savdogarchilik bilan shug’ullanar edi. U o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan hisoblanar, o’zi ham she’rlar yozib turardi. O’sha davrda bo’lajak shoirning otasi o’zi yozgan hajviy she’rlaridan devon tuzganligi haqida ma’lumot bor.

Cho’lponning onasi Oysha aya garchi savodli bo’lmasa-da, o’g’lining ijodiga katta ta’sir ko’rsatgan. Chunki u xalq qo’shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina bahramand bo’lgan.

Ota o’g’lini rus-tuzem maktabida ham o’qitdi. Bo’lajak shoir o’zbek, turk, fors, arab, rus tillarini puxta biladigan o’qimishli kishi bo’lib yetishdi. Kuchli iste’dod, o’qish – o’rganish tufayli Abdulhamidning she’rlari 16-17 yoshlarida “Turkiston o’lkasi” gazetasida chop etildi.

Cho’lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo’lgan cheksiz muhabbat yorqin ko’rininb turardi. U xalqni ozod va baxtli ko’rishni istardi. Buning uchun odamlarning jaholat uyqusidan uyg’otish, ma’rifatdan, ilmu fandan bahramand qilish kerak, deb hisoblardi. Ayni paytda rus bosqinchilari millatning ma’rifatli bo’lishiga keng yo’l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo’lmasligi shoirga ayon edi.

Shu bois Cho’lpon 1917 – yilning fevralida Rossiyada sodir bo’lgan inqilobga katta umid bilan qarardi. Lekin bu inqilob Turkiston o’lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o’zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo’lga kiritiladigan ne’matdir.

O’sha yilning oktabrida ro’y bergan to’ntarilish esa shoirning so’nggi umidlarini ham so’ndirdi.

Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho’lpon ijodining yo’nalishi bo’lib qoldi.

Cho’lpon she’riyati hech kimga o’xshamagan samimiylik, jozibador, ta’sirchanligi, tuyg’ularini ranginligi bilan o’zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi.

Cho’lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari 1935 – 37 – yillarda yaratilgan “Kecha va Kunduz” nomli birinchi o’zbek roman – diologiya (ikki kitob) ining muallifidir. Romanning 2-kitobi Cho’lpon qamalgandan so’ng yo’q qilingan.

1926-yillarda “Yorqinoy” dramasi yaratildi. Asar badiiy jozibasi jihatidan ham, mavzu nuqtai nazaridan ham hozirgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotmay kelmoqda.

Cho’lpon tarjimon sifatida Shekspir, Blok, M. Gorkiy, Txokur kabi mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari bilan xalqimiz ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shdi.

Shoirni “millatchi” sifatida 1937- yilning 13-iyulida sevimli shogirdi Usmon Nosirdan 1 kun avval qamoqqa olishdi. Qiynoq, tahqirlardan so’ng 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida o’zbekning daho shoiri otib tashlandi.

O’limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi.

Cho’lponning ijodi ancha vaqt o’quvchilardan berkitib kelindi.

Cho’lpon o’zbek she’riyatining yorqin siymolaridan edi, shu bois o’tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she’riyatimiz osmonida qayta porlay boshladi.

Endi har nafasda yana kuyaman,

Faqat majnun bo’lib elni sevaman.

Unga hurmat bilan bo’yin egaman,

Boshimni u uchun dorga qo’yaman.

Bu haroratli misralar shoir qalamiga mansubdir.

Ko’ngil” she’rida milliy uyg’onishga da’vat, erk, hurriyatga chaqiriq ohanglari barq urib turadi, sodda she’rdir.




Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling